Scientific Journal Impact Factor
О
O'ZBEKISTON SHAROITIDA KICHIK BIZNESNI INVESTISIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub 'ektlarining investision jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish, investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo 'yicha mavjud muammolarni yechish usullari ochib berilgan.
Tayanch so'zlar: Investisiya, kichik biznes, investision jozibadorlik, investisiya muhiti, investisiya bozori infratuzilmasi.
Аннотатсия: В данной стате раскрити способи решения вопросов повишения инвестисионной привлекателности субъектов малого бизнеса, оптимизасии источников финансирования инфраструктури инвестисионного ринка и инвестисионние фактори создания малого бизнеса в Узбекистане.
Ключевие слова: инвестисия, малий бизнес, инвестисионная привлекателност, инвестисионная среда, инфраструктура инвестисионного ринка.
Abstract: This article covers issues of improving the investment attractiveness of small business enterprises, optimizing sources of financing infrastructure investment market and the investment factors in the development of small business in Uzbekistan.
Key words: investment, small business, investment attractiveness, investment environment, investment market infrastructure.
Bugungi kunda mamalakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotining eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida kichik biznesni rivojlantirish masalalari e'tirof etilmoqda. Kichik biznesni jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish va rivojlantirish bevosita investision omillar bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Shu ma'noda kichik biznesni samarali investisiyalash O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini belgilab beruvchi muhim kuchga aylanadi [1-3].
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizga investisiyalarni
jalb qilish, xususan, kichik biznes sohasida faoliyat yurituvchi xo'jalik sub'ektlarni
640
Melibayeva Gulxon Nazrullaevna Qo 'qon Universiteti Biznes kafedrasi o 'qituvchisi gulhonmelibaeva@gmail.com
KIRISH
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
O
zamonaviy texnika hamda jihozlar bilan ta'minlash, bozor talabiga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bugungi kunning asosiy talabidir. Bu borada investisiyalarning o'rni beqiyosdir, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o'sish va mahalliy hamda xorijiy investisiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real sektordagi investision jarayonlarni faollashtiradi. Investision jozibadorlikni oshirish yo'li orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin.
Shu jumladan, Prezidentning O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
- O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investisiya dasturi;
- 2020 yilda yirik ishlab chiqarish ob'ektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi;
- 2020 yilda investisiya va kreditlarni o'zlashtirish bo'yicha yig'ma manzilli dastur hamda choraklar kesimida ijrosi bo'yicha prognoz ko'rsatkichlar;
- 2020 yilda O'zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining manzilli dasturi tasdiqlandi.
Kichik biznes davlatning bozor va xo'jalik yurituvchi tizimlarining hayotiy asosi bo'lib xizmat qilib, bozor munosabatlarining asosiy shartlaridan biri bo'lgan, talab va taklifdagi manfaatlar muvozanatini inobatga oladigan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish kabi birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani o'z ichiga oladi. Davlat tomonidan kichik biznes korxonalarining investision jozibadorligini oshirish uchun kerakli choralarning ko'rilishi, kichik biznesga kredit ajratishni oshirishga va kichik biznes korxonalarining kreditlardan to'la foydalana olishiga yo'l ochib beradi.
Kichik biznesda investision jozibadorlikni oshirish borasida olimlar quyidagi fikrlarni keltirganlar. Xususan, D.A.Ednoviskiy, V.A.Babushkin, N.A.Baturinalar investision jozibadorlikni investision tavakkalchilik bilan bog'laydilar. Ular investision jozibadorlik deganda tashkilotning shunday holatini tushunadiki, bunda kapital egasida tavakkalchilikka borish, shuningdek, pul ko'rinishida va asosiy vositalar shaklidagi investisiyalar oqimini ta'minlash istagi paydo bo'ladi. Bu vaziyatda kapital ta'minlovchi va ma'lumot oluvchilarning ishonchi tashkilotning investision jozibadorlik darajasining asosiy va juda sezuvchan hosilasi hisoblanadi.
I.A.Blank investision jozibadorlik - bu aniq investor nuqtai nazaridan alohida yo'nalish va ob'ektlarni investisiyalashdagi afzalliklarini va kamchiliklarini
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
umumlashtiruvchi deb ta'rif berib, bunga ko'ra alohida ob'ektlarni investisiyalash jozibadorligini baholash ko'p omillarga bog'liq va individual xususiy xarakterga ega deb ta'kidlaydi.
Kichik biznesning investision jozibadorligini oshirish, kredit va moliya institutlarini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investisiyalar hajmini ko'paytirish hamda davlat dasturlarini ishlab chiqqan holda kichik biznesga mablag' ajratish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Mamlakatimizda kichik biznesga investisiyalarni keng jalb etish va ularning jozibadorligini oshirish, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon bozorlari talabi darajasiga ko'tarishga imkoniyat yaratmoqda.
Biroq mamlakatimizda investisiya faoliyatini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish, shu bilan bir qatorda, ularni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish va investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirishda hali o'z yechimini to'liq topmagan muammolar mavjud. Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larning yaxshi ishlanmaganligi xorijiy kredit liniyalari o'zlashtirilishining kechikishiga asosiy sabab bo'lmoqda. Aksariyat hollarda taqdim etilgan texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larda sotib olinadigan xom-ashyolar narhlarining kamaytirilib ko'rstilishi sotib olinadigan texnologik uskunalar hamda soltiladigan mahsulotlar narxlarining real narxlarga nisbatan oshirib ko'rsatilishi texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larning qayta tayyorlashiga va tadbirkorlikning ortiqcha vaqt sarflab ovora bo'lishiga sabab bo'lmoqda [4].
1-rasm. Xorijiy investisiyalarining o'sishidagi asosiy to'siqlar
(Respondentlarning umumiy sonining %) [4].
642
Scientific Journal Impact Factor
o
Chet el kreditlari o'z vaqtida o'zlashtirilmasligining yana bir sababi kredit berilishida asosiy shartlardan biri bo'lgan kredit ta'minotining yetishmasligidir. Investision loyihalari ma'qullagan tadbirkorlik sub'ektlarining 40-50 foizi belgilangan miqdordagi yoki likvidli ta'minot taqdim etilmaganligi sababli viloyatlarni moliyalashtirish kechikmoqda.
Xozirgi kunda ushbu muammolarning yechimini topishga ayrim omillar ya'ni:
> ko'chmas mulk bozorining (ishlab chiqarish xarakteridagi)
rivojlanmaganligi;
> qimmatli qog'ozlar bozorining yetarli rivojlanmaganligi;
> kafil bo'la oladigan moliyaviy barqaror korxonalarning kamligi
salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Yuqorida zikr etilgan muammolarni hal etishda quyidagi takliflarni keltirish mumkin:
1. Kichik biznesning investision jozibadorligini oshirishda investisiya fondlarini rivojlantirish kerak;
2.Kichik biznesni moliyalashtirishga qaratilgan ixtisoslashgan fondlarni shakllantirish lozim;
3.Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlarini boshlang'ich kapitalini shakllantirish uchun va ularning investision loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli kreditlar hajmini oshirish orqali mamlakatimizda investisiya faoliyatini moliyalashtirish muammolarini hal qilishga erishish imkoniyatiga ega bo'lishimiz mumkin [5-7].
Mazkur takliflarni joriy etish orqali kichik biznes investision jozibadorligini oshirish va yetarli darajada rivojlantirish orqali quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
- investision jozibadorlikni oshirish va hududlarga investisiya kiritishni yaxshilash, bozor munosabatlarining mustahkamlanishiga yordam beradi;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investisiya maqsadlari, boshlang'ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytiradi;
- raqobat muhitini yuzaga kelishi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaxshilash uchun kuchli vosita bo'ladi;
- ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni ma'lum darajada hal qilinishini ta'minlash kichik biznes iqtisodiyotning strategik va mobil sektorini rivojlanishiga olib keladi [9-14].
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
XULOSA
Mamlakatimizdagi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hukumat hamda mahalliy boshqarish organlarining birgalikdagi sa'y-harakati yordamida kichik biznesni rivojlantirish sharoitini yaxshilashda sezilarli natijalarga erishish mumkin, bu esa o'z navbatida O'zbekistonda kichik biznes sub'ektlarini rivojlantirish va iqtisodiyotni isloh qilishda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda ichki investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshiradi, bu esa YalM hajmi o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES
[1] O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari http://lex.uz/rn/acts/4689640
[2] Д.А. Ендиновицкий, В.А. Бабушкин, Н.А. Батурина и др.Анализ инвестиционной привлекательности организации: научное издание/ М.:КНОРУС,2010.- 376c.
[3] Бланка И.А. "OcroBi инвестиционного менеджмента" В 2 т. Спб; Ника - центр, 2001.
[4] ССП, БМТТД, Олий Мажлис (600 дан ортиq тадбиркорларнинг сурови, 2018), лойиhа ишчи гурукининг таЪлили
[5] Nazrullaevna, M. G. (2021). Mechanisms for the development and management of innovative activity in Uzbekistan. SOUTH ASIAN JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT RESEARCh, 11(4), 15-20.
[6] Berkinov, B. (2020). МУЛК НУОУОЛАРИ АЛМАШИШИ ЖАРАЁНИДА ТРАНСФОРМАЦИЯ ВА ТРАНСАКЦИЯ ХАРАЖАТЛАРИ. Архив научшх исследований, 35.
[7] Тоймухамедов, И. (2020). БИ БАНК ИШИ. маърузалар матни. Архив научнiх исследований, (32).
[8] Odilova, D. (2019). АНОЛИ ФАРОВОНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА МУЛКДОРЛАР СИНФИНИНГ АНАМИЯТИ. Архив научшх исследований.
[9] Садикова, Р. А. (2011). Узбекистонда венчур бизнесини ривожлантиришнинг инновацион лойиhаларни такомиллаштиришдаги а^Ьамияти. Экономика и финанс (Узбекистан), (7-8).
[10] Олтаев, Ш. С. (2020). УЗБЕКИСТОН ИQТИСOДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯЛАРНИНГ УРНИ. Интернаука, (44-3), 57-58.
Scientific Journal Impact Factor
О
[11] Khodjaeva, М. (2019). Методика составления общего плана и программi аудиторской проверки кредитшх операций. Архив научнгх исследований.
[12] Хуррамов, А. Ф., Туробов, Ш. А., & Мингбоев, Ш. М. У. (2018). УЙ ХУЖАЛИГИДА ИННОВАЦИОН ФАОЛИЯТНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИОТИСОДИЙ МЕХАНИЗМИ. Экономика и финанс (Узбекистан), (8).
[13] Davlatov, Е. (2020). ИОТИСОДИЙ УСИШНИ ТАЪМИНЛАШДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ОИММАТЛИ QОG'ОЗЛАР БОЗОРИДАГИ РОЛИНИ ОШИРИШ ЙУНАЛИШЛАРИ. Архив научмх исследований, (23).
[14] Миллий, У. Инвестициялар бозорида тадбиркорликни ривожлантириш йуналишлари.