Научная статья на тему 'IQTISODIY TA’LIMDA MULTIMEDIA MATERIALLARIDAN FOYDALANISH'

IQTISODIY TA’LIMDA MULTIMEDIA MATERIALLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
61
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy ta’lim / ta’lim sifati / ta’lim texnologiyasi / zamonaviy axborot texnologiyalari / multimediali mahsulotlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kattakishiev B.

Mazkur tezis iqtisodiy ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, multimediya materiallaridan foydalanishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda iqtisodchi mutaxassislarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda ilg‘or o‘qitishning usullari, axborot kommunikatsion texnologiyalari va multimedia materiallari asosida iqtisodiy ta’limni rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TA’LIMDA MULTIMEDIA MATERIALLARIDAN FOYDALANISH»

IQTISODIY TA'LIMDA MULTIMEDIA MATERIALLARIDAN FOYDALANISH

Kattakishiev B.

Jizzax politexnika instituti, "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi dotsenti, i.f.n.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8039504

Annotatsiya. Mazkur tezis iqtisodiy ta'limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, multimediya materiallaridan foydalanishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda iqtisodchi mutaxassislarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda ilg'or o'qitishning usullari, axborot kommunikatsion texnologiyalari va multimédia materiallari asosida iqtisodiy ta'limni rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy ta'lim, ta'lim sifati, ta'lim texnologiyasi, zamonaviy axborot texnologiyalari, multimediali mahsulotlar.

Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida mavjud zamonaviy texnologiyalar va ularning texnik vositalaridan samarali foydalana oladigan, ularni takomillashtirish imkoniyati va ko'nikmalariga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashni talab qilmoqda.

Axborot inqilobi va axborotlashgan jamiyatning shakllanishi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatning shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda bilimlarning rolini tubdan o'zgartirib yubordi.

Yoshlarni keng ko'lamda texnika olami bilan tanishtirish, ilg'or texnologiyalarni amalga oshirish va jarayonlarni axborotlashtirishni qo'llab-quvvatlash yo'li bilan amalga oshiriladi. Ilg'or texnologiyalarni omilkorlik bilan o'zlashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sanoatda material sarfini sezilarli darajada kamaytirishga erishish zamonaviy texnika-texnologiyalarning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday vazifalarni e'tiborga olgan holda ta'lim -tarbiya berish yordamida mutaxassislarni tayyorlash ham hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir. Bu vazifa zamonaviy ta'lim tashkilotlari va ularning bitiruvchilariga katta mas'uliyatni yuklaydi. Bu borada olib borilayogan ilmiy izlanishlarimiz natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, ta'lim tashkilotining bitiruvchilari o'z bilimlarini amaliyotga keng qo'llay olishliklari va bunda ular zimmasiga zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalana olishdek muhim vazifani yuklaydi.

Bo'lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasi Davlat ta'lim standartidagi bilim, ko'nikma va malakalarga qo'yilgan talablarga to'la javob beradi. Biroq, innovatsion uslublarni qo'llaydigan bunday sharoitda kasbiy muloqat va mavjud muammolarning o'z vaqtida yechimini topa bilishlarining yetarli emasligi, ijodiy fikrlashning yuqori emasligi bo'lajak mutaxassislarimiz uchun o'z kasbiy faoliyatlarini shakllantirishga yetarli darajada sharoit yaratilmaganligini ko'rsatadi. Shu bilan birgalikda ta'lim tashkilotlarida mutaxassislarni tayyorlashda ba'zi qiyinchiliklar ham mavjud: Uzluksiz ta'lim tizimini qamrab oluvchi talaba-yoshlar axborot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan umumiy dasturning mavjud emasligi; umumiy o'rta ta'lim maktablarining moddiy-texnika baza bilan to'liq ta'minlanmaganligi, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish masalasining texnik ta'limoti va mutaxassislar bilan ta'minlanishi jahon ta'limiga qo'yilgan talablar bilan mos kelmasligi; hozirgi zamon turli axborot texnikalarining ulkan imkoniyatlari yoshlarga, ular tushunadigan qilib yetkazilmasligi va ayniqsa, ulardagi kompyuter bilan muloqat qila olish ko'nikmalarining saviyasi pastligi va shu kabilar.

ATMni yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishning quyidagi imkoniyatlari mavjud: har qanday talaba-yoshlarning ta'lim oldidagi imkoniyatlarini ochiq ta'lim tizimlari yordamida kengaytirishda va ochiq tizim imkoniyatlarini kengaytirish bilan ularning intellektul salohiyatini muntazam ravishda rivojlantirib borishga erishishni ta'minlaydi; muayyan soha bo'yicha mavjud bilimlarni rejalashtirayotgan, o'rganilayotgan, qaralayotgan jarayonlarga mos holga keltirib, uni yangi darajaga, ya'ni rivojlantirib borish orqali takomillashtirilgan holga keltira olish mumkin; ta'limda muayyan soha (jarayon) uchun ATMdan muloqatli axborotli boshqaruv tizimiga o'tishga imkoniyat yaratiladi; ta'lim-tarbiya jarayonida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini, xususan, kompyuterli savodxonligini muntazam ravishda oshirib borishiga ikoniyat yaratadi; talaba-yoshlarning bilish jarayonidagi faoliyatlarini olib borishning optimal variantlarini topish metodologiyasini egallashga va bu jarayonda zamonaviy kompyuterlar universal didaktik vositalardan iborat ekanligini anglashga asos bo'la oladi; ATMni yaratishda bo'lajak mutaxassislarning kasbiy ko'nikma va malakalarini zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari asosida ularning o'quv dasturlarida ushbu sohaga e'tibor berishga sharoit yaratadi; ATMni yaratishda kasbiy ko'nikma va malakalarni zamonaviy axborot texnologiyalari negizida shakllantirish bo'lajak mutaxassislari axborotli-o'quv-uslubiy sharoitda tayyorlashga imkoniyat yaratadi; ATMni yaratishda tezlik bilan ro'y beradigan jarayonlar hamda hodisalar fizik, ximik, texnik, texnologik va boshqa jarayonlar va hodisalar kechishini o'rganishda operativ (tezkor) qarorlar qabul qilishda YaATning imkoniyatlari ulkan ekanligini seza bilish va shu kabilar.

Ma'lumki, bo'lajak mutaxassislarning bilim saviyasi, savodxonligi qanchalik yuqori bo'lsa malaka tavsifi ortib boradi, kasbni egallashi tezlashadi, ilmiy-texnik savodxonligi jarayoniga kirib borishi ertaroq boshlanadi.

Zamonaviy kichik mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishda multimedia materiallaridan foydalanish o'ziga xos ijodiy jarayon bo'lib hisoblanadi.

Multimediali mahsulotlarning ba'zilari o'quv materialini tasvirlash jarayonini boshqarish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, bu holda o'quvchi axborot olishda nofaol rol o'ynaydi. Interfaol shakldagi multimediali mahsulotlarda ta'lim oluvchi faol ishtirok etib, mustaqil xolda o'rganilayotgan mavzuni tanlash va bir mazudan boshqasiga avtomatik tarzda o'tish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Ishlab chiqilayotgan multimediali mahsulotlarni quyidagi ko'rinishdagi pedagogik ssenariy shakllariga ajratish mumkin: multimediali chiziqli shakldagi ta'lim ashyolaridan foydalanish (axborotni ketma-ketlikda tasvirlash); ovoz, animatsiya, video va kompyuterli modellashtirish kabi multimediali vositalardan foydalanib, bajarilgan o'quv materialining ba'zi mavzularini ketma-ket shaklda tasvirlash; multimediali gipermatnli materiallardan foydalanish (axborotni ketma-ket bo'lmagan tarzda ifodalash); elektron ensiklopediyalar bilan ishlash yoki biror mavzu bo'yicha ma'lum materiallarni izlash uchun internet ashyolaridan foydalanish; multimediali o'rgatuvchi mahsulotlardan foydalanish; multimediali mahsulotlarni yaratish uchun maxsus vositalarni qo'llash.

ATMda elektron o'quv adabiyotlarni ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag' talab qiladigan jarayondir. Shuning uchun elektron o'quv qo'llanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichidagi qabul qilinishi mumkin bo'lgan yechimlarni oldind an belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur bo'ladi:

• Tanlash bosqichi;

• Tayyorgarlik bosqichi;

• Asosiy bosqich;

• Yakunlovchi bosqich.

Bunda o'rgatuvchi dasturni empirik yo'l bilan loyihalash, odatda, o'quv predmetidan o'rganilayotgan harakatga qarab boradi. Nazariy yondashuvda loyihalash - bu umumiy tadqiqot strategiyasining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Unda kompyuterli o'qitish texnologiyasi va o'qitish nazariyasining tadqiq etilgan muammolarini loyihalash texnologiyasi va nazariyasining savollari ko'rib chiqiladi. O'rgatuvchi dasturlarni loyihalash ko'p darajali jarayon. Uning quyidagi darajalari mavjud: konseptual, texnologik tadbiq darajalari.

Konseptual darajada quyidagi ishlar ko'lami bajariladi: o'quv faoliyatining yaqin va uzoq maqsadlari aniqlanadi; ikki, ya'ni o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oluvchi o'qitish modeli beriladi; o'qitishning psixologik mexanizm va tamoyillari yoritiladi; bilishni faollashtiruvchi omillarni dasturlash va ularni o'quv jarayonida qo'llash usullari yoritiladi; o'qitish jarayonida shakllanishi shart bo'lgan o'quv faoliyatining asosiy tashkil etuvchilari yoritiladi; boshqarish usuli, teskari aloqa ko'rinishi, o'rganuvchilarning mustaqillik darajasi, yordam choralari aniqlanadi.

Texnologik darajada o'rgatuvchi dastur loyihasi texnologik o'qitish darajasida o'tkazilayotgan o'quv faoliyatini boshqarish bo'yicha aniq ko'rsatma ko'rinishida yoritiladi. O'qitish texnologiyasi o'rgatuvchi va o'rganuvchi amaliy faoliyatining tekislikdagi proeksiyasi sifatida ko'riladi.

Tadbiq darajasi o'z ichiga ikki darajani qamrab oladi: pedagogik va dasturiy tadbiq. Ularning birinchisi o'rgatuvchi va harakat algoritmini o'z ichiga oladi va ssenariy ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Dasturiy tadbiq darajasi o'qitishning har qaysi vaqtida tizim qanday harakat qilayotganini aniqlaydi.

Dastur ssenariysi quyidagi talablarga javob berishi kerak: jarayonda qatnashuvchilarning barchasiga tushunarli bo'lishi; o'qitishning istalgan vaqtida tizimning har bir qismini yetarli aniq yoritishni ta'minlashi; o'quvchilarning kutilmagan javoblariga tizimning javob holatlari usullarining mavjudligi; o'qitayotgan tizimning har qanday, hatto eng murakkab vaziyatiga ham adekvat ta'sirini ta'minlash; o'qitishning barcha bosqichlarida ta'lim jarayonining psixologik -pedagogik o'ziga xosligini hisobga olish; boshqa dasturlar bilan o'zaro aloqa imkonini ta'minlash.

Dasturiy tadbiq darajasida dasturlash tillari yoki uskunaviy tizimdan foydalaniladi. O'rgatuvchi dastur sifati uni loyihalashda uch asosiy masalalarning qay darajada asoslanganligiga bog'liq: o'qitish maqsadi (nima uchun o'qish?); o'qitish mazmuni (nimani o'qish?); o'quv jarayonini tashkil etish prinsiplari (qanday o'qish?).

ATMda multimedia materiallaridan foydalanishning ahamiyatliligi, uning DTS larga muvofiqligi, materiallarni tizimlangan shaklda qat'iy ketma-ketlikda bayon qilish, matnlarning illustrasiyalar va animatsiyalar bilan uyg'unligi, o'quvchilar o'zlashtirishi shart bo'lgan minima l bilim, ko'nikma va malakalarni interfaol usulda ifoda qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi jarayonlarda namoyon bo'ladi.

REFRENCES

1. Dyalonov V.P. Intel. Noveyshie informatsionnbie texnologii. Dostijeniya i lyudi. - M.: Solon - Press, 2004 - 416 s.

2. R.Hamdamov, U.Begimqulov, N.Tayloqov. Ta'limda axborot texnologiyalari. Qo'llanma T. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"- 2010.

3. Axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil qilish yo'llari. Uslubiy qo'llanma. T.: TDIU - 2005.

4. G'ulomov S.S., Musalimov U., Bobojonov A. Ta'lim sifatini yuksaltirishda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan samarali foydalanish tamoyillari. //Professor-o'qituvchilar olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini aks ettiruvchi ilmiy maqolalar to'plami. Toshkent, TDIU, 2006 y.

5. www.ziyonet.uz. internet sayti

6. www.tdi.uz internet sayti

7. www.uzedu.uz internet sayti

8. www.erp.maktab.uz internet sayti

9. www.tdpu.uz internet sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.