Научная статья на тему 'KAMOLIDDIN BEHZOD BUYUK MUSAVVIR'

KAMOLIDDIN BEHZOD BUYUK MUSAVVIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1677
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Moniy Soniy / musavvir / naqqosh / miniatyurasoz / badiiy-g`oyaviy / kompozitsiya / me’moriy / peshtoqlar / rang-tasvir. / Moni Soniy / artist / painter / miniature artist / art-idea / composition / architecture / roof / color image.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvinoz O’tkir Qizi Zokirova

Ushbu maqolada Movarounnahr va Xurosonda XV-asrdagi Renessans (Uyg`onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, Sharq rafaeli, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzod hayoti va ijodi xaqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KAMOLIDDIN BEHZOD GREAT ARTIST

This article gives a brief account of the life and work of Kamoliddin Behzod, one of the representatives of the 15th century Renaissance in Movarounnahr and Khorasan, a student of Navoi, the Eastern Raphael, the great artist and miniature artist.

Текст научной работы на тему «KAMOLIDDIN BEHZOD BUYUK MUSAVVIR»

KAMOLIDDIN BEHZOD - BUYUK MUSAVVIR

Sarvinoz O'tkir qizi Zokirova

Nizomiy nomidagi TDPU Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Movarounnahr va Xurosonda XV-asrdagi Renessans (Uyg'onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, Sharq rafaeli, ulug' musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzod hayoti va ijodi xaqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Moniy Soniy, musavvir, naqqosh, miniatyurasoz, badiiy-g'oyaviy, kompozitsiya, me'moriy, peshtoqlar, rang-tasvir.

KAMOLIDDIN BEHZOD - GREAT ARTIST

Sarvinoz Utkir kizi Zokirova

Student of Fine Arts and Engineering Graphics, TSPU

ABSTRACT

This article gives a brief account of the life and work of Kamoliddin Behzod, one of the representatives of the 15th century Renaissance in Movarounnahr and Khorasan, a student of Navoi, the Eastern Raphael, the great artist and miniature artist.

Keywords: Moni Soniy, artist, painter, miniature artist, art-idea, composition, architecture, roof, color image.

KIRISH

Movarounnahr va Xurosonda XV-asrdagi Renessans (Uyg'onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, Sharq rafaeli, ulug' musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do'st Muhammad va Qozi Ahmadning ma'lumotlariga ko'ra Kamoliddin Behzodni Husayn Boyqaroning hisobdori Mirak Naqqosh o'z tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir said Ahmad Tabriziydan o'rgangan, o'z ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruhiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan. Yosh musavvir iste'dodi tez shakllangan [1-4].

Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda kambag'al hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Behzod ota-onasidan juda erta ajraladi. Uni bolaligidayoq Hirotning mashhur musavviri Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh ) o'z tarbiyasiga olib, tutingan otasiga aylanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va miniatyurasoz bo'lib yetishuvining muhim omillaridan biri- bu uning XV-asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir Alisher Navoiyning nazariga tushib, badiiy-g'oyaviy va estetik jihatdan ulug' mutafakkir va homiy dahosidan bahramand bo'lganligidir. Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan [5-8].

1487-yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o'z davrining badiiy akademiyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behyad "yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizg'in ijod bilan shug'ullanadi [9-13].

Husayn Boyqaro Behzodni o'z huzuriga - saroyiga jalb qiladi. Unga saroydan maxsus joy ajratib, ijodiy ishlar bilan shug'ullanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib beradi. 1487-yilda esa Behzod Husayn Boyqaroning farmoni bilan Hirotdagi saltanat kitobxonasiga boshliq etib tayinlanadi.

1507-1510-yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida bo'ladi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yilda Hirot shahri Safoviylar qo'liga o'tadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmozibga rasm o'rgatishi uchun Behzodni o'z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi. 1522-yilda esa maxsus farmon bilan rassomni o'z kutubxonasidagi kitobat ahli(kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarko'b, lojuvardsho'y va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi.

1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obro' va e'tiborga ega bo'lgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad , Og' Mirak va Mirak Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qiladi [14-18] .

1537-yilda keksayib qolgan Behzod Hirotda suyukli jiyani va shogirdi Rustam Alining o'lim to'shagida yotganligidan xabardor bo'lib , uni ko'rmoq uchun ona shahri Hirotga otlanadi. Lekin u Rustam Alining diydoriga yetisha olmaydi. Behzod Hirotga yetib kelguncha u olamdan o'tgan bo'ladi. Bunday judolikdan qattiq qayg'urgan keksa mo'ysafid Behzodning o'zi ham og'ir xastalanib, 1537-yilda Hirotda olamdan o'tadi. Uni ham Hirot aholisi chuqur iztirob ila , zo'r motam ostida shahar yonidagi Ko'hi Muxtor tog'I yonbag'riga jiyani va shogirdi Rustam Alining qabri yoniga dafn qiladilar [19-22].

Amir Do'st Koshimiy nomli shoir Kamoliddin Behzodning vafot etgan yilini bayon etib, zo'r qayg'u va g'am-g'ussa ila she'riy tarix bitib, mana bunday qayd etgan: Vahid ul -ask Behzon on ke chun u , Zi batni mardari ayyom ham zod, Qazo chun suvrati umrash bipardoht, Ajal xoki vujudash dod bar bod.

Zi man suvratgare tarix pursid, Bad afkonba xoki qabri Behzod.

Demak, Kamoliddin Behzod uzoq va sermahsul hayot yo'lini bosib o'tdi. Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Safaviy, Shoh Taxmasp Safaviylar hukmronlik qilgan turli-tuman, bir-biriga bag'oyat ziddiyatli to'rt saltanatni ko'rdi. Temuriylar sulolasi Hirotda va Safaviylar sulolasi poytaxti Tabrizda yashab, oz davrining barcha azob-uqubatlarini o z ko zi bilan ko rib mushohada qildi. O z atrofini o rab turgan ijtimoiy borliqdan olgan o'ta boy va rang-barang ijod namunalarini qoldirdi.

MUHOKAMA

Moniy mo'yqalamiga o'xshash uning rassomlik moyqalami butun dunyo musavvirlarini unutishga majbur qiladi. Uning ajoyib va mo'jizakor barmoqlari esa Odam Atoning avlodlari orasidagi barcha rassomlarning asarlarini xira qilib qo'yadi.

"Sof haqiqatni ozida mujassam etgan zamonamiz ajoyiboti bo'lgan bu musavvir hozirgi paytda butun dunyo hukmdorlarining marhamatiga sazovor" deya rassomning zamondoshlaridan biri bo'lgan hirotlik tarixchi Xondamir o'zining "Habib us-siyar" asarida Behzod haqida hayratlanib, ana shunday deb yozgan edi [23].

Rassomlar haqidagi mashhur risolanining muallifi Qozi Ahmad musavvir haqida" Qisqa bir vaqt orasida Behzod shu darajada mohir musavvir bo'lib yetishdiki, rang-tasvir paydo bo'lganidan buyon bu sohada san'at ahli orasida unga teng keladigani yo'q edi" deb yozadi. Ustod san'atkor sifatida Behzod Hirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Kamoliddin Behzod an'analarini butun O'rta Sharqqa yoydilar. Behzod an'analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi [24].

Behzod ijodi tirik shaxsga murojaat, tabiatni anglash va inson hamda hayvon tanasining tirik harakatini yetkazib berish bilan ifodalanadi. Kompozitsiyalarni tuzishda u o'tmishdoshlari tomonidan tuzilgan an'anaviy chizmalardan foydalangan va ushbu kompozitsiya tizimining qonunlashtirilgan chizmalari asosida "tugallanganligi, kompozitsiyalarining mukammalligi, qahramonlarning tirik surati, g'oyaviy fikrining kengligi bilan hayratga soluvchi" betakror asarlar yaratgan. Kompozitsiyalar yechimidagi Behzodning farqli jihati shundaki, u aylana va oval bo'ylab shakllar tizib, xayoliy chuqurlik yaratgan, imo-ishoralarni kuchaytiruvchi tasvirlari kompozitsiyaning ichki harakatini yetkazib bergan, o'zining miniatyuralarida ko'plab yangi ishtirokchi shaxslar, me'moriy bo'laklarni ifodalab, tasviriy olam doiralarini ilgari surgan. Behzod, shuningdek, kompozitsiya bo'laklariga qahramonlarni o'rinli joylash orqali xayolik kenglikni yarata olgan. Chuqurlikni yaratishda muomaladagi qahramonlarning imo-ishoralari ham kichik o'rin egallamagan. Behzod ijodida chuqurlik va makon yaratilishida boshqa bo'laklar ham muhim ahamiyatga ega — me'moriy binolar, peshtoqlar, minbarlar, yon devorlar, ko'priklar, ayvonlar va boshqalar. Behzod

miniatyurasining yakunlanganligi va mukammalligi ranglar yechimida ham ifodalanadi. Avvalam bor, me'moriy bezakning ranglar boyligini ta'kidlash joiz.

Kamoliddin Behzod ijodi va merosi san'atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o'rganiladi. Uning nomini abadiylashtirib, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni (1997 yil 23 yanvar)ga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi; Milliy rassomlik va dizayn instituti tgga Kamoliddin Behzod nomi berildi [25].

NATIJA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (1997 yil 23 dek.)ga binoan, Toshkent, Samarqand shaharlarida va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO homiyligida Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi (2000 yil noyabr), uning va izdoshlarining ijodini o'rganish, merosiga oid ashyolarni to'plashga hamda Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog' barpo etishga kirishildi. 2000- yil 23 - noyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida unga bag'ishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O'zbekiston san'atshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi. Yubiley munosabati bilan bobomiz hayoti va ijodiga bag'ishlangan bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, "Kamoliddin Behzod" hujjatli filmi yaratildi (2 qismli, 2000). Nafis va nozik iste'dodga ega rassom, "Rang-tasvirchilar uchun namuna", "Moniy Soniy" ya'ni ikkinchi Moniy kabi bu o'xshash fikrlar o'rta asr Sharqining buyuk Miniatyurachisi bo'lish Kamoliddin Behzodning shuhrati naqadar baland bo'lganligini ko'rsatadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Movarounnahr va Xurosonda XV-asrdagi Renessans (Uyg'onish davri) vakillaridan biri, Sharq rafaeli, ulug' musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzod hayoti va ijodi va merosi san'atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o'rganildi. Kamoliddin Behzod uzoq va sermahsul hayot yo'lini bosib o'tdi. Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Safaviy, Shoh Taxmasp Safaviylar hukmronlik qilgan turli-tuman, bir-biriga bag'oyat ziddiyatli to'rt saltanatni ko'rdi. O'z atrofini o'rab turgan ijtimoiy borliqdan olgan o'ta boy va rang-barang ijod namunalarini qoldirdi.

REFERENCES

[1] A.Madraimova, N.Normatov. Sharq miniatyura maktablari (maqolalar to'plami)

[2] Валиев, А. Н., Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.

[3] Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Технология и условия проведения дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 89-93).

[4] Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Зб1рник науковихпрацъ SCIENTIA. Вилучено i3 https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540

[5] Jabbarov Rustam Ravshanovich. (2021) PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PAINTING. Конференции, 1(1). SECTION 1, pp-39-49, https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.952 Volume: 11, Issue:2, pp-730-733.

DOI : 10.5958/2249-7137.2021.00398.0

[6] Khalilov Ruslan. The creative technologies for teaching students to work in short-term colors. Academicia: An international multidisciplinary research journal 2021, Volume: 11, Issue: 2, ISSN: 2249-7137. pp-606-610 http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00448.1

[7] Jabbarov, R. (2021). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING "LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. Конференции, 1(1). https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1088

[8] Muratov Xusan Xolmuratovich, Jabbarov Rustam Ravshanovich AMALIY va BADIIY bezak san'ati. UO'K 76(075); KBK85.15; M88 ISBN 978-9943-6383-4-1. 2020 yil. http://lib.cspi.uz/test/Amaliy%20san'at/mobile/index.html#p= 1

[9] Мансуров Н.А., Жалилова В.С. Mетодика профессионального обучения -научная отрасль профессиональной педагогики. https://doi.org/10.36074/scientia-26.03.2021 March 26,2021, Chicago, USA, Collection of scientific papers «SCIENTIA» pp-144-145, Sectoral research XXI: characteristics and features Volume https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/issue/view/26.03.2021/487

[10] Валиев Аъзамжон Нематович. (2021). Об Особенностях Перспективы Простых Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61. Retrieved from http://caj otas. centralasianstudies.org/index. php/CAJOTAS/article/view/116

[11] Kozim Gafurovich Malikov. THEORY AND PRACTICE OF CONSTRUCTION OF AXONOMERTIC PROJECTS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 9, 2020 ISSN 2056-5852. Progressive Academic Publishing, UK Page 224-231 www.idpublications.org http://www.idpublications.org/ejrres-vol-8-no-9-2020/

[12] Жаббаров Рустам Равшанович (2019) Использование педагогического потенциала народных художественных промыслов как средства развития

творческих способностей учащихся. INTERNATIONAL SCIENTIFIC PRACTICAL CONFERENCE "Improvement of the state and non-state preschool education sectors: new forms and education content". pp-144-146.

[13] Жаббаров Рустам Равшанович (2016) Узликни англашнинг психологик асослари. The organization of innovative activities of the teachers: Problems and solutions. pp-444-445.

[14] Saidaxbor BULATOV, Rustam JABBAROV. (2016) №2 National traditional basis of symbol of Khumo.Central Asian Journal of Education.Volume 1, https: //uzj ournals.edu.uz/cj edu/ pp-85-87.

[15] Hasanov, A. A. (2020). PECULIARITIES OF PREPARING TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT AND USE OF E-LEARNING RESOURCES. Theoretical & Applied Science, (9), p.15-17.

[16] Khasanov A.A. Didactic Foundations of Interdisciplinary Connections at Subject Teaching // Eastern European Scientific Journal. Germany -2018. No. 6. P. 127-130

[17] Khalimov M., Soliddinova S. The knowledge gained by students in engineering graphics and its transformation to experience and skill. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), Year: 2021, Volume: 10, Issue: 1, First page: (260) Lastpage: (264) Online ISSN: 2278-4853. Article DOI : http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00040.9

[18] Saidaxbor BULATOV, Rustam JABBAROV. (2016) №2 National traditional basis of symbol of Khumo.Central Asian Journal of Education.Volume 1, https: //uzj ournals.edu.uz/cj edu/ pp-85-87.

[19] Расулов, М. (2021). НАУЧИТЬ СТУДЕНТОВ ВО ВНЕШКОЛЬНЫХ УЧЕРЕЖДЕНИЯХ СОСТАВЛЯТЬ КОМПОЗИЦИИ НА УРОКАХ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ. Збiрник наукових праць АОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44

[20] Akhmedov, M.-U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збiрник наукових праць АОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

[21] Talipov KH. N. Is graphics important in painting? ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 2021, Volume: 11, Issue: 1, pp-984-990. ISSN:2249-7137 DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00117.8

[22] Talipov, N. X., & Aliev, N. S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 97-103. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00051.3

[23] Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN

PAINTING. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

[24] Xalilov, R. (2021). IMPORTANT FACTORS FOR TEACHING STUDENTS TO WORK ON LANDSCAPE COMPOSITION. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.10

[25] .Ravshanovna, P. N., & Abdurashidovich, K. A. (2019). ROLE OF INNOVATION IN SCHOOL DEVELOPMENT. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.