Научная статья на тему 'JAMIYAT TARAQQIYOTINING HOZIRGI NUQTASIDA ADVOKATURA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI VA DOLZARBLIGI'

JAMIYAT TARAQQIYOTINING HOZIRGI NUQTASIDA ADVOKATURA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI VA DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

4
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbekiston / Respublika / Konstitutsiya / advokatura / advokatlar palatasi / jamiyat / fuqarolik jamiyati / advokatlik byurosi / advokatlik firmasi / muammo va yechimlar / istiqbollar. / Uzbekistan / Republic / Constitution / Bar Association / Bar Association / Society / Civil Society / Law Bureau / Law Firm / Problems and Solutions / Prospects.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Farruxbek Niyozmurod O’g’li Erkinjonov, Mohinabonu Niyozmurod Qizi Erkinjonova

Mazkur maqolada yurtimizda advokatura tizimini hozirgi kungacha erishgan imkoniyatlarining bosqichlari, jamiyatimiz rivojining ayni hozirgi nuqtasida advokatura tizimini rivojlantirishning zarurati va dolzarbligi hamda ushbu tizim faoliyatidagi muammo va yechimlarni bartaraf etish yo’llari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the stages of the possibilities of the legal system in our country to date, the need and relevance of the development of the advocacy system at this current point of development of our society, as well as ways to eliminate problems and solutions in the functioning of this system

Текст научной работы на тему «JAMIYAT TARAQQIYOTINING HOZIRGI NUQTASIDA ADVOKATURA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI VA DOLZARBLIGI»

JAMIYAT TARAQQIYOTINING HOZIRGI NUQTASIDA ADVOKATURA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI VA DOLZARBLIGI

Farruxbek Niyozmurod o'g'li Erkinjonov

Toshkent davlat transport unversiteti 3-bosqich talabasi [email protected]

Mohinabonu Niyozmurod qizi Erkinjonova

Andijon viloyat yuridik texnikumi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi dots.v.b., Egamberdiyeva N.Kh

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqolada yurtimizda advokatura tizimini hozirgi kungacha erishgan imkoniyatlarining bosqichlari, jamiyatimiz rivojining ayni hozirgi nuqtasida advokatura tizimini rivojlantirishning zarurati va dolzarbligi hamda ushbu tizim faoliyatidagi muammo va yechimlarni bartaraf etish yo'llari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, Respublika, Konstitutsiya, advokatura, advokatlar palatasi, jamiyat, fuqarolik jamiyati, advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, muammo va yechimlar, istiqbollar.

ANNOTATION:

This article describes the stages of the possibilities of the legal system in our country to date, the need and relevance of the development of the advocacy system at this current point of development of our society, as well as ways to eliminate problems and solutions in the functioning of this system.

Keywords: Uzbekistan, Republic, Constitution, Bar Association, Bar Association, Society, Civil Society, Law Bureau, Law Firm, Problems and Solutions, Prospects.

Muhtaram Prezidentimizning: "Odil sudlov, inson qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning asosiy mazmuni bo'ladi"1 degan so'zlaridan adolat hamda qonun ustuvorligini taminlash masalasida

1 https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/27/mirziyoev-program/#:~:text=%C2%AB-,Odil%20sudlov%2 C, inson%20qadr%2Dqimmati

2024-yil, 7-dekabr

394

bugungi kun rivojlanayotgan dunyo hamjamiyatida advokatura asosiy va tayanch institutlaridan biri bo'lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish bilan bog'liq konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Shu bois ham mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimining ajralmas bo'g'ini, ya'ni advokatura institutini isloh qilish, uni inson, jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlab faoliyat yurituvchi sohaga aylantirish, mustaqil tizimni barpo etishga alohida va doimiy ahamiyat berib kelindi.

Yurtimiz siyosiy hayotida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar advokatura tizimini ham zamon bilan hamnafas rivojlantirish, qonunchilik huquqiy bazasini takomillashtirib borishni talab etmoqda. Bundan tashqari dunyo miqyosida ro'y berayotgan modernizatsiyalashuv jarayoni mamlakatimiz aholisini ham qamrab olayotganligi, oxirgi 4-5 yil davomida jadal olib borilayotgan demokratik islohotlar tufayli fuqarolar ongining o'sib borishi va huquqiy madaniyatining yuksalishi oqibatida ular tomonidan siyosiy-huquqiy faollikning kuchayib borishi hamda o'z huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sud organlariga murojaat qilish va advokat yordamidan foydalanishga bo'lgan ehtiyojning ortib borishi singari holatlar advokaturani zamon talablariga javob beradigan asosda rivojlantirish masalasini keltirib chiqarmoqda.

Umuman olganda, advokatura institutining paydo bo'lishi va uning rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. O'zbekistonda ham advokatura institutining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari bir necha yuz yillik tarixga ega bo'lsa ham uning rasman institut sifatidagi sud-huquq sohasidagi o'rni O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi jarayonlar bilan bevosita bog'liqdir.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan to shu kunga qadar jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo'lgani kabi sud-huquq tizimining ajralmas qismi bo'lgan advokatura tizimi ham to'xtovsiz ravishda rivojlanib bordi. Shu sababli O'zbekistonda advokatura institutining rivojlantirishi shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin desak mubolag'a bo'lmaydi:

I bosqich: 1990-1996 yillar;

II bosqich: 1997-2007 yillar;

III bosqich: 2008- 2016 yillar;

IV bosqich: 2017 yildan hozirgacha bo'lgan davr.

2017 yildan boshlab advokatlik sohasida boshqa sohalarda bo'lgani kabi yangi davr boshlandi. Ya'ni buni ushbu tizim rivojlanishining IV bosqichi desak xato bo'lmaydi albatta.

Ana shu yangi davrning birinchi qadami sifatida 2018 yil 12 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura institutining samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi

395

2024-yil, 7-dekabr

Farmoni2 qabul qilinganini ko'rsatish mumkin. Ushbu istiqbolli farmonda so'nggi yillarda mamlakatimizda kuchli Advokatura tizimini barpo etish yo'lida amalga oshirilgan islohotlar, ularning ijobiy natijalari e'tirof etilishi bilan birga Advokatura institutining bugungi kun talabi darajasida rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar ham ko'rsatib o'tildi va sohani isloh qilish yo'nalishlari belgilab berildi.

Keyingi katta qadam sifatida ya'ni V bosqich 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi" ning qabul qilinishini aytish joiz bo'ladi.

Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasining ikkinchi yo'nalishi mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishga asoslangan va bu orqali nafaqat sud-huquq sohasini isloh qilish, balki Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatga bo'lgan talabini to'liq qondirish masalalari ko'rib o'tilib, qonunning 19-maqsadida3 asoslab qo'yildi. Unda quyidagi normalar belgilab o'tilgan:

"Advokatura institutini to'laqonlik o'z-o'zini boshqarish tizimiga o'tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish.

Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish.

Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog'ozbozlikka chek qo'yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo'lga qo'yish.

Bepul huquqiy yordam ko'rsatish ko'lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va "yagona darcha" tamoyili asosida foydalanishni ta'minlash" maqsadlari belgilab olindi.

Mamlakatimizda Advokatura tizimini rivojlantirish bo'yicha islohotlar faqat yuqorida sanab o'tilgan farmon qabul qilish yokida taraqqiyot strategiyasini joriy qilish bilangina emas, balki ularni amalda to'g'ri qo'llay olish bilan ham amalga oshirilmoqda. Hususan, 2023 yil 1 may kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XXIV bob Advokatura faoliyatining kafolatlari belgilab qo'yildi, unga ko'ra jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish uchun advokatura faoliyat ko'rsatishi, Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o'zini-o'zi boshqarish prinsiplariga asoslanganligi,

2 https://lex.uz/ru/docs/-3731060

3 https://lex.uz/uz/docs/-5841063#:~:text=ish%20yuklamasini%20kamaytirish.-,19,-%2Dmaqsad%3A%20Advokatura%20institutimng

2024-yil, 7-dekabr

396

Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanishi ko'zda tutilib, advokat o'z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmasligi, advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlarning ta'minlanishi, advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'lishi va qonun bilan muhofaza qilinishi kabi moddalar belgilandi.

Har bir davlatni rivojlantirish, uni isloh qilish hamda rivojlangan davlatlar qatoriga kiritish uchun harakat qilinayotganda albatta kamchiliklar bo'lishi tabiiy hol. Bu kamchiliklarni hamma sohalar kabi advokatura tizimida ham uchratish mumkin. Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sudlarning mustaqilligiga erishish va sudlarda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan. Amaldagi protsessual tizimda advokaturaning roli yetarlicha baholanmaydi, natijada qarama-qarshilik tamoyili asosida qaror qabul qilish mumkin emas.

Jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, fuqarolik va boshqa kodekslar 90 yillarning boshlarida sobiq SSSRning sovet respublikalari uchun ishlab chiqilgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan namunaviy kodekslar asosida qabul qilingan. Xususan, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksi 86-moddasiga4 muvofiq advokatlar isbotlashning to'la huquqli ishtirokchisi emas, balki faqat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud amalga oshiriladigan isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega. Prezidentning 2019 yil 13 dekabrdagi "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashga, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy yuksaltirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4551-son qarori bilan Palata Advokatlar kengashiga Adliya vazirligi, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2020 yil 1 maydan boshlab Advokatlar institutini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish topshirildi.

Hozirda Advokatlar palatasining ishchi guruhi loyihani tayyorlamoqda va u yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Avvalo, advokatura faoliyatining institutsional asoslarini va advokatlarning protsessual huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalasi ko'tarilmoqda.

Konsepsiya advokatlik kasbining kelajagi uchun asosiy shart va talablarni belgilaydi. Xalqaro standartlarni joriy etish oson bo'lmaydi va yillar talab etiladi.

Shuningdek, 2023 yil 18 sentyabrda kuchga kirgan "Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida5"gi qonun qabul qilindi. Uning qabul qilinishi aholining yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Hozirda Adliya vazirligi tomonidan bu borada bir qator ishlar amalga oshirilib, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Advice.uz milliy huquqiy internet portali tashkil etildi. Shu bilan birga,

4 https://lex.uz/docs/-111460#:~

5 https://lex.uz/docs/-6502543

-:text=455%2Dmoddalari.-,86,-%2Dmodda.%20Isbot%20qilish

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

2019 yilning dekabr oyidan boshlab "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan aholiga bepul yuridik maslahat va amaliy huquqiy yordam ko'rsatish yo'lga qo'yildi.

Ushbu sohani isloh qilishdagi yana bir ahamiyatli va dolzarb muammo bu advokatlarning yetishmasligidir deb bilaman. Har yili yurisprudensiya mutaxassisligi bo'yicha minglab talaba o'qishni tugatadi, lekin ularning hammasi ham advokat bo'la olmaydi yoki umuman o'z mutaxassisligi bo'yicha faoliyat yuritmaydi.

Advokatura bugungi zamon va makonning eng istiqbolli va muhim ahamiyatli sohasi bo'lib qolmoqda. Sababi to'xtovsiz rivojlanib yangilanayotgan hozirgi davr jamiyatida demokratik tamoyillar mustahkamlanayotganligi sababli o'z huquq va erkinliklarini qo'rqmasdan talab qilayotgan insonlar soni oshib bormoqda. Bu borada har bir jamiyat a'zosiga yaqindan yordam berish to'g'ri yo'l ko'rsatish albatta advokaturaning vazifasidir. Bugungi kunda jamiyatimizda inson huquqlarini himoya qilishning normativ va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada, O'zbekiston xalqaro huquqning subyekti sifatida, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik borasida ham rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilgani e'tirof etilmoqda. Mamlakat xalqaro norma ijodkorligi faoliyatining faol ishtirokchisi sifatida yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida jahon maydoniga dadil chiqayotgani buni tasdiqlaydi.

1. O'zbekiston SSR Advokaturasi to'g'risida"gi Nizom 12.11.1980 yil;

2. O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi qonuni 27.12.1996;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni 01.05.2008 yil;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura institutining samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni 12.05.2018yil;

5. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yil;

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqi. 31.08.2022yil www.kun.uz

7. O'zbekistonda advokatura: joriy holati va rivojlanish istiqbollari M.A.Raximbayeva 30.11.2023

REFERENCES:

398

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.