SHO'RLANGAN KOLLEKTOR-DRENAJ SUVLARINI QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARINI SUG'ORISHGA BAHOLASHNI SODDALASHTIRILGAN USLUBI
Xo'jaqulov Rustam, Islomov Sobirjon Ahmad o'g'li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Annotatsiya: Sug'orish uchun tik quduq va kollektor-drenaj suvlaridan foydalanilganda suvning kimyoviy tarkibini vegetatsiya davrida kamida 1 marta aniqlash zarur. Kollektor-drenaj suvlariningsug'orish uchunyaroqliligi 1-jadvalda berilgan ma'lumotlarga binoan aniqlanadi.
Kalit so'zlar: kollektor-drenaj, tik zovur quduqlar, vegetatsiya davri
SALT COLLECTOR-DRAINWATER WATER FOR IRRIGATION OF
AGRICULTURAL CROPS SIMPLIFIED METHOD OF ASSESSMENT
Khojakulov Rustam, Islamov Sobirjon Akhmad ogli
Karshi engineering and economics institute
Abstract: When using vertical wells and collector-drainage waters for irrigation, the chemical composition of the water should be determined at least once during the growing season. The suitability of collector-drainage water for irrigation is determinedfrom the data given in Table 1.
Key words: collector-drainage, vertical ditches, vegetation period
Hozirgi vaqtda suv resurslari kamchil bo'lgan yillarda sug'orish uchun sho'rlanish darajasi yuqori bo'lgan tik zovur quduqlari va kollektor-drenaj suvlarni ishlatish hisobiga suv tanqisligini birmuncha bartaraf etish mumkin. Bu suvlarning sifatini hisobga olmay, undan foydalanish qishloq xo'jaligi ekinlar hosildorligini pasaytiradi yoki hosilni butunlay yo'qotishga va qayta sho'rlanishga sabab bo'ladi. Ushbu salbiy oqibatlarning oldini olish uchun kollektor-drenaj va yer osti suvlaridan foydalanishdan oldin ularning sug'orishga yaroqligini aniqlash zarur.
Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish suvning yaroqliligi, dastavval uning sho'rlanish darajasi va kimyoviy tarkibi bo'yicha aniqlanadi. Buning uchun O'zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo'jaligi Vazirligining viloyatlardagi meliorativ ekspeditsiyalarining ma'lumotlaridan foydalanish kerak, ular kollektor-drenaj suvlarining shurlanish darajasini muntazam tekshirib boradilar. Bu ma'lumotlar bo'lmagan taqdirda kollektorlardan suv namunalarini olib kimyoviy tarkibini tahlil qilib turish kerak. Suv namunalarini olish tadbirlarini kollektorlarda suv oqimi keskin o'zgarganda (ko'p va kam bo'lganda) har o'n kunda bir marta olish zarur.
Sug'orish uchun tik quduq va kollektor-drenaj suvlaridan foydalanilganda suvning kimyoviy tarkibini vegetatsiya davrida kamida 1 marta aniqlash zarur. Kollektor-drenaj suvlarining sug'orish uchun yaroqliligi 1-jadvalda berilgan
ma'lumotlarga binoan aniqlanadi.
1-jadval O'simlikka ta'siri bo'yicha kollektor-drenaj suvlari sifatini baholash Mirzacho'l sharoitida quyidagicha bajariladi._
Suv guruhi Suv sifati Tuzlarning miqdori g/l Foydalanish sharoiti.
1 Yaxshi ^ 0,5 ^ 0,1 Barcha maydonlarda qo'llanishga qarshi chora ko'rmasdan foydalanish mumkin.
2 Qoniqarli 0,8 -1,5 0,1 - 0,3 Mexanik tarkibi o'rtacha bo'lgan yerlarda sho'rlanishning oldini olish choralarini qo'llab, yetarli miqdorda zovurlar bo'lgan holda ishlatiladi.
3 Qoniqarsiz 1,5 - 4,0 0,3 - 0,8 Tuprog'i yengil yerlarda zovurlar yetarli miqdorda bo'lganda ishlatiladi. Har yili yer sho'rini yuvib turish zarur.
4 Yomon > 4,0 Ayrim hollardagina va zovurlar yetarli yerlarda o'simliklarning tuzga chidamligini hisobga olib oxirgi suv berishda ishlatiladi.
Eslatma: suratda- suvning umumiy sho'rlanishi, g/l. maxraj- xlorning mikdori, tegishli sho'r suvda.
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tarkibida 0,5-0,7 g/l tuz bo'lgan suv "yaxshi" sifatli, 0,8-1,5 g/l "qoniqarli", 1,5-4 g/l "qoniqarsiz", 4 g/l dan ko'p bo'lsa "yomon" sifatli hisoblanadi. Paxta ekiladigan tumanlarda ekinlarni sug'orishda faqat "yaxshi" va "qoniqarli" sifatga ega bo'lgan suvdan foydalanish kerak. "Qoniqarsiz" sifatli suvni chuchuk suv bilan 1:2 nisbatda aralashtirib foydalanish mumkin. Yengil tuproqli yerlarda "qoniqarsiz" sifatli suvni chuchuk suv bilan aralashtirgan holda iyun-iyul oylaridan boshlab sug'orishda ishlatish mumkin. Ayrim hollardagina "yomon" sifatli suvni chuchuk suv bilan aralashtirib "qoniqarsiz" darajaga keltirilgach, drenajlar yetarli miqdorda bo'lgan yerlarda ekinlarga uchinchi suvdan boshlab berish mumkin. Esda saqlash kerakki, drenajlarda to'plangan sho'r suvlardan foydalanishda mavsumiy va har galgi sug'orish normasin oshirib sho'r yuvish ishlarini olib borgan holda o'tkazish kerak.
Hisobga olingan, sug'orish normasini haddan tashqari ko'paytirish sug'orishni o'tkazish davrini cho'zish bilan birga, sug'oriladigan maydonlarda oqovani ko'paytiradi, tuproqning ildiz taralgan qatlamidagi oziq moddalarni va o'g'itlarni yuvib ketadi. Shu sababli sug'orish normasini loy tuproqli, og'ir sog'tuproqli yerlarda 30 % dan va sog'tuproqli-qumloq va qumli yerlarda 50 % dan oshirmaslik kerak. Sho'rlangan suvdan foydalanilganda ekinlarni 1-2 martaba ko'proq sug'orish kerak. Bu holda sug'orishni tuproqdagi namlikning miqdori 0,8 to'la nam sig'imiga yetganda boshlash kerak. Shunday qilinsa tuproq eitmasidagi sho'rlik konsentratsiyasi kamayadi va o'simlikning oziqlanishi yaxshilanadi.
Tez-tez sug'orish imkoniyati bo'lmagan taqdirda sho'r suv bilan sug'orish normasini chuchuk suvga nisbatan oshirish kerak. Shuni hisobga olish kerakki, tez-tez sug'organda egat oralarini ishlash uchun qo'shimcha mexanizmlar va ishchi
kuchi talab qilinadi. Sug'orish normasini chuchuk suv bilan sug'orishga nisbatan 20 -30 % ko'paytirish kerak.
M1=(s3-spr)/cdr-spr)*100%=(2 - 0,9)/(3,43 - 0,9)*100 = 43 % bu yerda: c3 - aralashtirilgan suvning mineralizatsiyasi - 2 g/l sdr - drenaj suvning mineralizatsiyasi - 3,43 g/l spr - kanaldagi suvning chuchukligi - 0,9 g/l
Yuqorida chuchuk suvni tejash maqsadida kollektor-drenaj suvlarini kanaldagi chuchuk suv bilan aralashtirib qoniqarli holatga keltirib, ekinlarni sug'orishga ishlatish formulasi keltirilgan. Bu formulani ishlash natijasida shu ma'lum bo'ldiki, Boyovut tumanida 43 % kollektor-drenaj suvi va 57 % chuchuk suv aralashtirilib, qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishga ishlatish mumkinligi ma'lum bo'ldi. Ushbu uslub qo'llanilganda ancha chuchuk suv zahirasi tejalishi imkoniyati yuzaga keladi.
kallektor -drinaj suvlorini sug'orishga va sho'r yuvishga foydalanish uchun maydonlarini aniqlash.
2-jadval
Tuproq qatlamlarini xisobga olib suv o'tkazuvchanlik kategoriyalari bo'yicha
tuproq profilini turlarga ajratish.
Tuproqning yuza qismidagi Mexanik tarkibi 30-100 sm Tuproqning pastki q atlamidagi mexanik tarkibi 100-200 sm
Qum Qumloq Yengil qumoq O'rta qumoq Yengil qumoq yaxshi suv o'tkazmaydigan qatlamlar bilan Og'ir qumoq, loy
Qum (yaxshi va o'rta donador, chukma qumlar) 1-v 1-b 1-b 2-b 3-b 4-b
Qumloq va yengil qumoq 1-v 2-v 2-b 2-b 2-b 4-b
O'rta qumoq 2-a 2-a 2-a 3-v 3-v 4-b
Og'ir qumoq, loy 3-a 3-a 3-a 4-a 4-a 4-v
Eslatma:
1 intensiv suv o'tkazuvchan;
2 suv o'tkazuvchan;
3 kuchsiz suv o'tkazuvchan;
4 yomon suv o'tkazuvchan;
a) tuproq qatlami, mexanik tarkibi bo'yicha pastdan yuqoriga qarab og'irlashadi;
b) mexanik tarkibi bo'yicha pastdan yuqoriga yengillashadi; v) mexanik tarkibi bo'yicha birmuncha o'xshash.
Doimiy sug'orish.
Intensiv suv o'tkazuvchan tuproqlar 305 ga ni tuman buyicha sug'oriladigan maydonning 0,8 % tashkil etadi. Mineralizatsiyasi 3-4 g/l gacha bo'lsa ishlatish mumkin.
Suv o'tkazuvchan tuproqlar 5792 ga bo'lib, tuman bo'yicha sug'oriladigan maydonnig 15,9 % tashkil etadi. Mineralizatsiyasi 2-3 g/l gacha bo'lsa doimiy sug'orish mumkin.
Kam suv o'tkazuvchan qatlam 23786 ga bo'lib, tuman buyicha sug'oriladigan maydonning 65,2 % tashkil etadi. Mineralizatsiyasi 2-3 g/l gacha bo'lsa doimiy sug'orish mumkin.
Yomon suv o'tkazuvchan tuproqlar 65,99 ga bo'lib, tuman buyicha sug'oriladigan maydonning 18,1 % tashkil etadi. Mineralizatsiyasi 1-2 g/l gacha bo'lsa doimiy sug'orish mumkin. Davriy foydalanish.
I- kategoriya tuproqlarda mineralizatsiyasi 3-4 g/l gacha bo'lgan kollektor-drenaj suvini ishlatish mumkin.
II-III kategoriya tuproqlarda mineralizatsiyasi 2-3 g/l gacha bo'lgan kollektor-drenaj suvini ishlatish mumkin.
IV- kategoriya tuproqlarda mineralizatsiyasi 1-2 g/l gacha bo'lgan kollektor-drenaj suvini ishlatish mumkin.
Xulosa: 2020-yilda sug'orishga berilgan suvning o'rtacha mineralizatsiyasi novegetatsiya davrida 1,17 g/l, vegetatsiya davrida esa 1,18 g/l ni tashkil qiladi. Oxirgi uch yilda sug'orishga berilgan suvning mineralizatsiyasi oylar bo'yicha 0,9 g/l dan 1,6 gacha o'zgarib turgan .
Tumanga amal bo'yicha yiliga 409,7 mln.m3 suv olinishi kerak, shu jumladan vegetatsiyada 275,2 mln.m3, "novegetatsiya"da 134,5 mln.m3. Tumanda suv taminoti yetarli. Soddalashtirilgan uslubni qo'llashdan maqsad mavjud suv resurslarini tejab, kollektor-drenaj suvlarini qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishga ishlatishdir. Bu degani mavjud resursni tejab, suv ta'minoti yetarli bo'lmagan tumanlarga berishni ko'zda tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.A. Yakubov, X.E.Yakubov, SH.X.Yakubov Kollektorno-drenajniy stok sentralnoy Azii i otsenka yego ispolzovaniya na orasheniye Toshkent 2011y.
2. Suv kamchil bo'lgan sharoitda kollektor-zovur suvlaridan foydalanishda gidrotexniklar uchun esdalik Toshkent "Mehnat" 2000 y.