Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA VA XALQARO HUQUQ: O’ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATIDAGI ASOSIY TAMOYILLAR'

KONSTITUTSIYA VA XALQARO HUQUQ: O’ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATIDAGI ASOSIY TAMOYILLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitsiya / suverenitet / tashqi siyosat / hududiy yaxlitlik / tinchlik tamoyillari

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shoxruh Jumayev

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan tashqi siyosat tamoyillari va xalqaro huquq normalarining uzviy bog‘liqligini tahlil qiladi. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasi davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik, chegaralarning buzilmasligi va hududiy yaxlitlik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga asoslanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada, Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy tamoyillar va ular O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qanday hissa qo‘shishi yoritiladi. Shuningdek, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash borasida mamlakatning xalqaro majburiyatlari va tashqi siyosiy strategiyasi xususida so‘z boradi. Maqola O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro huquq normalariga muvofiqligini tahlil qilish orqali, uning tinchlik va hamkorlikni ustuvor qo‘ygan davlat sifatidagi imidjini yoritishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA VA XALQARO HUQUQ: O’ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATIDAGI ASOSIY TAMOYILLAR»

KONSTITUTSIYA VA XALQARO HUQUQ: O'ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATIDAGI ASOSIY TAMOYILLAR

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Shoxruh Jumayev

Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova Inagamova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan tashqi siyosat tamoyillari va xalqaro huquq normalarining uzviy bog'liqligini tahlil qiladi. O'zbekistonning xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasi davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik, chegaralarning buzilmasligi va hududiy yaxlitlik kabi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga asoslanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolada, Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy tamoyillar va ular O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qanday hissa qo'shishi yoritiladi. Shuningdek, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash borasida mamlakatning xalqaro majburiyatlari va tashqi siyosiy strategiyasi xususida so'z boradi. Maqola O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro huquq normalariga muvofiqligini tahlil qilish orqali, uning tinchlik va hamkorlikni ustuvor qo'ygan davlat sifatidagi imidjini yoritishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Konstitsiya, suverenitet, tashqi siyosat, hududiy yaxlitlik, tinchlik tamoyillari

Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq va Konstitutsiyaga asoslangan tashqi siyosat tamoyillarini yoritishga bag'ishlangan bo'lib, bugungi global siyosiy jarayonlar kontekstida muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy dunyoda davlatlarning o'zaro aloqalari ko'plab murakkab va ko'p qirrali masalalarni o'z ichiga oladi. Xalqaro nizolar, geosiyosiy ziddiyatlar va barqarorlikka bo'lgan xavflar ortib borayotgan bir paytda, O'zbekistonning kuch ishlatmaslik, davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish tamoyillariga asoslangan siyosati xalqaro maydonda nafaqat o'zining tinchlikparvar pozitsiyasini mustahkamlaydi, balki mintaqaviy va global barqarorlikni ta'minlashda ham muhim rol o'ynaydi.

174

2024-yil, 7-dekabr

Bundan tashqari, O'zbekistonning Konstitutsiyasi1 xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari bilan uyg'unlashganligi, mamlakatning milliy manfaatlarini xalqaro hamkorlik doirasida muvaffaqiyatli himoya qilishga imkon beradi. Ushbu maqola nafaqat O'zbekistonning tashqi siyosat strategiyasi va yondashuvlarini, balki bu yondashuvlarning xalqaro hamjamiyatdagi dolzarbligini ham kengroq yoritadi. Shu sababli, ushbu mavzu siyosatchilar, huquqshunoslar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislari uchun ayniqsa qiziqarlidir.

O'zbekiston - tinchliksevar yurt. Boshqa mamlakatlar bilan do'stona, iliq munosabatli aloqalarni o'rnatish esa xalq farovonligi va mamlakat tinchligining eng muhim shartlaridan biridir. Konstitutsiyaga tashqi siyosat bo'yicha alohida moddalargaqo'shimchalar kiritishning zarurati ham ana shunda - tahlikali davrda barcha davlatlar bilan do'stona va tinchliksevar munosabatlarni o'rnatish juda muhim.

Davlatning tashqi funksiyasi, o'z navbatida, tashqi siyosat olib borish zaruratini vujudga keltiradi. Ayniqsa, hozirgi "globallashuv" davrida to'g'ri tashqi siyosat yuritish davlatning o'ta muhim vazifasi bo'lib qolmoqda. Har qanday davlatning tashqi siyosati, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, xalq farovonligiga erishish, va jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini topishga qaratilgan. Tashqi siyosat, shuningdek, harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantiradi, mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi va xalqaro maydonda davlatning imijini shakllantiradi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, dunyodan ajralib qolmasdan, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilishga intildi. Barchamizga ma'lumki O'zining tashqi siyosatida O'zbekiston o'zaro hurmat va manfaatlar muvozanatiga asoslanadi, bu esa uning xalqaro munosabatlardagi mustahkam pozitsiyasini ta'minlaydi. O'zbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifasi milliy xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun jahondagi imkoniyatlardan foydalanish va xorijiy mamlakatlarda qulay bozorlar topishdan iborat.2

Bunda, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mamlakatning ichki va tashqi siyosatini tartibga soluvchi eng muhim huquqiy asos sifatida, davlatning xalqaro huquq prinsiplariga asoslanishini ta'minlaydi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiya O'zbekiston xalqining davlat suvereniteti va inson huquqlarini

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

2 Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.

2024-yil, 7-dekabr

175

himoya qilishdagi asosiy hujjat sifatida muhim rol o'ynaydi. Ushbu hujjat mamlakat tashqi siyosatining yuridik asosini belgilab, xalqaro munosabatlarda o'zining mas'uliyatini anglaydigan davlat sifatida ko'rinishiga yordam beradi. Shu tariqa, Konstitutsiya va xalqaro huquq tamoyillari o'rtasidagi o'zaro aloqalar O'zbekistonning tashqi siyosatidagi asosiy va muhim tamoyillarini tashkil etadi.

Shunday ekan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 17-moddasida mustahkamlab qo'yilgan xalqaro huquqning umum tan olingan prinsiplarini tahlil qilib chiqamiz. Ushbu modda, mamlakatning xalqaro huquqdagi o'rnini va tashqi siyosatidagi asosiy yo'nalishlarni belgilaydi. Konstitutsiyamizda berilgan bu prinsiplar, O'zbekistonning xalqaro aloqalarida tinchlik, adolat va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan asosiy tamoyillar sifatida muhim rol o'ynaydi.

Birinchidan Xalqaro munosabatlarda to'la huquqli subyekt: O'zbekiston mustaqil davlat sifatida, xalqaro tizimda o'zining huquqiy statusini ta'minlagan. Bu shuni anglatadiki, O'zbekiston boshqa davlatlar bilan teng huquqlidir va xalqaro huquq doirasida o'z manfaatlarini himoya qilishda to'liq huquqqa ega. O'zbekiston, davlat suverenitetiga erishganidan so'ng, xalqaro munosabatlarda to'la huquqli subyekt sifatida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Konstitutsiya qabul qilinishidan avval, 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi to'g'risidagi" tarixiy hujjat, mamlakatimizning suverenitetini e'lon qilgan va xalqaro munosabatlarda suveren davlat sifatida ishtirok etish huquqini rasmiylashtirgan birinchi qadam bo'ldi. Biroq, har qanday davlatning o'z hujjatlarida suveren deb e'lon qilinishi, uni xalqaro munosabatlarda subyekt sifatida tan olish uchun yetarli emas.3 Suverenitetni e'lon qilgan mamlakatni boshqa davlatlar tomonidan rasman tan olinishi kerak. O'zbekistonga nisbatan bu jarayon tez amalga oshdi: mustaqillik e'lon qilinganidan keyin chet davlatlar tomonidan mamlakatning suvereniteti tan olindi va diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

1992-yil 2-martda O'zbekiston, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) to'la huquqli a'zo sifatida qabul qilindi. Bu voqea mamlakatimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, O'zbekistonning xalqaro maydonda tan olingan suveren davlat sifatidagi o'rnini mustahkamladi. BMTga a'zo bo'lish,4 O'zbekistonning xalqaro huquq doirasidagi suverenitetini tasdiqlovchi eng muhim qadamlardan biri bo'ldi. BMTga qabul qilinishini qo'llab-quvvatlagan davlatlar, o'z navbatida, O'zbekistonni suveren davlat sifatida tan olishlarini bildirgan edi.

3 Husanov.O.T Konstitutsiyaviy huquq // darslik - Toshkent : H89 Adolat 2021 - 552b

4 BMTning 2023 yilda Birlashgan Arab Amirligida "Iqlim o'zgarishiga bagishlangan"sammitdagi O'zbekiston

Prezidenti nutqi.

2024-yil, 7-dekabr

176

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

Shu tariqa, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida nafaqat xalqaro huquq doirasida o'zining suveren huquqlarini himoya qilishi, balki jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Ikkinchidan Suveren tenglik: O'zbekiston tashqi siyosatini olib borishda barcha davlatlarni suveren tenglik prinsipi asosida muomalada qiladi. Bu degani, barcha davlatlar o'z huquqlarini teng darajada ta'minlashga haqlidir va biron-bir davlatning boshqasiga ustunlik qilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Uchinchidan. Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik: O'zbekiston, xalqaro munosabatlarda, hech bir davlatga qarshi kuch ishlatishni yoki tahdid qilishni rad etadi. Bu prinsiplarga rioya qilish tinchlikni saqlash va ixtiloflarni kuch ishlatishsiz hal etishni maqsad qiladi.

To'rtinchidan. Chegaralarning daxlsizligi: O'zbekiston, boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va unga aralashmaslikni asosiy prinsip sifatida qabul qiladi. Bu har qanday davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilining bir qismidir.

Beshinchidan. Nizolarni tinch yo'l bilan hal etish: O'zbekiston, xalqaro nizolarni hal qilishda diplomatik va tinch yo'llarni afzal ko'radi. Kuch ishlatish va harbiy harakatlarga murojaat qilish o'rniga, o'zaro muzokaralar va kelishuvlarga tayanadi.

Oltinchidan. Ichki ishlar masalalariga aralashmaslik: O'zbekiston xalqaro munosabatlarda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikni qat'iyan qo'llaydi. Har bir davlat o'zining ichki siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalarini mustaqil ravishda hal qilish huquqiga ega.

Yettinchidan. Xalqaro huquq normalariga rioya qilish: O'zbekiston xalqaro huquqning umum tan olingan prinsiplari va normalariga amal qiladi. Bu, xalqaro hamkorlikda ishonchni oshirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va barqaror tinchlikni saqlashda muhim rol o'ynaydi.

Yuqoridagi prinsiplar va Konstitutsiyamizning IV bobi bo'lmish tashqi siyosatga oid normalarni qayta ko'rib chiqilishi va qo'shimcha normalar kiritilishi orqali tashqi siyosatda ijobiy o'zgarishlash yuz berdi.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o'rtasida Maslahat uchrashuvlari muntazam ravishda o'tkazilmoqda. Bu uchrashuvlar doirasida davlatlar o'rtasidagi chegara to'sig'lari olib tashlandi va uzoq yillar davomida bir-birini ko'ra olmagan qon-qarindoshlar yana uchrashish imkoniga ega bo'ldilar. Bu tashabbuslar

177

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^Itate^ranPomm—nmmmmmi^^^^^^m^^^^^^Ttm

nafaqat mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, balki xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratdi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdoning umumiy hajmidagi ulushining ortishi, 2017-yilda 10,3 foizdan 2023-yilda 20 foizga yetishi, mintaqaviy hamkorlikning yanada rivojlanayotganini ko'rsatadi. Bu o'z navbatida, mamlakatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning mustahkamlanishiga, umumiy farovonlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston tashqi siyosatida xalq manfaatlari eng yuqori o'rinda turadi. Bunda Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan bir muhim prinsip - O'zbekiston xalqaro ittifoqchilik tashkilotlariga faqat o'z xalqining manfaatlarini ko'zlab qo'shilishi yoki undan chiqishi mumkinligi haqidagi qoida o'rin olgan. Bunga yaqin misol sifatida, O'zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a'zo bo'lgan bo'lsada, tashkilotning harbiylashtirilgan yo'nalishini sezib, xalqaro xavfsizlikka zarar yetkazmaslik maqsadida undan chiqish qarorini qabul qildi. Bu holat, Konstitutsiyada xalqning manfaatlariga asoslanib, tashqi siyosatni shakllantirishda qanday qat'iyatlilik bilan yondashilganini yaqqol ko'rsatadi.

XULOSA

Konstitutsiyamizga barcha davlatlar bilan do'stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini olib borishga doir mazkur yangi prinsipning kiritilishi achchiq xatolardan chiqarilgan to'g'ri xulosadir. Umuman olganda, bugungi kunda o'z qobig'iga o'ralib olib, hammaga yovqarash qilib yashaydigan davlatlar yakkalanib qoladi. Bu esa faqat va faqat o'sha davlatning o'ziga, aniqrog'i xalqiga ziyon qiladi. Barcha davlatlar bilan xalqining manfaatlarini ustun qo'yib, ikki va ko'p tomonlama foydali do'stona munosabatlarni yo'lga qo'yish hozirgi zamonda eng to'g'ri qaror deyish mumkin.

O'zbekistonning tashqi siyosati xalqaro huquqning umumiy tamoyillariga to'liq mos keladi va bu siyosat mamlakatning global maydondagi barqarorligini va xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Bu jarayonlar Konstitutsiya va xalqaro huquqning birlashgan tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda va mamlakatning rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and

178

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity

Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий MaK0Mtf//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023

9. Jahongir U. O'zbekistonning tashqi siyosati //samarali ta'lim va barqaror innovatsiyalar jurnali. - 2024. - Т. 1. - №. 6. - С. 209-211.

10. Husanov.O.T Konstitutsiyaviy huquq darslik - Toshkent : H89 Adolat 2021 -552b

11. United Nations Universal Declaration of Human Rights, 1948. https://www. un.org/en/about-us/universal-declaration-of-human-rights

12. Xalqaro huquq: nazariya va amaliyot. - T.: "O'zbekiston", 2017.

13. Yuldasheva G. "Tashqi siyosatning konseptual asoslari va O'zbekiston Respublikasi diplomatik xizmatini takomillashtirish masalalari". // studia

179

2024-yil, 7-dekabr

politologiczne Varshava 2017 yil. №44. 270-290-betlar https://interoncof.com/index.php/belarus/article/view/2861

14. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

15. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

16. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

17. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

18. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

180

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.