"Vr
"mm I
V
sk>-
___imai. of
cipctsjry research jagement studies
JABIRLANUVCHI SHAXSNING VIKTEMOLOGIK TAVSIFI
Dushaboyev Diyorbek Toir o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quv kursi 319-guruh kursanti G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston, e-mail: [email protected]
orcid.org/0009-0005-2423-050X https://doi.org/10.5281/zenodo.14609513
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 2ndJanyary 2025 Accepted:4th January 2025 Published:7th January 2025 KEYWORDS
Jabirlanuvchi , huquqbuzarliklar profilaktikasi, viktemologiya, shaxs, aybli viktim, aybsiz victim.
Ushbu maqolaniyozishdan asosiy maqsad jabirlanuvchi shaxsning viktemologik tavsifi borasida zamonaviy qarashlar shaxsning huquqbuzarlikning jabrlanuvchiga aylanishini oldini olishga hamda jabirlanuvchi shaxs va uning turlari, qanday qilib shaxs jabirlanuvchiga aylanib qolishi va uni bartaraf etish borasidagi qarashlar, yangiliklar yoritib o 'tilgan.
Kirish
Jamiyat tarraqiyotiga salbiy ta'sir etuvchi jinoyatchilik doimiy ravishda huquqshunos olimlar, turli soha mutaxassislari, qolaversa, jamiyatning har bir a'zosi e'tiborni o'ziga tortib kelganligi hammamizga malum. Chunki jinoyatning qaysi turi qaysi darajasi bo'lmasin, insoning tinch turmush-tarziga muntazam ravishta xavf solib keladi. Shuning uchun ham bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlar, tadbirlar hamda ilmiy ishlamalarni barchasi insonning oliy darajadagi huquqlarini ta'minlashga va jamiyat va davlat farovonligiga xizmat qilib keladi.
Jabrlanuvchi shaxsning viktimologik tavsifi — bu jinoyat yoki huquqbuzarlikdan zarar ko'rgan shaxsning psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa xususiyatlari bilan bog'liq holatlarining tizimli tahlili. Viktimologiya jabrlanuvchilarni faqat jinoyatni boshdan kechirgan shaxslar sifatida emas, balki ularning turli xil xususiyatlari, ijtimoiy vaziyati va psixologik holatini o'rganish orqali ta'riflaydi. Bu tavsif, o'z navbatida, jinoyatlarning oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va ularning reabilitatsiyasini ta'minlash uchun zarur. Viktemologiya alohida , mustaqil yo'nalishlarida bo'lgan, ya'ni jinoyatdan jabirlanganlarni o'rganuvchi ta'limot sifatida o'rganiladi. Chunki, bu ta'limot asosan jinoyatlardan jabirlanganlarni psixologik, biologik, ijtimoiy xususiyatlari, jinoyatchilarga bo'lgan munosabatlari, jinoyat sodir etilishidan oldin va undan keyingi jarayonda tutgan o'rni o'rganib chiqadi va ilmiy jihatdan asoslangan xulosalarni o'rganib chiqib, jinoyatlarni profilaktika qilish faoliyatida keng ko'lamda qo'lanilishi uchun tatbiq etiladi. Agarda viktemologiya ta'limotida o'rganadigan muommolarni yanada aniqlashtiradigan bo'lsak qanday emotsanal va psixologik xususiyatlarga ko'ra va qaysi ijtimoiy yo'nalishlarda inson jinoyatdan jabirlangan degan savolga javob berish uchun uning ma'naviy-psixologik va ijtimoiy tavsiflarni o'rganish kerak, qanday darajada jinoyatchi va jabirlanuvchining munosabatlari jinoyatga yo'l ochib bergan yo'l , jinoyatni sodir etilishi, uning sabab-
sharoitlari , jinoyatchining xatti-xarakatlarini mohiyati qanday bo'lgan degan savolga javob berish uchun jinoyatchi va jabirlanuvchining o'zoro munosabatlarini o'rganish lozim, jinoyat sodir etish jarayonida jabirlanuvchining xulq-atvori qanday darajada bo'lgan degan savolga javob berish uchun esa avvalom bor, ushbu jinoyatlarga oid bo'lgan barcha salbiy hodisalarni o'rganish kerakbo'ladi.
Yana bir muommo shundan iboratki u yoki bu shaxsning yuqori viktimlikni uning xatti-xarakatlariga bog'liq bo'lmasligi, lekin uning ijtimoiy o'rni va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqishi ham mumkin. Bu degani, shaxs o'z tabiati bilan nafaqat jinoiy, balki viktimli bo'lishi ham mumkin. Viktimlik holatlari o'z tabiyati bilan ijtimoiy hisoblanib, ular shaxslarni doimiy ravishta o'rab turadi.
Ayrim bir jinoyatlar, xususan, qasddan odam o'ldirish va og'ir tan jarohati byetkazish jinoyatlarini sodir etilishida jabirlanuvchining xulq-atvori o'rganilganda neytral xulq-atvor, ijobiy xulq-atvor, salbiy xulq-atvorlar kelib chiqadi.
Jabirlanuvchi shaxsini o'rganishda uning jinsi, yoshi, kasbi kabi demografik ma'lumotlar bilan birga uning sog'lom yoki nogironligi, mintaqadagi kriminogen vaziyatva xolat, qaysi joyda yashash kabi ma'lumotlar muhim ro'l o'ynaydi . 1941 yilda Amerikaga ko'chib ketgan nems kriminologi Gans fon Gentig o'zining "viktemologiya: predmenti, tarixi, kelajagi "asarida har xil tipdagi situatsiya vaziyatlar bilan birga jinoyatchilar diqqatini o'ziga tortish kabi o'zga xos xususiyatlarga ega bo'lgan jabirlanuvchilarning jamiyatda ham boshqacha keraksiz yoki ortiqcha odamdek tiplari haqida yozar ekan u qaryalarni, ayollarni, emigrantlarni, kam sonli millatlarni, spirtli ichimlikka ruju qo'ygan shaxslarni, ishsizlarni sanab o'tarkan ular orasidan jinoyat sodir etishgan uchun vijdoni qora bo'lgan shaxslarni shuning uchun shantash va tovlamachilikka qarshi kurasha olmayotganlarni, buning teskarisi bo'lgan boylar, himoyaga ega shaxslar hamda "hayolidagi jabirlanuvchilar" tipini ajratib o'tadi.
Bugun zamon rivojlanib borarkan jamiyatda turli xildagi salbiy oqibatlar ham soni tez rivojlanib bormoqda. Ya'ni jinoyatlarning soni oshishi, yangidan yangi jinoyatlar turlari, kiber jinoyatchilik rivojlanib ketishini kuzatsak bo'ladi.
Bugungi kunda shaxslar aynan kiber jinoyatlarni qurboniga aylanishi, yildan yilga ko'payib borishi statistik ma'lumotlarda o'z aksini topadi. Bularni oldini olishda huquqbuzarlikar profilaktikasining turlarini qo'llagan holda kamaytirishga olib kelsa bo'ladi. Jamiyatsda huquqiy ong huquqiy ma'daniyatni shaklantirish , fuqarolarning huquqiy savodxonligini ko'tarish, maktablartda, turli xildagi tadbirlarda, axolin gavjum joylarda huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish orqali jinoyatchilik darajasini kamaytirsak bo'ladi. Undan tashqari Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga vazifalarni ko'paytirish, shaxslarda befarqlikni kamayirish, OAVda, gazeta va jurnalarda elonlar berish orqali ham amalga oshirsak boladi. Umuman olganda jinoyatchilikni ko'payishida jabirlanuvchilarni ham ma'lum darajada aybi bor , xususan , mulkini qarovsiz qoldirishi natijasida bo'lishi, tilla taqinchoqlarini ko'z- ko'z qilishi va jinoyatchilarini e'tiborini jalb etishi oerqali vujudga keladi. Jabrlanuvchi shaxsning viktimologik tavsifi bir nechta asosiy omillardan iborat: 1.Ijtimoiy va demografik xususiyatlar:
Yosh: Ma'lum yosh guruhlari ba'zi jinoyat turiga ko'proq duchor bo'lishi mumkin. Masalan, bolalar va yoshlar ko'pincha zo'ravonlik, seksual zo'ravonlik yoki ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlar bilan bog'liq jinoyatlarga yo'l qo'yiladi.
Jins: Ayollar ko'proq uyda zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik va shunga o'xshash jinoyatlarga duchor bo'lishadi. Erkaklar esa ko'proq tashqi, ijtimoiy zo'ravonlik va jinoyatlarda jabrlanuvchi bo'lishadi.
Ijtimoiy maqom: Aksariyat hollarda, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan zaif qatlamdagi odamlar ko'proq jinoyatlarga duchor bo'lishadi. Bu odamlar ko'proq moliyaviy va psixologik stresslarga duch keladilar.
Oilaviy holat: Oilaviy munosabatlar, ijtimoiy tizimning barqarorligi yoki barqarorsizligi ham jabrlanuvchining xususiyatlarini ta'sir etishi mumkin.
2. Psixologik va emotsional holat:
Xavfga moyillik: Ayrim shaxslar psixologik yoki hissiy zaifliklari sababli jinoyatchilar tomonidan osonlik bilan qurbon bo'lishi mumkin. Masalan, depressiya, past o'zini hurmat qilish yoki ishonchsizlik kabi holatlar jabrlanuvchining qiyinchiliklarga duchor bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Travmatik holatlar: Jabrlanuvchilarning ko'plari jinoyatni boshdan kechirishdan oldin ham ba'zi psixologik yoki ijtimoiy qiyinchiliklarga duchor bo'lishi mumkin. Bunday holatlar ularning jinoyatga duchor bo'lish ehtimolini oshirishi mumkin.
3. Ijtimoiy kontekst:
Ijtimoiy aloqalar: Jabrlanuvchilarning ijtimoiy doiralari (masalan, do'stlar, oila, hamkasblar) jinoyatga duchor bo'lish ehtimoliga ta'sir qiladi. Ijtimoiy aloqalarining zaifligi yoki izolyatsiya qilish holati, shaxsni jinoyatchilarga nisbatan yanada zaifroq qiladi.
Muhojirlik yoki ijtimoiy marginallashuv: Ijtimoiy va etnik ozchiliklar, migratsiya holatidagi shaxslar, shuningdek, jinsiy yoki jismoniy zaif guruhlar ko'pincha jinoyatlarning qurboniga aylanadi.
4. Jinoyatga qarshi pozitsiya va o'zini himoya qilish qobiliyati:
Jinoyatga nisbatan passivlik: Ba'zi shaxslar o'zlarini himoya qilishga nisbatan passiv pozitsiyani egallashadi. Masalan, ular o'zlarini jismoniy yoki psixologik jihatdan himoya qila olmaydi.
Ijtimoiy nafrat yoki tahdidlar: Jabrlanuvchi, ba'zan, o'zining ijtimoiy mavqeyidan yoki kasbiy faoliyatidan kelib chiqqan holda, tahdidlar yoki nafratga duchor bo'lishi mumkin (masalan, etnik, diniy, siyosiy jihatdan).
5. Jabrlanuvchilikning tizimli xususiyatlari:
Jabrlanuvchilikning takrorlanishi: Ba'zi jabrlanuvchilar jinoyatlarni bir necha bor boshdan kechiradilar. Bu holat, odatda, jinoyatlarning turli shakllarini (yo'qotish, zo'ravonlik, jinsiy tajovuz) qayta-qayta boshdan kechirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Jabrlanuvchilikning tizimli holatlari: Jabrlanuvchi shaxslar ko'pincha o'z hayotida ko'plab ijtimoiy va iqtisodiy zaifliklarga duch kelishadi, bu ularning jabrlanuvchi sifatida bo'lishiga olib keladi.
6. Jabrlanuvchilikning madaniy va genderga oid jihatlari:
Madaniy yoki diniy ta'sirlar: Ayrim madaniyatlarda jabrlanuvchi sifatida qarashlar, o'zini himoya qilish, shaxsiy huquqlarni talab qilish kabi masalalar ko'proq norozilik yoki muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Gender asosidagi jinoyatlar: Ayollar, ayniqsa, jinsiy zo'ravonlik va uyda zo'ravonlik kabi jinoyatlarning qurboni bo'lishadi. Bu, jamiyatdagi gender tengsizliklari va patriarxal tizimlarga bog'liq.
Avalambor shaxs jabirlanishiga olib keluvchi asosiy sabab sifatida uni nozigligi , maqtonchoqligi , ma'lum joyda ya'ni jinotachilik yuqori joyda yashashini keltirib utsak va ularga qarshi profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish orqali ularga qarshi kurashish zarur
Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimiz asosiy islohatlarni inson qadri uni huquq va erkinliklariga asoslangani ko'radigan bo'lsak , har qanday inson huquqni buzuvchi xatti-xarakatlar uchun javobgarlik instutuni tobora kuchaytirib bormoqda. Bu esa aynan jinoyatchilik darajasini kamaytirishga olib keladi. Inson huquqlarini buzish huquqbuzarlik sifatida e'tirof etilib qonun olda javob beradi. Jabirlanuvchilarni huquqlarini aynan davlat himoyasiga olganligini va ularni buzilgan huquq erkinliklarini tiklashga qaratilgan bir necha islohatlarni mamlakatimizda ko'rsak bo'ladi. Zero, inson huquqlarini himoya qilish har bir huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. G'aniev F. T. Turkiya respublikasi: tabiyati, madaniyati va an'analari //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101-116.
2. G'aniev F. T. O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy preventiv mexanizmi //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 8490.
3. Ganiyev F., Ganiyeva G. O'g'irlik haqida tushuncha, o 'g 'irlikning psixologik genezisi va mehanizmlari //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 43-47.
4. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.
5. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.
6. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№.4.-С. 37-42.
7. Ганиев Ф. Т. Угрилик жиноятининг жиноят-хукуций жих,атлари ва олдини олишга доир фикр-мулох,азалар //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.
8. Ганиев Ф. Профилактика инспекторлари томонидан угриликларнинг олдини олиш фаолиятини ташкил этиш йуналишлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.
9. Ганиев Ф. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойилига асосланган тизимни жорий этишда фу;оролар йигинларини фаолиятини тизимли йулга ;уйиш //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 96-98.
10. Ганиев Ф. Ахборот хавфсизлиги х,амда мух,офазаси таъминланганига ;арамасдан содир этиладиган жиноятлар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.