é
Ws,
ARTICLE INFO
ANALYSIS OF THE REQUIREMENTS FOR BABY CLOTHES MADE OF GASES WITH HIGH HEAT RETENTION
PROPERTIES Rаkhimоvа Kаmоlа Gаyrаtоvnа
Tеrmiz Stаtе Univеrsity rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545839
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Clothing, hygiene,
aesthetics, ergonomics, design, indicators, baby.
This article describes the requirements for children's clothing and what kind of clothes we can include in the children's wardrobe. The clothes of young children were studied, their fabrics, the colors of the fabrics and their influence on the child's psychology were noted. In addition, hygienic, aesthetic and ergonomic indicators are provided.
АНАЛИЗ ТРЕБОВАНИИ К ДЕТСКОЙ ОДЕЖДЕ ИЗ ГАЗОВ С ВЫСОКИМИ ТЕПЛОУДЕРЖИВАЮЩИМИ СВОЙСТВАМИ
Рахимова Камола Гайратовна
Термезский государственный университет
гах1шоуакашо1а96@§ша11.сош https://doi.org/10.5281/zenodo.11545839
ARTICLE INFO
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Одежда, гигиена,
эстетика, эргономика, конструктив, показатели, малыш.
ABSTRACT
В этой статье описаны требования к детской одежде и какую одежду мы можем включить в детский гардероб. Изучена одежда детей раннего возраста, отмечены ее ткани, цвета тканей и влияние одежды, которую носит ребенок, на его психологию. Кроме того, представлены гигиенические, эстетические и эргономические показатели.
ISSIQNI SAQLASH XOSSASI YUQORI BO'LGAN GAZLAMALARDAN CHAQALOQLAR KIYIMLARIGA QO'YILADIGAN TALABLARNI TAHLIL QILISH
Rаximоvа Kаmоlа G'аyrаtоvnа
Tеrmiz dаvlаrt ишуегекей rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545839
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Ushbu maqolada chaqaloqlarni kiyimlariga qo'yiadigan talablar, bolalarning gardirobida qanday kiyimlarni kiritishimiz mumkinligi aytib o'tilgan. Yosh bolalarning
é
Ws,
Kiyim, gigiyena, estetika, kiyimlari o'rganilgan ularni matolari, mato ranglari va erganomika, konstruktiv, bolani kiygan kiyimi uning psixologiyasiga ta'sir aytib ko'rsatgichlar, chaqaloq. o'tilgan. Shu bilan bir qatorda gigienik, estetik va erganomik
ko 'rsatkichlar keltirilgan.
KIRISH
Yengil sanoatni sohasini modernizatsiya qilish bu tashqi bozor iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun katta hissa qo'shadi. Bozorda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshliligi va hajmini oshirish, klaster usulida va qayta ishlash samaradorligi oshirish eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar jadallashmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1-maydagi PF-71-son Farmoniga 2023-yil 10-yanvardagi "Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-2-son Farmoni bilan to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari uchun tijorat banklarida ochilgan 12 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalari hamda ajratilishi nazarda tutilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari ko'rilgan. [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oldimizda turgan asosiy maqsad va vazifamiz issiq saqlash xossasi yuqori bo'lgan gazlamadan chaqaloqlar kombinzoni eskiz model na'munalarini ishlab chiqish optimal variantdagi tavsiya model asos konstruksiya chizmasini ishlab chiqish va texnologik jarayonlarini loyihalashdan iborat. Bahor va kuz mavsumiga mos bo'lgan chaqaloqlar kiyimi yaratish uchun quyidagi matolar tanlangan momiqday mayin junsimon jakkard o'rilishdagi chipor to'qilgan trikotaj matosi. Maqolani yoritish uchun Mamadjonova Adibaxonni diplom loyihasidan, Komilova X.X., Hamrayeva N.K "Tikuv buyumlarini konstruksiyalash" va Hasanbayeva G.K., Shomansurorova M.Sh. "Kompozitsiya asoslari"darsliklaridan va Raximova Kamola G'ayratovnaning "Talabalarga imkoniyati cheklangan bolalar kiyimlarini tikish
usullarini o'rgatish texnikasi" maqolasidan foydalanilgan
NATIJALAR VA MUHOKAMA O'sib kelayotgan yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish ularni sog'lom voyaga yetkazish barchamizni vazifamiz, ota-bobolarimizni ibratli so'zlari bor ''bolani ona qornidaligidayoq tarbiya qilish kerak'' degan. Chaqaloqlarni ovqatlanishidan tashqari uning kiynishiga ham e'tibor berish lozim ulargani kiyimlariga ko'plab talablar qo'yiladi.
1-rasm (chaqaloqlar kombinizoni 1-model) Ijtimoiy korsatkichda mahsulotni ishlab
é
Ws,
chiqarish va ularni sotish ya'ni tashqi va ichki bozorda iste'molchilarning kiyimga bo'lgan ehtiyojlari o'rganiladi. [6]
Gigiyenik sifat ko'rsatkichlari esa sanitariya va gigiyena talablariga mosligini xarakterlaydi, kiyim ostida qulaylikni ta'minlaydi. Gigienik moslik ko'rsatkichi kiyim ostidagi havo almashinuvi darajasini bildiradi. Masalan, yuqori haroratli tashqi muhitga mo'ljallangan kiyimning gigienik ko'rsatkichlari gazlamaning gigienik xususiyatlariga bog'liq. Ushbu
kcTrsatkich cfz navbatida kiyimning havo o'tkazuvchanligiga, buqg" o'tkazuvchanligiga hamda kiyimning ratsional konstruktiv yechimiga bog'liq. [6]
2-rasm (chaqaloqlar kombinizoni 2-model) Estetik korsatkichlar kiyimni shaxsiy iste'mol predmeti sifatida baholashda o'ziga xos ahamiyatga ega. Estetik xususiyatga ega bo'lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o'z maqsadli funksiyasini - insonning estetik talabini qondiradigan o'ziga xos xususiyatni bajara olmaydi. Estetik eqtiyoj, go'zallik qonunlariga ko'ra, insonning go'zallikka va ijodga bo'lgan talablarini bildiradi. Kiyim muayyan davrga xos yetakchi badiiy tarzlarga mos loyihalanadi. Kiyimning sifati etakchi mezon ekanligini e'tiborga olib, uning shaklini yaqqol ko'zga tashlanishi, kiyimning gazlama bilan bog'liqligi hamda tanlangan ranglari va hokazolar nuqtai nazaridan moda talablariga muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Kiyimning estetik ko'rinishi barcha konstruktiv elementlarning (detallar simmetrik joylanishi, biriktiruvchi va bezatuvchi choklarning ravonligi, astarning sifati va buyumning rangiga mosligi va h.k) o'ziga xos yechimi, ifodaliligi, buyumning haridorgir ko'rinishini ta'minlaydigan elementlari majmuiga (firma savdo belgisi, yorliq, qadoqlashga) boqliq boladi. [6]
Funksional korsatkichlar kiyimning asosiy vazifasiga, iste'molchining tashqi ko'rinishiga va uning psixologik xususiyatlariga mosligini bildiradi. Shuningdek, kiyimning kiyib yuriladigan sharoitga mosligini va qulayligini, shaklini saqlashini va hokazolarni bildiradi. Kiyimning barcha xossalari uning vazifasiga boqliq holda tanlansa, kiyim insonning ehtiyojini qondira oladi. Ayni kiyimning vazifasi modelga, uning konstruksiyasiga va materiallariga qo'yiladigan talablarni shakllantira oladi. [9]
3-rasm (chaqaloqlar kombinizoni 3-model)
é
Ws,
Psixofiziologik ko'rsatkichlar guruhi kiyimni odamning ruhiy va fiziologik xususiyatlariga mosligini aniqlaydi. Bu ko'rsatkichlarga kiyim oson kiyilishi va yechilishi, kiyim ayrim elementlarining qulayligi hamda kiyimning massasini kiritish mumkin. [6]
Erganomik ko'rsatkichlar buyumning insonga moslashganlik darajasini bildiradi. Ergonomika (ergon - mehnat, nomog - qonun) insonni muayyan faoliyat sharoitida o'rganadigan hamda inson, buyum va atrofdagi muhitning o'zaro boqlanish qonuniyatlarini o'rganadigan ilmiy fandir. Bu ko'rsatkich kiyim inson qomatiga va uni kiyish sharoitiga, statika (harakatsiz holati) va dinamika (harakat holati)da uning ayrim (antropometrik) harakteristikalariga hamda psixo-fiziologik o'ziga xos xususiyatlariga mosligini, shuningdek, gigienik va hokazo darajasini aniqlaydi. [6]
Ekspluatasion ko'rsatkichlar. Qator sanoat mahsulotlari kabi kiyimga ham muhim ekspluatasion ko'rsatkich bo'lgan "ishonchlilik" xosdir. Eksplutasiya davrida kiyimning ishonchlilik ko'rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarning pishiqligi bilan harakterlanadi.
Standartlash va unifikasiyalash korsatkichlari modellarning konstruktiv va texnologik jiqatdan bir-biri bilan bog'lanish darajasini ko'rsatadi. Standartlashning asosiy vazifalaridan biri - barcha yechimlar sonini minimal oqilona yechimlarga keltirishdir. Shu bilan birga mahsulotni loyihalash muddatini qisqartirishda hamda ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarish uchun sarf-harajatlarni kamaytirishda ko'rinadi. Unifikasiyalash ham standartlashning usullaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi mahsulotning keng miqyosda tarqalgan tur, xil va o'lcham tiplarini kamaytirishga qaratilgan.
Texnik - iqtisodiy koxrsatkichlar konstruksiyaning texnik jihatdan mukammalligini, ishlab chiqarishda iste'molchining xarajatlari hisobga olingan holda kiyimlarni loyihalash va ularni texnologik usullarini bildiradi. Texnik iqtisodiy ko'rsatkichlar ikkinchi darajada standartlash, unifikatsiyalash, konstruksiyaning ishlov berishga qulayligi va tejamligini o'z ichiga olgan. [6]
Konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik korsatkichi mahsulotni yaratish, ishlab chiqish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt hamda boshqa vositalarning sarf -harajatlarini kamaytirishga qaratilgan, ya'ni ishlov berishga qulay bo'lgan konstruksiya shakli sodda, ishlov berishda kam mehnat talab qiladigan, zamonaviy texnologik jarayonlarni qo'llashga imkon beradigan va bichishda rejali bo'lishi kerak.
Loyihalanayotgan ob'ekt sifat korsatkichlarini ranjirlash
1.1-jadval
Sifat ko'rsatkichlarining nomi Rang
1-daraja 2- daraja
Iste'molchi, shu jumladan: Ijtimoiy 4
Funksional 3
Estetik 2
Erganomik 2
Psixofiziologik 1
Gigienik 1
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
Ekspluatasion 3
Jami: Z 16
Texnik - iqtisodiy Standartlash va unifikatsiyalash 1
Konstruktsiyaning ishlov berishga qulayligi 2
Iqtisodiy 3
Jami: Z 6
Hammasi: Z 22
Konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik korsatkichi mahsulotni yaratish, ishlab chiqish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt hamda boshqa vositalarning sarf -harajatlarini kamaytirishga qaratilgan, ya'ni ishlov berishga qulay bo'lgan konstruksiya shakli sodda, ishlov berishda kam mehnat talab qiladigan, zamonaviy texnologik jarayonlarni qo'llashga imkon beradigan va bichishda rejali bo'lishi kerak.
Brendlar: Dolce & Gabbana bolalarning kiyim - kechaklarini kattalarga qaraganda kamroq chiroyli qilib qo'yganini osongina ko'rish mumkin. Shunday qilib, bahor - kuz mavsumida bolalar liboslari kattalar to'plamiga o'xshashdir. Xar bir bola o'zining bolaligida ota-onasiga o'xshashni xohlaydi va bunday kiyimlar bilan oilaviy ko'rinish yaratish oson bo'ladi. Bolalar uchun kiyimning o'zlari nafaqat moda, balki ishlab chiqarish xam juda muximdir. Har yil kattalar kiyimida bo'lgani kabi, bolalar kiyimidagi katta e'tibor qaratilayapti. Mavsumning yana bir tomoni turli xil shakllar va to'qima bosh kiyimlari ko'pligi deb atash mumkin.
Modelning sifat korsatkichlari boyicha baholash
1.2-jadval
№ Guruhli va yakka sifat Sifat Bazali Sifat ko'rsatkichlarining
ko'rsatkichlarining nomi ko'rsat ko'rsatki ahamiyatliligi
kichlari chlar
TM-1 TM-2 TM-3
ning
belgila
nishi
Iste'molchi SK K1 66,5 65,5 63 63,5
Ijtimoiy K11 9,5 9,5 9,0 9,5
Funktsional K21 8,0 8,0 7,0 8,0
I Estetik K31 18,5 17,5 17 17
Erganomik K41 19 19 19 18
Ekspluatasion K51 11,5 11,5 11 11
Texnik - iqtisodiy SK K2 33,5 32 30,5 30
Standartlash va K12 9,5 9,5 9,0 9,5
unifikatsiyalash
II Konstruktsiyaning ishlov berishga qulayligi K22 12,5 11,5 11 10
Iqtisodiy
K32
11,5 11 10,5 10,5
Jami
100 97,5 93,5 93,5
Brendlar: Dolce & Gabbana bolalarning kiyim - kechaklarini kattalarga qaraganda kamroq chiroyli qilib qo'yganini osongina ko'rish mumkin. Shunday qilib, bahor - kuz mavsumida bolalar liboslari kattalar to'plamiga o'xshashdir. Xar bir bola o'zining bolaligida ota-onasiga o'xshashni xohlaydi va bunday kiyimlar bilan oilaviy ko'rinish yaratish oson bo'ladi. Bolalar uchun kiyimning o'zlari nafaqat moda, balki ishlab chiqarish xam juda muximdir. Har yil kattalar kiyimida bo'lgani kabi, bolalar kiyimidagi katta e'tibor qaratilayapti. Mavsumning yana bir tomoni turli xil shakllar va to'qima bosh kiyimlari ko'pligi deb atash mumkin.
Zamonaviy moda yonalishi tahlili 2023-2024 mavsum uchun dizaynerlar tomonidan tavsiya etilayotgan kombinzonlar chaqaloqlar garderobining ajiralmas va aktiv qismi bo'lib, uning ranglar palitrasi klassika va avangard uslublarining o'zaro birlashgan ilhom manbasidir.
Kuz, qish mavsumining asosiy palitrasi: bu mavsum uchun mos bo'lgan xususiyat, qabul qilingan norma va standartalar chetga chiqish, ranglar gammasiga bo'lgan butunlay yangicha takliflar. Yorqin ranglar va trikotaj yumshoq, yengil va qulay matolar turlari mashhur bo'ldi.
Mavsumiy matolar: havo o'tkazuvchan va issiq saqlovchi yumshoq, yengil va qulay trikotaj matolari.
Mavsumiy ranglar: shaftoli rang, sabzi rang v.h.k. Chaqaloqlarning zamonaviy kombinzonining dekor elementlari sifatida: cho'ntaklar, oshxo'raklar, tugmalar va bezak yoqalar tavsiya etildi. Chaqaloqlar kombinzoniga kombinasiyalangan ranglardagi trikotaj matolari (oq+shaftoli rang, oq+pushti, oq+havo rang v.h.k) dan turli bezak bantlar, old va ort bo'laklarga biriktirilgan belbog'lar, buflar, mag'izlar, tugma qoplagichlar bilan bir qatorda bezak to'rlar, to'rli atirgullar tavsiya etildi.
Mavsumiy ranglar palitrasi: Xar qanday kombinatsiya to'g'ri keladi. Bolalar uchun porloq kiyimlar ishlab chiqish uchun ranglarga ahamiyat qaratish zarur. Pastel, oq, qizil, pushti, havo rang yorqin qizil yoki boy sariq ranglarga nisbatan bolaning ruxiga tajovuzkorona ta'sir qilmaydi.
Trendlar: Yupqalik va ko'p qavatlilik. Raspashonka, chepchik va shapkachalar uchun yupqa, yumshoq ichki trikotajlar matolar tavsiya etilsa, kombinzon va paypoqchalar uchun esa issiq saqlovchi tukli trikotajlar tavsiya etiladi.
UMUMIY XULOSALAR
Bugungi kunda yengil sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan ishlab chiqarilayotgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish, paxta xom ashyosini yetishtirish va
é
ш
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
qayta ishlash samaradorligi va rentabelligini oshirishning eng muhim
3-rasm (momiq matosi)
sharti hisoblanadi. O'sib kelayotgan yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish ularni sog'lom voyaga yetkazish barchamizni vazifamiz, ota-bobolarimizni ibratli so'zlari bor ''bolani ona qornidaligidayoq tarbiya qilish kerak'' degan.
Chaqaloqlarni ovqatlanishidan tashqari uning kiynishiga ham e'tibor berish lozim ulargani kiyimlariga ko'plab talablar qo'yilgan va o'rganilgan masalan: gigienik sifat ko'rsatkichlari, estetik ko'rsatkichlar, funksional ko'rsatkichlar, psixofiziologik ko'rsatkichlar, ekspluatasion ko'rsatkichlar, konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik ko'rsatkichi, texnik -iqtisodiy ko'rsatkichlar va standartlash va unifikasiyalash ko'rsatkichlari.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoveyning "Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-2-son Farmoni
2. Sh.Mirziyoev "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" Toshkent-2017 yil
3. Komilova X.H., Hamraeva N.K "Tikuv buyumlarini kontruksiyalash" Toshkent 2011 y.
4. Hasanbaeva G.K., Shomansurova M.Sh "Kompozisiya asoslari" Toshkent - 2000 yil.
5. Abbosova N.G., Axmedov B.B., Mahkamova Sh.M., Ochilov T.A "Engil sanoat mahsulotlari materialshunosligi" Toshkent-2005 yil.
6. Mamadjanova Adibaxon Ibrohimjon qizining "Issiq saqlash xossasi yuqori bo'lgan gazlamadan chaqaloqlar kiyimini konstruktsiyasini qurish, modellashtirish, ishchi andazalarini ishlab chiqish va texnologik jarayonlarini loyihalash" mavzusidagi diplom loyihasi 2018 yil
7. Алдрич У "Английский метод конструирования и моделирования" Детская одежда. Биб.журнала ателье. Москва - 2009 год. 24-28 стр
8. Kulijanova G.Q., Musaev S.S. "Engil sanoat mahsulotlarining texnologiyasi" Toshkent-2002 yil
9. Olimov Q.T., Nurboev R.X., Soatova G.K., Rahmonov I.M "Tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari" Toshkent-2021 yil.
10. Qudratov A.K. "Sanoat ekologiyasi". Toshkent-TTESI. 1999y.
11. Urozov, M. K., Toshbekov, O. A., Raximova, K., & Bobomurodov, E. (2022). Jun tolasi diametri notekisligi aniqlash. Evraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy, 2(13), 789-791.
12. Urozov M.K., Toshbekov O.A., Raximova K. Junni qalinligini sinovdan o'tkazish usullari. Eurasian Journal Of Asademis Researsh. 2022. Vol 2, № 13. R. 784-788; [01.00.00, №51].
13. Rаkhimоvа K.G. 'Та^ак^а imkоniyаti сhеklаngаn ьоыыг ^im^rim tikish us^^rim о'rgаtish tеxnikаsi" Eurasian journal of academic research page 142-148 https://doi.org/10.5281/zenodo.11263298
14. M.K. Urozov, K.G. Rakhimova, M.A. Fayziyeva, A.Z. Mustanova "Creation of new assortimens of sewing items from fabrics of mixed fiber structure" page 227-231 DOI:
é
Ws,
https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-11-51 https://eipublication.com/index.php/eijmrms Volume: 02 Issue: 11 November 2022 Published Date: - 23-11-2022
15. M.K. Urozov, K.G. Rakhimova, M.A. Fayziyeva, A.Z. Mustanova "RATIONAL USE OF FABRICS WHEN SEWING WOMEN'S OUTERWEAR IN THE NEW STRUCTURE" page 28-31 DOI: https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-11-08 https://eipublication.com/index.php/eijmrms Volume: 02 Issue: 11 November 2022 Published Date: - 09-11-2022
16. http://flirchi.ru/sign/land2
17. http://www.textelle.ru/trikotaj/Cotton/
18. http://www.gracef.ru/
19. http://www.e-kuzbass.ru/othercontent/453.html