Научная статья на тему 'ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA TORTISHUV PRINSIPINING TA’MINLANISHI VA UNING HIMOYACHI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI'

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA TORTISHUV PRINSIPINING TA’MINLANISHI VA UNING HIMOYACHI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
592
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taraflarning tortishuvchanligi prinsipi / tortishuv modeli / jinoyat protsessining tortishuv shakli / taraflarning tengligi / himoyachi / sudga qadar ish yuritish. / principle of adversary of the parties / model of adversarial proceedings / adversary form of the criminal process / equality of the parties / counsel / pre-trial proceedings.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Alamonova, Shoira Ergash Qizi

Ushbu maqola sudgacha bo‘lgan ish yuritishda taraflarning tortishuvchanligi tamoyili tushunchasi va mohiyatini, mazkur tamoyilning jinoyat protsessidagi ahamiyatini, shuningdek, bu sohada milliy va xorijiy tajribaning o‘xshash hamda farqli jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, tadqiqot doirasida jinoyat protsessida advokatlarning o‘zaro tortishuv tamoyilini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim ilmiy va amaliy muammolar tavsiflangan va ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Xulosa sifatida maqola muallifi jinoyat protsessida tomonlarning raqobatbardoshligi tamoyilini yuqori darajada ta’minlash uchun himoyachi huquqlarini kengaytirish zarurligini ta’kidlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROVISION OF THE PRINCIPLE OF DISPUTE IN THE PRE-TRIAL PROCEEDINGS AND THE IMPORTANCE OF ITS PROTECTIVE ACTIVITY

This article analyzes the concept and essence of the principle of adversarial proceedings in pre-trial proceedings, the importance of this principle in criminal proceedings, as well as the similarities and differences of national and foreign experience in this field. In addition, the study describes some of the scientific and practical problems associated with the application of the principle of litigation in criminal proceedings and develops recommendations for their solution. In conclusion, the author of the article emphasizes the need to expand the rights of defense in order to ensure a high level of competitiveness of the parties in criminal proceedings.

Текст научной работы на тему «ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA TORTISHUV PRINSIPINING TA’MINLANISHI VA UNING HIMOYACHI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ORCID: 0000-0003-1890-7084

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA TORTISHUV PRINSIPINING TA'MINLANISHI VA UNING HIMOYACHI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI

Alamonova Shoira Ergash qizi

TDYU magistratura talabasi shoiraalamonova@gmail.com

+998997429762

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola sudgacha bo 'lgan ish yuritishda taraflarning tortishuvchanligi tamoyili tushunchasi va mohiyatini, mazkur tamoyilning jinoyat protsessidagi ahamiyatini, shuningdek, bu sohada milliy va xorijiy tajribaning o'xshash hamda farqli jihatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Bundan tashqari, tadqiqot doirasida jinoyatprotsessida advokatlarning o'zaro tortishuv tamoyilini qo'llash bilan bog'liq bo'lgan ayrim ilmiy va amaliy muammolar tavsiflangan va ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Xulosa sifatida maqola muallifi jinoyat protsessida tomonlarning raqobatbardoshligi tamoyilini yuqori darajada ta 'minlash uchun himoyachi huquqlarini kengaytirish zarurligini ta 'kidlaydi.

Kalit so'zlar: taraflarning tortishuvchanligi prinsipi, tortishuv modeli, jinoyat protsessining tortishuv shakli, taraflarning tengligi, himoyachi, sudga qadar ish yuritish.

В данной статье анализируются понятие и сущность принципа состязательности в досудебном производстве, значение этого принципа в уголовном судопроизводстве, а также сходство и различие отечественного и зарубежного опыта в этой области. Кроме того, в исследовании описываются некоторые научно-практические проблемы, связанные с применением принципа судопроизводства в уголовном судопроизводстве, и вырабатываются рекомендации по их решению. В заключении автор подчеркивает необходимость расширения прав на защиту в целях обеспечения высокого уровня состязательности сторон в уголовном судопроизводстве.

Ключевые слова: принцип состязательности сторон, модель судопроизводства, форма состязательности уголовного процесса, равенство сторон, защитник, досудебное производство.

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

This article analyzes the concept and essence of the principle of adversarial proceedings in pre-trial proceedings, the importance of this principle in criminal proceedings, as well as the similarities and differences of national and foreign experience in this field. In addition, the study describes some of the scientific and practical problems associated with the application of the principle of litigation in criminal proceedings and develops recommendations for their solution. In conclusion, the author of the article emphasizes the need to expand the rights of defense in order to ensure a high level of competitiveness of the parties in criminal proceedings.

Keywords: principle of adversary of the parties, model of adversarial proceedings, adversary form of the criminal process, equality of the parties, counsel, pre-trial proceedings.

Jinoyat protsessining sudga qadar ish yurituv bosqichida himoyachining protsessual maqomi zamonaviy xalqaro standartlar talablariga javob bermayotganligi, taraflar tengligi va tortishuv prinsipining buzilishiga olib keluvchi ayblov va himoya taraflari protsessual huquqlarining nomutanosibligi saqlanib qolayotganligi, himoyachining o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun yetarli huquq va vakolatlarga ega emasligi, mavjud huquqlarini amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilmaganligi hamda muayyan to'siqlarning, jumladan isbot qilish jarayonidagi ishtiroki va dalillar to'plash bilan bog'liq huquqlarini amalga oshirishdagi qonunchilikdagi kollizion normalarning mavjudligi, eng asosiysi esa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar protsessual vakolatlarining ish yuzasidan xolislik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida sud tizimi foydasiga to'laligicha qayta taqsimlanmaganligi tortishuvchanlik prinsipini ta'minlashning jiddiy muammo va kamchiliklari sifatida namoyon bo'ladi.

MATERIAL VA METODLAR

Maqolada olib borilgan tadqiqotning mazmuni jinoyat protsessining sudga qadar ish yurituv bosqichida advokatlarning o'zaro tortishuv tamoyilini qo'llashdagi o'rnini kuchaytirishning ayrim masalalarini aniqlashdan iborat.

Maqolaning metodologik asosi jinoyat protsessining sudga qadar ish yurituv bosqichida taraflarning tortishuvchanlik prinsipini ta'minlash va mazkur jarayonda himoyachi ishtirokini takomillashtirish sohasida obyektiv voqelikni bilishning umumiy falsafiy va xususiy huquqiy usullari hisoblanadi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Maqolada umumiy ilmiy usullar (tizimli, tuzilmaviy-funksional, mantiqiy-deduksiya va induksiya), maxsus usullar (Statistik, qiyosiy-huquiy) va xususiy ilmiy usullardan (rasmiy) foydalanilgan.

TADQIQOT NATIJALARI VA TAHLILI.

"Tortishuvchanlik" atamasi jinoyat protsessual huquqi fanidagi asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Jinoyat protsessida tortishuv tamoyili L.E. Vladimirov[1], Y. Glazer[2], N.D. Sergeevskiy[3], I.Ya. Foinitskiy[4] va boshqa bir qator protsessualist olimlar tomonidan uzoq yillardan beri o'rganib kelingan. Biroq, bu masala zamonaviy huquqiy va huquqni qo'llash haqiqatlarini hisobga olgan holda bugungi kunda ham dolzarb bo'lib qolmoqda.

Ta'kidlash lozimki, amaldagi terminologiyaning tahlili mazkur tamoyilning turlicha qo'llanilib kelinayotganligini ko'rsatadi. Fan va amaliyotda "tortishuv jarayoni", "tortishuv tartibi", "jinoyat protsessining tortishuv shakli", "sud protsessining tortishuv shakli", "tortishuv modeli" iboralari qo'llaniladi. Ular orasida eng keng tarqalgani "tortishuv shakli" tushunchasi bo'lib, u tergov va aralash shakllar bilan bir qatorda jinoyat jarayonining tarixiy shakllaridan birining xilma-xilligiga nisbatan qo'llaniladi. Shu o'rinda, jinoyat protsessida tortishuvchanlik tamoyili xususiyatini tahlil qilish, jinoyat protsessining munozarali shakli tushunchasi va mohiyatiga ta'rif berish maqsadga muvofiqdir.

Tortishuv prinsipiga, D.Choriyeva o'zining quyidagicha mualliflik ta'rifini beradi: "Tortishuv prinsipi bu o'zaro qarama-qarshi taralarning o'zlaridagi mavjud dalillar asosida ish yuzasidan haqiqatga erishish maqsadidagi "kurashi""dir[5]. Bundan tashqari, G. To 'laganovaning bu boradagi, "Jinoyat protsessining tortishuv prinsipi hamda uni dastlabki tergovga joriy etish masalasini amaliyotda hali tatbiq etilmagan masalalar qatoriga kiritish mumkin"[6], degan fikrlari diqqatga sazovordir. D. Bazarova ham, advokatura institutini isloh qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlarini tenglashtirishni ta'minlashga yo'naltirilganligini[7] e'tirof etadi.

Zamonaviy protsessual fanda qarama-qarshilik tamoyilining uchta asosiy elementi mavjud:

1) ayblov, himoya va odil sudlov funksiyalarini ajratish;

2) taraflarga o'z funksiyalarini bajarishda teng protsessual huquqlarni berish;

3) Protsessda sudning yetakchi mavqeyi va faqat sudga ish bo'yicha qaror qabul qilish huquqini berish[8].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi jinoyat protsessining sudgacha bo'lgan bosqichlarida tortishuvchanlik prinsipi qoidalarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan, yuqorida aniqlangan elementlarning har birini alohida tahlil qilish lozim.

1. Ayblov, himoya va odil sudlov funksiyalarini ajratish. Ushbu elementga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalarini tahlil qilganda, bu funksiyalar ajratilgan ko'rinadi.Ya'ni, sirtdan qaraganda ayblov va himoya funksiyalarini ajratish bilan bog'liq hech qanday muammo yo'qdek tuyuladi, lekin bu holat barcha sudgacha bo'lgan jarayonlarga ham taalluqli emas.

Qayd etish lozimki, jinoyat ishlari bo'yicha sudgacha bo'lgan ish yuritish ikki bosqichni birlashtiradi: jinoyat ishini qo'zg'atish va dastlabki tergov. Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichida, jinoyat to'g'risida xabar kelganda, dastavval, ayblov yoki himoya funksiyalarini bajarish haqida gap ketmaydi. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining(Keyingi o 'rinlarda JPK) 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo'lganda jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi. Ya'ni, mazkur bosqichda faqat jinoyat ishini qo'zg'atish zarurligi haqidagi masala hal qilinadi. Bundan ko'rinadiki, tortishuv tamoyilini amalga oshirish jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim bo'lgan shaxs aniqlangan va unga nisbatan bunga qaratilgan protsessual harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab boshlanadi.

Shunday qilib, R.G. Serdechnaya ta'kidlaganidek, dastlabki tergov bosqichida tortishuv prinsipi shaxs ayblanuvchi sifatida jalb qilinganida eng aniq namoyon bo'ladi, chunki aynan shu bosqichda tergovchi ayblov funksiyasini bajarib, ushbu shaxsni ayblanuvchi sifatida jalb qiladi va bir vaqtning o'zida, hatto sudgacha, unga qo'yilgan ayblovlardan o'zini himoya qilish imkoniyati beriladi. "Boshqacha qilib aytganda, - deb yozadi R.S. Serdechnaya, - himoya va ayblov o'rtasida qarama-qarshilik mavjud"[9].

2. Taraflarga o'z funksiyalarini bajarish uchun teng protsessual huquqlarni berish. Sudgacha bo'lgan ish yuritishda tortishuv tamoyilining ushbu elementini amalga oshirishda ham qiyinchiliklar yuzaga keladi. Garchi tortishuvchanlik elementlari, albatta, bu bosqichda ham sodir bo'ladigandek ko'rinsa-da, ayblash va jinoyat ishini hal qilish funksiyalari aslida bir organga (tergov, surishtiruv) yuklatilgan bo'lib, dalillarni tekshirish va baholash, tergov jarayonini bir butun sifatida rejalashtirish va individual tergov harakatlarini o'tkazish tergovchi, surishtiruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Amaldagi jinoyat sudlov, fuqarolik, iqtisodiy sohaga oid qonunchilik talablariga ko'ra ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori hamda sudning ajrimi bilan tayinlanadi. "Advokatura to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasida advokat yuridik yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma'lumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan so'rash va olishga haqli ekanligi belgilangan. Qonunda advokatga berilgan ushbu vakolat uni dalillar to'plash himoyasi ostidagi shaxs manfaatlarini qonunda man qilinmagan usul va vositalar bilan samarali himoya qilish imkoniyatlarini bir muncha cheklab qo'ymoqda. Greshnovaning ta'kidlashicha, tomonlarning ayblov va himoya funktsiyalarini dalil to'plash vakolatlarini to'g'ri tartibga solmasdan ajratish sudgacha bo'lgan bosqichda qarama-qarshilik tamoyilining amalga oshirilishini to'liq ta'minlay olmaydi[10].

Bundan tashqari, himoyachining samarali faoliyat yuritishi va ish yuzasidan yetarlicha dalillar to'plashidan tergovchi va prokuror ko'p hollarda o'z kasbiy faoliyati nuqtai nazaridan kelib chiqib manfaatdor bo'lmaydi. Misol o'rnida keltirib o'tadigan bo'lsak, ekspertiza tayinlash to'g'risidagi qarorda himoyachini qiziqtirgan va ish yuzasidan holatni yanada aniqlashtirishga qaratilgan savollarning aks ettirilishi surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning xohishiga bog'liq ekanligi himoyachi faoliyatini qiyinlashtirishga olib keladi, ayblov tarafiga esa ushbu holat ustunlik beradi. Natijada esa himoyachining muvaffaqqiyatli faoliyat olib borishida sun'iy to'siqlar yuzaga keladi. Bildirilgan fikrlardan shuni ta'kidlash mumkinki, hozirgi kunda advokatlarga prokuratura xodimlari bilan tengma-teng faoliyat olib borishlari uchun sudga qadar ish yuritish bosqichida ham yanada ko'proq imkoniyat va vakolat berilishi kerak.

Fikrimizning dalili sifatida, 2019-yilning oktabr oyida O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari orasida o'tkazilgan sotsiologik so'rov jarayonida "Sizningcha, jinoyat sudlov jarayonida advokat bilan prokuror o'rtasida tortishuvchanlik tamoyilini to'laqonli qaror toptirish uchun nima qilish kerak?" degan savol ham qo'yilgan. Mazkur savol yuzasidan 36% respondent advokatga muqobil ravishda muayyan tergov(surishtiruv) o'tkazish vakolatini berilishi lozim deyishgan bo'lishsa, 29% so'rov ishtirokchilari advokatga o'zi qatnashayotgan ishlar bo'yicha yuqori sudlarda ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan protest kiritilishi vakolatini beri sh kerak degan fikrni ilgari surishgan. 22% respondent esa advokatga berilgan vakolatlar yetarli bo'lib, sud tizimini chinakam mustaqilligini ta'minlash zarur degan fikrni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bildirib o'tishgan. Atigi 13% respondent esa, advokatlarga berilgan vakolatlar yetarli bo'lib, faqat advokatlarning o'zini malakasini oshirish zarurligini ko'rsatib o'tishgan.

Umuman olganda, tortishuv prinsipi tuzilmasining ikkinchi elementiga ko'ra, sudgacha bo'lgan ish yuritishda taraflarning o'z funksiyalarini amalga oshirish huquqlarining tengligi nuqtayi nazaridan yechim topilishi lozim bo'lgan qator muammolar borligi yuqoridan oydinlashdi. Xususan, yuqorida nazarda tutilgan qonunchilik cheklovlari tufayli himoyachi o'ziga xos protsessual funktsiyalarni, shu jumladan dalillar bazasini shakllantirish bilan bog'liq funktsiyalarni to'liq amalga oshira olmaydi. Bu esa, o'z navbatida, sudga qadar ish yurituv bosqichida taraflarning tortishuvchanlik prinsipini ta'minlash uchun himoyachi rolini takomillashtirishni taqozo etadi.

3. Tortishuv prinsipining uchinchi tarkibiy elementining mazmuni sudning jarayondagi yetakchi mavqei va faqat sudga ish bo'yicha qaror qabul qilish huquqini berish bilan chambarchas bog'liq. Tortishuvchanlik jinoyat ishi bo'yicha isbotlashda ayblovchi va himoyaning tengligini ta'minlashning sud usuli sifatida e'tirof etiladi, raqobatbardoshlikning "o'zagi" esa taraflar va sudning dalillar bilan ishlashidir. "Dalillarni tahlil qilishda, "o'zagi" esa taraflar va sudning dalillar bilan ishlashidir. "Dalillarni tahlil qilishda, ularni taqdim etishda, ularni talab qilish yoki olish to'g'risida ariza berishda, ularni baholashda tortishuvning mohiyatini tashkil etadi"[11]. Biroq, yuqoridagilardan ham ma'lumki, sudgacha bo'lgan ish yuritishda ish bo'yicha qaror qabul qilish huquqi sud emas, balki ayblov tomoni ishtirokchilaridir. Amaldagi protsessual qonunchiligimizga ko'ra, sud jinoyat protsessining dastlabki bosqichlarida ishni mohiyati bo'yicha hal qilish funksiyasiga ega emas. Dalillarni to'plash, tekshirish va baholash asosan ayblov tomonidan sudga qadar amalga oshiriladi va sud ular tomonidan taqdim etilgan tayyor materiallar asosida qaror chiqaradi. Mazkur holatda sudning yetakchi mavqeyi biroz chegaralanganligi ma'lum bo'ladi.

Mazkur elementlarning barchasining sudga qadar ish yuritish jarayonida ta'minlanishi, tortishuvchanlik tamoyilining yuqori darajada ishlashiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarining ta'minlanishiga xizmat qiladi. Buning uchun esa, ishni sudga qadar yuritishda himoya funksiyasining qay darajada amalga oshirilishiga bog'liq.

Ishni sudga qadar yuritishda himoya funksiyasining amal qilishini quyidagi bosqichlarga bo'lgan holda tasniflash mumkin:

1. Tergovga qadar tekshiruvda himoya funksiyasi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va manfaatlarini ifodalashda himoya funksiyasi;

3. Ishni sudga qadar yuritish bosqichlarida yarashuv to'g'risidagi ishlar bo'yicha ish yuritishda, aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv tuzishda, amnistiya aktini qo'llashda, jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlikda himoya funksiyasi;

4. Dastlabki eshituvda himoya funksiyasi;

5. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda himoya funksiyasi.

Mazkur beshta bosqich davomida tortishuvchanlik prinsipining ta'minlanishi, o'z navbatida sud muhokamasining sifatli o'tishiga, hukmning adolatli chiqarilishiga turtki bo'ladi.

Mazkur himoya funksiyasining amal qilish bosqichlarining barchasida taraflarning tortishuvchanligi prinsipi ta'minlanishi lozimligi himoyachi faoliyatida yuksak ahamiyat kasb etadi va bu, o'z navbatida, sud muhokamasining sifatli o'tishiga, hukmlarning adolatli chiqarilishiga turtki bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib MDH davlatlari tajribasini milliy qonunchilik bilan taqqoslashni lozim topdik.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasida tortishuv prinsipi haqida to'xtalib o'tilgan bo'lib, unga ko'ra, birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko'rilayotganda ish yuritish taraflarning o'zaro tortishuvi asosida amalga oshirilishi belgilangan. Biroq, ishni sudga qadar yuritish bosqichida tortishuv prinsipi masalasi ochiq qolgan.

Rossiya Federatsiyasi JPKning 15-moddasida "Jinoiy ish yuritish taraflarning tortishuvchanligi asosida amalga oshiriladi", - deb belgilab qo'yilgan. Vaholanki, jinoiy ish yuritish tushunchasiga mazkur kodeksning 5-moddasi(56-band)da "Ishni sudga qadar va sud muhokamasi bosqichida yuritish" sifatida ta'rif berilgan[12]. Demak, bundan ishni sudga qadar yuritish bosqichida ham tortishuvchanlik prinsipining ta'minlanishi lozim ekanligi anglashiladi. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining 2000-yil 14-fevraldagi qarorida: "Taraflarning tortishuvchanligi va teng huquqliligi tamoyillari jinoyat protsessining barcha bosqichlariga taalluqlidir ...", degan pozitsiyasi ham mavjud edi.

Ozarbayjon Respublikasi JPKning 32-moddasiga ko'ra jinoyat ishini yuritish ayblov va himoya taraflarining tortishuvchanligi tamoyili asosida olib boriladi. Jinoyat ishini yuritish deganda, mazkur kodeksning 7-moddasiga binoan, sudga qadar bo'lgan bosqichda, shuningdek birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sudlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ish yuritish tushuniladi[13].

Tojikiston Respublikasi JPKning 20-moddasida ham jinoyat ishini yuritish taraflarning tortishuvchanligi va teng huquqliligi asosida amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Jinoyat ishini yuritish tushunchasi mazkur kodeksning 6-moddasiga ko'ra, yuqoridagi davlatlar kodeksida berilgani singari, jinoyat ishi bo'yicha sudgacha va sud muhokamasini qamrab oladi[14].

Turkmaniston Respublikasi JPKning 22-moddasida ham aynan shunday mazmun nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra, jinoiy ish yuritish taraflarning tortishuvi va tengligi prinsipi asosida amalga oshiriladi. Jinoiy ishini yuritish deganda, mazkur kodeks ham jinoyat ishlari bo'yicha sudgacha va sud ishlarini yuritishni nazarda tutadi(JPK 6-modda). Turkmaniston Konstitutsiyasi va ushbu Kodeks ularga o'z pozitsiyasini himoya qilish uchun teng imkoniyatlarni belgilaydi. Sud protsessual hal qiluv qarorini qabul qilishda taraflarning har biri teng asoslarda ishtirok etishi ta'minlangan dalillarga asoslanadi[15].

XULOSA

Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, quyidagi takliflar ilgari suriladi:

1. Tortishuv prinsipi nafaqat sud jarayonlarini, balki jarayonning sudgacha bo'lgan bosqichlarini ham to'liq qamrab olishi kerak;

2. Jinoyat protsessual qonunchiligiga himoyachi o'zi ishtirok etayotgan jinoyat ishlari bo'yicha voqea joyini ko'zdan kechirish va uning natijalari bo'yicha xususiy tartibda bayonnoma rasmiylashtirish hamda ishga aloqador va kelajakda dalil sifatida baholanishi mumkin bo'lgan ashyo va predmetlarni ixtiyoriy ravishda olish bilan bog'liq qo'shimcha vakolatlarni nazarda tutuvchi huquqiy norma kiritilishi maqsadga muvofiq;

3. Advokatlik so'roviga javob bermaslik, o'z vaqtida javob bermaslik yoki bila turib yolg'on axborot taqdim etganlikda ifodalangan harakat yoki harakatsizlik uchun yohud advokatlik faoliyatiga boshqacha tarzda to'sqinlik qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni yanada kuchaytirish, ya'ni jinoiy javobgarlikka tortish haqida huquqiy normalarni belgilash lozim;

4. Advokatning dalillar to'plash imkoniyati va vakolatini kengaytirish maqsadida advokatga himoyasi ostidagi (ishonchi bildiruvchi) manfaatlardan kelib chiqib va uning roziligi bilan ayrim toifadagi ishlar bo'yicha mustaqil ekspertiza tayinlash va ekspertiza natijalarini olish vakolatini berish hamda ushbu normalar tegishli qonun hujjatlarida o'z aksini topishi zarur.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Владимиров Л.Е. Учение об уголовных доказательствах. СПб., 1910.

2. Глазер, Ю. Руководство по уголовному процессу (сочинение). - Т. 1. - СПб.: Типография Правитель- н ствующего Сената, 1884. - 381 с. т

3. Сергеевский Н.Д. Русское уголовное право. Пособие к лекциям. Часть Общая. СПб., 1911.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Фойницкий И.Я. Курс уголовного судопроизводства. СПб., 1996. Т. 2.

5. 5.Чориева Д.М. Ишни судга кадар юритишда химоячи хукукларини кенгайтириш масалалари., ю.ф.ф.д.,(PhD) диссер. - т.2021. - б. 47

6. Тулаганова Г.З. Инсон хукуклари умумжахон декларацияси ва тортишув принципи. Укув кулланма. - Т. ТДЮИ, 2009., -Б. 6-7, 60, 78.

7. Базарова Д.Б. Адвокат как участник в досудебных стадиях уголовного процесса. Дисс. ... канд. юрид. наук. -Т., ТГЮИ. 2011. -С. 20.

8. Курохтин Ю.А. Принцип состязательности судопроизводства: конституционно-правовой аспект. М.: РАП, 2009. С. 47.

9. Сердечная Р.Г. Привлечение лица в качестве обвиняемого и осуществление принципов уголовного процесса. Волгоград, 1999.

10. Грешнова Н.А. Формы закрепления принципа состязательности в уголовном процессе // Ленинградский юридический журнал. 2013. №4 (34). С. 211-217.

11. Азаренок Н.В. Обусловленность состязательности в уголовном процессе // Российский юридический журнал. 2013. N 4. С. 141 - 151.

12. http://pravo.gov.ru/proxy/ips/?docbody=&nd=102073942

13. http://continent-online.com/Document/?doc_id=30420280#pos=660;-43

14. http://continent-online.com/Document/?doc_id=30594304#pos=161;-35

15. https: //onl ine.zakon. kz/Document/? doc_id=31344376

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.