Научная статья на тему 'TORMOZ TIZIMINING ASOSIY NOSOZLIKLARI. GIDROYURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK. HAVO YURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK'

TORMOZ TIZIMINING ASOSIY NOSOZLIKLARI. GIDROYURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK. HAVO YURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
2389
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tormoz / diskalar / tormoz yo`li / tormoz nosozligi / tormoz yuritmasi / gidroyuritma / havoli yuritma / 1-TXK / 2-TXK va MXK / Kompressor / tormoz krani / tormoz suyug`ligi / tormoz kamerasi. / Brakes / discs / brake pads / brake failure / brake drive / hydraulics / air drive / 1-M / 2-M and SM / Compressor / brake valve / brake fluid / brake chamber.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Ilhom Акbаrоv, Dostonbek Kupaysinov, Oybek Mamasodiqov

Ushbu maqolada avtotransport vositalarining tormoz tizimining asosiy nosozliklari haqida nazariy malumot berilib, gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimiga txk ishlari haqida qisqacha yoritiladi. Labaratoriya va amaliy mashg`ulotlarini o`tkazishda tayanch ma’lumot bazasi bo’la oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN FAILURES OF THE BRAKE SYSTEM. TXK FOR HYDRAULIC BRAKE SYSTEM. TXK FOR AIR PULSE BRAKE SYSTEM

This article provides a theoretical overview of the main faults of the brake system of vehicles, and briefly describes the work of txk on hydraulic and air brakes. It can be a base database for laboratory and practical training.

Текст научной работы на тему «TORMOZ TIZIMINING ASOSIY NOSOZLIKLARI. GIDROYURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK. HAVO YURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK»

Tashkent state transport university

TORMOZ TIZIMINING ASOSIY NOSOZLIKLARI. GIDROYURITMALI TORMOZ TIZIMIGA TXK. HAVO YURITMALI TORMOZ TIZIMIGA

TXK

Ilhom AKbarov, Dostonbek Kupaysinov, Oybek Mamasodiqov

Namangan muhandislik-qurilish instituti (Namangan, O'zbekiston)

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtotransport vositalarining tormoz tizimining asosiy nosozliklari haqida nazariy malumot berilib, gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimiga txk ishlari haqida qisqacha yoritiladi. Labaratoriya va amaliy mashgulotlarini otkazishda tayanch ma'lumot bazasi bo'la oladi.

Kalit sozlar: Tormoz, diskalar, tormoz yo li, tormoz nosozligi, tormoz yuritmasi, gidroyuritma, havoli yuritma, 1-TXK, 2-TXK va MXK, Kompressor, tormoz krani, tormoz suyug'ligi, tormoz kamerasi.

MAIN FAILURES OF THE BRAKE SYSTEM. TXK FOR HYDRAULIC BRAKE SYSTEM. TXK FOR AIR PULSE BRAKE SYSTEM

Ilkhom Akbarov, Dostonbek Kupaysinov, Oybek Mamasodiqov

Namangan engineering and construction institute (Namangan, Uzbekistan)

Abstract: This article provides a theoretical overview of the main faults of the brake system of vehicles, and briefly describes the work of txk on hydraulic and air brakes. It can be a base database for laboratory and practical training. Keywords: Brakes, discs, brake pads, brake failure, brake drive, hydraulics, air drive, 1-M, 2-M and SM, Compressor, brake valve, brake fluid, brake chamber.

Avtomobil o'z tezligini qisqa muddat ichda pasaytirishi yoki birdaniga to'xtay olishi avtomabilning asosiy dinamik sifatlariga kiradi. Bu sifatlarning yaxshi bulishi avtomabillarning o'rtacha tezligini oshirishga imkon beradi, uning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Tormoz tizimi avtotransportlarda kerak bolganda, butunlay to'xtatishi, tezliklarni pasaytirishi va qiyaliklarda tinch turishini ta'minlashdir.

Tormoz tizimining asosiy nosozliklari. Bunday nosozliklarga friksion qoplamalar va tormoz barabanlarining (disklarining) yeyilganligi, tormoz kuchi sozlagichining noto'g'ri ishlashi, gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarning yeyilishi va shishib ketishi, silindr, porshen, pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining yeyilishi, tormoz kamerasidagi diafragmaning teshilishi, quvvat akkumullyatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo'ladi.

Tormoz tizimiga xizmat ko'rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK va MXK davrlarida bajariladi.

1-TXK da tormoz tizimi bo'yicha barcha birikmalar va truba o'tkazgichlarning jipsligi, kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarning joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar, g'ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko'p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini

Tashkent state transport university

sozlagichlaming ishlashi tekshiriladi. Qo'shimcha ravishda kundalik xizmat ko'rsatish vaqtida ballonlardagi kondensat to'kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich tayyorlanadi(harorat +5°S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo'yiladi).

Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK.

Gidravlik yuritma manba tomonidan qo'yilgan kuchni suyuqlik yordamida kuchaytirib, tormoz mexanizmiga o'tkazadi. Gidravlik yuritmada vakkumli kuchaytirgichni qo'shib ishlatilishi esa, bu yuritmaning samarasini yanada orttiradi. Vakumli kuchaytirgich suyuqlikni kuchini yanada ortiradi. U atmosfera bosimi bilan kiritish traktidagi bosimning farqiga asoslanib ishlavdi

Bunday tormoz tizimiga ega bo'lgan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishdagi ishlar bosh tormoz silindridagi suyuqlik sathini tekshirish va uni me'yoriga keltirish, agar tizimga havo kirib qolgan bo'lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini, kolodka va tormoz barabanlari orasidagi tirqishni sozlash, tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir.

Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida tanishib chiqamiz:

1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish. Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va jipsligini tekshirish hamda avtomobil g'ildiragini osib qo'yib, uning yengil aylanishini aniqlashdan iborat.

2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini tekshirish va sozlash (1-rasm).

Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o'rindig'i oldida bajariladi. Chizg'ichning bir uchi polga qo'yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu holatda tepki qarshilik hosil bo'lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So'ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me'yoriy qiymatga mos kelmasa, sozlanadi.

3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, GAZ-3110, VAZ, va UZDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi.

1-rasm: Avtomobillarni tormoz tepkisini erkin yurish yo'lini sozlash.

VAZ avtomobillarida tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini sozlash: 1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3-tormoz tepkisi; 4-to'xtash chirog'ini yoqqich; 5-yoqqich gaykasi; 6-to'xtatish chirog'ini o'chirgich; 7- tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh silindr.

Tashkent state transport university

2-rasm: Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqishni sozlash.

Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo'lgan avtomobillarda (Gazel avtomobili) tirqish g'ildirakning orqa tomonidan (2-rasm) tayanch disk(1) dagi ekssentrik barmoq (2) yordamida sozlanadi.

Old va orqa kolodkalarning tayanch barmoqlari gaykasi bo'shatiladi va tormoz tepkisiga 150-200 N kuch bilan bosiladi. Tayanch barmoqlari katta kuch sarf qilmasdan buraladi va gaykalar tortib qo'yiladi. Tormoz tepkisi qo'yib yuborilib, barabanning yengil aylanishi tekshiriladi. Agar kolodka barabanga tegib aylansa, operatsiya qaytadan bajariladi.

Baraban yechilib maxsus o'lchash barabani o'rnatiladi va yassi shuplar yordamida kolodka va baraban orasidagi tirqish aniqlanadi. Tirqish barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25-30 mm masofada aniqlanadi (0,15 mm), bu o'z navbatida qarama-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm ga sozlaydi.

4. Suyuqlik yuritmali tormoz tizimidan havoni chiqarish.

Bosh tormoz silindri va g'ildirak ishchi silindrlari chang va kirliklardan tozalaniladi. Tormoz suyuqligi idishining qopqog'i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Sath sig'imning rezbali qismidan 15-20 mm. dan yoki "min" belgisidan past bo'lmasligi kerak. Ishchi silindrdagi chiqarish klapani(1) ning rezina qopqog'i olinib, o'rniga rezina shlanga(2) tiqiladi va bir uchi 1/3...1/2 hajmda tormoz suyuqligi to'ldirilgan shisha idishga tushiriladi.

Tormoz tepkisi qarshilik sezilguncha, ya'ni tepkining yurish yo'li o'zgarmagunga qadar tez-tez bosibharakatlantiriladi, so'ngra tepkini bosib turib klapan 1/2...3/4 aylanaga buraladi va tepki oxirigacha bosilgach, klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin qo'yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan idishdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va me'yoriga keltirib turiladi. Nihoyat, klapan qotirilib, shlanga yechib olinadi. Shu havo chiqarish ketma-ketligi eng uzoqdagi silindrdan boshlab bosqichmabosqich bajariladi. UZDEU yengil avtomobillarida esa havo chiqarish ketma ketligi orqa g'ildirakdan boshlab diagnal bo'yicha amalga oshiriladi (orqa chap-oldingi o'ng, orqa o'ng-oldingi chap).

5. Qo'l tormozini tekshirish va sozlash.

Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho'zilishi, qo'l tormozi dastagi yo'lining ko'payib ketishiga olib keladi. Orqa g'ildiraklar dastak to'liq yo'lining 2/3 qismda 400 N kuch bilan tortilganda to'liq tormozlanadi. Uni sozlash

Tashkent state transport university

uchun dastak ostiga ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim

Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550-73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, DOT-4 va boshqalar) dan keng foydalanilmoqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti(53%)dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi minus 15°S dan past va 25°S dan yuqori haroratda o'z oquvchanligini yo'qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo'lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo'shimchalardan tarkib topgan bo'ladi. Bu suyuqliklarni bir-biriga qo'shib ishlatish man qilinadi. Havo yuritmali tormoz tizimiga TXK.

Bunday yuritmalar katta massa (9 t) va quvvatga ega bo'lgan yuk avtomobillarida, avtobuslarda, avtopoyezdlarda qoilaniladi. Chunki ularda tormoz mexanizmiga uzatiladigan kuchni nihoyatda orttirish mumkin. Bularga energiva manbai bo'lib, ballonlarda qisilgan havo hisoblanadi. Avtomobilda siqilgan havoni g'ildiraklarga dam urish, g'ildiraklarda bosimni ushlab turish, avtobuslarda eshiklarni ochish-yopish, tirkamalar tormozini tashkil etishda qulaylik bulishi v.h.k ishlarga qo'llanilishi tormoz yuritmasi pnevmatik turidan foydalanishning afzalligini ko'rsatadi.

TXK davrida havo yuritmali tormoz tizimi bo'yicha quyidagi ishlar bajariladi:

1. Kompressor texnik holatini aniqlash va tasmalarning tarangligini sozlash. Kompressorni tekshirishdan avval tasmasining tarangligi tekshiriladi va sozlanadi. Ikki shkiv o'rtasidan tasmani 30-40 N kuch bilan bosganda, egilishi 10-15 mm ni tashkil etishi kerak.

Kompressorni tekshirish uchun dvigatel ishga tushirilib havo bosimining ko'tarilish tezligi aniqlanadi. Havo bosimi 0 dan 0,6...0,7 MPa ko'tarilishi 5-6 minut davom etishi kerak.

2. Havo sozlagichni tekshirish va sozlash. Havo sozlagich kompressorni tizimdan 0,7-0,74 MPa bosimda uzishi va 0,55-0,6 MPa bosimda ulashi kerak. Yuqori bosim qistirmalar sonini oshirish yoki kamaytirish, pastki bosim -qalpoqchani qotirish yoki bo'shatish yo'li bilan sozlanadi.

3.Tormoz tizimining zichlikligini tekshirish va sozlash.

Zichlik ikki uchastkada tekshiriladi:

> Kompressor - tormoz krani uchastkasi: Ishlab turgan dvigatel o'chiriladi va havo bosimi pasayishi manometr yordamida kuzatib boriladi. Tormoz tepkisi bosilmagan holatda, bosimning 10-12 minut davomida pasayishi 0,01 MPa dan oshmasligi kerak. Bosimning me'yoridan tez pasayishi "kompressor-ressiver-tormoz krani" uchastkasida jipslik buzilganligini ko'rsatadi.

> Tormoz krani - tormoz kamerasi uchastkasi: Ishlamayotgan dvigatelda tormoz tepkisi to'liq bosiladi va manometr yordamida bosimning pasayishi tekshiriladi. Bunda bosim tezda 0,10-0,15 MPa ga pasayishi so'ngra pasaymasdan turishi zarur. Bosimning me'yoridan pasayishi "tormoz krani-tormoz kamerasi"

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent state

uchastkasida jipsliklik buzilganligini ko'rsatadi. Havo chiqish joyi eshitish yoki sovun aralashmasini shubhali joylarga surtish bilan aniqlanadi.

4. Tormoz kranini tekshirish va sozlash. Tormoz tepkisining erkin yurish yo'li chegaralovchi gayka bilan mahkamlangan bolt yordamida sozlanadi. Tormoz tepkisining erkin yurishi (30...60 mm), tormoz krani yuqori richagining (1...2 mm) erkin yurishga mos keladi. Tormoz tepkisi bosilganda, ya'ni tormoz kamerasi va ressiverda bosim tenglashganda, uning orqa tomoni kabina poliga 10...30 mm yetmasligi kerak. Agar shu shart bajarilmasa, tepkiga biriktirilgan vilka yordamida bu masofa sozlanadi.

5. Tormoz kameralari shtoki yo'lini tekshirish va sozlash. Shtok yo'lining uzunligi chizg'ich yordamida aniqlanadi; bu oraliq oldingi g'ildiraklarda 15...25 mm, orqa g'ildiraklarda 20...30 mm bo'lishi kerak. Shtok yo'li, uning uchiga o'rnatilgan vilkani oldinga yoki ketinga burash yo'li bilan sozlanadi. Sozlash davrida chap va o'ng g'ildiraklardagi tormoz kamerasi shtogining ishchi yo'li bir xil bo'lishi ta'minlanadi. Tormoz kamerasi shtogining uzunligi hamda kolodka qoplamasi va baraban orasidagi tirqish qo'shimcha ravshda chervyakli sozlash mexanizmi yordamida me'yoriga keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. E. Fayzulayev "Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi" Toshkent 2006

2. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi O.Hamraqulov SH.Magdiyev Toshkent 2005

3. A. Muhitdinov, B. Sattivaliev, SH. Xakimov "Transport vositalarining tuzilishi Desicgn of vehicles" Toshkent 2014

4. DAEWOO Дамас. Руководство по ремонту и техническому обслуживания. —Бишкек: 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.