Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations
Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The use of pedagogical technologies in physical education classes
Ergashali SHODIYEV1 Shavkat IRMATOV2 Feruza YAKUBJONOVA3
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
Article history:
Received January 2021 Received in revised form 15 January 2021 Accepted 20 February 2021 Available online 7 March 2021
Keywords: Physical education, pedagogical technologies, educational process, vocational training, skills, abilities.
Jismoniy tarbiya foydalanish
Калит сузлар:
Jismoniy tarbiya, pedagogik texnologiyalar, ta'lim jarayoni, kasbiy tarbiya, qobiliyat, ko'nikma.
ABSTRACT
As a result of the effective use of pedagogical technologies in physical education classes, we train students as well-educated individuals, forming creative abilities, skills and personality traits. The use of pedagogical technologies in academic subjects and extracurricular activities is the basis for a creative approach, the generalization of the educational process and vocational education on the basis of problem-based learning.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
darslarida pedagogik texnologiyalardan
АННОТАЦИЯ
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida, biz o'quvchilarning barkamol shaxs sifatida tarbiyalaymiz, ijodkorlik qobiliyatlari, ko'nikma va shaxs hislatlarining shakllantiramiz. O'quv fanlari va darsdan tashqari mashg'ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ijodiy yondoshish, ta'lim jarayoni hamda kasbiy tarbiyani muammoli ta'lim asosida umumlashtirishga asos bo'ladi.
1 Teacher of the Department of Physical Culture, Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan Email: shodiyevergashali@ umail.uz
2 Teacher of the Department of Physical Culture, Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan Email: irmatov@ umail.uz
3 Teacher of the Department of Physical Culture, Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan Email: [email protected]
Использование педагогических технологий на участках физического образования
Ma'lumki, pedagogika fani taraqqiyotida yangiliklar juda ko'p bo'lishiga qaramasdan, avvalgilaridan keskin farq qiladigan, pedagogik faoliyatni keskin o'zgartirishni taqoza etadigan yangilik - bu zamonaviy texnologiyalar bilan pedagogik jarayonni tashkil etishdir. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda an'anaviy ta'lim tizimidan qoniqmaslik, mazmun-mohiyat jihatidan butunlay yangi, bilim berish va aqliy kamolotga erishishning ilmiy asoslangan tizimini yaratishga intilash kuchayganligi sabab, natijada hamkorlik pedagogikasi, bunyodkorlik va ijodkorlik pedagogikasi, ta'lim jarayonini optimallashtirish va faollashtirish, muammoli ta'lim kabi pedagogik tushunchalar paydo bo'ldi. AQSH va bir qator boshqa davlatlarda zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga keng ko'lamda tadbiq etib boshlandi. 1980 yillarda Rossiyaning yetakchi pedagog va psixolog olimlari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rganib, tanqidiy tahlil qilgan holda, uning afzallik tomonlari haqida fikr bildirib boshlaganlar (V.P.Bespalko, M.V.Klarin, B.Nikondrov, T.A.Ilina va boshqalar). Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishda N.Azizxo'jayeva, F.Avliyoqulov, Habdukarimov, J. Yo'ldoshev, M.Ochilov, N.Sayidahmedov, E.G'oziyev, O'.Tolipov, S.Og'ayev, H.Qarshiboyev, Ch.Mirzayev va olimlarning pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida qo'llashga oid tadqiqot natijalaridan umumiy ta'lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o'quv yurtlari va malaka oshirish tizimi muassasalarida samarali foydalanib kelinmoqda."Pedagogik texnologiya - bu, ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib, o'qitish va bilim o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir. [Ilg'or pedagogik texnologiyalar,Toshkent, 1999. 3-bet]. Professor M.Ochilov fikriga ko'ra, "Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondoshuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va xolisona baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmuidir" [Хал; таълими, 1999 йил, №6 сон, 34 бет].
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilim beruvchini (o'qituvchi) va bilim oluvchini (o'quvchi) ta'lim jarayonida faol bo'lishini, ongini batamom o'zlashtirayotgan o'quv materialiga qaratishni taqoza etadi. O'qituvchi, ayniqsa ta'lim mazmunini texnologik loyihaga aylantirish jarayonida, o'ta chuqur bilimga ega bo'lishi, eng kichik detallargacha e'tiborida saqlashi va ularni loyiha mazmuniga kiritishga erishmog'i darkor. O'quv materialini
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Физическое воспитание,
педагогические
технологии,
образовательный процесс, профессиональная подготовка, навыки, умения.
В результате эффективного использования педагогических технологий на занятиях по физическому воспитанию мы обучаем студентов как высокообразованных личностей, формирующих творческие способности, навыки и личностные качества. Использование педагогических технологий в учебных предметах и внеучебной деятельности является основой творческого подхода, обобщения учебного процесса и профессионального образования на основе проблемного обучения.
texnologik loyihaga aylantirish qanday tartibda bo'ladi, qanday qoidalarga amal qiladi, nima bilan boshlanib, nima bilan yakunlanadi, degan savollar paydo bo'lishi tabiiy. Biz quyida pedagogik texnologiya loyihasi tarkibiy qismlari haqida ma'lumot bermoqchimiz.
Loyiha o'rganiladigan mavzuning nomidan boshlanadi. Mavzuning mazmuni asosiy savollarga bo'linadi. Savollar mavzu ichidagi tugallangan fikrlarda va keyingisidan ma'lum darajada farqlanadigan tushunchalarni qamrab oladi. Savollar sun'iy tarzda ko'paytirilmasligi va kamaytirilmasligi kerak. Bu yerda loyihalashtiruvchining bilimi va mahorati katta rol o'ynadi. Mavzu asosiy savollarga bo'lingandan keyin loyihaning ikkinchi elementi, ya'ni tayanch tushuncha va iboralar yozib chiqiladi. Mazkur mavzu uchun ahamiyatli bo'lgan asosiy tushunchalar alohida-alohida qayd etiladi. Ularning ma'nosi mazmunning ichida izohlanadi. Lekin bilim oluvchi tayanch tushunchalarni mazmunning boshida ko'rib, nimalarga e'tiborini qataish kerakligini bilib oladi. Loyihaning uchinchi elementi maqsadlar tizimi hisoblanadi. Bu yerda har bir asosiy savol uchun alohida maqsadlar qo'yiladi. Avvalo o'qituvchining maqsadlari (ta'limning, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) va bilim oluvchilarning maqsadlari (identiv o'quv maqsadlari) ketma-ketlikda aniq belgilanib chiqiladi. Bilim oluvchilar uchun qo'yiladigan maqsadlar identiv o'quv maqsadlari yoki o'quvchilarning mashg ulot davomidagi o'quv vazifalari deb ham ataladi. Bilim oluvchilarning o'quv vazifalari aniqlanganidek pedagogik texnologiyalarning yana bir qoidasiga amal qilinadi. Pedagogika va psixologiya fanlari o'quvchilar tomonidan bilim asoslari o'zlashtirilganda to'rtta bilim egallash darajalarini ilmiy asoslaganlar. Birinchi o'rinda bilish- tushunish darajasi turadi. Bunda bilim oluvchining ongiga asosiy tushuncha va ma'lumotlar yetkazib beriladi. Sezgi va idrok asosidagi dastlabki, yuzaki bilimlar tarkib topadi.
Ikkinchi bosqich reproduktiv daraja hisoblanib, o'quvchi tomonidan qabul qilingan axborot va ma'lumotlar esga olinadi, esda saqlanadi, kerak bo'lganda qayta esga tushuriladi. So'zlab berish, aks ettirish, qayta ifodalash kabi ta'limiy vazifalar bajarailadigan bo'ladi. Bu darajada o'quvchi ongida aniq tasavvurlar hosil bo'ladi.
Bilim egallashning uchinchi darajasi produktiv, ya'ni samarali daraja hisoblanadi. Bunda o'quvchi o'zlashtirgan bilimlar asosida ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan, ularni amaliyotda qo'llay oladigan va tegishli natijalarni qo'lga kiritadigan bo'lishadi.
Jismoniy tarbiya tili bilan aytganda sport mahorati va madaniyati shakllangan holat tushuniladi. Bilim olishning eng yuqori darajasi ijdiy o'zlashtirish hisoblanadi. O'quvchi oldingi uch boskich darajasiga erishgan va egallagan bilimlarni boyitish, takomillashtirish, o'zgartirish, o'zining nuqtayi nazariga ega bo'lishi, tanqidiy baholay olish darajasiga erishadi. Identiv o'quv maqsadlari mana shu o'zlashtirish darajalariga moslashtirilgan holda belgilanadi. Savolning mazmuniga qarab tegishli murakkablikdagi maqsadlar qo'yiladi. Amerikalik olim B.Blum ta'limiy maqsadlar qo'yish ketma-ketligi (taksonomiyasi) ni ishlab chiqqan. Unga ko'ra bilimlarni egallash olti darajaga ajratilgan: Bilish; Tushunish; Tatbiq etish; Analiz (tahlil);Sintez (umumlashtirish); Baholash.
Identiv o'quv maqsadlarini qo'yishda bu tartibga amal qilish uchun tegishli fe'llardan foydalaniladi. quyida namuna uchun o'zlashtirish darajalariga mos keladigan fe'llar ko'rsatilgan jadvalni e'tiboringizga havola etamiz. Loyihaning to'rtinchi qismi savolning mazmunini o'z ichiga oladi. Mazmun o'quv dasturi va darslik doirasida bayon etiladi. Mazmunning ichida tayanch tushuncha va iboralar alohida e'tibor berilgan holda izohlanadi. Jismoniy tarbiya bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan qo'llanishi uchun birinchi navbatda yuqorida bayon etilgan tartibda loyiha ishlab chiqiladi. Iloji bo'lgan hollarda o'quv-uslubiy majmua tayyorlanadi. Bu jismoniy tarbiya
mashg'ulotlarini qiziqarli va yuqori saviyada o'tishini ta'minlaydi. Faqat o'qituvchi va o'quvchilar bunday mashg'ulotlarga avvalo ruhiy jihatdan tayyor bo'lishi kerak. Yillar davomida hosil bo'lgan tajriba, ko'nikma va malakalar, ayniqsa streotiplar (qoliplangan odatlar) halaqit berishi mumkin. O'qituvchi buni yengishi, o'zini va o'quvchilarni tayyorlashi zarur bo'ladi.
Buning uchun noan'anaviy mashg'ulot shakllari va turlarini, ularni tashkil etishning metodikasini yaxshi egallash talab qilinadi. So'nggi paytlarda interfaol metodlardan foydalanish ommaviy tus olmoqda. O'qituvchi va o'quvchilarni faollashtirib, mashg'ulotdagi asosiy figuraga aylantirishi har bir o'quvchi o'zini mashg'ulotning asosiy bajaruvchisi deb his etmog'i darkor. Barcha o'quvchilarni imkoni darajasida fikrlashga, harakat qilishga, jismoniy mashqlarni o'ziga moslashtirgan holda bajarish odatlantiriladi. Kichik guruhlar tashkil etiladi, ijobiy raqobat muhiti yaratiladi. Har bir o'quvchi o'z jamoasi uchun mas'ul ekanligini doimiy his etib boradi. Zarur bo'lganda sardor vazifasini, ba'zan tashkilotchi, ba'zan bajaruvchi, gohida nazorat qiluvchi rolini bajarish o'quvchilar orasida almashtirib turiladi. O'qituvchi imkon qadar har bir o'quvchiga individual yondashuvni amalga oshirgan holda yondashib, jismoniy rivojlanishini jadallashtiradi.
Ikkinchidan, jismoniy tarbiya mashg ulotlari inson kamolotining zarur shartlaridan biri sifatida, bola shaxsi kamolotining ajralmas qismi bo'lib, har tomonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb hisoblanishiga e'tibor qaratish. SHaxs kamolotining irsiyat, ta'lim va tarbiya, ijtimoiy muhit, shaxs faolligi omillarining jismoniy ulg ayishdagi ta'sirini to'la namoyon etilishiga e'tiborni qaratilishi.
Uchinchidan, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining ilmiy asoslangan mazmuniga e'tiborni qaratgan holda, jahondagi eng ilg'or ta'lim-tarbiya mazmunlariga uyg'un bo'lgan ma'lumot va axborotlarga suyangan holda shug'ullanish. Jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport turlarini o'rgangan holda, ular bilan shug'ullanib yuqori ko'rsatkichlarni qo'lga kiritish uchun harakat qilish. O'zbek milliy o'yinlarini jahonga yoyish. Kurashning qisqa muddatda qiziqarli xalqaro sport turiga aylanishini asoslash.
To'rtinchidan, pedagogika uchun umumiy sanalgan ta'lim-tarbiya tamoyillariga jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishda qafiy amal qilishga erishish. Ilmiylik, tizimiylik, izchillik, tushunarli bo'lish, ko'rgazmalilik, yosh va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olish bilan bir qatorda insonparvarlik, vatanparvarlik, demokratiya talablariga rioya qilish kabi tamoyillar jismoniy tarbiya va sportni yuksaklikka ko'tarilishiga hissa qo'shadi.
Beshinchidan, bugungi asrimizning dolzarb muammosiga aylangan kompyuter va axborot texnologiyalaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanishga erishish. Lokal va xalqaro axborot tizimi materiallaridan unumli foydalanib, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini jahon standartlari darajasiga ko'tarish. Ta'limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi interfaol metodlarini joriy etish. Bunda bilim oluvchi va shug'ullanuvchi shaxsining nufuzini orttirishga erishish.
Oltinchidan, eng zamonaviy talablarga javob beradigan sport mashg'ulotlaridan unumli foydalanish, ularning bekor turmasligi, yoshlarning muntazam shug'ullanishlariga moslashtirish. Yuqori malakali ustoz-murabbiylarning faqat markaziy shaharlarda emas, barcha joylarda faoliyat yuritishini ta'minlash. Pullik xizmatning ma'lum bir qismini mahalliy mablag'lar evaziga qoplash orhali barcha hohlovchilarning jalb etilishiga sharoit yaratish.
Yettinchidan, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy, o'quv-metodik, badiiy ommabop nashrlarni ko'paytirish va ta'sirchanligini oshirishga erishish. Sport musobahalarining sharhi va tahlilini ommaviylashtirish.
Sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sport jihozlarini tayyorlovchi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish. Ular tayyorlagan jihozlar xalqaro talablarga javob berishiga erishish. Ayniqsa yoshlar uchun sport kiyimlari, asbob-uskunalar, mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan jihozlarning qulay va arzon bo'lishiga ahamiyat berish lozim.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish jarayonida do'stlik, o'rtoqlik, o'zaro yordam, fidoyilik, vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalminalchilik, ongli intizom, mustahkam irodaviy sifatlar tarkib topib boradi. Har bir mashg'ulotda bunday imkoniyatlardan to'lafoydalanishga harakat qilish kerak. Jismoniy tarbiyaning estetik qiymatini oshirish, mehnatsevarlikka yo'naltirilganligini kun sayin kuchaytirish, iqtisodiy mohiyatini samarali bo'lishiga hissa qo'shishni ta'minlash chora-tadbirlarini belgilash. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida va sport musobahalarida psixologik tayyorgarlik judda katta rol o'ynaydi. Eng avvalo xarakterni shakllantirish, irodaviy sifatlarni mustahkamlash, psixik jarayonlarni takomillashtirish jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini samaradorligini belgilaydi. G'alabaga bo'lgan ishonch, o'z-o'ziga ta'sir etish, ustanovkalar qo'yish, diqqatni jamlash, aqliy faollik jismoniy mashg ulotning natijasini eng yuqori bo'lishini ta'minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.Abdullayev A.A. Jismoniy tarbiya vositalari. O"quv qo'llanma. Farg'ona, 1999.
2. Abdullayev A., Xonkeldiyev SH.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Farg ona,
2001.
3. Abdumalikov R., Abdullayev A. va boshqalar. Jismoniy tarbiya ta'limi ilmini takomillashtirish masalalari.
4. Akramov A.K. O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. O'quv qo'llanma. O'zJTI nashri. 1997.
5. Ilg'or pedagogik texnologiyalar,Toshkent, 1999. 3-bet
6. Xalq ta'limi, 1999 yil, №6 son, 34 bet