Научная статья на тему 'JINOYAT ISHINI TUGATISHDA TERGOV BO‘LINMALARINING IDORAVIY NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH'

JINOYAT ISHINI TUGATISHDA TERGOV BO‘LINMALARINING IDORAVIY NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
438
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aybsizlik prizumpsiyasi / jinoyat ishini tugatish / reabilitatsiya / reabilitatsiya asoslari / yarashuv / oqlov / ayblilik / javobgarlikka tortish muddati / presumption of innocence / termination of a criminal case / rehabilitation / basics of rehabilitation / reconciliation / acquittal / guilt / term of prosecution.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nurmatov, Aziz Raxmatovich

Maqolada jinoyat ishini tugatish instituti qo‘llash davomida shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda tergov bo‘linmalari rahbarlarining idoraviy nazoratini amalga oshirish faoliyati xorijiy davlatlar huquq normalari va ularni qo‘llash amaliyoti qiyosiy tahlil etilgan. Mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING ADMINISTRATIVE CONTROL OF INVESTIGATION DEPARTMENTS IN CLOSING CRIME

The article provides a comparative analysis of the legal norms and practices of foreign countries in the field of application of the institution of criminal justice to ensure the rights and legitimate interests of citizens and the implementation of departmental control over the heads of investigative units. Existing problems in this process are identified and suggestions and recommendations for their elimination are given.

Текст научной работы на тему «JINOYAT ISHINI TUGATISHDA TERGOV BO‘LINMALARINING IDORAVIY NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JINOYAT ISHINI TUGATISHDA TERGOV BO'LINMALARINING IDORAVIY NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Nurmatov Aziz Raxmatovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistraturasi tinglovchisi.

Maqolada jinoyat ishini tugatish instituti qo 'llash davomida shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta 'minlash hamda tergov bo 'linmalari rahbarlarining idoraviy nazoratini amalga oshirish faoliyati xorijiy davlatlar huquq normalari va ularni qo'llash amaliyoti qiyosiy tahlil etilgan. Mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo 'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: aybsizlik prizumpsiyasi, jinoyat ishini tugatish, reabilitatsiya, reabilitatsiya asoslari, yarashuv, oqlov, ayblilik, javobgarlikka tortish muddati.

The article provides a comparative analysis of the legal norms and practices of foreign countries in the field of application of the institution of criminal justice to ensure the rights and legitimate interests of citizens and the implementation of departmental control over the heads of investigative units. Existing problems in this process are identified and suggestions and recommendations for their elimination are given.

Keywords: presumption of innocence, termination of a criminal case, rehabilitation, basics of rehabilitation, reconciliation, acquittal, guilt, term of prosecution.

В статье проводится сравнительный анализ правовых норм и практики зарубежных стран в области применения института уголовного судопроизводства для обеспечения прав и законных интересов граждан и осуществления ведомственного контроля за руководителями следственных подразделений. Выявлены существующие проблемы в этом процессе и даны предложения и рекомендации по их устранению.

Ключевые слова: презумпция невиновности, прекращение уголовного дела, реабилитация, основы реабилитации, примирение, оправдательный приговор, вина, срок привлечения к ответственности.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Mamlakatimizda so'ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson huquqlarini himoyasini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa bu oxirgi o'n yillikda sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlarda nomoyon bo'lmoqda. Bu borada mamlakat Prezidenti "Jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyilini qaror toptirish borasidagi asosiy vazifamiz - bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat. Qisqacha aytganda, qonun adolatli bo'lsa, u inson huquqlarini amalda himoya qilsa, shundagina odamlar qonunni hurmat qiladi va unga itoat etadi" [1] degan fikrni ilgari surdi.

Aybsiz shaxsni javobgarlikka tortmaslik, qonunga xilof ravishda javobgarlikka tortilgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligini ta'minlash, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, jinoyat sodir etgan shaxsning aybiga iqror bo'lib tergov organlari bilan hamkorlik qilganligi uchun jazodan to'liq yoki qisman ozod qilish, protsess ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasiga e'tibor kuchaymoqda.

Buni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-4850-son, 2017 yil 30 noyabrdagi «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-5268-son, 2020 yil 10 avgustdagi "Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6041-son, 2022 yil 28 yanvar kunidagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi 60-son Farmonlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar, chora-tadbirlarda yaqqol ko'rishimiz mumkin [2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida "Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e'tirof etish bilan chegaralanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo'lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan degan savolni ham ko'ndalang qo'yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi", deb ta'kidladi[3]. Haqiqatdan ham, Jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan tergov idoralari tomonidan ayblov xulosasi bilan yuborilgan jinoyat ishlari bo'yicha oqlov hukmi chiqarilayotganligi ham dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish kerakligini, tergovda xolislik, adolat tamoyillariga tayangan holda ish yuritishda xato-kamchiliklarga yo'l qo'yilayotganligini ko'rsatmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sud huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sudga qadar ish yuritishda jinoyat ishlarini tugatish institutini tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Chunki mazkur institutni to'g'ri qo'llash orqali aybsizlik prizumpsiyasi ta'minlanadi, shuningdek qonun hujjatlaridagi talablarni to'g'ri qo'llash bilan bir qatorda aybsiz shaxslarning javobgarlikka tortilishining oldi olinadi.

Shu o'rinda, sudga qadar ish yuritish davomida jinoyat ishlarini tugatish institutini qo'llashdagi mavjud muammolar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar, ularni bartaraf etish usullari, normalarning to'g'ri qo'llanilishi hamda mazkur institutni qo'llashda tergov bo'linmalari rahbarlarining idoraviy nazoratiga va mazkur yo'nalishni takomillashtirish masalalariga to'xtalib o'tsak.

Sudlar tomonidan 2017 yil-2021 yillar davomida jami 3702 nafar shaxslarga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Jumladan, 2017 yilda 263 nafar, 2018 yilda 867 nafar, 2019 yilda 859 nafar, 2020 yilda 781 nafar, 2021 yilda 932 nafar shaxslarga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan [11].

Shuningdek, 2018 yilda 3290 nafar, 2019 yilda 3080 nafar, 2020 yilda 3434 nafar, 2021 yilda 5930 nafar shaxslar sud zalidan ozod qilingan[12]. Bu esa tergov idoralari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida huquqni qo'llash hamda ishni sudga qadar yuritishda shaxsning konstitusion huquq va erkinliklarini ta'minlashga to'sqinlik qiluvchi omillar, bo'shliqlar mavjudligidan dalolat beradi.

Natijada, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, oqibatda esa aholining asosli e'tiroziga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudning beg'arazligiga bo'lgan ishonchining pasayishiga olib kelmoqda. [13].

Bundan ko'rinadiki, sudga qadar ish yuritishda tergov idoralari tomonidan shaxslarga nisbatan ayblov e'lon qilishda jinoyat protsessining qonuniylik, jinoyat ishini qo'zg'atishning muqarrarligi, odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish, shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, haqiqatni aniqlash, aybsizlik prezumpsiyasi kabi prinsiplariga tayangan holda amalga oshirishlari lozim. Shuningdek, sudga qadar ish yuritishda qaror qabul qilishda tergov idoralari rahbarlarining mas'uliyatini kuchaytirish orqali tergovning xolisligini va to'liqligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratishni lozim deb hisoblaymiz.

Fikrimizcha, mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida "tergov bo'linmalari rahbarlarining vakolatlari sifatida o'z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning o'z vaqtida harakat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilishini nazorat etishi, jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv va dastlabki tergovni to'la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko'rishi lozimligi va shu kabi boshqa vazifalar belgilab berilgan bo'lsada, tergov bo'linmalari rahbarlarining vakolatlari aniq mezonlar bilan belgilanmagan, jinoyat ishlari surishtiruvi va tergovida ularning mas'uliyati va javobgarligi haqidagi normalar mavjud emas. Vazifa, vakolat va majburiyatlarning aniq belgilab berilmaganligi esa qanday soha bo'lmasin, xato-kamchiliklar sodir etilishiga sabab bo'ladi. Buni, tergov bo'linmalarining jinoyat ishini tugatish institutini qo'llashlari davomida ham uchratishimiz mumkin.

Xususan, ayblov xulosasi bilan sudlarga yuborilgan jinoyat ishlari bo'yicha 2021 yilda 932 nafar shaxslarga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganligi, 5930 nafar shaxslar sud zalidan ozod qilinganligi, [14] yoki, Toshkent shahar IIBB Tergov bo'linmalari tomonidan 2021 yilda tergov qilinib amaldagi JPKning 83-84 moddalari bilan tugatilgan 3728 ta jinoyat ishlaridan, 394 tasi prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari to'liq o'tkazilmaganligi sababli bekor qilinganligi[15], yoxud, Toshkent viloyati IIBB Tergov bo'linmalari tomonidan 2021 yilda tergov qilinib amaldagi JPKning 83-84 moddalari bilan tugatilgan 386 ta jinoyat ishlaridan, 41 tasi prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari to'liq o'tkazilmaganligi sababli bekor qilinganligi [16] ham mazkur yo'nalishdagi ishlar yetarli emasligidan, idoraviy nazorat to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligini ko'rsatmoqda.

Xorijiy davlatlardan Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Belorus, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Estoniya, Moldaviya, Gruziya, Armaniston, Azarbayjon, Polsha kabi davlatlarning jinoyat-protsessual qonunchiligi o'rganilganda Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikalarining Jinoyat-protsessual qonunchiligini o'rganganimizda jinoyat ishlarini tergov qilish amaliyoti ustidan Tergov bo'linmalari rahbarlariga sudga qadar ish yuritishda tergovchilarning qarorlarini bekor qilish vakolati berilganligi, shuningdek aksariyat davlatlarning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida tergov bo'linmalarining vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanmaganligi ko'zga tashlandi [17].

RF Jinoyat-protsessual qonunchiligida (JPK 39-modda) tergov bo'linmalari rahbarlarining vakolatlari sirasiga jinoyat ishini tergov qilish amaliyoti ustidan tergovchining protsessual faoliyati ustidan idoraviy protsessual nazoratni amalga oshirish bilan bog'liqligi aniq belgilangan, shuningdek tergov organi rahbariga "tergovchining noqonuniy yoki asossiz qarorini bekor qilish", "bo'ysunuvchi tergov organi tomonidan ko'rib chiqilayotgan jinoyat ishlari bo'yicha boshqa dastlabki tergov organi rahbarining, tergovchisining (surishtiruvchisining) noqonuniy yoki

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asossiz qarorlarini bekor qilish", "dastlabki tergov muddatini uzaytirish", "tergovchining jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi qarorini tasdiqlash" [18] kabi keltirib o'tilgan. Shuningdek, Belorus Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 35-moddasiga asosan tergov bo'linmalari rahbarlariga tergovchilarning asossiz, qonunga xilof qabul qilingan qarorlarini bekor qilish, shuningdek, yuqori turuvchi prokurorga quyi turuvchi prokurning noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qilish to'g'risida asoslantirilgan taqdimnoma kiritish vakolati berilgan [19]. Qozog'iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 59-moddasida tergov bo'linmalari boshliqlarining vakolatlari sirasiga tergovchining noqonuniy yoki asossiz qabul qilingan qarorlarini bekor qilish bo'yicha prokurorga taqdimnoma kiritish huquqi berilgan [20].

Fikrimizcha, Rossiya, Belaruss va Qozog'istonda jinoyat protsessual qonunchiligini amalga oshirishda tergov organlari rahbarlarining vakolatlarini kengaytirish, mas'uliyatini va javobgarligini belgilash orqali, tergovchining protsessual faoliyati ustidan idoraviy protsessual nazoratni kuchaytirish va bu orqali shaxsning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda jinoyat-protsessual normalarni to'g'ri qo'llashni ta'minlashga e'tibor qaratilgan.

Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida tergov bo'linmalari rahbarlarining vakolatlarini kengaytirish, sudga qadar ish yuritish bosqichida tergovchi va surishtiruvchilarning asossiz va noqonuniy qabul qilingan qarorlarini bekor qilish vakolatini berish, hamda huquqiy normalarni to'g'ri qo'llanilishini ta'minlash bo'yicha ularning mas'uliyatini va javobgarligini aniq belgilash orqali ijobiy natijaga erishish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib sudga qadar ish yuritishda jinoyat ishini tugatishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda tergov bo'linmalari rahbarlarining idoraviy nazoratini amalga oshirish bo'yicha quyidagilar taklif etiladi:

Sudga qadar ish yuritish vakolati berilgan mansabdor shaxslarning jinoyat ishini tugatish institutini qo'llash bo'yicha malakasini oshirib borish hamda shakllantirish maqsadida doimiy ravishda o'quv mashg'ulotlari tashkil etib borish;

Jinoyat protsessual kodeksda jinoyat ishini tugatish institutini qo'llashda, umuman sudga qadar ish yuritishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, huquqlari va erkinligi buzilishining oldini olish maqsadida Tergov organi rahbarining mas'uliyati va javobgarligini belgilovchi huquqiy norma kiritish;

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xususan, JPK ning 37-moddasi ya'ni tergov boshqarmasi, bo'limi, bo'linmasi, guruhi boshlig'ining va uning o'rinbosarining vakolatlari sirasiga quyidagi vakolatlarni kiritish mumkin:

"surishtiruvchining, tergovchining noqonuniy yoki asossiz qarorini bekor qilish; bo'ysunuvchi tergov organi tomonidan ko'rib chiqilayotgan jinoyat ishlari bo'yicha boshqa dastlabki tergov organi rahbarining, tergovchisining (surishtiruvchisining) noqonuniy yoki asossiz qarorlarini bekor qilish;

jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi qarorni tasdiqlash;"

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida so'zlagan nutqidan. Manba: http://el.tfi.uz/images/Mirziyoyev Sh 7c930.pdf.

2. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. htps/lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi. Manba: https://president.uz/uz/lists/view/4057.

4. Муродов Б.Б. Жиноят ишини тугатишни такомиллаштириш: Дис...юрид.фан.док. (DSc). Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси,2018.

5. disserCat - электронная библиотека диссертаций, Манба: https/ww.dissercat.com.

6. Б.Б.Муродов. Жиноят ишини тугатишни такомиллаштириш: Дис....юрид.фан.док. (DSc). Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси,2018.

7. Строгович М.С. Избранные труды в 3 томах. Т. 2: Гарантии прав личности в уголовном судопроизводстве. Манба: https/studmed.ru.

8. Узбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодекси.83,301-моддалар. htps/lex.uz.

9. Муродов Б.Б. Жиноят ишини тугатишни такомиллаштириш: Дис...юрид.фан.док. (DSc). Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2018.

10. Муродов Б.Б. Жиноят ишини тугатишни такомиллаштириш: Дис....юрид.фан.док. (DSc). Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2018.

11. Узбекистон Республикаси Олий Суди расмий сайти маълумотлари. Манба: https/stat.sud.uz.

12. Узбекистон Республикаси Олий Суди расмий сайти маълумотлари. Манба: https/stat.sud.uz.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

13. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 30 ноябрь кунидаги "Суд тергов фаолиятида фукароларнинг хукук ва эркинликлари кафолатларини кучайтириш буйича кушимча чора-тадбирлар тугрисида"ги ПФ-5268-сон Фармони. https://lex.uz.

14. Узбекистон Республикаси Олий Суди расмий сайти маълумотлари. Манба: https/stat.sud.uz.

15. Тошкент шахдр ИИББ Тергов хисоботлари.

16. Тошкент вилояти ИИББ Тергов хдсоботлари.

17. Хорижий мамлакатлар жиноят-процессуал кодекслари. Манба: https/www.legislationline.org.

18. Уголовно-Процессуальный Кодекс Российской Федерации, статья-39, Манба: https/www.legislationline.org.

19. Уголовно-Процессуальный Кодекс Республика Беларус, статья-35, Манба: https/www.legislationline.org.

20. Уголовно-Процессуальный Кодекс Республика Казахстан, статья-59, Манба: https/www.legislationline.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.