SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
ISHLAB CHIQARISHDA FOYDALANILADIGAN ASINXRON DVIGATELLARNI TEZLIGINI BOSHQARISH
Jo'rabek Roziqovich Qazoqov
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Ilmiy rahbar: Olim Rustamovich Abduraxmonov
ANNOTATSIYA
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish korxonalarida inson qol mehnatini yengillashtirish maqsadida turli operatsiyalarni bajaruvchi dastgohlar va qurilmalar mavjud.Ularni harakatga keltirish uchun aksariyat hollarda asinxron dvigatellardan foydalaniladi.Demak asinxron dvigatel o'zi nima va u qanday funksiyani bajaradi. Asinxron dvigatel elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina.Asinxron dvigatellar arzonligi va doimiy ravishda texnik xizmat ko'rsatish imkoniyati mavjudligi sabab turli ishlab chiqarish korxonalarida keng foydalanilib kelinmoqda. Asinxron divigatellar qurilmalarni harakatlantirib mahsulotlarni u joydan bu joyga tashish, aralashtirish va h.k operatsiyalarni amalga oshiradi.
Kalit so'zlar: Asinxron Dvigatel, TKO, (IFBS), IFBB tiristor, aylanishlar chastotasi, inpuls, tekislovchi drosel.
SPEED CONTROL OF ASYNCHRONE ENGINES USED IN
MANUFACTURING
Jurabek Rozikovich Kazokov
Bukhara Institute of Engineering and Technology
Research advisor: Olim Rustamovich Abdurakhmonov
ABSTRACT
At present, manufacturing enterprises have machines and devices that perform various operations to facilitate human labor. Asynchronous motors are often used to drive them. So, what is an asynchronous motor and what is its function. Asynchronous motor is a machine that converts electrical energy into mechanical energy. Asynchronous motors are widely used in various industries due to their low cost and the possibility of regular maintenance. Asynchronous motors move devices, move products from one place to another, mix, etc.
Kalit so'zlar: Asynchronous Motor, TKO, (IFBS), IFBB thyristor, frequency, pulse, rectifier drosel.
KIRISH
Asinxron divigatellar ish tarzi stator chulg'amlari bo'ylab uch fazali o'zgaruvchan tok o'tganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulg'amlarida hosil qiladigan tok bilan o'zaro ta'siriga asoslangan. Asinxron dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan o'nlab MVt gacha bo'ladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi[1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ishlab chiqarish mashinalar bajaradigan operatsiyasiga mos ya'ni aylanishlar chastotasig to'g'ri keladigan asinxron dvigatel tanlash imkoniyati mavjud emas.Chunki jarayon to'xtovsiz bo'lishi mumkin.Undan tashqari agar texnologik talabga ko'ra, dvigatel tez-tez ishga tushirilib va to'xtatilib turilsa,u holda bu o'tkinchi rejimda motor cho'lg'amidagi tokdan hosil bo'luvchi quvvat isrofi va undan ajraladigan issiqlik energiyasi miqdori motorni ishdan chiqishiga olib keladi,va undan tashqari motor cho'lg'amidagi tokdan hosil bo'luvchi quvvat isrofi elektir energiyasi sifatini o'zgartiradi va ishlab chiqarish korxonasini oylik elektir energiyasi uchun to'lanadigan reaktiv energiyani oshib ketishiga sabab bo'ladi[2,4].Yuqorida aytib o'tilgan holatlarni bartaraf etish uchun asinxron dvigatel tezligini zamonaviy chastota o'zgartkichlar orqali boshqarshni tavsiya qilamiz.
Chastota o'zgartkichlar orqali jarayonni boshqarish-bu birinchi navbatta maxsulot sifatini oshirishga ijobiy ta'sirini ko'satadi,undan tashqari elektir energiyasini tejash imkonini beradi.Buni biz davriy harakat mashinalari (tsiklik) va uzluksiz harakat mashinalari ya'ni pivo ishlab chiqarish linyasi misolida ko'rib chiqamiz.Pivo ishlab chiqarish uzluksiz jarayon bo'lib,unda konstruktsiyaga muvofiq mashinalar konveyer orqali bir-biri bilan sinxiron ishlaydi.Bu jararayonni sinxiron ishlashini ta'minlash uchun harakatga keltiruvchi motorlar bir-biriga mutanosib va mos ravishda harakatlanishi lozim.
MUHOKAMA
Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash uchun tristorlar stator zanjiriga ulanadi.Bunda ular yordamida stator cho'lg'amlaridagi sinusoidal kuchlanishning amplitudasini (fazali rostlash) yoki chastotasini (chastotali rostlash) rostlash mumkin.Har ikkala holda ham asinxron dvigatelning aylantirish momenti o'zgaradi.Bu aylanishlar chastotasining o'zgarishiga olib keladi[3]. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini tiristorli kuchlanish o'zgartirgich (TKO') yordamida rostlash sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan. TKO' ning har bir fazasida ikkita qarama qarshi (parallel) ulangan tiristor bo'lib,o'zgaruvchan tokning har ikkala yarim davrini o'tkazadi.
TKO' yordamida kuchlanishni o'zgartirish uchun impulsli faza boshqaruvchi sistema (IFBS) deb ataluvchi qurilma bo'lishi kerak.U ikkita vazifani bajaradi va boshqaruvchi impulsni vujudga keltiradi va uni tarmoq kuchlanishiga nisbatan faza bo'yicha siljitadi.IFBS tiristorli o'zgartirgichning rostlash burchagi a ni 0 dan 180 elektrik gradusga o'zgartirish imkonini beradi. [1]
rasm
Asinxron dvigatelning tiristorli kuchlanish o'zgartirgich yordamida rostlash sxemasi. Boshqaruvchi impulsni tristorlarga berish lahzalarini o'zgartirib, asinxron dvigatelning stator cho'lg'amiga berilayotgan kuchlanishni o'zgartirishga va rotorning aylanishlar chastotasini uncha katta bo'lmagan oraliqda o'zgartirishga erishish mumkin.Shu bilan birga, kuchlanishni kamaytirish asinxron dvigatelning ishga tushirish va maksimal momentlarini kamaytirishga olib keladi.Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash oralig'ini kengaytirish uchun yopiq yoki chastotali boshqarish sistemalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1
NATIJA
Dvigatellarning aylanishlar chastotasini tarmoq tokining chastotasini o'zgartirib rostlash alohida manba bo'lishini taqozo qiladi.U asinxron dvigatelni ta'minlovchi kuchlanish chastotasini sanoat toki chastotasi (f1=50Gs) dan oshirish yoki kamaytirishni ravon o'zgartirish imkonini beradi[3].Bu rostlash usulining kamchiligi ancha murakkab va qimmatbaho chastota o'zgartirgichining talab qilinishidadir.Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini chastota o'zgartirgich yordamida rostlashning blok sxemasi 2-rasmda ko'rsatilgan.Chastota o'zgartirgich boshqariladigan to'g'rilagich BT, u uch fazali va f1= const bo'lgan tarmoq kuchlanishini o'zgarmas tok kuchlanishi (U) ga aylantiradi,to'g'rilangan kuchlanishning pulslanishini tekislovchi drosseli Ld filtr, o'zgarmas tok kuchlanishini o'zgaruvchan chastota f2 uch fazali o'zgaruvchan tok kuchlanishiga aylantiruvchi
(asinxron dvigatelni ta'minlash uchun) invertor I va IFBB lardan iborat.Elektron-impulsli faza boshqarish sistemalari IFBB to'g'rilagich va invertor tiristorlarini boshqarishni amalga oshiradi va qurilmaning kerakli ishlash rejimini ta'minlaydi.
2-rasm Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini chastota o'zgartirgich yordamida rostlashning blok sxemasi.
XULOSA
Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda[5].
REFERENCES
1-Жуков С.А. Этапы создания автоматизированной информационно-измерительной системы коммерцеского учета электроэнергии (АИИС КУЭ). М.: Журнал «Промышленная энергетика». 2005, №2,10-12 с.
2-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Yoqilg'i-energetika resurslari iste'molchilarini energetika tekshiruvidan o'tkazish qoidalari» to'g'risidagi 164-sonli qarori. «Energiya va resurs tejaj muammolari» jurnali, 2006, №2. 47-67 b.
3-Hoshimov O.O., Saidahmedov S.S. O'zgartkich texnikasiva ta'minot manbai. Toshkent: TDTU, 2002. 96b.
4-Инструкция, расчет и анализ технологического расхода электроэнергии на передачу по электрическим сетям энергосистемы Республики Узбекистан.Руководящий документ. РД РУз34-482-502- 2001. Ташкент, 2001.
5- Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2019 yil PK-4422-sonli qarori. "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida".