Soyibjonova K. Ya.
106-b guruh talabasi ADTI Noibjonova X.M. assistent ADTI
KATTALARDA VA BOLALARDA ALLERGIYA HOLATLARI
Annotasiya. Ushbu maqolada kattalar va bolalarda sodir bo'ladigan allergik holatlar, hamda ularning paydo bo 'lish vaqti va sabablari, davolash uchun tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: allergiya, antitela, limfotsit, sensibilizatsiya, gistamin, seratonin, metionin, triptofan, gistidin, kazein, albumin, loratidin, allergin, retinol, advantam, ketotifen, elakom.
Soyibjonova K. Ya.
student group 106 b, ASMI Noibjonova X.M. assistant ASMI
ALLERGIC CONDITIONS IN ADULTS END CHILDREN
Abstract. This article describes the allergic conditions that occur in adults and children. As well as the time and couses of their appearance. As well as recommendations for treatment.
Key words: allergy, antibody, lymphacite, sensitization, histamine, seratonin, methionine, tryptophan, histidine, kazein, albumin, loratidine, allergen, retinol, advantam, ketotifen, elacom.
Allergiya- organizmga kirgan allergen moddani organizm zamburug', virus yoki bakteriya deb o'ylab unga qarshi kurasha boshlashidir. Allergen organizmga tushganida unga nisbatan haqiqiy yoki soxta reaksiyalar paydo bo'lishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiyada organizmga birinchi marta tushgan allergenga nisbatan sezgirlik ortib boradi va hujayralar antitela ishlab chiqara boshlaydi. Allergen organizmga qayta tushganida limfotsitlar unga qarshi ishlay boshlaydi. Bu sensibilizatsiya davri hisoblanadi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar sodir bo'ladi, gistamin va seratonin kabi moddalar ishlab chiqariladi. Gistamin hujayra devoriga tasir qilib fosfolipazani faollaydi, bu ferment fosfatidilinozitolni inozitol fosfat va diatsilglitseringa parchalaydi bu o'z navbatida teridagi va nafas yo'llaridagi nerv oxirlarini qitiqlab achishish, qichishish va og'riqni paydo qiladi.
Organizmda allergik kasallik paydo bo'ladi. Soxta allergik reaksiya allergenga birinchi bor duch kelganida ham yuzaga chiqaveradi. Bunda sensibilizatsiya davri kuzatilmaydi. Allergen to'g'ridan to'g'ri to'qima hamda hujayralarni zararlovchi moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiya asosan oziq-ovqat va dori vositalariga nisbatan paydo bo'ladi. Hozirda "Allergy UK" ma'lumotlariga qaraganda yer yuzida 30-40% insonlar surunkali allergiyadan aziyat chekmoqdalar.
Allergiya uchta davrda bo'lishi mumkin. Birinchi davr mart oyidan may oyigacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Bu vaqtda daraxtlar gul ochadi. Ikkinchi davr esa may oyining oxiridan avgustga qadar, dala o'simliklari gullagan vaqt. Boshoqli o'simliklar gullashi bilan esa so'nggi davr boshlanadi. Bu avgust oyidan noyabr oyigacha davom etadi.
Allergiya asosan uch xil turda bo'ladi. Bulardan birinchisi oziq-ovqatga allergiya, ya'ni sitrus mevalar rangli taomlar, ikkinchisi uchuvchan moddalarga, ya'ni chang par yoki iforga, uchinchi turida esa jonzotlarga bo'lgan allergiya tushuniladi, bularga mushuk, kuchuk, chivin chaqishiga yoki biror hayvonning kuchsiz zahriga ham allergiya huruj qilishi mumkin.
Allergiya insonning hayoti davomida orttirilgan yoki tug'ma, irsiyat orqali ota yoki onadan o'tgan bo'lishi mumkin. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, tug'ulgan chaqaloqlarning 20% qismida allergiyaga moyillik kuzatiladi. 3% qismida esa hayoti davomida allergik kasallik sifatida namoyon bo'ladi. Homilador ayolning hayot tarzi ham kelajakda farzandining hayotida yuzaga keladigan patologiyalarga sabab bo'ladi. Agar homilador ayol sigareta hamda alkogol mahsulotlari iste'mol qilsa, farzandida yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan allergik holatlarning ehtimoli, sog'lom ovqatlanish ratsioniga ega bo'lgan onaning farzandiga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.
Bola dunyoga kelganidan so'ng iloji boricha ona suti orqali oziqlanishi kerak. Ko'p holatlarda tavsiya qilinmagan qo'shimcha sut mahsulotlari iste'moli orqali bolalarda turli xildagi teridagi toshmalar, ich qotishi yoki ich suyilib ketishi, tinimsiz yig'lash holatlari kuzatiladi, bu esa bolaning asab tizimiga ham salbiy ta'sirini o'tkazadi. Normal holatda bolaga olti oygacha qo'shimcha ovqat berish tavsiya qilinmaydi. Olti oylikdan so'ng oz-ozdan yani bir choy qoshiq bola organizmi uchun yangilik hisoblangan ozuqadan beriladi va bir oz muddat uning bolaga qanday ta'sir qilishi kuzatiladi. Agar salbiy o'zgarish paydo qilmasa istemol qilishi mumkin. Ko'plab onalar tomonidan farzandlariga juda erta, yani qo'shimcha ovqat iste'mol qilish uchun bolaning organizmi tayyor bo'lmasidanoq turli sut mahsulotlari bilan ovqatlantirishadi. Bunga ayniqsa sigir suti yaqqol misol bo'la oladi. Bu mahsulot tarkibida bolalar uchun tavsiya qilinmagan allergiyaga moyillik holatlarini paydo qiluvchi moddalar mavjud, shu sababli ovqatlanish ratsioniga qo'shishdan avval bolalarning organizmini unga nisbatan qanday reaksiya bildirishini hisobga olish ta'kidlanadi. Onalarga farzandlarining sog'lom bo'lishi uchun ovqatlanish ratsioni yoritiladigan kundalik tutish tavsiya qilinadi.
Amerikaning "Astma, allergiya va immunologiya" institutining tadqiqotlariga ko'ra, toza uy allergiyaning asosiy sababchisi hisoblanar ekan. Bu g'ayritabiiy tuyulsada, lekin ferma, yaylov, o'tloq va shunga o'xshash tabiat qo'ynida hayvonlar bilan aloqada bo'luvchi oilalardagi farzandlarning allergiyaga duchor bo'lish foizi, steril hayotda yashab o'sgan bolalarga nisbatan ancha past bo'lar ekan. Bunga sabab bola organizmida turli allergenlarga nisbatan immunitet hosil bo'lishidir. Agar bola immunitet sistemasi yod allergenga nisbatan antitela hosil qilmasa, allergiya yuzaga keladi.
Allergiyani uch xil usul bilan davolashni amalga oshirish mumkin. Bulardan 1-allergenni hayot tarzidan chiqarib tashlash; 2-allergenga nisbatan immunologik usul bilan kurashish; 3-allergiyaga qarshi dori vositalari qo'llash.
Allergiyaga qarshi qo'llaniladigan dori vositalarining turlari, kimyoviy tuzilishi hamda organizmga salbiy va ijobiy ta'sirlari 1-jadvalda keltiriligan.
1-jadval
T /r Dori sinflari Ta'sir etuvchi moddanin g nomi Kimyoviy tuzilishi Organizmga ijobiy ta'siri Organizmga salbiy ta'siri
1 antioksi dant dorilar Retinol atsetat (retinol) Hujayralar bo'linishini kuchaytiradi, infeksiyaga chidamlilikni oshiradi, fotoresepsiya jarayonlarida qatnashadi Gipervitaminoz A ning simptomlari: bosh o'rik, ko'ngil aynishi, lanjlik, uyquchanlik, oyoq suyaklaridagi og'riq
Askorbin kislotasi (askorbin kislotasi) Immunologik reaksiyalari boshqarib organizmni infeksiyaga chiqamliligini oshiradi, jigarda glikogenning to'planishiga yordam beradi. Uzoq vaqt qabul qilinganida siydik yo'lida tosh hosil bo'lishiga olib keladi, modda almashinuvi buzilishi, arterial gipertenziya,
Nikotin kislotasi (nikotin kislotasi) çA- Qon tomirlarni kengaytirib arterial bosimni tushiradi, to'qimalarni nafas olishini va yog' uglevod almashinuvini boshqaradi Yuz va tananing yuqori qismida sanchiqlar, eshakyemi, qichishish, toshmalar, uzoq muddat qabul qilinganda
jihardagi nojo'ya holatlar
Klaritin (Loratidin )
Allergik
reaksiyalarni
kuchayishini
oldini oladi,
yallig'lanishga va
infeksion
kasalliklarga
chidamlilikni
orttiradi
Uyqusizlik, bosh og'rig'i, ishtahaning pasayishi, taxikardiya, og'iz qurishi, bosh aylanishi
Antigist amin hususiya tli
dorilar
Allergin
(difengidr
amin)
Yuqori nafas
yo'llaridagi
qichishish
holatlarini
yengillashtiradi
Bolalarda qo'zg'aluvchan likni ortishiga sabab bo'ladi
Suprastin
(xloropira
min)
Achishishni kamaytiradi, yallig'lanishga qarshi tasir ko'rsatadi,ishtaha ni ko'taradi, dermatitga qarshi qo'llaniladi_
Ko'z
yoshlanishi,
uyquchanlik,
arterial
bosimning
pasayishi,
umumiy
holsizlik
Ketotifen
(ketotifen )
Gistamin ishlab chiqarilishini susaytiradi, nafas olishni
yengillashtiradi, immunologik reaksiyalarda ishtirok etadi
Sistit, uyqu bosishi,
ortiqcha vaznga moyillik
Topik glukoko rtikoster oid
kremlar
Elakom
(mometaz
on)
Yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon tomirlarini toraytiradi, dermatitga qarshi qo'llaniladi_
Achishish,
husnbuzar, teri
toshmalari,
ikkilamchi
infeksiya,
allergik kontakt
dermatit
Advanta m
(metilpre
dnizolona
aseponat)
Allergik astma holatlarida, nafas qisish holatlarida nafas olishni yengillashtiradi
Qo'llangan joyda
pufakchalar hosil bo'lishi,
2
3
allergik reaksiyalar
Stelostede rm (Selestod erm-B) Yallig'lanishni kamaytiradi, ekzemaga hamda dermatitga va neyrodermatitni yengillashtiradi Terining qurishi, gipertrixoz, ikkilamchi infeksiya, follikuliti
Orttirilgan allergiyani tabiiy yo'l bilan bartaraf etish mumkin. Buning uchun allergenga ega bo'lgan mahsulotning iste'molini cheklash va uning ozuqaviy va energetik tarkibini to'ldira oluvchi allergensiz mahsulotlarning iste'moli yo'lga qo'yish. Agar yuqori darajadagi o'zgarishlar sodir bo'lgan bo'lsa iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi. Bu ayniqsa allergiya orqali shish holatlari yuzaga kelganida juda havfli hisoblanadi, chunki shish nafas olish sistemasining to'qimalariga yetib borsa nafas olish sistemasining to'silib qolishiga va bemorning hayotini havf ostida qolishiga olib kelishi mumkn. Allergiya oqibatida teri sirtida toshmalar, yiringli yaralar, qichishish holatlari, uyquchanlik, uyqusizlik, nafas yetishmasligi yoki nafas olishga qiynalish, yuz-ko'zlarning qizarishi, tajanglik, ich qotishi va hazm sistemasining turli qismlarida og'riq paydo bo'ladi. Shifokor esa allergiya asorati, turi, holatiga va bemorning yoshiga etibor bergan holda antiallergen hususiyatga ega bo'lgan dori vositasini tavsiya qiladi. Antiallergen xususiyati mavjud bo'lgan dori vositalarining organizmga ta'siri shundaki, to'qima va organlarda allergen oqibatida hosil bo'ladigan turli patalogiyalar hujayralar tomonidan gistamin hamda seratoninni normadan yuqori miqdorda ishlab chiqarilishi bilan bo'liq, shunday ekan hujayra faoliyatini normaga kelishiga, ya'ni gistamin va seratoninni ishlab chiqarilishini sustlashtiruvchi hususiyatga ega bo'lgan dori vositalari shifokor tomonidan tavsiya qilinadi. Allergik kasallik hisoblanuvchi allergik rinit hamda allergik astma haqida quyida ma'lumot berildi.
Allergik rinit- allergenlar bilan aloqa qilish natij asida burundagito'qimalarning yallig'lanishi. Bu holat burun oqishi, burun bitishi, qichishish, yo'tal bilan namoyon bo'ladi. Allergik rinit- mog'or zamburug'lari, gulchanglar, hayvonlar yunggi sababli paydo bo'lishi mumkin.
Allergik astma- allergik reaksiyalar nafas yo'llarining torayishiga va siqilib qolishiga olib kelaganda paydo bo'lgan astma turi. Bunday hollarda nafas olish yo'llari yangilanadi va bronxlari torayib qoladi, shuning uchun nafas olishning qiyinlashuvi, ko'krak qafasidagi siqilishlar va hirillash paydo bo'ladi.
Biz turli hildagi sut mahsulotlarining allergiya chaqirish hususiyatlarini solishtirish uchun qator kuzatishlarni amalga oshirgan holda chaqaloqlarga bir yoshga to'lmasidan avval sigir, echki, quyon, bug'u, tuya kabi hayvonlarning
loktatsoya davrida sut bezlaridan ajralib chiqadigan mahsulotlarni ovqat ratsioniga qo'shish qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan hayvonlarning suti tarkibida temir moddasi, kalsiy hamda fosfor moddalari odam organizmiga nisbatan juda ham yuqori bo'lganligi sababli dastlab hazm sistemasida qator o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ich ketishi, qayt qilish, turli ekssudativ diatez holatlari, suyaklardagi ortiqcha kalsiy va fosfor to'planishi sababli suyakning shakllanishida buzilishlar kabi qator salbiy oqibatlar namoyon bo'ldi.
Lekin sut tarkibida allergenlik hususiyatidan tashqari organizm uchun foydali hisoblangan kimyoviy moddalar ham mavjud. Misol uchun sut tarkibidagi oqsillardan, kazein, albumin va globulinlar. Kazein asosan juft tuyoqli hayvonlar: sigir, echki va qo'y sutida. Albuminlar esa to'q tuyoqlilar sutida: biya, bug'u va eshak sutida ko'p miqdorda bo'ladi. Kazeinli sutda 75% kazein, albuminli sutda 50-65% albumin mavjud. Bular tarkibida almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalarning deyarli barcha turi uchraydi. Misol uchun: kazeinli sutda sistein, sistin, metionin, triptofan, gistidin kabi aminokislotalar.
Kimyoviy bilimlarimizga tayangan holda, yuqorida bayon etilgan allergik reaksiyalar natijasi hisoblangan gistamin hamda seratonin kabi biologik faol moddalarning hosil bo'lishi hayvonlar suti tarkibidagi aminokislotalar bilan bevosita bog'liq. Ya'ni triptofan aminokislotalardan seratonin sintezlanadi, gistidin aminokislotalardan gistamin sintezlanadi. Shunday ekan sut mahsulotlarini ortiqcha istemol qilish bolalar va kattalar uchun qat'iy taqiqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, inson hayoti davomida kasallikka chalinishi ehtimolini kamaytirishi uchun dastlab to'g'ri ovqatlanish ratsioniga e'tibor berishi kerak. Kichik bolalarning sog'lom voyaga yetishi uchun ham albatta ratsionga amal qilish ijobiy natija ko'rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Franklin Adkinson Jr. MD, William W Busse MD, et al. Middleton's Allergy: Principles and Practice. Expert Consult: Online and Print, 2-Volume Set 7th Edition. 2008. 1924 p.
2. Fayziyev X.N. Bolalarning parvarishi. O'quv-uslubiy qo'llanma. T.: - 2009. 76 b.
3. Eshboyev E.H. Teri va tanosil kasalliklari. Ma'ruzalar to'plami. A.: - 2018. 20 b.
4. Mamadov Yu.M., Xo'jamberdiyev M.A., Mamadov B.Yu. Klinik formokologiya. T.: - 2010. 464 b. https://www.rlsnet.ru/active-substance/mometazon-1145#structurnaia-formula
5. Fischer D, Vander Leek TK, Ellis AK, Kim H. Anaphylaxis. Allergy Asthma Clin Immunol. 2018;14(Suppl 2):54. [PMC free article] [PubMed]
6. Decker WW, Campbell RL, Manivannan V, Luke A, St Sauver JL, Weaver A, Bellolio MF, Bergstralh EJ, Stead LG, Li JT. The etiology and incidence of anaphylaxis in Rochester, Minnesota: a report from the Rochester Epidemiology Project. J Allergy Clin Immunol. 2008 Dec;122(6): 1161-5.