Научная статья на тему 'ORGANIZMNING ANTIGENLIK, BIOLOGIK, ALLERGIK OMILLARI VA ULARNING TA’SIR DARAJALARI'

ORGANIZMNING ANTIGENLIK, BIOLOGIK, ALLERGIK OMILLARI VA ULARNING TA’SIR DARAJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
658
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Allergiya / immunitet / allergik omillar / biologik omillar. / Allergy / immunity / allergic factors / biological factors.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nurova, Zamira Annaqulovna, Toshpo’latov, To’lqin Alyorovich, Doniyorova, Gulchiroy Erkinovna, Bahodirjonov, Temur Lazizxonovich, Qilichev, Jasur Fayzullayevich

Hozirgi zamon kasalliklarini avj olishida tashqi muhit ahamiyati katta bolib, bularga qarshi qurol immunitet hisoblanadi. Immunitet hisobiga biz har qanday allergik kasalliklardan himoyalangan bo’lamiz. Agar insonda immunitet yaxshi rivojlanmagan bo’lsa uni allergik kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqori bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANTIGENGIC, BIOLOGICAL, ALLERGIC FACTORS OF THE BODY AND THEIR LEVELS OF EFFECTS

The external environment plays an important role in the development of modern diseases, and the weapon against them is immunity. Thanks to immunity, we are protected from any allergic diseases. If a person's immune system is not well developed, they are more likely to develop allergic diseases.

Текст научной работы на тему «ORGANIZMNING ANTIGENLIK, BIOLOGIK, ALLERGIK OMILLARI VA ULARNING TA’SIR DARAJALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ORGANIZMNING ANTIGENLIK, BIOLOGIK, ALLERGIK OMILLARI VA ULARNING TA'SIR DARAJALARI

dots. Nurova Zamira Annaqulovna, Toshpo'latov To'lqin Alyorovich

TTA Termiz filiali assisenti

Islomov Ravshan Sheraliyevich, Doniyorova Gulchiroy Erkinovna, Bahodirjonov Temur Lazizxonovich, Qilichev Jasur Fayzullayevich

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti talabalari

Hozirgi zamon kasalliklarini avj olishida tashqi muhit ahamiyati katta bolib, bularga qarshi qurol immunitet hisoblanadi. Immunitet hisobiga biz har qanday allergik kasalliklardan himoyalangan bo'lamiz. Agar insonda immunitet yaxshi rivojlanmagan bo 'lsa uni allergik kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqori bo 'ladi.

Kalit so'zlar: Allergiya, immunitet, allergik omillar, biologik omillar.

Внешняя среда играет важную роль в развитии современных болезней, а оружием против них является иммунитет. Благодаря иммунитету мы защищены от любых аллергических заболеваний. Если иммунная система человека недостаточно развита, у него больше шансов на развитие аллергических заболеваний.

Ключевые слова: аллергия, иммунитет, аллергические факторы, биологические факторы.

The external environment plays an important role in the development of modern diseases, and the weapon against them is immunity. Thanks to immunity, we are protected from any allergic diseases. If a person's immune system is not well developed, they are more likely to develop allergic diseases.

Keywords: Allergy, immunity, allergic factors, biological factors.

Terida allergik toshmalami ko'rishimiz mumkin. Immunitet pasayishi sababli allergik kasalliklardan tuzalish davri ancha vaqt talab qiladi. Shu o'rinda savol tug'iladi. Allergiya nima ?

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Allergiya bu- inson organizmidagi garmonlar o'zgarishi ta'sirida vujudga keladigan metabolizmdir. Organizmning antigenlik birligini va shaxsiyligi, o'ziga xosligini (individualligi, fardiyligi) ta'minlash immun tizimining evolyutsion taraqqiyot jarayonida shakllangan asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu IKS tomonidan hujayralarning, hujayradan tashqari tuzilmalarning va biologik suyuqliklarning antigenlik tarkibini nazorat qilish funksiyasini amalga oshirish orqali olib boriladi.

Antigenlik axborotini tutuvchi omil aniqlanishi bilan IKS odatda uning neytrallanishini destruktsiyasini va organizmdan chiqarilishini shartlaydi. Ammo immun reaksiyalar hamma vaqt ham ko'rsatilganidek kechmaydi. Ko'pincha ularni amalga oshirish jarayonida organizmning xususiy hujayraviy va nohujayraviy tuzilmalari ham yemiriladi. Immun reaksiyalarning bunday turi o'zgargan, kuchaygan gipersezuvchanlik reaksiyasi degan nom olgan.

Pirke 1906 yilda bunday reaksiyalarni belgilash uchun allergiya (alios - boshqa, ergon - ta'sir, javob) atamasini taklif etgan. Allergiya teridagi turli xil toshmalar bo'lib, ular teri yuzasini zararlaydi, harxil shishlarni keltirib chiqaradi. Allergiyaning kelib chiqishidagi asosiy sabab, bu immunitet sistemasining pastligidir. Organizmga tashqi muhitdan yot moddalarni kirishi allergiyani chaqiradi. Organizm mana shu yot moddaga qarshi reaksiya bildirgan vaqtda tanadagi normal holat buziladi. Terida toshmalar, harorat ko'tarilishi, qizarish va shishlar hosil bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Allergiya - immun reaktivlikning patologik shaklidir. Uning asosini organizm allergenlarining (avvalo antigenlar va gaptenlarning) qayta ta'siriga nisbatan tanlab spetsifik ortiqcha sezuvchanligini tashkil etadi. Allergiya organizmning xususiy to'qimalarining turli darajada ifodalangan shikastlanishi va odatda uning himoyaviy, moslanish (adaptiv) reaksiyalari, xullas butun mexanizmlari effektining pasayishi bilan namoyon bo'ladi. Ba'zan bunday o'zgarish begona antigenni tashuvchi chala destruktsiyaga uchraydi yoki organizmdan eliminatsiyalanmaydi. Odatda allergik reaksiyalarning ketishida musbat natijalarga ham erishiladi, faqat allergenni topish emas, balki uning destruktsiyasi va organizmdan chiqarilishi ham kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda, allergiyada xuddi immun reaksiyalarning normal fiziologik shakllaridagi kabi yagona bir vazifa hal etiladi. Bu ham bo'lsa organizm antigen individualligini genetik yot agentlarni chiqarish yo'li bilan saqlash. Ammo allergik reaksiyalar jarayonida hamma vaqt o'z tuzilmalari ham shikastlanadi. Demak, allergiya bilan immunitet o'rtasida etiologik omillarga (ta'sirlovchilarga), maqsadga (organizmni yot agentlardan tozalash) va mexanizmlariga ko'ra ma'lum umumiylik bor. Shu bilan bir qatorda allergiya bilan immunitet o'rtasida katta farqlar mavjuddir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Birinchidan, allergiya shunday omillar ta'sirining oqibati bo'lishi mumkinki (muzlash, ionlovchi nurlatish) immun reaksiyalarni chaqirmasligi mumkin. Ikkinchidan, allergiya rivojlanishida antitanalarning shunday sinflari (reagenlar) qatnashadi va u hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Uning immunitet mexanizmida ular kamdan-kam va juda kichik titrlarda qatnashishlari mumkin. Uchinchidan, allergiyaning barcha hollarida organizmning xususiy hujayralari va to'qimalari shikastlanadi.

Umumlashtirib aytganda, allergik reaksiyalarning patogenlik effekti natij asida organism to'qimalari va suyuq muhitida allergenning antitana bilan komplekslari hosil bo'ladi. Bu spetsifik immun komplekslar bevosita yoki bilvosita allergiya mediatorlari orqali tomirlarga turli to'qimalarning hujayra stromasi elementlariga patogen ta'sir ko'rsatadi. Bu kabi ta'sir va allergik yallig'lanish to'qimalar shishi, anafilaktik shok va allergiyaning boshqa turlariga ko'ra odam va hayvonlar organizmi evolyutsiya jarayonida begonadan tezroq ozod bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan, deb hisoblaydilar. Demak, allergiya vaqtida shikastlanish bu ehtimol organizmning begona agentni tezkorlik bilan chetlatish, undan qutulish imkoniyati bo'lganligi uchun o'ziga xos nafaqasi bo'lsa kerak. Shunga ko'ra immunitetdan farqliroq allergiya uchun qator omillarga nisbatan rezistentlikning (turg'unligining) pasayishi bilan birga ayni vaqtda immunogen reaktivlikning kuchli darajada oshganligi xarakterlidir.

Allergik reaksiyalar patologiyaning odamda eng ko'p va keng tarqalgan shakllaridan biridir. Hozirgi vaqtda og'ir kechuvchi allergik kasalliklar aholining 1020% ida uchraydi. Allergiya yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar aholisida, qishloqqa nisbatan shaharda istiqomat qiluvchilarda ko'proq kuzatiladi. Allergiyaning keng tarqalishiga sabab zamonaviy odam hayotining ,,kimyolanishi'', ortiqcha o'zini oqlamaydigan vaqtda ham dori vositalarini qabul qilish, shuningdek, epidemik kasalliklarni yo'qotishga qaratilgan ba'zi chora tadbirlar (chunonchi, profilaktik emlashlar) hisoblanadi.

Allergiya - organizmning spetsifik xolati, allergen tasirida yuzaga keladi. Bunda organizm antigenga sezgir bo'ladi. Allergiya yot moddalarga nisbatan paydo bo'ladigan o'ziga xos reaksiya. Allergiyaning paydo bo'lishi immunitetga bog'liq. Shunday ekan organizmda immunitetni oshirishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar o'tkazish lozim. Bugungi kunda jahon miqyosida allergik kasalliklar keng tarqalib bormoqda. Bunga asosiy sabab ekologiyaning buzilishi bo'lib, havoda chang zarrachalarining keng tarqalganligi, aholi o'rtasida kimyoviy moddalardan ko'p foydalanganligi, shifokorning retseptisiz qo'llanilgan dori vositalarining nojo'ya

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tasirlari natijasida immun reaksiyalarning susayib ketganligi. Bundan tashqari yevropa mamlakatlarida quyosh nuri yetishmasligi sababli ham allergiyaga chalinish kuzatiladi. Allergiyani bartaraf etish uchun allergiyani keltirib chiqaradigan mahsulotlarni istemol qilmaslik, ko'chalarda shamol-chang vaqtida uyda qolish, mashinada yurganda oynani yopib yurish, yostiq va yumshoq o'yinchoqlarni, stollarni tez-tez tozalab turish kerak. Hamda ko'chadan kelgandan so'ng kiyimlarni almashtirish kerak, chunki kiyimlarda chang to'plangan bolishi mumkin va dush qabul qilish tavsiya etiladi. Kunning havoda chang yo'q paytida quyosh nurida sayr etish kerak.

REFERENCES

1. Abdullayev N.H., Karimov H. Yo., Irisqulov B.O'. Patologik fiziologiya -2008.

2. Muhammedov I., Eshboyev E., Zokirov N., Zokirov M. Mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya -2006. 151- b

3. https://kun.uz/uz/news/2018/09/02/allergianing-eng-kup-tarkalgan- 10-sababi

4. https://med360.uz/kasalliklar/allergiya

5. Axmatova, N.K. Tumorga qarshi va infektsiyaga qarshi tug'ma immunitet / N.K. Axmatova, M.V. Kiselevskiy. -M.: Amaliy tibbiyot, 2012. -256 b.

6. Dressler, Karl Immunologiya. Lug'at / Karl Dressler. -M.: O'rta maktab, 1988. -224 b.

7. Agafonova. I. M. Kuchli immunitet / IIM. Agafonov. - M. Miklosh, 2010.-483 b.

8. Allen, K. Kardiologiya. Gematologiya / K. Allen. -M.: GEOTAR-Media, 2009.867 b.

9. Immunologiya / D. Mail va boshqalar, -M.: Logosphere, 2007, -568 p

10. O. V. Baroyan, Regularities va paradokslar. Epidemiyalar va immunitet, olimlar taqdiri va ularning faoliyati haqida mulohazalar / O.V.Baroyan, - M .: Bilim. 1986, -144 b.

11. Allergologiya va immunologiya. Milliy yetakchilik.-M.: GEOTAR-Media, 2013. 642 b.

12. Bobkova, M.R. Immunitet va OIV infektsiyasi / M.R.Bobkov. - M.: Olympia Press, 2006.-240 b.

227-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.