Toshbekov N.A.
Negmurodova D.D.
Ozodova A. S.
Buxoro davlat pedagogika instituti
KOLLEKTOR-ZOVUR SUVLARIDAN QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARINI SUG'ORISHDA FOYDALANISH (BUXORO VILOYATI MUSOLIDA)
Annotatsiya: Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda kollektor-zovur suvlaridan foydalanishda suvning kimyoviy tarkibini aniqlash zarur. Viloyatda sug'oriladigan maydonlarning sho'rlanish darajasi 1-jadvalda berilgan ma 'lumotlarga asosan aniqlanadi.
Kalit so 'zlar: Suv havzasi, suv resursi, tashlama ko 'l, kollektor-zovur, buloq, qishloq xo 'jaligi.
Toshbekov N.A.
Negmurodova D.D.
Azodova A. S.
Bukhara State Pedagogical Institute
USE OF COLLECTOR WATER IN IRRIGATION OF AGRICULTURAL CROPS.
(BY THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION)
Abstract: It is necessary to determine the chemical composition of water when using collector water for irrigation of agricultural crops. The level of salinity in the irrigated areas of the region is determined based on the information given in Table 1.
Key words: Reservoir, water resource, waste lake, reservoir, spring, agriculture.
Hozirgi kunda jahonda suv resurslarining chegaralanganligi sababli, sug'oriladiganmaydonlarning kengayishi va boshqa bir qator omillari ta'sirida suv taqchilligi yildan-yilga keskinlashib global muammolardan biriga aylanib bormoqda.
Suv resurslari kamchil bo'lgan yillarda sug'orish uchun sho'rlanish darajasi yuqori bo'lgan kollektor-zovur suvlarini ishlatish hisobiga suv tanqisligini birmuncha bartaraf etish mumkin. Bu suvlarning sifatini hisobga olmay, undan foydalanish qishloq xo'jaligi ekinlar hosildorligini pasaytiradi yoki hosilni butunlay yo'qotishga va qayta sho'rlanishga sabab bo'ladi. Ushbu salbiy oqibatlarning oldini olish uchun kollektor-zovur suvlaridan foydalanishdan oldin ularning sug'orishga
yaroqligini aniqlash zarur. Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish suvning yaroqliligi, dastavval uning sho'rlanish darajasi va kimyoviy tarkibi bo'yicha aniqlanadi.
Bu borada BMT ning maxsus ma'ruzasida "Yer osti suvlari dunyo bo'ylab olinadigan suvning yarmini ya'ni sug'orish uchun ishlaltiladigan suvning 25
foizini tashkil etadi. Iqlim o'zgarishi natijasida keying 30 yil ichida yer usti suvlari cheklanganligi sababli kollektor-zovur suvlariga bo'lgan talab ortishi kutilmoqda", deb ta'kidlanadi. Shu sababli kollektor-zovur suvlarining gidrologik jihatdan o'rganish, qo'shimcha suv manbai sifatida xalq xo'jaligi va qishloq xo'jaligining turli tarmoqlarida samarali foydalanishga oid ilmiy o'rganishlarni taqozo etadi.
Arid iqlimli mintaqalarda sug'oriladigan suvga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Mamlakatimiz hududi 78,7 % i tekisliklardan iborat ekanligini va suvga bo'lgan ehtiyoj yuqori, bunda kollektor-zovurlar, tashlama ko'llarning ham ahamiyati kattadir. Ayniqsa, Buxoro viloyati hududi tekislikda joylashganligi sabali suvga bo'lgan ehtiyoj doimo sezilib turadi.
Viloyatda sug'oriladigan yerlarning maydonlari yildan-yilga o'zgarib bormoqda. Viloyat hududi 40.3 ming kv km ni tashkil etadi. Shundan sug'oriladigan maydonlar 2023 yil holatida 276.3 ming gektarni tashkil qilgan. Hozirda viloyat tumanlari kesimida ham umumiy sug'oriladigan maydonlar, yer osti suvlarining joylashuvi, yer osti suvlarining minerallik darajasi, sug'oriladigan maydonlarning sho'rlanish darajasi, sug'oriladigan maydonlarning meliorativ holatlari ham o'zgarib bormoqda.
Shuning uchun viloyatdan oqib o'tuvchi Markaziy Buxoro, Shimoliy, Parallel zovuri va Qoraqir, Dengizko'l, Zamonbobo kabi tashlama ko'llarini gidrokimyosini, suv sarfini o'rganish va ulardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish hozirgi kun davr talabi hisoblanadi. Sug'oriladigan maydonlarning kollektor-drenaj suvlaridan foydalanilganda ularning sho'rlanish darajasi, kimyoviy tarkibini yil davomida kamida 2 marta aniqlash zarur. Viloyatda sug'oriladigan maydonlarning sho'rlanish darajasi 1-jadvalda berilgan
Buxoro viloyati tumanlarining 2022-2023 yillarda sug'oriladigan maydonlarining sho'rlanish darajasi. ____1-jadval
Tumanlar nomi Yillar Umumiy sug'oriladigan maydon ming.ga Sho'rlanmagan Umumiy sho'rlangan yerlar
ming.ga ming.ga
Buxoro 2022 30,1 4,0 26,1
2023 30,1 4,1 26,0
Vobkent 2022 21,5 3,2 18,3
2023 21,5 3,2 18,3
Jondor 2022 33,1 3,1 29,9
2023 33,1 3,1 29,9
Kogon 2022 19,1 3,2 16,0
2023 19,1 3,2 15,9
Olot 2022 21,5 4,1 17,5
2023 21,5 4,1 17,4
Peshku 2022 22,8 4,0 18,8
2023 22,8 4,1 18,7
Romitan 2022 27,2 4,1 23,1
2023 27,2 4,1 23,1
Shofirkon 2022 28,4 3,6 24,8
2023 28,4 3,6 24,8
Qorako'l 2022 26,5 3,7 22,8
2023 26,5 3,7 22,8
Qorovulbozor 2022 19,3 4,4 14,9
2023 19,3 4,4 14,9
G'ijduvon 2022 27,1 4,5 22,5
2023 27,1 4,5 22,5
Tarkibida 0,5-0,7 g/l tuz bo'lgan suv "yaxshi" sifatli, 0,8-1,5 g/l "qoniqarli", 1,5-4 g/l "qoniqarsiz", 5 g/l dan ko'p bo'lsa "yomon" sifatli hisoblanadi. Paxta ekiladigan tumanlarda ekinlarni sug'orishda faqat "yaxshi" va "qoniqarli" sifatga ega bo'lgan suvdan foydalanish kerak. "Qoniqarsiz" sifatli suvni chuchuk suv bilan 1:2 nisbatda aralashtirib foydalanish mumkin. Yengil tuproqli yerlarda "qoniqarsiz" sifatli suvni chuchuk suv bilan aralashtirgan holda iyun-iyul oylaridan boshlab sug'orishda ishlatish mumkin. Ayrim hollardagina "yomon" sifatli suvni chuchuk suv bilan aralashtirib "qoniqarsiz" darajaga keltirilgach, drenajlar yetarli miqdorda bo'lgan yerlarda ekinlarga uchinchi suvdan boshlab berish mumkin. Esda saqlash kerakki, drenajlarda to'plangan sho'r suvlardan foydalanishda mavsumiy va har galgi sug'orish normasin oshirib sho'r yuvish ishlarini olib borgan holda o'tkazish kerak. Hisobga olingan, sug'orish normasini haddan tashqari ko'paytirish sug'orishni o'tkazish davrini cho'zish bilan birga, sug'oriladigan maydonlarda oqovani ko'paytiradi, tuproqning ildiz taralgan qatlamidagi oziq moddalarni va o'g'itlarni yuvib ketadi. Shu sababli sug'orish normasini loy tuproqli, og'ir sog'tuproqli yerlarda 30 % dan va sog'tuproqli-qumloq va qumli yerlarda 50 % dan oshirmaslik kerak. Kollektor-zovur suvlaridan foydalanilganda ekinlarni 1-2 martaba ko'proq sug'orish kerak.
Viloyatdagi kollektor-zovur suvlaridan qo'shimcha suv resurslari sifatida sug'orma dehqonchilikda qayta foydalanish mumkin. Nisbatan kam minerallashgan Markaziy Buxoro, Shimoliy va Oyoqog'itma kollektor-zovur suvlarida va tashlama ko'llardan iqtisodiyotning turli sohalarida foydalansa bo'ladi. Kollektor-zovur suvlari bilan suv tanqis bo'lgan yillarda qishloq xo'jalik ekinlarini suvga bo'lgan talabini qondirish, hosildorlikni saqlab qolish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ekologik toza mahsulotni yetishtirish hamda sug'oriladigan maydonlarning ishdan chiqishini oldini olish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Тошбеков H.A. Сугориладиган майдонларда коллектор-зовур сувларидан фойдаланишнинг гидрологик таснифи // Science educAton. Scientific journal. 2022.
2. Хайитов Ё. К., Тoшбeкoв H.A. Сув рeсурслaридaн фойдаланишнинг баъзи бир масалалари (Бухоро вилояти мисолида) // "Узбeкистoндa илм-фан ва таълим" 3-сон кoнфрeнция мaтeриaллaри.- Тoшкeнт, 2020.
3. Хайитов Ё.К. Кoллeктoрнo-дрeнaжный сток Зeрaфшaнскoгo оазиса в нaчaлe XXI вeкa // УзМУ хабарлари. Тошнит 2016 №3/2.
4. Хайитов Ё.К. Рeзультaты экспeрeмeнтoв очисткисточных вод ткацких фабрикс помощью пистия тeлoрeзoвиднaя (Pistia stratiotes L) // Микроскопик сувутлари ва юксак сув усимликларни купайтириш, уларни халк хужалигида куллаш // Рeс.кoнф. Бухоро, 2018.