Научная статья на тему 'ISLOMDA OILANING MOHIYATI'

ISLOMDA OILANING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
970
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islom dini / musulmon / mutaffakkir / o‘rta ta'lim va kino / radio / Islom / televideniya / munosabatlar / oila / erkakka hurmat / ayolga extirom / qadriyat. / Islam / Muslim / thinker / secondary education and cinema / radio / Islam / television / relations / family / respect for men / respect for women / value.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qurbonova, Go‘zal Saydaxmatovna

Mazkur maqolada muborak va haq din bo‘lgan islomda va buyuk olimlarning asarlarida oilaviy munosabatlar masalalari bilan bir qatorda bu masalalarni o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE OF THE FAMILY IN ISLAM

This article discusses the study of family relations in Islam, which is a blessed and true religion, and the works of great scholars, as well as family relations.

Текст научной работы на тему «ISLOMDA OILANING MOHIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISLOMDA OILANING MOHIYATI

Qurbonova Go'zal Saydaxmatovna

Toshkent davlat pedagogika universiteti, "O'zbekiston tarixi" ixtisosligi

tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada muborak va haq din bo 'lgan islomda va buyuk olimlarning asarlarida oilaviy munosabatlar masalalari bilan bir qatorda bu masalalarni o 'rganilishi haqida so Z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Islom dini, musulmon, mutaffakkir, o'rta ta'lim va kino, radio, Islom, televideniya, munosabatlar, oila, erkakka hurmat, ayolga extirom ,qadriyat.

В данной статье рассматриваются исследования семейных отношений в исламе, который является благодатной и истинной религией, и труды великих ученых, а также семейные отношения.

Ключевые слова: ислам, мусульманин, мыслитель, среднее образование и кино, радио, ислам, телевидение, отношения, семья, уважение к мужчине, уважение к женщине, ценности.

This article discusses the study of family relations in Islam, which is a blessed and true religion, and the works of great scholars, as well as family relations.

Keywords: Islam, Muslim, thinker, secondary education and cinema, radio, Islam, television, relations, family, respect for men, respect for women, value.

O'zbek oilasida o'ziga xos oilaviy tartib va qoidalar mavjud bo'lib, unga ko'ra kichiklar kattaga, ayollar - erga bo'ysinish prinsipi ustuvordir. Jamiyatda, qolaversa. oilada muvozanatni tutib turuvchi bir mezon borki, u erkakka hurmat, ayolga extirom tuyg'usidir. Oila erkak va ayolning bir-birini xurmat qilishidan boshlanadi.

O'zbeklarining XIX - asr oxiri XX - asr boshlari an'anaviy oilasidagi tartib va qoida, munosabatlar haqida er-xotin Nalivkinalar shunday ma'lumot berishadi: "Begona odamlar oldida er va xotin bir-birlariga iliq munosabatda bo'lish qabul qilinmagan, mazkur xolatlarda er doimo jiddiy oxangda gapirgan, ayol bo'lsa uni iloji boricha itoatkorlik ko'rinishida qabul qiladi. Begonalar oldida er-xotin bir-birlariga ismlarini aytmasdan murojaat qilishgan. Ismini aytib chaqirish juda uyatli sanalgan. Er-xotin bir-birlarini katta farzandi ismi yoki xotinning ukasi ismini aytib. yoki

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

uchinchi shaxsda murojaat qilishadi. Boshqalarga er uzining xotini haqida gapirganda "oilam", xotin bo'lsa o'z eri haqida ismini aytmay "erim". "xo'jaynim". "qizimning otasi" va h.k. nomlar bilan gapirgan'". Bundan ko'rinib turibdiki. sharqona odob va islomga asoslangan meyorlar XX asr boshlaridagi oila va oilaviy munosabatlarda ustuvorlik qilgan bo'lsa, XX asrning 50-60 yillaridan boshlab oila va oilaviy munosabatlar g'arbga xos qonun-qoidalar asosida shakllana boshladi. Eng achinarli tomoni shundaki ota-bobolarimizning ming yillik tajribalaridan voz kechish hamda soxta mafkura asosida Qur'on va xadisdan ajralib, tarbiya beruvchilarning o'zi tarbiyaga muxtoj bo'lib yetishdi. Oqibatda XX asrning so'nggi yillariga kelib, balog'atga yetmagan qizlarning iffatini boy berishi yoki o'smirlarning qamoqqa tushayotgani o'zbekona oila an'analariga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Islom dini va uning asosiy qomusi bo'lgan Qur'onda berilgan ko'rsatmalar oiladagi munosabatlarda er-xotinning tinchlik asosida, o'zaro ittifoqda yashashalari muhim ekanligiga urgu beriladi. Oiladagi er-xotin munosabatlari Qur'onning ko'pgina oyatlarida masalan. "Baqara" surasining 240, 241, 260 - oyatlari, "Niso" surasining 3, 19, 35. 153 - oyatlari. "Nur" surasining 4. 6. 26-oyatlari, "Azxob" surasining 49, 50, oyatlari. "Mumtaxana" surasining 11,12- otyalari."Mujodala surasining 1, 2, 3-oyatlari, "Taxrim" surasining 6. 10, 11, 12-oyatlari. "Talok" surasining 1, 2. 4-oyatlarida batafsil yoritilgan. Qur'onnning 17-sura, 23-24 oyatlarida ta'kidlab o'tilganidek, ota-onalarni umr buyi izzat-xurmat qilish barcha musulmonlar zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalardai biri xisoblanadi. Paygambar (s.a.v) xadislarida ota -onalaringga mexribon bo'linglar, shunda farzandlaringiz xam sizlarga mexribon buladi. Xotinlaringizga iffatli (pokiza) bulinglar. shunda xotinlaringiz xam sizlarga iffatli bulgay"deya qayd etilgani bejiz emas.1

Hatto ajdodlarimizning muqaddas dini hisoblangan zardushtiylikda ham nikoh va oilaviy burch masalasi muhim axloqiy o'rinda turgan. Zardushtiylikda ko'p xotinlilik qat'iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo'ydoq o'tkazish ham qoralangan. Balog'atga yetgan qiz ota-ona va jamoaning ra'yini pisand qilmay, qasddan turmushga chiqmay yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Agar erkak kishi shu yo'lni tutsa, unga tamg'a bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog'lab yurishga majbur etilgan. "Avesto"da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun moddiy va ma'naviy tomondan to'q va baquvvat bo'lmog'i lozim edi. Bundan tashqari, mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma shosharlikka yo'l

1 Qur'oni Karim-T.: ^ymoH, 1992. 60-64 bet

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qo'ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga sazovor mulohazalar mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning) o'ziga xos mezonlari birma-bir keltirib o'tilgan2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hususan, turk olimi Yusuf Tovasliy to'plagan "Hikmatlar xazinasi"dagi kelin bo'luvchi qizga beriladigan ona nasihati kishining e'tiborini o'ziga tortadi. Unda ona turmushga chiqayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: "Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir, o'git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o'rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko'ra, hayotga qadam qo'yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo'ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim buza olmaydi". Shu sababli sen tug'ilib o'sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, o'ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o'zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo'lsin. Sen unga yer bo'lki, u senga osmon bo'lsin !

Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go'zal hayot kechirasizlar, mas'ud, baxtiyor va saodatli turmush ko'rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning ham, eringning ham oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo'lamiz. Aks holda ikki oilada ham huzur-halovat bo'lmaydi. Sen o'zing bir jahannamda yashagandek bo'lasan.

Qizim! Endi senga aytadigan o'n o'gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda

tut;

1. Qanoat sohibasi bo'l. O'z xolingga shukur qil. Ya'ni, ering uyga nimaiki

olib

kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo'lsin, xushfe'llik bilan, go'zal odob bilan qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko'rsat. Zero, baxtli hayot kechirmoqning bir yo'li o'z holiga shukur etmoqlikdir, holiga shukur etmagan o'z nafsini tiymagan kishida ko'ngil huzuri, qalb rohati bo'lmaydi.

2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya'ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo'lganingda itoatli bo'lishingni, uning so'zlarini odob bilan tinglab ado etishingni sening so'zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan bo'lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo'ladi.

3. Eringning ko'zi tushadigan joylarga yaxshi e'tibor ber!. Ya'ni, uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko'ziga bir chirkin yer

2 D.S. Sadulloyev. "Avesto"- Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi. Toshkent.:"Ma'naviyat" 2008. 34-38 b

855

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ko'rinmasin.

4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo'yni sezsin, dimog'iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko'z o'ngida sening obro'yingni tushiradi. Sendan irkanishga sabab bo'ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng yaxshi narsalardir, inson ko'ziga xush ko'rinishlik shular bilandir.

5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya'ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini keltiradi.

6. Uyqu vaqtini, uyg'onish paytini yaxshi bilib ol! Ya'ni, uning qachon uyquga yotish payti bo'lsa, o'rnini tayyorlab qo'y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin so'ndiradi.

7. Eringni moli va ashyosiga juda e'tiborli bo'l! Ya'ni, eringning mol dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Eringni mol dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish demakdir.

8. Eringni qarindosh va yaqinlariga hurmat ko'rsat! Ya'ni, eringni qarindoshlari va yaqinlariga hurmat - uning e'tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish - eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e'tibor qozonishdir.

9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya'ni, eringning ba'zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot bo'lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo'ysang, uning g'azabini keltirib qo'yasan, ishonchini yo'qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi.

10. Eringni diniga to'g'ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo'lmasin. Agar bir shunday harakat bo'lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo'ladi. U senga dushmanlik yo'lini tutsa, sen ko'p zarar ko'rasan va qo'lingdan hech narsa kelmaydi.3

Ko'rinib turibdiki, xalq og'zaki ijodi va diniy g'oyalar hamda hikmatnomalar og'zaki tarzda avloddan-avlodga ko'chib sayqallashgan holda saqlanib kelgan bo'lsa, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli ma'lumotlarni xalq an'analari va qadriyatlariga tayangan holda o'z asarlarida yoritgan holda ilmiy-madaniy meros sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar. Ulardan biri - jahon ilm-fani hazinasiga munosib hissa qo'shgan mutafakkir olim Abu Nasr Forobiydir.

3 Yusuf Tovasli. Hikmatlar xazinasi.-T.: "Yangi asr avlodi" nashryoti 1994. 110- 115 bet

856

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Abu Nasr Forobiy (873-950) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini va inson kamoloti bosqichlarini, insonlar yashash jarayonida baxt-saodatga erishuv yo'llarini o'zining mashhur asari "Fozil odamlar shahri"da bayon etadi. Forobiy oqil insonlar haqida gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o'tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o'zlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar" degan edi.Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt saodatga erishish yo'llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) "yomon odatlarni o'zida ifodalovchi o'tmishni ham o'zgartirmog'i kerak. Aks holda o'tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o'zgarish va o'sish ham bo'lmaydi". Yoki "Baxt saodatga erishuv yo'lida nimaiki (bilim, axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo'lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur".4

Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) "Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo'jaligi" kabi qator asarlari Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida o'rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar ekan, avvalo oila boshlig'i erning oldidagi mas'uliyatli vazifalarga e'tiborini qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham nazariy, ham amaliy ma'lumotlarga ega bo'lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila boshlig'i bo'la oladi. Er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o'zaro hurmat asosida qurilishi haqida to'xtalib, "Erkak kishi oila boshlig'idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog'i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, munosib yo'ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir"- deb yozadi Ibn Sino.

XULOSA

Shaxsning shakllanishi u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy va madaniy muhitning ta'sirida kechadi. Bu jarayonning birinchi bosqichi oiladir. Oilada go'dakning dunyoga kelgan kunidan boshlab, axloqiy va ongli faoliyatiga asos solinadi. Dunyoga yangidan kelgan go'dak sog'lom bo'lishi, buning uchun uning onasi ham sog'lom bo'lishi va ruhiyatining tetik bo'lishiga ko'p omillarga bog'liq. Buyuk alloma, mutafakkir va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino shu munosabat bilan o'zining «Tib qonunlari» nomli asarida «chaqaloqning ona qornida rivojlanishi va tug'ilgandan keyingi davrlarda shaxs sifatida shakllanishi ona ruhiyatiga bog'liq», deb ta'kidlaydi.

4 Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri.-T. :1993. 224-226 bet

857

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Qur'oni Karim-T.: Cho'lpon. 1992. 60-64 bet.

2. Sadulloyev D.S. "Avesto" - Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi. Toshkent.: "Ma'naviyat" 2008. 34-38 b.

3. Yusuf Tovasli. Hikmatlar xazinasi.-T.: "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 1994. 110115 bet.

4. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:1993. 224-226 bet.

5. Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti nashryoti 1995. 200-203 bet.

6. Irisov.A.N. Abu Ali Ibn Sino. T.: 1980. 38-44 bet.

7. Hayrullayev. M.A. Uyg'onish davri sharq mutafakkirlari. T. 1997. 128-129 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.