Научная статья на тему 'NAVLI UN TORTISHDA BUG’DOY NAVLARINI TANLASH VA ASOSLASH'

NAVLI UN TORTISHDA BUG’DOY NAVLARINI TANLASH VA ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
480
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
don seleksiyasi / namlik / shaffoflik / polovchanka / andijon 2-elita / fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlar / natura og‘irlik / geometrik ko‗rsatkichlar. / grain selection / moisture / transparency / polovchanka / Andijan 2nd elite / physicochemical parameters / natural weight / geometric parameters.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xasan To’xli O’g’li Berdimuradov, Erkinjon Komil O’g’li Raxmonov

Ushbu maqola bug‘doyning yangi navlarini yaratishga va xozirgi kunda ekilayotgan bug‘doy navlarini yanada takomillashtirishga, shuningdek navli un olishda samaraliroq bug‘doy navlaridan foydalanishga qaratilgan. Xozirgi kunda don va don mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bu esa don navlarining yangi navlarini yaratishga va xozirgi kunda mavjud bo‘lgan don turlarini rivojlantirishga olib keladi. Xususan navli un tortishda xozirgi kunda ekilayotgan don navlaridan sifat jihatidan yuqori bo‘lgan turlaridan foydalanib kelinmoqda. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hisoblangan, un va yorma mahsulotlarini ishlab chiqarish va respublikamiz aholisini ularga bo‗lgan ehtiyojini qondirish mamlakatimizning oziq-ovqat masalalarida ustivor vazifalaridan bo‗lib qolmoqda. Chunki Respublikamizda un va yorma ishlab chiqarish uchun xomashyo yetishtirish yildanyilga ortib bormoqda. Yetishtirilgan xom ashyoni saqlash va uni qayta ishlab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ularning assortimentini kengaytirish borasida Yurtboshimiz tomonidan strategik islohatlar olib borilmoqda. Yuqori sifatli un ishlab chiqarishga, texnologik jarayonlarini yangi ilmiy texnik yutuqlardan va a

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article focuses on the creation of new varieties of wheat and the further improvement of currently cultivated wheat varieties, as well as the use of more effective wheat varieties in the production of flour. Nowadays, the demand for grain and grain products is increasing day by day. it leads to the creation of new varieties and the development of the currently available types of grain. In particular, in the production of flour, the types of grain that are higher in quality than the currently cultivated types are being used. Production of flour and semolina products, which are considered the main food products, and meeting the needs of the population of our republic for them remain among the priority tasks in the food issues of our country. Because the production of raw materials for the production of flour and semolina in our Republic is increasing year by year. Strategic reforms are being carried out by our President in terms of preserving the cultivated raw materials and processing them, producing high-quality products, and expanding their assortment. Production of highquality flour is achieved as a result of improvement of technological processes with extensive use of new scientific and technical achievements and practical developments.

Текст научной работы на тему «NAVLI UN TORTISHDA BUG’DOY NAVLARINI TANLASH VA ASOSLASH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

NAVLI UN TORTISHDA BUG'DOY NAVLARINI TANLASH VA

ASOSLASH

Xasan To'xli o'g'li Berdimuradov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali assistenti E-mail: khasanberdimuradov@gmail.com

Erkinjon Komil o'g'li Raxmonov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali assistenti E-mail: raxmonoverkin8519@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola bug'doyning yangi navlarini yaratishga va xozirgi kunda ekilayotgan bug'doy navlarini yanada takomillashtirishga, shuningdek navli un olishda samaraliroq bug'doy navlaridan foydalanishga qaratilgan. Xozirgi kunda don va don mahsulotlariga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bu esa don navlarining yangi navlarini yaratishga va xozirgi kunda mavjud bo'lgan don turlarini rivojlantirishga olib keladi. Xususan navli un tortishda xozirgi kunda ekilayotgan don navlaridan sifat jihatidan yuqori bo'lgan turlaridan foydalanib kelinmoqda. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hisoblangan, un va yorma mahsulotlarini ishlab chiqarish va respublikamiz aholisini ularga bo'lgan ehtiyojini qondirish mamlakatimizning oziq-ovqat masalalarida ustivor vazifalaridan bo'lib qolmoqda. Chunki Respublikamizda un va yorma ishlab chiqarish uchun xom- ashyo yetishtirish yildan-yilga ortib bormoqda. Yetishtirilgan xom ashyoni saqlash va uni qayta ishlab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ularning assortimentini kengaytirish borasida Yurtboshimiz tomonidan strategik islohatlar olib borilmoqda. Yuqori sifatli un ishlab chiqarishga, texnologik jarayonlarini yangi ilmiy texnik yutuqlardan va amaliy ishlanmalardan keng foydalangan holda takomillashtirish natijasida erishiladi.

Kalit so'zlar: don seleksiyasi, namlik, shaffoflik, polovchanka, andijon 2-elita, fizik-kimyoviy ko'rsatkichlar, natura og'irlik, geometrik ko'rsatkichlar.

ABSTRACT

This article focuses on the creation of new varieties of wheat and the further improvement of currently cultivated wheat varieties, as well as the use of more effective wheat varieties in the production of flour. Nowadays, the demand for grain and grain products is increasing day by day. it leads to the creation of new varieties

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

and the development of the currently available types of grain. In particular, in the production of flour, the types of grain that are higher in quality than the currently cultivated types are being used. Production of flour and semolina products, which are considered the main food products, and meeting the needs of the population of our republic for them remain among the priority tasks in the food issues of our country. Because the production of raw materials for the production of flour and semolina in our Republic is increasing year by year. Strategic reforms are being carried out by our President in terms of preserving the cultivated raw materials and processing them, producing high-quality products, and expanding their assortment. Production of high-quality flour is achieved as a result of improvement of technological processes with extensive use of new scientific and technical achievements and practical developments.

Keywords: grain selection, moisture, transparency, polovchanka, Andijan 2nd elite, physicochemical parameters, natural weight, geometric parameters.

KIRISH

Jahon dehqonchiligida bug'doy ekini yetakchi rolni o'ynab, ekiladigan maydoni va donining yalpi hosili bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi. U asosan non, konditer yoki makaron mahsulotlari tayyorlash uchun un ishlab chiqarish maqsadida ekiladi. Bundan tashqari, bug'doy donidan turli yormalar tayyorlanadi. Maxsus yaratilgan navlari yemish tayyorlashga xizmat qiladi. Bug'doyning kepagi, poxoli, somoni, to'poni yuqori oziqaviy ahamiyatga ega. Uning kepagi hamma qishloq xo'jalik hayvonlari uchun yuqori konsentratlangan yem, kepagidan omixta yem tayyorlashda ham foydalaniladi.[1]

Bug'doyni lalmikor yerlarda ekish uchun rayonlashtirilgan va istiqbolli navlari urug'chiligini tog'li va tog'oldi hududlarida tashkil qilish, mo'l va sifatli urug'lik olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Lalmikor yerlarda bug'doy urug'chiligidan bo'shagan yerlar bo'lib, bunda turli xil begona o'tlar bosmagan, unumdor va melorativ holati yaxshi bo'lgan maydonlar tanlanishi kerak.[1]

Yuqori sifatli un ishlab chiqarishga, texnologik jarayonlarini yangi ilmiy texnik yutuqlardan va amaliy ishlanmalardan keng foydalangan holda takomillashtirish natijasida erishiladi [1].

Un ishlab chiqarishda belgilangan sifat ko'rsatkichdagi mahsulotni olishda donni qayta ishlash texnologik jarayonlari aniq belgilangan reglament asosida xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash va uning oraliq mahsulotlariga ishlov berishni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

nazarda tutadi.

Zamonaviy tegirmonlar murakkab ishlab chiqarish sanoati hisoblanadi. Chunki mazkur ishlab chiqarishda xom ashyonining turi, navi va yetishtirilayotgan hududlarning kengayib borayotganligi hamda ularning tuproq iqlim sharoitini har xilligi muntazam texnika va texnologiyani takomillashtirib borishni talab etadi [3].

Bug'doyning yangi navlarini yaratishda qo'llaniladigan seleksiya usullari tabiatda 200 ming o'simlik turlari bo'lsa, shundan faqat 250 turi (0,12 foiz) madaniy o'simliklar turlaridir, qolgan 99,88 foiz yovvoyi yoki yarim yovvoyi holdagi o'simliklardir. Bularning juda ko'pida odam uchun kerakli, foydali, qimmatbaho belgi va xususiyatlari bor. Masalan, bug'doy o'simligiga yaqin bo'lgan yovvoyi holda o'sadigan bug'doyiqlarni belgi va xususiyatlarini taqqoslab ko'rsak: Kuzgi bug'doyning sovuqqa eng chidamli navlari -200 C chidashi mumkin, bug'doyiq esa -40-450 C ga chidaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xozirgi kunda don urug'chiligida asosiy muammo sifatli va ko'p yillik bug'doy navlarini yaratishga qaratilgan. Ayniqsa mavjud navlarni takomillashtirish va ulardan samarali navlarni ko'paytirishga qaratilgan. G'alla hosildorligini yanada oshirish, don sifatini, ayniqsa, uning nonboplik xususiyatini yaxshilashda tuproq unumdorligiga alohida e'tibor qaratish, seleksiya va urug'chilikni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda agrotexnologiyani maqbullashtirish, bug'doyni kasallik, zararkunanda va begona o'tlardan himoya qilishning uyg'unlashgan tizimini keng hamda o'rinli joriy etish bilan birga mexanizatsiyalashgan intensiv texnologiyalarni qo'llash hosildorlik va don sifati oshishini ta'minlaydi. Chunki, ekin navlari bir-biridan, yangi navlar eski navlardan mahsulot sifati bilan farq qiladi. Hosil sifatiga navning irsiy xususiyatlari bilan birga, tashqi sharoit (yetishtirilayotgan zona, tuproq-iqlim, agrotexnika) ham ta'sir etadi[3]. Dehqonchilikda mehnat unumdorligini oshirish ko'p jihatdan ekinlarning naviga bog'liq.

Birinchidan, nav hosildorlikni oshiruvchi vositadir. Davlat nav sinashi, ko'p yillar davomida o'tkazilgan tajribalar va ishlab chiqarish ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, yangi yaratilgan yaxshi seleksion navlar avvaldan ekilib kelinayotgan navlarga nisbatan l0 - 40 % ko'p hosil beradi.

Ikkinchidan, mahsulotning sifati nav bilan bog'liq. Bug'doy va dukkakli don ekinlari donidagi oqsilni, kungaboqar urug'idan moyni, qandlavlagi ildizmevasidagi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

qandni, g'o'za ko'sagidagi tolani, kartoshka tuganagidagi kraxmal, oqsil va askorbin kislotasini, zig'ir hamda kunjut urug'i tarkibidagi moyni, kanop poyasidagi tolani, barcha ekinlar tarkibidagi asosiy moddalar miqdorini seleksiya yo'li bilan oshirish, ko'paytirish boshqa vositalarga qaraganda samaralidir.

Uchinchidan, qishloq xo'jaligi ekinlari mahsulotlaridan foyda- lanish, ya'ni ularni yetishtirish maqsadi ham nav bilan bog'liq masaladir.

To'rtinchidan, o'simlikning eng muhim biologik xususiyatlari ekinning naviga bog'liq. Tezpisharlik, qurg'oqchilikka, issiqqa, qishga (sovuqqa), kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamlilik, o'simlikning yotib qolmasligi, doni to'kilmasligi, hosilning bir vaqtda pishib yetilishi va boshqa qimmatli belgi va xususiyatlari bo'yicha navlar bir-biridan farqlanadi.

Beshinchidan, ishlab chiqarishda kompleks mexanizatsiyani keng qo'llash va ekinlarni intensiv texnologiya asosida yetishtirishda ham navning roli juda katta.

Hozirgi zamon seleksiyasining yangi usullari bu to'sqinlik va qiyinchiliklarni yengish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Natijada bir qancha ekinlarning yuqori hosil, sifatli mahsulot berishi bilan birga, tezpishar, noqulay sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli, pakana bo'yli, yotib qolmaydigan, intensiv tipdagi istiqbolli navlari yaratilmoqda[3]. Respublikamiz hukumati har bir tuman va viloyat sharoitiga mos yangi navlar yaratishga katta e'tibor berib, seleksiya ishini yanada rivojlantirishga kerakli miqdorda mablag' ajratmoqda. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirishda ilmiy tajriba muassasalarida chiqarilgan eng yaxshi navlarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularni ekish uchun sifatli urug'lardan foydalanish — hosildorlikni oshirishning eng qulay va arzon yo'lidir. Yangi navlarni yaratish uchun qilingan xarajatlar ulardan olingan qo'shimcha hosil hisobiga bir necha marta oshirib qoplanmoqda. Hozirgi zamon talablariga to'la javob beradigan yangi nav yaratish juda murakkab ish bo'lib qoldi. Shuning uchun seleksiya ishining tarkibiy va tashkiliy tuzilishida ulkan o'zgarishlar ro'y bermoqda, chunki seleksiyaning asosiy vazifasi—ekinlar hosildorligini oshirishni ta'minlaydigan eng muhim xo'jalik-biologik xususiyatlarga ega bo'lgan yangi navlarni yaratishdir. Buning uchun seleksioner olimlarni va shu soha mutaxassislarini birlashtirish, ixtisoslashtirish hamda kooperatsiyalash lozim. Jadallashgan seleksiya dasturini amalga oshirish, yangi navlar yaratish muddatini iloji boricha qisqartirish, yangi genetika usullari va hozirgi zamon texnika vositalaridan keng foydalanib, ishni keng ko'lamda olib borish zarur[4].

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

NATIJALAR

Navli un ishlab chiqarishda xozirgi kunda yetishtirilayotgan mahalliy bug'doy donlaridan "Andijon 2-elita" va "Polovchanka" navlari namuna sifatida qabul qilindi. Quyida ushbu navlar haqida ko'rib chiqamiz.

«Polovchanka» navi (V. lutescens). Krasnodar qishloq xo'jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi. O'rtapishar, bo'yi 105-110 sm, qiltiqsiz. Don tarkibiga ko'ra qimmatbaho bug'doylar guruhiga kiradi. Doni qizil, 1000 dona donining vazni 40-44 g. yaxshi tuplaydi. Yotib qolishga chidamli. Zang kasalliklariga, qorakuya, septarioz, unshudring va boshoq fuzarioziga o'ta chidamli. Kimyoviy ishlov berish talab qilmaydi. Xarakterli hususiyatlaridan biri ildiz sistemasi kuchli rivojlanishi hisobiga sho'rlangan maydonlarga ekilganda ham yaxshi natija beradi. O'tmishdosh ekinlarni tanlamaydi. Suvga va ma'danli o'g'itlarga talabchan. Ekish me'yori har gektar maydonga 4,5 - 5,5 mln unuvchan urug' ekish tavsiya etiladi. Ekish muddati 1 oktyabrdan 30 oktyabrgacha. Bu muddat eng maqbul hisoblanadi. O'rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.

Andijon—2. Nav Andijon don va dukkakli ekinlar ilmiy tekshirish instituti va Krasnodar qishloq xo'jalik ilmiy tekshirish instituti hamkorligida Kupava navidan qayta tanlash yo'li bilan yaratilgan. Biologik kuzgi. Lyutissens tur xiliga mansub. Boshog'i naysimon, o'rtacha uzunlikda va zichlikda, oq rangli. Boshoq qipig'i cho'zinchoq ovalsimon, kam tomirlangan. Tishchasi kalta, o'tkir. Yelkasi to'g'ri choki o'rtacha aniqlikda doni och qizildan qizilgacha, yarim cho'zinchoq, o'rtacha yiriklikda, ariqchasi o'rtacha. 1000 ta donasining vazni 39,2—46,5 g. Nav o'rta bo'yli. Yotib qolishga chidamli va to'kilishga bardoshli (5,0) ball) qishga chidamli. Vegetatsiya O'zbekistonning janubiy viloyatlarida 187 kun, qolgan viloyatlarida 205237 kun.

Namuna sifatida olingan mahalliy bug'doy doni navlarining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari aniqlandi va quyidagi 1- jadvalga kiritildi.

1-jadval

i ig i \0 % 1000 don massasi, gr \0 %

№ Bug'doy doni navlari Shishasimonligi % Donning natura og'irl gr/l Namligi,% Endosperm miqdori, Kuldorligi, % Kleykovina miqdori,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

1 Andijon 2-elita 49 776 8,8 82,4 41,4 1,83 25

2 Polovchanka 54 781 8,6 82,7 42,7 1,76 27

Bug'doy donining morfologik tuzilishidan bizga ma'lumki, u murakkab strukturaviy tuzilishga ega. Meva va urug' qobiqlar 7 % ni, aleyron qatlam 8,2%, endosperma 80% va murtak 2,5% atrofida tashkil etadi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, endosperm 80 %, bu esa shuncha oliy navli un degani. Meva, urug' qobiqlar, aleyron qatlam va endospermaning bir-biri bilan mustahkam bog'liqligi texnologiyani murakkablashtiradi va maydalash jarayonida qobiqlar maydalanib unga endosperma esa ma'lum darajada qobiqqa yopishib kepakka o'tadi.

"Andijon 2-elita" va "Polovchanka" mahalliy bug'doy doni navlarini fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarini (1-Jadval) tahlili shuni ko'rsatadiki, "Polovchanka" navini shishasimonligini "Polovchanka"naviga nisbatan 5% ga yuqoriligi, lekin ularning natura og'irligi to'g'ri proporsionalligi keltirilgan. Ularning namliklari o'rtasidagi farq 0,2% tashkil etgan. Jadvalda keltirilgandek "Polovchanka" navi "Andijon 2-elita naviga qaragada sifat ko'rsatgichlari yaxshiroqligi aniqlandi.

Donning shakli va chiziqli o'lchamlari donni tozalash ustaxonasidagi uskunalarni tanlashga ta'sir qiladi. Geometrik tavsiflarning ko'rsatkichlari donni gidrotermik ishlov berish jarayonida issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlari uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, ular dastlabki aralashmaning kul miqdori kamayadigan qobiqdagi ish jarayonining parametrlarini aniqlaydi.

Don massasi o'rtacha tortilgan funktsiyani bajarganligi sababli, uni faqat tegishli xususiyatlarga ko'ra o'zgaruvchanlik va bir xillik darajasini aniqlash orqali har tomonlama va aniq baholash mumkin [2].

Ma'lumki, don va undan qayta ishlanadigan sifatli mahsulotlar olishda va shakllantirishda asosiy hissa agroekologik va genotipik omillar tomonidan qo'shiladi. Biroq, ularning birgalikdagi ta'siri haqida ma'lumotlar kam bo'lib, bu ularni aniqlash usullarining mukammalligi, omillarning xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar sifatiga ta'siri darajasini izohlashdagi qiyinchiliklar bilan bog'liq sanaladi[3].Shu sababli donning geometrik ko'rsatkichlariga kata etibor qaratiladi.Geometrik ko'rsatkichlar qanchalik yaxshi bo'lsa un chiqishi shuncha yuqori bo'ladi.

Yuqoridagi bug'doy navlari donining geometrik xususiyatlari 2-jadvalda ko'rsatilgan

2-jadval

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

Bug'doy navlari Uzunlig i, (/), MM Eni, (a), MM Qalinligi, (b), mm Hajmi, V, mm3 Maydon yuzalarF, MM2 Zichligi, -5 p, r/CM

Andijon 2-elita 5,99 2,86 2,31 20,5 52,36 1,21

Polovchanka 6,09 3,03 2,53 24,2 56,89 1,21

Ko'rib chiqilgan bug'doy navlari geometrik ko'rsatkichlarni asosan barcha ko'rsatgichda Polovchanka navida yaxshiligi aniqlandi.

Bug'doy donining bir xilligi

3-jadval

Elak raqamlari Andijon 2 elita Polovchanka

2,5x20 mm 73,8 74,2

2,2x20 mm 6,0 6,2

2,0x20 mm 12,3 14,6

1,7x20 mm 7,0 4,2

Elakdan o'tishi 1,7x20 mm 0,9 0,8

X qayta ishlash uchun fraktsiyalar 99,1 99,2

O'lchamdagi tenglik ko'rsatkichlariga ko'ra o'rganilayotgan bug'doy donasi bir xil va tekislanadi, chunki dag'al, o'rta va mayda fraktsiyalar yig'indisi 2 ta navda ham deyarli 99% dan yuqori. Mayda fraksiya tarkibi Polovchanka navida 4,2% dan Andijon 2 elita navida 7,0% gacha, yirik fraktsiya esa mos ravishda 73,8 dan 74,2% gacha.

Olingan tenglik qiymatlari ushbu bug'doy navlaridan oraliq mahsulotlar va unning yuqori hosilini olish mumkin degan taxminni amalga oshirishga imkon beradi.

To'liqroq tavsiflash uchun bug'doy donining kimyoviy tarkibi ham o'rganildi. Tahlil natijalari 4-jadvalda keltirilgan.

4-jadval

Bug'doy navlari Massa ulushi, % Kuldorligi, % Namligi, %

Kleykovi nasi Oqsil Kraxmal

Andijon 2-elita 22 11,5 56 1,96 8,6

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

Polovchanka 23 12,3 52 1,82 9,1

MUHOKAMA

2022-yili boshoqli dondan yuqori va barqaror hosil yetishtirish uchun zamin yaratish ishlari o'tgan yildayoq boshlab yuborilgan edi. Respublikamiz bo'yicha 2022-yil hosili uchun 1 mln 33,1 ming gektar sug'oriladigan maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari o'tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilgan. Mamlakatimizda boshoqli don hosildorligini oshirish qatorida donning sifat ko'rsatkichlariga ham alohida e'tibor berish muhim[4].

Yurtimizda ekishga tavsiya etilgan istiqbolli mahalliy va xorijiy navlar don sifat ko'rsatkichlari bo'yicha kuchli va qimmatbaho don beradi. Ammo, g'alla yetishtirishda agrotexnika qoidalariga to'liq rioya qilmaslik oqibatida don sifat ko'rsatkichlari 3-4 sinfdan oshmayapti.Ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari yangi yuqori hosilli navlar yaratish ustida doim ish olib borishadi, tinmay izlanishadi. So'nggi yillarning o'zidayoq mahalliy seleksiyaga mansub bo'lgan 15 dan ortiq g'alla navlari davlat reyestriga kiritildi. Ammo, shuni aytish kerakki, ushbu navlarning birlamchi urug'chiligini yo'lga qo'yish, urug' ko'paytirish uchun ilmiy muassasalarda yer maydoni yetarli emas. Shuningdek, ilmiy institutlarda asosan yangi navlarni yaratish, xorijiy navlarni sinash va respublika sharoitida yuqori hosil beradigan navlarni tanlab olish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda[5]. Keng maydonlardan yangi navlar urug'ligini ko'paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish uchun esa yer maydoni yetmaydi. Hozirgi kunda respublika bo'yicha Urug'chilikni rivojlantirish markazi huzurida 62 ta elita urug'chilik xo'jaligi va 3136 ta fermer xo'jaligi tasarrufida 85 ming gektar maydonda boshoqli don ekinlari urug'i ko'paytirilmoqda. Bu bizga sifatli don navlarini olishga va navli un tortishga yordam beradi.Biz yuqorida ko'rilgan Andijon-2 elita va Polovchanka don navlarini takomillashtirshga va yanada sifatliroq navlarini yaratishga etibor qaratishimiz kerak.Bu un va un mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan don navlarini yanada takomillashtirish va sifatli mahsulot olishga yordam beradi.

XULOSA

Hozirgi kunda urug'chilikning asosiy vazifasi ekinlarning ishlab chiqarishda ekilib kelinayotgan navlarga nisbatan yaxshiroq bo'lgan yangi navlarini yaratishdir. Buning uchun, eng avvalo, boshlang'ich material kerak. Boshlang'ich material deb,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

yangi navlami yaratish uchun seleksiyada qo'llaniladigan madaniy va yovvoyi o'simlik xillariga aytiladi. Seleksiya uchun boshlang'ich material turli yovvoyi va madaniy ekinlarni topish, ularni duragaylash hamda sun'iy mutatsiya, poliploidiya, geterozisdan foydalanish yo'llari bilan yaratiladi. Seleksiyada boshlang'ich materiallardan to'g'ri foydalanish uchun o'simliklarning sistematikasi va tarqalishini chuqur bilish kerak. Yangi nav muayyan tuproq-iqlim sharoitlarida ekinning hosil-dorligini yanada oshirish va olinadigan mahsulot sifatini yaxshilash uchun yaratiladi. Har bir navdan seleksiyada qimmatli boshlang'ich material sifatida ham foydalaniladi. Ma'lumki, nav inson faoliyatining natijasida, ya'ni sun'iy ravishda yaratiladi. Nav qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositasi bo'lib, mehnat unumdorligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkunki yuqoridagi tajribalardan kelib chiqqan holda "Polovchanka" navi xar jihatdan "Andijon 2-elita" naviga nisbat yaxshiroq ekanligi aniqlandi. Yuqorida ko'rsatilgan navlarni yanada takomillashtirsh, yangi navlarini yaratish va maxalliylashtirish ishlarini ko'proq va samarali usullarda olib borishimiz kerak. Shu yo'nalishlarda biz ko'proq ishlar olib borsak,sifatli un va un mahsulotlari ishlab chiqarishda samarali ko'rsatkichlarga erishamiz. Shu sababli sifatli don navlarini olishda ushbu navlardan foydalanish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. X. Berdimuradov, F. Shaxriddinov, A. Ibragimov (2022). bug'doy navlarinining urug'chilikdagi ahamiyati. «ицлим узгариши шароитида Лалми майдонлар учун цургоцчиликка чидамли экин навларини яратиш ва етиштириш агротехнологияси»,ilmiy maqolalar to'plami. "Ochin nashriyoti"Toshkent.

2.Hayitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., Shukurov Z.Z (2000). Don vа don mahsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish.Darslik "Университет".

3.X. Egamov (2020). Ayrim qishloq xo'jalik ekinlari Seleksiyasi va urug'chiligi o'quv qo'llanma.

4.Medvedev P.V., Fedotov V.A., Lukyanova E.s.(2020) comparative evaluation of indicators of structural and mechanical properties of wheat grain. New technologies. (3):61-69. (In Russ.).

5.Sirojiddin Sadullayev, Erkinjon Rahmonov.(2021).Comparison of Sediment Strength of Kazakh and Local Wheat Grains. International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology (IJIRSET),10/6, 2320-6710.

6. Elyor Berdimurodov,Ilyos Eliboyev , Khasan Berdimuradov , Abduvali Kholikov , Khamdam Akbarov, Omar Dagdag, Mohamed Rbaa, Brahim El Ibrahimi, Dakeshwar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-147-156

Kumar Verma, Rajesh Haldhar, Nadia Arrousse (2022). Green fi-cyclodextrin-based corrosion inhibitors: Recent developments, innovations and future opportunities. Carbohydrate Polymers 292 (2022) 119719. https://doi.org/10.1016/j.carbpol.2022.119719

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.