KICHIK BIZNES RIVOJI-ERTANGI KUN POYDEVORI
Mardanov Aziz Yusupovich
Oriental universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekan muovini
Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik biznes taraqqiyoti va moliya munosabatlarini takomillashtirish o'zaro bog'liq muammolardandir. Iqtisodiyotningturli mulkvaxo'jalik yuritish shakllaridan keng foydalanishga o 'tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim turtki oldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari kichik biznes taraqqiyotini rag'batlantirishningmuhim da&aklariga egadir.
Kalit so'zlar: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatini rivojlantirish, kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish, kichik va xususiy biznesni har tomonlama rivojlantirish, moliya munosabatlari kichik biznes taraqqiyotini rag'batlantirish.
Аннотация: В данной статье развитие малого бизнеса и улучшение финансовых отношений относятся к числу взаимосвязанных проблем. С переходом экономики на широкое использование различных форм собственности и хозяйственного ведения, развитием частного предпринимательства и малого бизнеса финансовые отношения также получили важный импульс для своего развития на основе требований рынка. В то же время финансовые отношения имеют важные рычаги стимулирования развития малого бизнеса.
Ключевые слова: развитие малого бизнеса и частного предпринимательства, финансирование предприятий малого бизнеса, комплексное развитие малого и частного предпринимательства, финансовые отношения по стимулированию развития малого бизнеса.
Abtfract. In this article, the development of small business and the improvement of financial relations are among the interrelated problems. With the transition of the economy to wide use of various forms of property and business management, the development of private entrepreneurship and small business, financial relations also received an important impetus for their development based on market requirements. At the same time, financial relations have important levers to Simulate the development of small business.
Key words: development of small business and private entrepreneurship, financing of small business enterprises, comprehensive development of small and private business, financial relations to Simulate the development of small business.
Milliy iqtisodiyotda muhim o'rin egallab borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish hamda bu orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlari yaratish hamda buning asosida aholi daromadlarini ko'paytirish va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq to'lov tushumlari hajmining ko'payishi va iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichi hisoblangan yalpi ichki mahsulot salmog'ining oshishiga asosiy turtki bo'lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning tayanchiga hamda asosiy kuchiga aylanib bormoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining &rategik vazifasi sifatida qaralmoqda.
Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko'p mablag' talab etmaydigan xo'jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur'atlarini ta'minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida i&e'mol bozorini shakllantirish va uni to'ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar i&e'mol talabining o'zgarishiga darhol moslashadi va shu yo'l bilan i&e'mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta'minlaydi. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo'lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani sohaning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Bu narsa shu bilan bog'liqki, kichik biznes tizimi ichida mukammal taqsimot tizimining yaratilishi natijasida markazlashgan va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarining yanada mu&ahkamlanishiga erishish hamda turli soliq imtiyozlarining qo'llanilishi maqsadida kichik biznes kelgusi taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholini ish bilan band etishi va o'rta sinfni shaklantirishi kabi xususiyatlari xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, kichik korxonalar iqtisodiy rivojlanish, ilmiy-texnika ixtirolarini, aholining talabini qondirish uchun qo'llashda i&iqbollidir. Boshqarish sohasida kichik korxonalarda eng kam xarajat
qilinishi bilan birga mulk haqiqiy egasining qo'lida bo'lib, undan foydalanish, ko'paytirish doimo yaxshi natijalarga olib kelgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kichik biznes korxonalarini moliyalashtirishning turli xil manbalarini quyidagi rasm holida tasvirlash mumkin (1-rasm).
Shu munosabat bilan kichik va xususiy biznesni har tomonlama rivojlantirish zarur. Ularni tashkil etish, ro'yxatga olish va moliyalashtirish masalalarida qulay shart-sharoitlar yaratish kerak. Kichik biznes sub'ektlarining to'la erkinligini ta'minlash va ular faoliyatini rag'batlantirish lozim.
Jahon iqtisodiyotida kichik biznes ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, yangi ish o'rinlarini barpo qilishda, bozor o'zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligi tasdiqlanmoqda.
Qator mamlakatlarda kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o'rniga, uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor berilmoqda. Shu nuqtai-nazardan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning kichik biznesni moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha o'rganish va samarali bo'lgan usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilish bosh masaladir. Bu esa, o'z navbatida, O'zbeki&onda kichik biznes loyihalarini moliyalashni takomillashtirishga ham xizmat qiladi.
1-rasm. Kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish manbalari1
Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning deyarli barcha soxalarida barpo qilinmoqda va rivolanib bormoqda. Ana shundan kelib chiqqan holda, respublika hukumati ko'p qirrali iqtisodiyotni shakllantirishni va bunda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka birinchi darajali ahamiyat berishni "^rategik vazifa" sifatida belgilab oldi. Chunki, o'lkamizning o'ziga xos xususiyati, rivojlangan qishloq xo'jaligi va xom ashyo bazasi, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada faol rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining faol inve^itsiya loyihalarini moliyalashtirishdan kelib chiqib, quyidagi umumlashgan xulosalarimizni ishlab chiqdik. Ularni qisqacha quyidagicha ifodalashimiz mumkin.
1. Kichik biznes korxonalarining rivojlanishi iqtisodiyotga bir qancha ijobiy ta'sirlar ko'rsatishi mumkin. Jumladan,
• i^e'mol doirasini yangi-yangi talablar bilan to'ldiribgina qolmay, zamonaviy texnologiyani joriy qilgan holda o'z harajatlarini ham to'liq qoplaydi;
• bozorda zarur bo'lgan raqobat maydonini yuzaga keltiradi va buning uchun ular turli shakllarga kira oladi hamda bozor kon'yunkturasiga moslasha oladi.
2.Ko'pchilik iqtisodchi olimlarning qarashlarini tahlil etib va o'z mulohazalarimizdan kelib chiqib, xulosa qilamizki, Kichik biznes korxonalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi;
- aholining moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarini jalb qilish;
- raqobat muhitini shakllanishiga ko'maklashish;
- ilmiy-texnika taraqqiyotining muxim yo'nalishlari bo'yicha katta yangiliklar yaratish;
- aholi bandligini ta'minlash.
- talabni yangi qirralarini paydo bo'lishiga imkoniyat yaratish.
3.Kichik korxonalarning hammasi ham faoliyatini davom ettirmasada, lekin, asosan ular xujalikning hamma shakllariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun aytish mumkinki, Kichik biznes korxonalari bozor muhitini yanada takomillashtirishga, ijtimoiy ishlab chiqarish tizimlarining o'zgartirishga, O'zbeki^ondagi hozirgi kunda dolzarb bo'lib turgan muammolarni hal qilishga yangicha imkoniyatlar yarata oladi.
4. Umumiqtisodiyot kabi, kichik biznesni rivojlanishi ham tsiklik xarakterga egadir. Kichik biznes korxonalari quyidagi xollarda rivojlanadi va taraqqiy etadi:
- bozor kon'yunkturasi erkin faoliyat yurita olganda;
- davlatning iqtisodiyotga aralashuvi normallashganda;
- bir iqtisodiy tuzumdan ikkinchi iqtisodiy tuzumga o'tganda.
- iqtisodiyotda talab massasi va ishsizlar hajmi ortganda.
5. Kichik biznes korxonalarining faoliyatini kengaytirishda, ularni boshqarishda, tartibga solishda moliya-kredit mexanizmining ta'siri katta bo'lib,ular o'rtasidagi munosabatlarning takomillashuvi iqtisodiyotni rivojlanishiga, taraqqiy etishiga olib keladi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari inversion loyihalarini moliyalashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
banklar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushini ko'paytirish maqsadida sohaga kredit ajratish mexanizmini takomillashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini rivojlantirishga xorijiy kredit liniyalaridan mablag'lar jalb qilishni kengaytirish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kichik biznes korxonalar faoliyati barqarorligini reyting usulida baholashni yanada takomillashtirish zarur;
- kichik biznes sub'ektlari faoliyatidagi risklarni sug'urtalash amaliyotini takomillashtirish maqsadida kichik biznes sub'ektlarining tadbirkorlik riskini
sug'urtalovchi davlat sug'urta kompaniyalarining u^av kapitalini davlat mablag'lari hisobidan oshirish va ushbu mablag'larni sug'urta qoplash summalari sifatida maqsadli ishlatilishini ta'minlash zarur;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - kelajakda ishlab chiqarish va eksport tarkibida harakatchan, tez o'zgarish qobiliyatiga ega bo'lgan tarmoq sifatida iqtisodiyotda etakchi o'rin tutishiga erishish kerak;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sifatli hamda zamonaviy texnik baza negiziga ega bo'lishi kerak. Bozor infratuzilmasini maxsus markazlar, lizing
kompaniyalari tarmog'ini har tomonlama servis xizmati yo'li bilan rivojlanishi lozim.
- jalb etilgan chet el inve^itsiyalarini mamlakatimizning barcha mintaqalariga yo'naltirish, shu bilan bir qatorda, ushbu mablag'larni eng avvalo tarkibiy qayta o'zgartirishlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashni jadallashtirish va sanoat kooperatsiyasi asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun yo'naltirishga alohida e'tibor qaratish;
- xorijiy kredit liniyalarining afzalliklarini inobatga olgan holda hududlardagi mavjud bo'sh turgan va faoliyatsiz binolar negizida yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va bunda asosiy e'tiborni jahon bozorlarida va ichki bozorlarda talab mavjud bo'lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda material va energiya sarfini kamaytirish bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratish;
- kichik biznes sub'ektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqargan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishni ta'minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
- kichik korxonalarni tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish;
- kichik biznes sub'ektlarini qurish va ularni muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari - energiya va gaz ta'minoti, suv va issiqlik ta'minoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash va muddatlarini qisqartirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish;
- kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy inve^itsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya in^itutlarining kreditlarini hamda to'g'ridan-to'g'ri inve^itsiyalarni jalb etish va yo'naltirish;
sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlar tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga ko'maklashish.
Xulosa qilib aytganda, aholini ish bilan ta'minlash muammosini hal etish qishloqda sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish bilan bevosita bog'liq. Bugun sanoatni, xizmat ko'rsatish sohalarini qishloqqa olib kelish, xususan, mahsulotlarni qayta ishlaydigan kichik korxonalarni qishloq zaminiga joylashtirishni mahalliy hokimiyatlar, tadbirkor ishbilarmonlar, turli xil mulk egalari oldiga asosiy vazifa qilib qo'yilgani tasodifiy emas. Bugungacha xizmat ko'rsatish tarmoqlari asosan shahar va tumanlar markazlarida ko'proq joylashgan bo'lsa, endi ularni posyolkalarda, qishloqlarda, hattoki eng olis ovullarda ham tashkil etish ehtiyoji zarurati tobora ortmoqda. Zero, xizmat ko'rsatish tarmoqlari darajasi mamlakatning taraqqiy etayotganligini, jamiyatni rivojlanayotganligini ko'rsatuvchi muhim mezondir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O'zbeki^on Respublikasi Kon^itutsiyasi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son.
2. O'zbeki^on Respublikasining Soliq Kodeksi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son.
3. O'zbeki^on Respublikasi Budjet Kodeksi // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.
4. O'zbeki^on Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi 913-XII-son Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.
5. O'zbeki^on Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi "2021-yil uchun O'zbeki^on Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida" O'RQ-657-son Qonuni https:// lex.uz/docs/-5186044
6. O'zbeki^on Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi "2022-yil uchun O'zbeki^on Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida" O'RQ-742-son Qonuni https:// lex.uz/docs/-5801127
7. O'zbeki^on Respublikasi Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashining 2022-yil 5-yanvardagi "Yunusobod tumanining 2022-yil uchun mahalliy budjetini tasdiqlash to'g'risidagi" II-57-1-14-206-K/22-sonli qarori
8. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbeki^on , 2017. - 104 b.
9. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbeki^on davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: "O'zbeki^on " NMIU, 2017. - 56 b.
10. O'zbeki^on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020-y. // https://president.uz/uz/li&s/view/4057
11. Qobulov X.A. Mahalliy budjetlarning daromad salohiyatini mu^ahkamlash mexanizmiga kreativ yondashuv // j. Moliya. -1/2021-son, 2020. 5-16-b.
12. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. «Студенческий вестник»: научный журнал.
- № 20(165). Часть 14. Москва, Изд. «Интернаука», 2021. - с. 74-76
13. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari «Интернаука»: научный журнал - №2 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука», 2021. - с. 58-60
14. Shernaev A.A. PRINCIPLES AND METHODS OF ORGANIZATION OF THE INTERNAL TAX CONTROL SYSTEM IN JOINT STOCK COMPANY. International Journal of Economics, Business and Management Studies - ISSN:2347-4378 SJIF Impact Factor(2021) :7.473, Journal DOI: 10.36713/epra1013 (Volume: 8, Issue: 4, April 2021), Pages: 43-53.
15. Shernaev A.A. Aktsiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish: xususiyatlari va uslubiyoti masalalari. «Science and Education» Scientific Journal. March 2021 / Volume 2 Issue 3, 454-469-p.
16. Shernaev A.A. TAX ANALYSIS IN MICROLEVEL TAX PLANNING. ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING. FEBRUARY, 2021 -IV. ISSN 2181-9750, 75-82-p.