KOMPRESSORGA SO'RILUVCHI HAVONING IFLOSLANGANLIGINI UNING SAMARADORLIGIGA TA'SIRINI TADQIQOTI Djurayev Rustam Umarxonovich,
Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi
mudiri, t.f.d, professor Yuldoshov Husniddin Ergashovich.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali "Elektr texnikasi va elektr mexanikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo. 7279794 Annotatsiya. Ushbu maqolada kompressorga kiruvchi havoni filtrlash qo'rilmasini takomillashtirish asosida kompressorga suriluvchi xavodagi ifloslovchi chang zarrachalarini ulushini kamaytirish masalasi ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Kompressor, siqilgan havo, quvurlar, nam havo, chang zarralari, havo filtri, haydovchi klapan, silindr.
ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОЗДУХА, ВСАСЫВАЕМОГО В КОМПРЕССОР, НА ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТЬ Аннотация: в данной статье будет рассмотрен вопрос снижения доли загрязняющих частиц пыли в воздухе, подаваемом в компрессор, на основе улучшения качества фильтрации поступающего в компрессор воздуха.
Ключевые слова: компрессор, сжатый воздух, трубы, влажный воздух, частицы пыли, воздушный фильтр, приводной клапан, цилиндр
INVESTIGATION OF THE EFFECT OF AIR POLLUTION SUCKED INTO THE
COMPRESSOR ON ITS EFFICIENCY Abstract: this article will consider the issue of reducing the proportion of polluting dust particles in the air supplied to the compressor, based on improving the filtration quality of the air entering the compressor.
Key words: compressor, compressed air, pipes, moist air, dust particles, air filter, drive valve, cylinder
KIRISH
Siqilgan havoning ifloslanishi pnevmatik qurilmalarga salbiy fizik-kimyoviy ta'sir ko'rsatadi va ularning chidamliligini 3-7 marotabagacha kamaytiradi. Pnevmatik tizimlardagi nosozliklarning 80% gacha havoning qoniqarsiz sifati bilan bog'liqdir. Siqilgan havoni ifloslanishi quyidagilar orqali yuzaga keladi: atmosfera, kompressorning o'zi va quvurlar, o'rtacha har 1 m3 shahar havosida 140 millionga yaqin chang zarralari mavjud, ularning 80% ini 2 mikrondan kichik bo'lgan zarralar tashkil etadi, ular kompressorga kirishda filtrlar tomonidan ushlab qolinmaydi. Atmosferada qattiq zarralardan tashqari uglevodorodlar (0,05 - 0,5 mg/m3 gacha), 0,5 mg/m3 gacha yoqilmagan yoqilg'ilar va moylar bug'lari, 3850 dona/m3 gacha mikroorganizmlar, 10 mg/m3 gacha bakteriya va zamburuqlar, 10 -11 mg/m3 gacha namlik mavjud.
Bundan tashqari kompressorning o'zida ishqalanuvchi mexanizmlarning emirilishi natijasidagi zarrachalar va moylar qo'shiladi. Siqilgan havoga aerozol va bug'lar ko'rinishidagi 550 mg/m3 moy zarrachalari qo'shiladi. porshenli kompressorlarda yuqori harorat tufayli moy qisman parchalanadi, oksidlanadi va ishqalanuvchi mexanizlar, hamda klapanlarda moy qurumlarni hosil qiladi. Bu esa o'z navbatida kompressorning samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
TADQIQOD MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Quvurlar orqali tashish jarayonida siqilgan havo qo'shimcha ravishda 3-4 mg/m3 gacha zang bilan ifloslanadi, tomchi namlik borligi sababli yuzaga keladigan qatlamlar va armaturalardagi korroziya siqilgan havo sarfini 30-40% ga oshiradi.
Kompressor uskunasida chiqarilgan namlik miqdori sezilarli qiymatlarga etadi, 8 soatlik smenada o'rtacha 150 - 200 litrdan ortiq kondensat chiqariladi.
Havoda bug' shaklida suvning mavjudligi kompressor ekspluatatsiyasi davomida hech qanday muammo tug'dirmaydi, ammo siqilgan havoda quyultirilgan tomchi namligining paydo bo'lishi juda jiddiy ekspluatatsiya muammolarini keltirib chiqaradi, masalan pnevmatik vositalar va mexanizmlarda himoya moyini yuvish, havo quvurlarida metallarning korroziyasi va zang hosil bo'lishi, pnevmatik asboblarning eskirishi va texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarining oshishi, pnevmatik asboblarni ishlatishda uzilishlar va ularga texnik xizmat ko'rsatish tannarxini oshishi, iqlimning sovuq haroratlarida muzlash, armatura va jihozlarni muzlatish va tiqilib qolish, to'satdan kengaygan taqdirda nam havo chiqadigan joyda qo'shimcha kondensat yoki muz hosil bo'lishi va boshq.
Havodagi chang zarralari porshenli kompressorlarning silindrlariga tushib, ishqalanish yuzalarining muddatidan oldin emirilishiga olib keladi va moylash materiallari bilan aralashib, moy qurumlarini hosil qiladi. Moy qurumi klapan yopilish zichligining pasayishi va porshen halqalarining emirilishi tufayli kompressorning ish unumdorligini pasayishiga va kompressorning portlashiga olib keladi. Mexanik aralashmalarning zarralari kompressorga havo bilan kirib, detallarning yuza qismlarining yemirilishini tezlashtiradi, bu ham kompressorning unumdorligi va foydali ish koeffitsientini pasayishiga sabab bo'ladi.
Havo kompressor stansiyasi tashqarisida, kompressorlarga eng kam chang va quyosh nuri yoritilgan tomondan, kamida 3 metr balandlikda so'riladi.
Kompressorga so'rilgan havoni maksimal ruhsat etilgan chang miqdori, ya'ni 0,5 mg/m3 gacha tozalash uchun filtrlardan foydalaniladi, havo tezligi butun filtr yuzasida bir xil bo'lishi va 3 m/s dan oshmasligi lozim.
Kompressorga so'rilgan havoning ifloslanishini ortib ketishi, ya'ni so'riluvchi havoda abraziv chang zarrachalarini ruxsat etilgan miqdoridan ortishi kompressor qismlarining mexanik emirilishiga olib keladi.
Misol uchun, «Navoiy kon metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «1-son GMZ» kon boshqarmasi «Qoraqo'tan» kompressor stansiyasidagi 2VM10-63/10 markali kompressorlarida suriluvchi havoning iflosligini ortishi natijasida kompressorning unumdarligini pasayishi, kompressorni qizishi, porshen, porshen halqalari va silindrning vaqtdan oldin emirilishi, suruvchi va haydovchi klapanlarning emirilishi va ifloslanishi, moyning ifloslanishi, so'ruvchi traktdagi havo filtrini bitib qolishi kabi nosozliklar ko'zatildi. Ushbu nosozliklar sababli kelib chiqadigan to'xtalishlarning ulushi 1-rasmda keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan to'xtalishlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan vaqt kompressorning bir yil davomidagi to'xtalishlar vaqtini (prostoy) oshishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida kompressorning ekspluatatsion samaradorligini kamayishiga olib keladi.
Masalan, porshen va uning halqalarini emirilishi natijasida yuzaga keladigan to'xtalishlarni bartaraf etish uchun silindr-porshen guruhi to'liq ochiladi va remont ishlari amalga oshirilgandan so'ng qaytadan yig'iladi, bu ishlarni amalga oshirish uchun remont brigadasi o'rtacha bir smena
vaqt sarflaydi, bundan tashqari kompressorni to'liq uchirish va qayta ishga tushurish energiya sarfini oshiradi.
1-rasm. Kompressorga so'ruluvchi havoning ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan to'xtalishlar sabablari va ularning ulushi.
Shuningdek, misol uchun klapanlarning ifloslanishi va emirilishi, bu klapanlarning talab darajasida ochilishi va yopilishini qiyinlashtiradi, kompressorga suriluvchi havodagi abraziv ifloslovchi zarrachalarning mavjudligi klapanlar plastinalarini emirilishiga, moyni ifloslashi natijasida plastina va prujinalar yuzasida qurum (nagar) hosil bo'lishiga olib keladi. Natijada esa, kompressorning unumdorligi va bosimi pasayishi ko'zatiladi.
Bu kurinishdagi nosozlikni faqatgina klapanlarning almashtirish orqali bartaraf etiladi, bu o'z navbatida nafaqat remont uchun vaqt sarfi, balki ekspluatatsion harajatlarni oshib etishiga ketishiga olib keladi.
Kompressor stansiyalarida asosan yacheykali va o'z-o'zini tozalovchi filtrlar qo'llaniladi. Yacheykali va o'z-o'zini tozalash filtrlar har bir kompressor uchun individual va butun kompressor stansiyasi uchun umumiy bo'lishi mumkin.
TADQIQOT NATIJALARI
Porshenli kompressorlarning havo filtrini takomillashtirish natijasida kompressorga suriluvchi havoning haroratining oshishi kompressor samaradorligini 8 % ga, havoning hajmiy kamayishi 11 % ga, zararli muhitning yuzaga kelishi 14 % ga va bosim yo'qotilishi 17 % ga kamaytirishga erishildi.
MUHOKAMA
Odatda kompressorlarning ekspluatatsiyasida silindrning emirilishi va ifloslanishi bilan bog'liq to'xtalishlar kamroq uchraydi, chunki silindr materiali porshen halqalari materialiga nisbatan mustahkamroq, bunda silindr yuzalari emas, balki halqalar emirilishi ko'proq ko'zatiladi. Lekin, ayrim hollarda, halqalarning ko'yishi, kichiklashib qolishi, silindr ichidagi havo-moy aralashmasida abraziv zarrachalarning mavudligi tufayli silindr devorlarida emirilish kuzatiladi.
- nopmeH Ba yHUHr ^anK,anapMHM eMupunuwu-14%
- ^nuHflpHMHr eMupunumu Ba w^nocnaHuwu-4%
- KnanaHnapHUHr eMupunumu Ba M^nocnaHMmu-18%
^aBO ^unbTpnapuHMHr 6utu6 K,onuwu-8%
Bunday holat yuzaga kelganda silindr yuzasini silliqlash yoki yo'nish orqali bartaraf etiladi. Ayrim hollarda silindrni to'liq almashtirish talab etiladi.
Suruvchi traktdagi havo filtrlarini bitib qolishi natijasida kompressorga suriluvchi havoning hajmini kamayishi, porshenni surishga bajaradigan ishi uchun energiya sarfini oshib ketishi yuzaga keladi. Hozirda sanoat korxonalarida qo'llaniladigan kompressor uskunalarida asosan ikki turdagi, ya'ni yacheykali va o'z-o'zini tozalovchi havo filtrlari qo'llaniladi.
Yacheykali filtrlar konstruktiv jihatdan oddiy bo'lsada, ularni tozalash qiyin va bu ularning kamchiligidir, o'z-o'zini tozalash filtrlari tozalash uchun nisbatan qulayligi bilan ajralib turadi, lekin ular konstruktiv jihatdan murakkabroq va porshenli kompressorlarning ishlash jarayonida yuzaga keladigan pulsatsiyalanuvchi havo oqimlarida ishlay olmaydi XULOSA
O'z-o'zini tozalovchi va yacheykali filtrlarni qo'llash, kompressor uskunalariga suriluvchi havoni to'liq tozalash imkonini bermaydi, bundan tashqari yacheykali filtrlarni tozalash anchagina mehnat va vaqt talab qiladi. Bularning barchasi kompressor uskunalarining ekspluatatsiya samaradorligini pasayishiga sabab bo'ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kompressor uskunalariga suriluvchi havoni samarali filtrlash orqali uning ekspluatatsiya samaradorligini oshirish mumkinligi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ergashovich Y. H., Narmuratovna X. D. ORALIQ VA OXIRGI SOVUTGICHLARINING ISSIQLIK ALMASHINUVI SIRTLARIGA BIRIKMALARNING KOMPRESSOR SOVUTISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI //Ta'lim fidoyilari. - 2022. - Т. 17. - №. 4. - С. 43-46.
2. Ergashovich Y. H., Narmuratovna X. D. KOMPRESSORGA KIRAYOTGAN YUQORI HAVO HARORATINING KOMPRESSOR SAMARADORLIGIGA TA'SIRINI O'RGANISH //Ta'lim fidoyilari. - 2022. - Т. 17. - №. 4. - С. 40-42.
3. Муратов Г. Г. и др. Современные внедрения для предохранения узлов конвейера в шахте AО" Узбеккумир" //Научные исследования и разработки 2018. - 2018. - С. 524-525.
4. Хатамова Д. Н. и др. СТAЦИОHAP КОН КОМПРЕССОР ^УPИЛMAЛAPИ СОВУТИШ ТИЗИМИНИНГ AKttAKMA СУВИНИ ЮMШAТИШ УЧУН ^УPИЛMA ИШЛAБ ЧЩИШ //Инновацион технологиялар. - 2022. - Т. 2. - №. 2 (46). - С. 72-77.
5. Djurayev R. U., Yuldoshov Kh. E., Khatamova D. N. Improving the efficiency of mine compressor units by improving their cooling systems.\\ Фан ва технологиялар тараккиёти илмий - техникавий журнал. 2022 - yil 3 - son 156-160-бетлар
6. Ergashovich Y. H., Abdujabbor o'g'li A. A. SIQILGAN HAVO SOVUTISH SIFATINI KOMPRESSOR QURILMASINING SAMARADORLIGIGA TA'SIRINI O'RGANISH //Ta'lim fidoyilari. - 2022. - Т. 21. - №. 6. - С. 25-28.
7. Муратов Г. Г., Aнарбаев С. A., Ганиев С. Т. Назначение автоматики и релейной защиты //Научный журнал. - 2019. - №. 3 (37). - С. 17-19.
8. Merkulov M.V., Djuraev R.U., Leontyeva O.B., Makarova G.Y., Tarasova Y.B. Simulition of thermal power on bottomhole on the bases of experimental studies of drilling tool operation // International Journal of Emerging Trends in Engineering Research. Volume 8, No.8, 2020. - pp. 4383-4389.
9. Джураев Р.У., Шомуродов Б.Х., Хатамова Д.Н., Тагирова Ю.Ф. Модернизация системы охлаждения поршневых компрессорных установок // Материалы IX Международной научно-технической конференции на тему: «Достижения, проблемы и современные тенденции развития горно-металлургического комплекса». - Навои, 2017. - С. 176.
10. Хатамова Д.Н., Абдуазизов Н.А., Джураев Р.У. Разработка технических решений, снижающих образование отложений на теплообменных поверхностях холодильников рудничных компрессорных установок // Горный Вестник Узбекистана. - Навои, 2021. - №4. - С. 91-94.
11. Муминов М. У., Арсланов Т. К. ВЫБОР ЭЛЕКТРОПРИВОДА ВЕНТИЛЯТОРА ГЛАВНОГО ПРОВЕТРИВАНИЯ ДЛЯ РУДНОЙ ШАХТЫ //Главный редактор: Ахметов Сайранбек Махсутович, д-р техн. наук; Заместитель главного редактора: Ахмеднабиев Расул Магомедович, канд. техн. наук; Члены редакционной коллегии. - 2022. - С. 18.
12. Муминов Махмуджон Умурзакович, Сотиболдиев Абдурахмон Юлдашевич РАЗРАБОТКА БЕСЩЁТОЧНОГО МИНИ ГИДРО-СОЛНЕЧНОГО СИНХРОННОГО ГЕНЕРАТОРА // Universum: технические науки. 2022. №1-3 (94).