Научная статья на тему 'BOLALAR SPORT USLUBIDAGI KIYIMLARI UCHUN GAZLAMA TANLASH TADQIQI'

BOLALAR SPORT USLUBIDAGI KIYIMLARI UCHUN GAZLAMA TANLASH TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
500
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
ERGONOMIK / ESTETIK / GIGROSKOPIKLIGI / GIGENIK / MEXANIK XUSUSIYAT / KONSTRUKTOR / TEXNOLOGIK

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Dadamirzayev B.B., Axmadjanov A.O.

Maqolada, bolalar sport liboslar to`plamini ishlab chiqarish uchun Namangan viloyatidagi mahalliy bozorlarda marketing tadqiqotlari o`tkazilib, iste`molchilar talablari o`rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OVERVIEW OF CHILDREN'S SPORTS FABRIC CHOICE

In the article, marketing research was carried out in the local markets of our Namangan region for the production of a collection of children's sportswear clothes and the requirements of consumers were studied.

Текст научной работы на тему «BOLALAR SPORT USLUBIDAGI KIYIMLARI UCHUN GAZLAMA TANLASH TADQIQI»

Dadamirzayev B.B.

Axmadjanov A. O.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

BOLALAR SPORT USLUBIDAGI KIYIMLARI UCHUN GAZLAMA

TANLASH TADQIQI

Annotatsiya: Maqolada, bolalar sport liboslar to^plamini ishlab chiqarish uchun Namangan viloyatidagi mahalliy bozorlarda marketing tadqiqotlari o^tkazilib, iste^molchilar talablari o^rganildi.

Tayanch so'zlar: ergonomik, estetik, gigroskopikligi, gigenik, mexanik xususiyat, konstruktor, texnologik.

Dadamirzaev B.B.

Akhmadjanov A. O.

Namangan Institute of Engineering and Technology

OVERVIEW OF CHILDREN'S SPORTS FABRIC CHOICE

Annotation: In the article, marketing research was carried out in the local markets of our Namangan region for the production of a collection of children's sportswear clothes and the requirements of consumers were studied.

Keywords: ergonomics, aesthetics, hygroscopicity, hygiene, mechanical properties, designer, manufacturability.

Kirish. Mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilishi natijasida to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda.

Ayni paytda tarmoqda 2500 dan ortiq korxona samarali faoliyat yuritib, ularda 100 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Bu korxonalarda tayyor gazlama va matolar, xushbichim tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy choyshablar, gilam kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.

So'nggi 10 yil ichida tarmoqda yuqori o'sish sur'atlari ta'minlanib, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 4,3 barobarga, mahsulotlar eksporti esa qariyb 4 barobarga o'sdi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida butun tarmoqning eksport salohiyati bor-yo'g'i 7 million dollarga teng bo'lgan bo'lsa, ayni paytda yengil sanoat mahsulotlarining eksporti 1 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. Shuningdek, sohada ishlab chiqarilgan to'qimachilik hamda tayyor kiyim-kechak mahsulotlari jahonning 60 dan ortiq davlatlariga eksport qilinmoqda. Jumladan, so'ngi yillarda Braziliya, Chili, Xorvatiya, Nigeriya kabi

mamlakatlarga ham ko'plab turdagi yengil sanoat mahsulotlari eksporti yo'lga qo'yildi.

Bunday natijalarga erishishda barcha sohalarda bo'lgani kabi, yengil sanoat tarmog'ida ham keskin sifat o'zgarishlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar olib borildi. Jumladan, umuman to'xtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari o'rniga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xorijiy va qo'shma korxonalar tashkil etildi. Ko'plab tarmoq korxonalari modernizatsiya qilindi, ularda jahon andozalari darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.

Shuningdek, tarmoqda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyoz va preferensiyalar ularning tashqi bozorda mustahkam o'rniga ega bo'lishiga imkon yaratdi.

Yechiladigan muammo va masalaning qo'yilishi. Yengil sanoatni rivojlantirish borasida bolalar zamonaviy kiyimlarini texnologiyasi hamda loyihalash jarayonlarini yanada takomillashtirish ishlab chiqarishning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Ushbu oldimizda turgan vazifalar yechimini topish uchun bolalar zamonaviy kiyimlariga gazlamalar tanlash, ularning sifat korsatkichlarini, bichimlarini aniqlash, boyicha ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borilmoqda.

Xalq extiyoji, bozor rastalari va zamonaviy kiyim assortimentini organish, uni tahlil qilish orqali ishlab chiqariladigan tikuv, shuningdek, tikuv-trikotaj mahsulotlarini sifatliligi, raqobatbardoshliligiga erishish mumkin.

Bolalar-oilamiz quvonchi, ertangi kunimiz davomchisidir. Bolalar dunyoning eng muxim bo'lagi hisoblanib, ular bu davrda tashqi muxitga taqlidchan va qiziquvchandir.

Bolalarda o'sish jarayoni bir tekisda o'tmaydi. Bolalar o'lchamlari tipologiyasi katta yoshli aholi tipologiyasidan jiddiy farqlanadi. Teng yoshli bolalar tanasining keng miqyosda o'zgarib turadi, yosh ulg'aygan sari tananing mutanosibligi ham o'zgaradi. Bolalar guruhida o'lchamlar va ular birikmalarining taqsimoti me'yoridagi taqsimotdan keskin farq qiladi. Shu bois bolalar o'lchamlar tipologiyasi maxsus, o'ziga xos uslub bo'yicha ishlab chiqiladi.

Bolalarda tana uzunligi o'sishining yillik o'rtacha qiymati _1 -jadval

Yosh, yil O'g'il bolalar Qiz bolalar

0 51,5 51,0

1 76,4 75,2

2 87,4 85,4

3 98,9 99,6

4 106,2 104,9

5 113,3 111,1

6 118,9 119,8

7 125,9 125,5

8 130,4 131,4

9 135,2 135,7

10 140,9 141,2

11 146,6 149,0

12 151,9 155,2

13 158,0 157,9

14 165,2 159,9

15 171,7 161,6

16 174,6 161,8

17 174,5 161,4

Bolalar sport kiyimlarini tayyorlashda bolaning tezkorligi, xarakatchanligini alohida etiborga olish muhim ahamiyatga ega.

Ob - havoning doimiy o'zgarib turishi bolalarning sog'ligiga tez ta'sir qilishini hisobga olgan holda iqlim hamda mintaqaviy joylashuvdan kelib chiqib, shahar va qishloqda yashaydigan bolalarning kiyimlari ham ob - havosi va ijtimoiy kelib chiqilishiga qarab tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.

Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Bolalar sport kiyimlari assortimentiga sport pidjaklari, sport futbolkalari, nimchalar, sport uslubidagi shim va shortiklar; sport turiga qiziqishi hamda ishtirokiga ko'ra sport formalari (kurash kimanosi, futbol formasi, suzish kiyimi) kabi yelkali hamda belli kiyimlarga ajratishimiz mumkin.

Bolalarning kiyinish madaniyati, kiyimlarning rangi, gazlamalarning hususiyati, ishlatilgan bezaklardan tortib ularning bichimi ham a lohida e'tiborga olinmoqda.

Modellarning ko'rinishi zamon talablariga muvofiq tasvirlangan bo'lib, bolalar kiyimi tabiiy matolardan tayyorlanadi. Masalan, velyer, maxra, lastik, batist va boshqalardan tikiladi. Shuningdek sun'iy matolar xam ishlatilishi mumkin. Bolalar kiyimlari zamonaviy bozor tuzilishi va bezagi bo'yicha turli matolarning ishlatilishi bilan xarakterlanadi. 12-14-yoshli bolalar sport kiyimlari uchun, yorqin rangli, tabiiy tolali trikotaj gazlamasi ishlatilishi so'rovnomalar natijasida aniqlandi. O'rta sinf o'g'il bolalar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalar natijasida sportsevar bolalar sport uslubidagi kiyimlarining tashqi ko'rinishi to'g'ri bichimli, yenglari uzun tanaga yopishgan, tabiiy tolali trikotaj matosidan tayyorlanishlari istaklari aniqlandi.

Bolalar sport kiyimini tayyorlash uchun, arzonroq yuqori darajali gigienik, ekspluatatsion va estetik sifatga ega bo'lgan trikotaj gazlamasining fizik-mexanik xususiyatlarini eksperimental yo'l orqali NamMTI To'qimachilik kafedrasi labaratoriyasida maxsus asbob uskunalar orqali tahlil qilindi. Gigroskopligi, uzishlishdagi kuchi, uzilishdagi cho'ziluvchanlik kabi xususiyatlari aniqlash uchun tadqiqot o'tkazildi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki bolalar sport kiyimlarini tayyorlayotgan korxonaning maxsulotlari yuqori unumli bo'lishini etiborga olgan holda, maxsulot tannarxi arzon, samaradorligi yuqori bo'lishiga erishiladi.

Xulosa: 12-14- yoshli bolalar sport kiyimining moda yo'nalishiga mosligi, yangi istiqbolli tabiiy gazlamalardan foydalanilganligi, bezaklarining yangi namunalaridan ishlatilganligi, gazlamaning rangi va guli bolaning kayfiyatiga tag'sir ko'rsatadi, istemolchilarning estetik didlarini qondirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5285-son farmoni ttp ://press-service.uz/ oz/lists/view/1345.,14.12.2017.

2. Mirziyoyev SH.M. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz " Toshkent: "O'zbekiston" 2017 yil

2. Yanchevskaya E.A. Ayollar ustki kiyimlarini konstruksiyalash Toshkent 2003.

3. Komilova Х.Х., Xamraeva N.K. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash. Toshkent 2011.

4. Ismatullaev, N.; Dadamirzaev, B. (2020) Naqsh turlari va uning o'ziga xosligi. Молодой исследователь: вызовы и перспективы. Сборник статей по материалам CXCII международной научно-практической конференции. 2020. Стр676-680. https://elibrary.ru/item.asp?id=44466714

5. Манзура Р.А., Бахромжон Д.Б., Зухра Б.А. Использование практично -декоративных украшений в национальных костюмах. East European Scientific Journal (Warsaw, Poland) 2019 part 6, 13-16. https://eesa-journal.com/wp-content/uploads/EESA_journal_6_part_0-1.pdf

6. Parpiev,U.M.; Dadamirzayev,B.B.; Urinova,S. Analysis Of Vibration Effects On Sewing Machines. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research (ISSN-2642-7478) Published:January 31, 2021| Pages:65-69 Doi: https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume03Issue01-11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.