Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA VA SPORT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING JIHATLARI'

JISMONIY TARBIYA VA SPORT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3080
405
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport / pedagogik texnologiyalar / uslublar / mezonlar / amaliy darslar / sports / pedagogical technologies / methods / criteria / practical lessons

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzakarimov Yuldashboy Abdinabiyevich

Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning axamiyati, dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha ayrim tavsiyalar berilgan muxokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASPECTS OF USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS CLASSES

The article discusses the importance of the use of modern pedagogical technologies in physical education and sports lessons, some recommendations on the formation of worldview and thinking, the formation of physical, spiritual and moral qualities.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA VA SPORT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING JIHATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

JISMONIY TARBIYA VA SPORT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING JIHATLARI

Mirzakarimov Yuldashboy Abdinabiyevich ADU jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning axamiyati, dunyoqarash hamda tafakkur ko 'lamini hosil qilish, jismoniy, ma 'naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish bo 'yicha ayrim tavsiyalar berilgan muxokama qilingan.

Kalit so'zlar: sport, pedagogik texnologiyalar, uslublar, mezonlar, amaliy darslar

Abstract: The article discusses the importance of the use of modern pedagogical technologies in physical education and sports lessons, some recommendations on the formation of worldview and thinking, the formation of physical, spiritual and moral qualities.

Keywords: sports, pedagogical technologies, methods, criteria, practical lessons

Аннотация: В статье обсуждается важность использования современных педагогических технологий на занятиях по физическому воспитанию и спорту, даны рекомендации по формированию мировоззрения и мышления, формированию физических, духовных и нравственных качеств.

Ключевые слова: спорт, педагогические технологии, методы, критерии, практические занятия.

Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo'naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo'lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o'rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko'lamini hosil qilish, jismoniy, ma'naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta'limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog'liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug' ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish,

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ularni boyitish, mustaqil O'zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta'minlash yosh avlodni xar tomonlama komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog'liqdir.

O'qituvchilar o'qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorlanishi, turli o'quv qurollaridan samarali foydalanishi hamda o'quv rejasi va dasturlarini metodologiyasini ochib berishi lozim. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, o'qitish va o'rgatish jarayonlarini boshqarish, mavjud o'quv vositalaridan samarali foydalanish va o'quv mashg'ulotarida o'quvchilarga imkon qadar manfaatli bo'lishini ta'minlash va shu kabi boshqa ko'pgina vazifalar o'qituvchining zimmasiga to'liq yuklatiladi. Fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;o'qituvchi o'qitish va o'rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas'ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o'qituvchi o'qitish jarayoni hamda o'qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik jihatlarini to'liq bilishi lozim.

Bundan maqsad shuki, o'qitish uslubi shunday yo'lga qo'yilsinki, bunda o'quvchilar o'qitilayotgan fanni to'liq o'zlashtira olishsin.

O'qitish usullarining o'quvchilar talabiga mos kelishini aniqlashda o'qituvchi o'z dasturining quyidagi oltita asosiy tarkibiy qismini hisobga olishi zarur:

1. Rejalashtirish

2. Imkoniyat va sharoitlar

3. Uslublar

4. Faoliyatlar

5. Teskari aloqa

6. Nazorat

O'qitish uslubini aniqlash yo'llaridan biri bu yuqorida keltirilgan oltita omilning har biriga tegishli bo'lgan savollar ro'yxatini tuzishdir. Ta'kidlash joizki, har bir tarkibiy qism talablarining to'liq bajarilishini ta'minlash hamda unga amal qilish tanlangan o'qitish uslubining samaradorligini oshiradi. Rejalashtirish;O'qitish uslubi quyidagilarni o'z ichiga oladi, ya'ni:

- malakalar va ko'zlangan asosiy maqsadlar tahlili;

- guruh tarkibi;

- zarur bo'lgan malakalar;

- o'rganilishi lozim bo'lgan fanlar;

- o'rganishga ruhlantiruvchi omillar;

- o'rganish turlari va imkoniyatlari;

- o'quv materiali va uning zamonga mosligi;

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

muammolami aniqlash va echimlami topishda tajribalarni umumlashtirish zarurati;

- o'quv materialini taqdim etish usullariga bo'lgan ehtiyoj; O'qish uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo'lishi zarur:

- o'quv xonalari;

- o'quv qurollari;

- audio-video materiallari;

- turli model va jihozlar;

- amaliy mashg'ulotlar uchun namunaviy qurollar;

- mavzuga oid topshiriq va vazifalar;

- guruh bo'lib yoki yakka tartibda o'qitish uslublari;

- baholash materiallari. Uslublar;

O'qituvchi quyidagi o'qitish uslublaridan xabardor bo'lishi kerak:

- ishni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berib, o'qitish;

- maxsus kompyuter dasturlari yordamida o'qitish;

- ma'ruza qilib, o'qitish;

- namoyish qilish va tajriba o'tkazish;

- loyiha asosida ishlash;

- algoritm va turli tahlil uslublaridan foydalanish;

- holatni o'rganish;

- rol o'ynash, muhokama qilish va rag'batlantirish mashg'ulotlari;

- kompyuter yordamida o'qitish.

O'qitishning quyidagi qaysi bir uslubini qo'llash orqali eng yaxshi natijaga erishish mumkin?

- ma'ruza;

- mustaqil ish o'tkazish;

- tinglovchilar talabiga asoslangan o'qitish;

- yakka tartibda o'qitish;

- mehnat tajribasini orttirish imkoniyatini yaratish.

- o'qituvchining faqat bilimlarni tarqatuvchi bo'lib qolmay, balki bu bilimlarni tinglovchi o'zlashtira oladigan qilib etkazib beruvchi bo'la olishi;

- baholash tizimini tashkil etish;

- o'qituvchilar bilan tinglovchilar orasidagi teskari aloqani tez o'rnatish. Yuqorida aniqlangan mezonlar asosida mos keladigan o'qitish va o'rgatish

dasturini ishlab chiqish uchun o'qituvchi quyidagilarga qodir bo'lishi lozim:

- haqiqatda mavjud o'rgatish malakalariga ega bo'lish;

Scientific Journal Impact Factor

- o'quvchilarning bilim darajasini baholash uchun o'rnatilgan me'yorlarni aniqlash mezonini tushuntirib berish;

- o'quvchilarga o'qitish uslublarining mosligini aniqlash.

Jismoniy tarbiya va sport darslarida o'qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash samaradorligini oshirish metodi va vositalari. Hozirgi kunda barcha pedagoglar singari jismoniy tarbiya o'qituvchilariga ham darslarni zamonaviy pedagogik talablar asosida tashkil etish, darsga innovatsion yondashuvni, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatishni dars davomida shakllantirish kabi ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarida, bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Interaktiv (interfaol)-inglizcha so'z bo'lib, "interakt" "inter"-bu, o'zaro, "akt"-bu —harakat qilmoq - ma'nosini anglatadi.

Umumlashtirganda esa —interaktiv (interfaol) —o'zaro harakat qilmoq ma'nosini anglatadi. noananaviy hamda interfaol dars orasidagi farqlar

l.O'quv rejadagi mavzularni o'qitishda, qaysi mavzular bo'yicha inter faol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur.

Bunda bir mavzu bo'yicha mashg'ulotning maqsadiga to'liq erishishni ta'minlaydigan interfaol yoki an'anaviy mashg'ulot turlaridan foydalanish ko'zda tutiladi.

2.Interfaol mashg'ulotning samarali bo'lishi uchun o'quvchilar yangi mashg'ulotdan oldin, uning mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilishlarini ta'minlash zarur.

3. Interfaol mashg'ulotda o'quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an'anaviy mashg'ulotga nisbatan ko'p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.

Interfaol ta'lim usuli - har bir o'qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o'z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi.

Jismoniy tarbiya o'qituvchisi o'quvchilarning muayyan shart-sharoitlari darajasini bilsagina, ularning bilish va o'rganish faolligini oshirishga erisha oladi.

Buning uchun o'quvchilarning interfaol o'quv mashg'ulotga tayyorlash, o'tilgan mavzuni o'zlashtirib olishlari, xamda o'quv mashg'ulotiga tayyorlanib kelishlari, dars jarayonida o'qilgan yoki tinglangan matn yuzasidan muhokamalar

NATIJALAR

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

o'tkaza bilishlari, ijodiy , amaliy xarakterdagi topshiriqlarni osonlikcha bajarishlari zarur.

Ta'lim jarayoni faqat o'qituvchi tomonidan boshqariladigan jarayon emas, u o'quvchilar faoliyati bilan ham chambarchas bog'langan.

O'quvchining o'z-o'zini boshqarishi natijasida o'quv jarayoni faollashadi. Jismoniy tarbiya va sport darslarida o'quvchining o'z xatti-harakatini o'zi nazorat qilishi, yo'l qo'ygan xatolarini o'zi aniqlashi va bartaraf etishi, mustaqil holda xulosalar chiqarishi, reproduktiv, qisman izlanuvchanlik va ijodiy topshiriqlarni bajarishda ishtirok etishi , o'quvchi faolligini oshiradi va uni amalga tadbiq etilishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.

Jismoniy tarbiya va sportning nazariy, amaliy darslarida, interfaol metodlardan foydalanishning afzalligi:

l.O'quvchilarni mavzularni chuqur o'zlashtirilishi; 2.O'qituvchi tomonidan o'quvchilarni nazorat qilishning qulayligi 3.O'quvchilarni qisqa vaqt ichida ko'proq malumot olishi 4. O'quvchilarni ko'nikma va malakalarini maksimal rivojlanishi ,

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta'lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi.

Bulardan asosiysi-o'quvchilarning muloqot olib borish bo'yicha ko'nikma va malakalari rivojlanadi, o'quvchilar orasida emotsional aloqalar o'rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o'z o'rtoqlarining fikrini tinglashga o'rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi.

1.Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O'qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy qo'llanma. -T.: "IQTISOD-MOLIYA" 2008, 3-48 bet. 2.O'zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. "O'zbekiston", Toshkent, 1997 yil.

3.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi "Oliy va o'rta maxsus ta'lim davlat standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori. 4.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisi materiallaridan "O'zbekiston ovozi" gazetasi, 2007 y 12 fevral.

5.Бордовская Н.В. Диалектика педагогического Исследова-ния. -М.; 2001.

6.Селевко Г. Современные образовательные технологии: Учеб. пособ. -М. 1998 год.

29

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

Scientific Journal Impact Factor

7.Кузнецова. Н. Формирование систем понятий в современном обучении. -Л. 1985 год.

8. Левина М. Технологии профессионального педагогического образования. -М., 2001 г.

9.Материалы Республиканской научно-практической конфе-ренции «Проблемы формирования и совершенствования содер-жания содержания среднего специального, профессионального образования» Ташкент. 2001 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.