ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-571-574
KIMYONI O'QITISHDA TALABALANING EKOLOGIK INTELLEKTUAL
QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH
Dilshoda Ortiq qizi Shirinova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodni, kimyo fanini o'ganishida atrofimizdagi ekologik jarayonlarni anglab etishidagi intelektual qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish kabi masalalar ushbu maqolada yoritib berilgan. Bunda nimalarga e'tibor berish, rioya qilish, o'z faoliyatini yo'naltirish kabi muammoli vaziyatlarga izoh berilgan.
Kalit so'zlar: gidroekologik muammo, ma'naviy va ma'rifiy madaniyat, suv zahiralari, jarayonlar, kimyoviy sifatiy tarkib
FORMATION OF STUDENTS ECOLOGICAL INTELLECTUAL ABILITY IN
TEACHING CHEMISTRY
ABSTRACT
This article addresses issues such as the formation and development of the intellectual ability of today's younger generation to understand the environmental processes around us in the study of chemistry. It explains what to look for, follow, and focus on.
Keywords: hydroecological problem, spiritual and educational culture, water resources, processes, chemical quality
KIRISH
Zamonaviy fan va texnika jadallik bilan rivojlanayotgan bugungi kunda, ta'lim tizimida olib borilayotgan jarayonlarni amalga oshirishda, dolzarb gidroekologik muammolarni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Bunday muammolarni hal etish uchun, katta mablag' sarf etilishidan tashqari, qo'shni davlatlar bilan hamkorlikka erishish, yoshlarni gidroekologik ma'naviy va ma'rifiy madaniyatini shakllantirish lozim[1,2].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shu sababli, yoshlarga ta'lim berishda tabiy suv xavzalarini, ya'ni daryolar, ko'llar, suv omborlari, sun'iy suv havzalari va kollektor-zovur suvlarini ifloslanishini nazorat qilish va ifloslanishidan muhofaza qilish yo'nalishida gidroekologik ta'lim va tarbiya berishda quyidagi maqsadni amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi:
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-571-574
- tabiiy suv boyliklaridan, ularning kimyoviy tarkiblarini va gidrokimyoviy omillarini o'rgangan holda foydalanish va tabiiy suv xavzalarini ifloslanishidan muxofaza qilish yo'llarini ko'rsatgan xolda gidroekologik ta'lim va tarbiya berish;
- o'sib kelayotgan yosh avlodni tabiiy suv xavzalariga va suv zaxiralariga bo'lgan mexrini o'yg'otish (chunki yildan-yilga chuchuk suv zaxiralari kamaymoqda, tabiiy suvlarga bo'lgan extiyoj va iste'mol oshmoqda, gidroekologik muammolarni ko'payishi kuzatilmoqda) va tabiiy suv zaxiralarini ifloslanishdan muxofaza qilishdan e'tiborli bo'lib, faol ishtirok etish yo'nalishida ta'lim berish va tarbiya qilish;
- tabiiy suvlarning bevosita ishtirokida ro'yobga chiqadigan tabiat go'zalliklaridan yoshlarni gidroekologik-estetik madaniyatini shakllantirishda foydalanish;
- o'z organizmimizning asosini suv va suvli eritmalar tashkil etishini o'qtirgan holda tabiiy suvlar zaxiralariga bo'lgan hurmatni o'stirish, ularni e'zozlash yo'lida ekologik ta'lim berish va tarbiya qilish[3,4,5,6,7].
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Yuqoridagi maqsadga etishish yo'lida yoshlarning tabiiy suv zaxiralariga amaliyot mashg'ulotlarini o'tkazish uchun yoki gidroekosayoxatga borishni ta'minlash, bu bilan hududlarda inson faoliyati natijasida tabiiy suvlarning sifatiy tarkibiga, shakllanishiga, ifloslanish va tozalanish jarayonlariga, gidroekologik muhitga qanday ta'sir etayotganliklarini ko'rsatish zarurdir.
Bunday gidroekosayohatlar, tabiiy suv havzalarining suvlari sifatini muhofaza qilishda, o'zlari ham ishtirok etishiga, o'zlari uchun yangi ma'lumot va axborotlarga ega bo'lishiga, tabiiy suvlarga, suv zahiralariga bo'lgan mehr-muhabbatini, hurmatini yanada oshishiga olib keladi[8,9].
Bu yo'nalishda tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalanish va gidroekologik ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga urg'u berish lozim deb o'ylayman:
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-571-574
a) gidrosfera va tabiat birgalikda bir butun borliq ekanligi, gidrosferadagi jarayonlar bilan jamiyat orasida doimiy aloqalarni mavjudligi.
b) tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini o'zgartirib turish, murakkab jarayonligi, shu bilan birga kimyoviy moddalarninig tabiiy suvlarda aylanishi, ko'chishi murakkab hamda muayyan muvozanatda bo'lishligi va bu muvozanatning buzilishi mavjud tabiiy majmualarning o'zgarib ketishiga olib kelishi mumkinligi[10].
v) inson faoliyatining tabiiy suvlar kimyoviy tarkibiga ta'sirini o'ziga xos tavsifga ega ekanligi.
g) tabiiy suvlarning kimyoviy va sifatiy tarkibini o'rganishda va muxofaza qilishda, gidrosferaning umumiy gidrokimyoviy uslub va uslubiyatlarini yaxshi bilish va shu asosida ishlar olib borilishi.
d) tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalinish va ularni ifloslanishini nazorat qilish va ifloslanishdan muxofaza qilish ishlariga hududiy gidrokimyoviy va gidroekologik e'tibor berilishi.
e) tabiiy suv havzalarining ifloslanishi bo'yicha nazorat olib borish, ularni ifloslinishini oldini olish va ifloslanishdan muxofaza qilish, har bir fuqaroning, ayniqsa, bunda o'sib kelayotgan yosh avlodning e'tiborli bo'lishi va shaxsan ishtirok etishini zarurligini anglatilishi[11,12].
XULOSA
Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalar yoshlarni gidroeologik ta'lim berish va tarbiya qilishda aniq talablar qo'yadi va ularni amalga oshirish uchun esa o'quv dasturlarida tabiiy fanlarni nazariy va amaliy jihatdan o'qitishda etarlicha e'tibor berilishi va hududlarda joylashgan o'quv maskanlarida qo'shimcha fakultativ mashg'ulotlarini tashkil qilinishi maqsad sari tashlangan qadam bo'ladi, bu bilian biz, bizni o'rab turgan gidro olamda kelib chiqishi mumkin bo'lgan gidroekologik muammolarni oldini olishga o'z hissamizni qo'shamiz.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-571-574
REFERENCES
1. Badalova S.I., Komilov K.U., Kurbanova A.Dj. Intellectual training of students of technical institute.// Academic Research in Educational Sciences. 2020. Vol. 1 No. 1.
2. Yadgarov B., Komilov K.U., Kurbanova A.Dj. Applying ICT for improvement general chemical education.// Society and innovations. 2021. №4. Стр. 257-261.
3. Atqiyayeva S. I., Komilov K.U. Developing intellectual capabilities of students in teaching chemistry. Международный научно-образовательный электронный журнал «Образование и наука в XXI веке». Выпуск №10 (том 3) (январь, 2021). 684-692 c.
4. Badalova S.I., Komilov K.U., Kurbanova A.Dj. Case technology in chemistry lessons// Academic Research in Educational Sciences.2020. Vol. 1 No. 1, Page 262265.
5. Shayzakova D.A. The use of personal-humanitarian technology in teaching chemistry. Academic research in educational sciences. Vol. 2 №4. 2021. Page 603-612.
6. Shayzakova D.A., Nasimov A.M. Kimyo fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish // SamDU Ilmiy axborotnoma. 2020-yil, 6-son (124). 106-109 b.
7. Ёдгаров Б. Применение ИКТ для улучшения общего химического образования // Общество и инновации. 2021. №4. Стр. 258-263.
8. Рустамова Х.Н., Курбанова А.Дж., Комилов К.У., Эштурсунов Д.А. Роль информационных и коммуникационных технологий в обучении общей и неорганической химии // "Экономика и социум". 2021. №5(84).
9. Kurbanova A.Dj., Komilov K.U. Case-study method for teaching general and inorganic chemistry // Academic research in educational sciences. 2021. № 6. Page 436-443.
10. Atqiyayeva, I. S., Kurbanova, A. D., Komilov, Q. O., Fayziyev, X. O. Kimyoni o'qitishda o'quvchilarning intellectual imkoniyatlarini rivojlantirishda elektron taqdimotlarning qo'llanilishi. academic research in educational sciences// 2021, 2(Special Issue 4), 47-52. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-4-47-5214
11. Kurbanova, A. D., Komilov, K. U. Umumiy va anorganik kimyoni o'qitish jarayonida talabalarni intellektual qobiliyatini shakllantirish. academic research in educational sciences//2021, 2(Special Issue 4), 73-78. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-4-73-78.
12. Matyakubov A. Umumiy va anorganik kimyoni o'qitish jarayonida talabalarni intellectual qobiliyatini shakllantirish. Jamiyat va innovatsiy jurnali. 2021. №5.571577 betlar.