Научная статья на тему 'QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON MOTORNING SALT ISHLASHINI DVIGATEL KONSTRUKSIYASIGA O`ZGARTIRISH KIRITISH VA DATCHIKLAR ORQALI BARTARAF ETISH'

QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON MOTORNING SALT ISHLASHINI DVIGATEL KONSTRUKSIYASIGA O`ZGARTIRISH KIRITISH VA DATCHIKLAR ORQALI BARTARAF ETISH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
2806
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asinxron motor / datchik / salt ishlash / reaktiv quvvat / stator ch`ulg`am / yarim o`tkazgich / elektr toki / kontroller / qisqa tutashtirilgan motor. / Asynchronous motor / sensor / rectifier / reactive power / stator coil / semiconductor / electric current / controller / short-circuit motor.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Jasur Sadriddin Ogli Olimov, Sohibjon Umar Ogli Shermanov

Bugungi kunda sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida yirik elektr energiya iste’mol qilayotgan qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar keng foydalanilayotgan bo'lib ularning salt ishlash holati natijasida katta miqdordagi elektr energiya isrofi yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida yuqotilayotgan elektr energiyani iqtisod qilish maqsadida turli inavatsion yangi dasturlar ishlab chiqilmoqda va bu inavatsiyalar orasida dvigatel konstruksiyasiga o’zgartirish kiritish orqali va yangi zamonviy datchiklaridan foydalangan holda ko'zlangan maqsadimizga erishishimz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHANGING THE TRADITIONAL ACTIVITY OF A SHORT-CLOCKING ROTOR ASYNCHRON MOTOR TO THE ENGINE STRUCTURE INTRODUCTION AND ELIMINATION WITH SENSORS

Today, short-circuited rotor asynchronous motors, which consume large amounts of electricity in industrial and manufacturing enterprises, are widely used, and as a result of their idle state, a large amount of electricity is wasted. As a result, various innovative new programs are being developed to save energy, and among these innovations we can achieve our goal by modifying the engine design and using new modern sensors.

Текст научной работы на тему «QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON MOTORNING SALT ISHLASHINI DVIGATEL KONSTRUKSIYASIGA O`ZGARTIRISH KIRITISH VA DATCHIKLAR ORQALI BARTARAF ETISH»

QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON MOTORNING SALT ISHLASHINI DVIGATEL KONSTRUKSIYASIGA OZGARTIRISH KIRITISH VA DATCHIKLAR ORQALI BARTARAF ETISH

Jasur Sadriddin o'g'li Olimov Sohibjon Umar o'g'li Shermanov

Navoiy davlat konchilik insituti magistrantlari

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida yirik elektr energiya iste'mol qilayotgan qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar keng foydalanilayotgan bo'lib ularning salt ishlash holati natijasida katta miqdordagi elektr energiya isrofi yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida yuqotilayotgan elektr energiyani iqtisod qilish maqsadida turli inavatsion yangi dasturlar ishlab chiqilmoqda va bu inavatsiyalar orasida dvigatel konstruksiyasiga o'zgartirish kiritish orqali va yangi zamonviy datchiklaridan foydalangan holda ko'zlangan maqsadimizga erishishimz mumkin.

Kalit so'zlar: Asinxron motor, datchik, salt ishlash, reaktiv quvvat, stator cfrulg'am, yarim o'tkazgich, elektr toki, kontroller, qisqa tutashtirilgan motor.

CHANGING THE TRADITIONAL ACTIVITY OF A SHORT-CLOCKING ROTOR ASYNCHRON MOTOR TO THE ENGINE STRUCTURE INTRODUCTION AND ELIMINATION WITH SENSORS

Jasur Sadriddin ug Olimov Sohibjon Umar ugli Shermanov

Masters of Navoi State Mining Institute

ABSTRACT

Today, short-circuited rotor asynchronous motors, which consume large amounts of electricity in industrial and manufacturing enterprises, are widely used, and as a result of their idle state, a large amount of electricity is wasted. As a result, various innovative new programs are being developed to save energy, and among these innovations we can achieve our goal by modifying the engine design and using new modern sensors.

Keywords: Asynchronous motor, sensor, rectifier, reactive power, stator coil, semiconductor, electric current, controller, short-circuit motor.

KIRISH

Ko'plab ishlab chiqarish korxonalariga borib nazar soladigan bo'lsak bazi hollarda qurilmalarning maqsadsiz yoki salt ishlab turganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Buning natijasida motor o'zining nominal yuklamasida ishlamaydi bu holat motor ning quvvat koeffsentini keskin tushib ketishiga olib keladi . Sir emaski quvvat koeffsentining pasayishi motorning foydali ish koeffsentining kamayishiga olib keladi. Bu shuni anglatadiki, motorning istemol qilayotgan asosiy elektr energiyasi isrof uchun, aniqroq aytadigan bo'lsak reaktiv quvvat istemoliga sarf bo'ladi. Yuqorida takidlab o'tganimizdek bu holatning oldini olishning bir necha usullari mavjud bo'lib hisoblaniladi. Shuningdek bu usullarning o'ziga xos afzallik va kamchiliklari mavjud bo'lib hisoblanadi va ular orasida o'zining bir qator yutuqlari ham yetarlicha, hamda o'zining yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishgan usullar dan biri bu divegatel konstruksiyasiga o'zgartirish kiritgan holda yani dvigatel statori cho'lg'amlari sonini o'zgartiriladigan qilib loyihalash va dachiklar yordamida uni boshqarish yo'li orqali amalga oshiriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shuni takidlab o'tish keraki amalga oshirmoqchi bo'layotgan ilmiy ishimiz bar cha jarayonlar va muhitlar uchun o'zini oqlay olmaydi. Sababi sanoat korxonalarining bazi dvigatellari doimiy yani turg'un ishlaydi, misol qilib oladigan bo'lsak havo haydash uchun mo'ljallangan vintelatsiyalar bundan tashqari doimiy o'zgar mas yuklama ostida ishlaydigan dvigatellar uchun bu turdagi yangi inovatsiya o'zi ning ijobiy natijasini ko'rsatmaydi. Shu jumladan shuni takidlab o'tish keraki, dvigatel konstruksiyasi va cho'lgamlarni o'zgartirish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelamiz. Misol uchun oladigan bo'lsak cho'lgamlar pog'onama pog'ona o'zgartirish davrida o'ramlarda hosil bo'ladigan tok va kuchlanish qiymatlari o'zgarishi yuzaga keledi. Bu masalaga chuqurroq yondashadigan bo'lsakcho'lgamlar sonining o'zgarishi kuchlanishga to'g'ri proporsional va tokga teskari proporsional bo'lib bu holatda tokning qiymatini oshib ketishi oldi olinishi va cho'lg'amlarning shikastlanishi oldi olinishi chora tadbirlari ko'rilishi zarur bolib hisoblaniladi. Bu uchun albatta eng yuqori va quyi sektorlardagi tok va kuchlanish qiymatlari hisobga olinadi va cho'lg'amlarning ko'ndalang kesim yuzalari shunga tayangan holatda tanlab olinadi. Bu holatda yana bir bazi qiyinchiliklarga yo'liqishimiz mumkin. Misol qilib oladigan bo'lsak tokning ortib ketishi natijasida istemol quvvatini ham ortib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Bizdan kutilayotgan asosiy talab bu kuchlanish qiymatini o'zgartirish bo'lib, natijada divegatelni quvvati kerakli oraliqda o'zgartira olishimizga imkon yaraladi.

MUHOKAMA

Bu metoddan foydalangan holda qisqa tutashtirilgan faza rotorli asinxron diviga telni boshqarish amaliyoti quyidagi ketma ketliklar asosida amalga oshiriladi: birinchi navbatda dvigatelning quvvat koiffsentini qiymatini belgilab olamiz va bu qiymatni muntazam saqlab turish shartini bajaruvchi quvvat koiffsentini o'lchovchidatchikning kantrolleri miyasiga kirgiziladi. Kantroller kiritlgan programmaga tayagan holda quvvat koiffsentini nazorat qiluvchi datchikdan signalni qabul qiladiva tahlil qiladi so'ngra kontroller orqali chiqish signali beriladi. Uzatiladigan signalning qiymatini kattalashtirishga to'g'ri kelgan taqdirda oddiy oraliq relesidan yohudsignal kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Kuchaytirilgan signal vintellar, kengroq tariflaydigan bo'lsak kantaktsiz yarim o'tgazgichli kalitlarga beriladi. Yuqorida aytib o'tilgan kantaktsiz yarim o'tgazgichli kalitlarning vazifasi bu kichik kirish signal toki yordamida katta o'tish tokini boshqarish imkonini yaratadi. Dvigatelning har bir fazasini qancha pog'onalar orqali cho'lg'amlar sonini o'zgartirish albatta foydalanish joyi, vazifasi va quvvatiga tayangan holda amalga oshiriladi va har bir uchaskalarga yarim o'tgazgichli kantaktsiz kalit ulanadi. Bu turdagi kalitlarning tanlanilishidan asosiy maqsad ishonchliligida yanikim kirish signalini aniq tahlil qilgan holatda yuqori o'tish tokini boshqaradi.Keyingi afzaligi bu tezkorligida yani signalni qabul qilgan holda amalni tezkorlik bilan boshqariladiBu qurilmaning ishonchliligiga to'xtaladigan bo'lsak, yuqori tokni qo'shib ajratishdavomida yoy hosil bo'lmasligidir.

NATIJA

Yuqori quvvatli qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel uchun bu turdagi kalitlar avtomatik boshqaruvni aytib o'tilganidek ishonchlilik, aniqlik va tezkorlikni taminlaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, divigatelni quvvat koiffsentini o'zgarishlari tahlil qilinadi va belgilangan quvvat koiffsenti bir meyorda ushlab turiladi. Bu amalni bajarish uchun dvigatel cho'lgamlari soni yarim o'tgazgichli kantaktsiz kalit orqali berilgan signalga tayangan holda o'zgartiriladi. Buning natijasida dvigatel aylanishlar soni o'zgartirilmagan holda uning aylantiruvchi momentini o'zgartiriladi. Natijada dvigatelni istemol quvvati ham o'garadi. Yani biz bu ilmiy ish orqali divegatel salt ishlashi davrida cho'lg'amlar sonini o'zgartirishga tayangan holda motorning quvvat koiffsentini bir meyorda ushlab turishga va yuqori elektr energiya isrofini saqlab qolishga erishiladi.

XULOSA

Yuqorida takidlab o'tilganidekbu yangi usulni barcha jarayonlar va hududlarga qo'llashning imkonsiz bo'lib, faqatgina dvigatelga tushadigan yuklamani oldinda tahlil qilgan holatda motorga cho'lg'mlar sonini o'zgartirishga buyruq beriladi. Bu shuni

anglatadikim bizga motor yordamida qanday jarayom amalga oshirilishi malum bo'lishi va loyiha o'sha jarayonga mutanosib holda amalga oshirilishi zarur bo'lib hisoblaniladi. Ammo bu usulning afzalik jihati shundaki motorning istemol qilayotgan quvvati faqatgina foydali ish uchun yoki salt ish rejimi davomida o'zining aylamish momenti uchun kerak bo'lgan quvvatnigina istemol qiladi. Qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki hatto yuklama rejimiga tushib qolgan holarda ham dvigatelni himoyasini dasturga kiritishimiz mumkin. Natijada har tomonlama iqtisodiy yutuqlarga va shuning bilan birga motorning ish ko'lamini oshirishga erishamiz . Bu ilmiy ishning yana bir afzallik jihati shundaki, qisqa fursatda o'zi uchun sarflangan xarajatlarni qoplaydi.

REFERENCES

1. "Elektr mashinalari va transformatorlar". M.M Katsman. "O'qituvchi" nashiryoti , Toshkent - 1976 yil.

2 . "Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari". A. Xonboboyev , N. Xalilov. "O'zbekston" nashiryoti , Toshkent - 2000 yil. 3. "Nazariy elektrotrotexnika" . A.S Majidov , M.M Mirxaydarov . "O'qituvchi" nashiryoti , Toshkent - 1985 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.