Научная статья на тему 'ERKIN IQTISODIY ZONA MAXSUS IQTISODIY ZONANING BIR KO‘RINISHI SIFATIDA'

ERKIN IQTISODIY ZONA MAXSUS IQTISODIY ZONANING BIR KO‘RINISHI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1545
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin iqtisodiy zona / maxsus iqtisodiy zona / erkin port / erkin eksport hududi / erkin zona / “Bojxona tartib-tamoyillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risida”gi Xalqaro konvensiya. / free economic zone / special economic zone / free port / free export zone / free zone / International Convention on the Simplification and Harmonization of Customs Procedures.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Voxidova Mehri Xasanovna

Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy zonalarning nazariy-uslubiy asoslari o‘rganilgan bo‘lib, erkin iqtisodiy hamda maxsus iqtisodiy zonalarning farqli jihatlari keltirilgan. Maqolaning maqsadiamaliy asoslari keng rivojlangan maxsus iqtisodiy zonalarning nazariy asoslarini tadqiq etib, mualliflik ta’rifini keltirishdan iborat. Tadqiqot natijasida quyidagi xulosa va takliflar shakllantirilgan: erkin iqtisodiy zonalar ham maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo‘lsa, erkin zonalar erkin portlar faoliyatini tavsiflaydi; xorijiy mamlakatlar amaliyotida maxsus iqtisodiy zonalarning erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, texnologik-innovatsion parklar va boshqa turlari keng qo‘llanila

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FREE ECONOMIC ZONE AS A VIEW OF A SPECIAL ECONOMIC ZONE

The article examines the theoretical and methodological foundations for the creation of special economic zones, the differences between free economic zones and special economic zones. The purpose of the article is to study the theoretical foundations of special economic zones, the practical basis of which has been widely developed, and to give the author's definition. As a result of the study, the following conclusions and recommendations were formed: if free economic zones are also a kind of special economic zones, then free zones describe the activities of free ports; Free trade zones, free industrial zones, free economic zones, technology and innovation parks and other types of special economic zones are widely used in the practice of foreign countries.

Текст научной работы на тему «ERKIN IQTISODIY ZONA MAXSUS IQTISODIY ZONANING BIR KO‘RINISHI SIFATIDA»

ERKIN IQTISODIY ZONA MAXSUS IQTISODIY ZONANING BIR

KO'RINISHI SIFATIDA

Voxidova Mehri Xasanovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm" kafedrasi o 'qituvchisi, PhD

mehrivoxidova@amail. com

Annotatsiya: Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy zonalarning nazariy-uslubiy asoslari o'rganilgan bo'lib, erkin iqtisodiy hamda maxsus iqtisodiy zonalarning farqli jihatlari keltirilgan. Maqolaning maqsadi- amaliy asoslari keng rivojlangan maxsus iqtisodiy zonalarning nazariy asoslarini tadqiq etib, mualliflik ta'rifini keltirishdan iborat.

Tadqiqot natijasida quyidagi xulosa va takliflar shakllantirilgan: erkin iqtisodiy zonalar ham maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo'lsa, erkin zonalar erkin portlar faoliyatini tavsiflaydi; xorijiy mamlakatlar amaliyotida maxsus iqtisodiy zonalarning erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, texnologik-innovatsion parklar va boshqa turlari keng qo 'llaniladi.

Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy zona, maxsus iqtisodiy zona, erkin port, erkin eksport hududi, erkin zona, "Bojxona tartib-tamoyillarini soddalashtirish va uyg 'unlashtirish to 'g 'risida "gi Xalqaro konvensiya.

СВОБОДНАЯ ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЗОНА КАК ВИД ОСОБОЙ

ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЗОНЫ

Аннотация: В статье исследуются теоретико-методологические основы создания особых экономических зон, различия между свободными экономическими зонами и особыми экономическими зонами. Цель статьи -изучить теоретические основы особых экономических зон, практическая база которых получила широкое развитие, и дать авторское определение.

В результате исследования были сформированы следующие выводы и рекомендации: если свободные экономические зоны также являются разновидностью особых экономических зон, то свободные зоны описывают деятельность свободных портов; Зоны свободной торговли, свободные индустриальные зоны, свободные экономические зоны, технико-инновационные парки и другие типы особых экономических зон широко используются в практике зарубежных стран.

Ключевые слова: свободная экономическая зона, особая экономическая зона, свободный порт, зона свободного экспорта, свободная зона, Международная конвенция об упрощении и гармонизации таможенных процедур.

FREE ECONOMIC ZONE AS A TYPE OF A SPECIAL ECONOMIC

ZONE

Abstract: The article examines the theoretical and methodological foundations for the creation of special economic zones, the differences between free economic zones and special economic zones. The purpose of the article is to study the theoretical foundations of special economic zones, the practical basis of which has been widely developed, and to give the author's definition.

As a result of the study, the following conclusions and recommendations were formed: if free economic zones are also a kind of special economic zones, then free zones describe the activities of free ports; Free trade zones, free industrial zones, free economic zones, technology and innovation parks and other types of special economic zones are widely used in the practice of foreign countries.

Keywords: free economic zone, special economic zone, free port, free export zone, free zone, International Convention on the Simplification and Harmonization of Customs Procedures.

KIRISH

XXI asrga kelib, xalqaro iqtisodiy integratsiya va xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida alohida soliq, bojxona va imtiyozlar rejimiga ega bo'lgan, mamlakatning hududiy jihatdan ajratilgan qismi erkin yoki maxsus iqtisodiy hududlarga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday hududlar tashkil etilgan mamlakatda aholi bandligini oshirishda, turidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish soha va tarmoqlarini rivojlantirishda, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda, hududga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu hududlarni tashkil etishning ilk tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularning eng qadimgilaridan biri Germaniyaning Gamburg porti hisoblanadi. Ushbu port XII asrda o'z faoliyatini rasman boshlagan bo'lsada, uning mintaqaviy savdodagi o'rnining rivojlanishi 9 asrga borib taqaladi. Bugungi kunga kelib esa ushbu port butun dunyodan kelgan 7 mingdan ortiq yirik, o'rta va kichik hajmdagi kemalarni bir yil davomida qabul qilish imkoniga ega.

Scientific Journal Impact Factor

Osiyodagi rasmiy ilk erkin iqtisodiy hududning tashkil etilishi Hindistonning Kandla maxsus iqtisodiy zonasi nomi bilan bog'liq. 27 725 kishini ish bilan ta'minlagan, 2018-2019 yillardagi eksport hajmi 7380,78 hind ruppiyasini tashkil etgan [1] ushbu hudud 1950-yillarda dengiz porti sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya va MDH mamlakatlarida offshor, savdo, erkin ishlab chiqarish, texnopark sifatidagi hududlar shakllana boshlaydi.

BMT Rivojlanish dasturi tadqiqotlariga muvofiq, 2018 yilda jahonning 140 dan ortiq mamlakatlarida 4500 dan ortiq erkin iqtiodiy hududlar faoliyat olib borgan [2]. Ulardan 550 tasi Amerika qit'asida, 991 tasi Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida, 443 tasi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat olib boradi. Amaliy asoslari keng rivojlangan bunday hududlar xalqaro siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim ahamiyat kasb etishiga qaramasdan, bunday hududlarning nomlanishiga nisbatan yagona to'xtam mavjud emas. Ba'zi bir huquqiy adabiyotlarda, ularga "erkin iqtisodiy hududlar", ba'zi iqtisodiy manbalarda esa "maxsus iqtisodiy hududlar" deb ta'rif beriladi.

Ushbu ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi amaliy asoslari keng rivojlangan bunday hududlarning nazariy asoslarini tadqiq etib, mualliflik ta'rifini keltirishdan iborat.

Bunday hududlarga nisbatan keltirilgan ilk ta'rif 1973 yil 18 mayda qabul qilingan "Bojxona tartib-tamoyillarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish to'g'risida"gi Xalqaro konvensiyada o'z aksini topgan bo'lib, unga muvofiq erkin zona bu- tomonlar tomonidan kelishilgan hudud bo'lib, unga kirib keladigan har qanday tovar bojxona hududidan tashqarida ko'rib chiqiladi [3].

Maxsus iqtisodiy zonani (MIZ) tavsiflab beruvchi uch xil fikrlar mavjud. Birinchi fikr rivojlanayotgan mamlakatda, soliq imtiyozlaridan bahramand bo'lgan ko'p millatli korporatsiyalar (TMK) tomonidan joylashtirilgan, tikuvchilik fabrikalarida ishchilar sifatsiz sharoitlarda ishlayotgani bilan to'sib qo'yilgan sanoat mulkini tasvirlashi mumkin. Aksincha, ikkinchi fikr "SHenchjenning mo''jizasi" haqida aytishi mumkin, 30 yil ichida baliqchilar qishlog'i 14 million kishilik megapolis shaharga aylanib, jon boshiga to'g'ri keladigan ichki mahsulot (YAIM) 100 foizga o'sgan, Uchinchi fikr, portlari savdo va logistikaga yo'naltirilgan faoliyatning keng doirasi uchun asos bo'lgan Dubay yoki Singapur kabi joylar haqida bo'lishi mumkin. Gibraltar, Gamburg va Singapur kabi xavfsiz savdo yo'llari bo'ylab

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI

Scientific Journal Impact Factor

bepul saqlash va almashinuvni kafolatlaydigan entrepotlar va shahar bo'ylab erkin zonalar asrlar davomida ishlab kelmoqda. Birinchi zamonaviy erkin sanoat zonasi 1959 yilda Irlandiyaning SHennon shahrida tashkil etilgan. 1970-yillarga qadar ko'pchilik zonalar sanoatlashgan mamlakatlarida to'plangan edi. Ammo 1970-yillardan boshlab, SHarqiy Osiyo va Lotin Amerikasida bunday zonalar TMKlar karitalini jalb qilish uchun tashkil etildi. Ushbu zonalar import o'rnini bosuvchi siyosatdan voz kechgan va eksportga asoslangan o'sish siyosati orqali jahon bozorlariga qo'shilishni maqsad qilgan mamlakatlarda savdo va investitsiya siyosatining asosi bo'ldi [4].

Maxsus iqtisodiy zonalar iqtisodiy faoliyatga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida, u joylashgan davlatdan farqli ravishda tartibga solinadigan va boshqariladigan, geografik jihatdan chegaralangan hudud sifatida tavsiflanishi mumkin.

O'n yilliklar davomida ElZlar rivojlanishning aniq maqsadlariga erishish uchun ishlab chiqilgan nisbatan sodda taklifdan tobora xilma-xil takliflarga aylandi

L.A. Kravchenko, M.V. Goryachix ilmiy tadqiqotlariga muvofiq, maxsus iqtisodiy zona - bu hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning maxsus rejimi faoliyat ko'rsatadigan qismdir [6].

Keng ma'noda maxsus iqtisodiy zonalar konsepsiyasining ta'rifini olimlar T.P. Danko va E.M. Okrut: "Erkin iqtisodiy zonalar - bu davlatning suveren hududi bo'lib, u mamlakat iqtisodiy kompleksining ajralmas qismi bo'lib, u erda ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlash butun mamlakat bo'ylab yaxlit, korporativ maqsadga erishish uchun ishlab chiqarish va taqsimotning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini tartibga soluvchi maxsus mexanizmlardan foydalangan holda amalga oshiriladi, diffuzion kengayishga qodir bo'ladi" [7].

Sirazetdinov R.M., Salaxieva L.R.larning fikriga ko'ra, maxsus iqtisodiy zonada davlat investitsiyalarining asosiy maqsadi innovatsion iqtisodiyotni, sanoatni va ilmiy-sarmoyaviy sohani rivojlantirishdir. Bu quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

xorijiy investorlarni (kapitalni) jalb qilish; ish o'rinlari sonini ta'minlash (ko'paytirish); eksport mahsulotlarini yaratish, rivojlantirish, ko'paytirish; importni almashtirish;

boshqarishning yangi modellarini tajriba asosida qo'llash, ish yuritish;

[5].

boshlang'ich tadbirkorlarni, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash;

Ma'lum bir mintaqani, shuningdek, ma'lum bir faoliyat sohasini rivojlantirish uchun turtki vazifasini bajaradi [8].

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo'lgan hudud hisoblanadi [9].

MDH mamlakatlari orasida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida "maxsus iqtisodiy zona - Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan belgilanadigan va unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus rejim amal qiladigan va erkin bojxona zonasining bojxona protseduralari qo'llaniladigan Rossiya Federatsiyasi hududining bir qismi" [10] degan huquqiy ta'rif keltirilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

Maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo'lgan erkin iqtisodiy hududlarni tahlil qilish va o'rganish jarayonida analiz, sintez va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

YUqorida ko'rib o'tganimizdek, xorijiy olimlarning aksariyat qismi mamlakat hududining bir qismi hisoblangan, alohida soliq va bojxona rejimiga ega bo'lgan hududlarni maxsus iqtisodiy zonalar deb atashadi.

Ammo ayrim olimlar tomonidan keltirilgan erkin iqtisodiy zona nima?

Kiota Xalqaro konvensiya keltirilganidek, erkin zona yoki erkin iqtisodiy zona deb keltirilgan ayrim hududlar MDH mamlakatlari tajribasidagi maxsus iqtisodiy zonalar hamda Evropa, Janubiy Amerika mamlakatlari amaliyotida keng qo'llaniladigan erkin portlar bo'lib hisoblanadi.

1-jadval

Xorijiy mamlakatlar tajribasida erkin yoki erkin iqtisodiy zonalar

Erkin iqtisodiy hududlar Erkin portlar

Belarussiyada 1. Brest FEZ 2. FEZ Mogilev 3. Vitebsk FEZ 4. Minsk FEZ 5. Gomel FEZ Misrda 1. Port Said Public Free Zone 2. Alexandria Public Free Zone 3. Nasr City Public Free Zone 4. Suez Public Free Zone 5. Ismailia Public Free Zone

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

6. Grodno FEZ 6. Damietta Public Free Zone 7. Media Public Free Zone 8. Shebin El- Kom Public Free Zone 9. Qeft Public Free Zone 10. Port Said East Port Public Free Zone

Irlandiyada [12] Shannon Free Zone Koreya Respublikasida 11. Korean Free Economic Zones 12. Busan-Jinhae Free Economic Zone 13. Daegu-Gyeongbuk Free Economic Zone 14. Gwangyang Bay Area Free Economic Zone 15. Incheon Free Economic Zone 16. Yellow Sea Free Economic Zone 17. Saemanguem-Gunsan Free Economic Zone 18. East Coast Free Economic Zone 19. Chungbuk Free Economic Zone Eronda 20. Kish 21. Aras Free Zone 22. Anzali Free Zone 23. Arvand Free Zone 24. Chabahar Free Zone 25. Gheshm Free Zone 26. Maku Free Zone 27. Imam Khomeini Airport City Free Zone

Litvada [11] Marijampole Free Economic Zone Kaunas Free Economic Zone Klaipeda Free Economic Zone Panevezys Free Economic Zone Akmene Free Economic Zone Siauliai Free Economic Zone Kedainiai Free Economic Zone Xorvatiyada[13] 28. Krapinsko-Zagorska Free Zone 29. Kukuljanovo Free Zone 30. Osijek Free Zone 31. Port of Ploce Free Zone 32. Port of Pula Free Zone 33. Port of Rijeka Free Zone 34. Port of Rij eka - Skrljevo Free Zone 35. Port of Split Free Zone 36. Splitsko-dalmatinska Free Zone 37. Zagreb Free Zone

Yevropa hamda MDH mamlakatlari tajribasida erkin iqtisodiy zonalar deb ataladigan hududlarning akasariyat qismi 1990-yillarda tashkil etilgan bo'lib, ularning nomlanishida ham bir xil tendensiya mavjud. Fors Ko'rfazi, Shimoliy Afrika va Yevropaning ayrim mamlakatlari amaliyayotida qo'llaniladaigan erkin zona tushunchasi esa ko'proq maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo'lgan erkin portlar faoliyatiga nisbatan qo'llaniladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning erkin savdo zonalari (erkin portlar, bojdan xoli do'konlar), erkin ishlab chiqarish hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, texnologik-

137

innovatsion parklar, transchegaraviy hududlar, xizmat ko'rsatish hududlari, qishloq xo'jalik, erkin tadbirkorlik hududlari kabi turlari xorijiy mamlakatlar amaliyayotida qo'llaniladi.

2-jadval

Jahon banki ma'lumotlariga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi

turlarga ajratiladi [14]

Turi Vazifasi Asosiy yo'nalishi Bozor

Erkin eksport hududi Eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish Savdo bilan aloqador Tashqi

Erkin tadbirkorlik hududlari Kichik shaharlarni rivojlantirish Ko'p maqsadli ichki

Erkin savdo hududi Savdoni qo'llab-quvvatlash Tashish va savdo Tashqi, ichki, reeksport

Erkin portlar Kompleks rivojlanish Qo'p maqsadli Ichki, tashqi, eksport

2-jadval ma'lumotlariga muvofiq, erkin savdo hududlari ham, erkin eksport hududlari va erkin portlar ham asosan rivojlangan mamlakatlar tajribasiga xos bo'lib, eksport, reeksport va importning rivojlanishida muhim o'rin egallaydi. Erkin hududlari esa AQSH va Buyuk Britaniya tajribasiga xos bo'lib, aholining yashash darajasi va sifati mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan past bo'lgan hududlarda qo'llanilib, turli imtiyoz va preferensiyalar orqali hududda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga va bu orqali aholining yashash darajasini oshirishga, kichik shaharlarda ham aholining yashab qolishiga imkoniyat yaratadi.

O'zbekiston Respubliksining "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, maxsus iqtisodiy mzonalar erkin iqtisodiy zonalar, maxsus ilmiy-texnologik zonalar, turistik-rekreatsion zonalar, erkin savdo zonalari, maxsus sanoat zonalari kabi turlarga ajratiladi.

Qonunga muvofiq:

Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik -kommunikatsiya, yo'l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini

rivojlantirishni ta'minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.

138

Scientific Journal Impact Factor

Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to'plangan hudud.

Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma ob'ektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog'lomlashtirish, savdo-ko'ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi ob'ektlarni), maxsus faoliyat ko'rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko'rsatish maqsadida zarur shart -sharoitlarni ta'minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.

Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo'lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o'rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o'z ichiga oladi.

Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo'jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma'muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun er uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o'z ichiga oladi [15].

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan quyidagi xulosa va takliflar shakllantirildi:

Erkin iqtisodiy zonalar ham maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo'lsa, erkin zonalar erkin portlar faoliyatini tavsiflaydi. Yevropa hamda MDH mamlakatlari tajribasida erkin iqtisodiy zonalar deb ataladigan hududlarning akasariyat qismi 1990-yillarda tashkil etilgan bo'lib, ularning nomlanishida ham bir xil tendensiya mavjud. Fors Ko'rfazi, Shimoliy Afrika va Yevropaning ayrim mamlakatlari amaliyayotida qo'llaniladaigan erkin zona tushunchasi esa ko'proq maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo'lgan erkin portlar faoliyatiga nisbatan qo'llaniladi.

Xorijiy mamlakatlar amaliyotida maxsus iqtisodiy zonalarning erkin savdo zonalari (erkin portlar, bojdan xoli do'konlar), erkin ishlab chiqarish hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, texnologik-innovatsion parklar, transchegaraviy hududlar, xizmat ko'rsatish hududlari, qishloq xo'jalik, erkin tadbirkorlik hududlari kabi turlari keng qo'llanilsa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar, maxsus ilmiy-texnologik zonalar, turistik-rekreatsion zonalar, erkin savdo zonalari,

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

maxsus sanoat zonalari maxsus iqtisodiy zonaning mamlakatda tashkil etilishi mumkin bo'lgan turlari bo'lib hisoblanadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar dunyoning qaysi bir chekkasida qanday atalmasin, ularning barchasi mamlakatning alohida soliq va bojxona rejimi qo'llaniladigan eksport va reeksportni rivojlantirishga xizmat qiladigan hududi hisoblanadi.

1. http://kasez.gov.in/statistical-information-of-kasez/

2. Об актуальних проблемах развития свободних экономических зон в Республике Узбекистан. www.ундп.орг

3. «Международная конвентсия об упрошении и гармонизатсии таможенних протседур» (совершено в Киото 18.05.1973) (в ред. Протокола от 26.06.1999) (Пересмотренная Киотская конвентсия). хттп://атб.уз/тренинги-атб/електронная-библиотека/лаw106124_0_20170905_173006_53903/

4. Тхрмас Фароле, Сокхдн Акинси, Сесиал эсономиз зонес. Тх,е Wорлд Банк,

https://openknowledge.worldbank. org/bitstream/handle/10986/2341/638440PUB0Ext o00Box0361527B0PUBLIC0.pdf

5. Special economic zones as a tool for economic development. https://www.oliverwyman.com/content/dam/oliverwyman/ME/banners/Special%20E conomic%20Zonesdigitalrev.pdf

6. L.A. Kravchenko, M.V. Goryachix. Osobie ekonomicheskie zoni:zarubejniy opit i perspektivi funktsionirovaniya v Rossii. Vestnik TvGU. Seriya "Ekonomika i upravlenie". 2017. №4. S. 7-13. https://core.ac.uk/download/pdf/153142873.pdf

7. Danko T.P., Okrut Z.M. Svobodnie ekonomicheskie zoni. - M.: Infra-M, 1998

8. Sirazetdinov R.M., Salaxieva L.R. Osobie ekonomicheskie zoni kak instrument innovatsionnogo razvitiya natsionalnoy ekonomiki: effektivnost, tendentsii, problembi i puti ix resheniya // Rossiyskoe predprinimatelstvo. — 2016. — T. 17. — № 21. —S. 2827-2836. — doi: 10.18334/rp.17.21.36925

9. O'zbekiston Respublikasining "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonuni. 0'RQ-604-son 17.02.2020. https://lex.uz/docs/4737511

10. Federalniy zakon "Ob osobix ekonomicheskix zonax v Rossiyskoy Federatsii" ot 22.07.2005 N 116-FZ http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_54599/

11. "Laisvoji ekonomine zona Baltic FEZ". Baltic FEZ. Retrieved 12 May 2016.

12. "Shannon Heritage Home". Retrieved 12 May 2016

13. "Kukuljanovo Free Zone". Retrieved 2020-04-03.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

2011.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-319

p.

14. Osobaya ekonomicheskaya zona: effektivnost, izvlechennbie uroki i znachenie dlya razvitiya zoni, Vashington, okrug Kolumbiya: Vsemirnbiy bank,2008 g., str. 9-11

15. O'zbekiston Respublikasining "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonuni. 0'RQ-604-son 17.02.2020. https://iex.uz/docs/4737511

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.