IS'XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA'NAVIY-AXLOQIY QARASHLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Shohida Nusratilloyevna Mirahmedova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Is'xoqxon Ibrat ararlarida ma'naviy-axloqiy qarashlarning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, uning ararlarida ma'naviy-axloqiy qarashlarning o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: Is'hoqxon Ibrat, Is'xoqxon Ibrat ararlari, ma'naviy-axloqiy qarashlar, ma'rifatparvar shoir, piktografik yozuvlar.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF SPIRITUAL AND MORAL VIEWS IN
THE WORKS OF ISHAKHAN IBRAT
ABSTRACT
This article describes the peculiarities of the spiritual and moral views of Ishaq Khan Ibrat. His resolutions also provide conclusions and suggestions on the specifics of spiritual and moral views.
Keywords: Ishaq Khan Ibrat, Ishaq Khan Ibrat, spiritual and moral views, enlightened poet, pictographic inscriptions.
KIRISH
Globallashuv davrida milliy va ma'naviy qadriyatlarga - ommaviy madaniyatning tahdidi kuchayib bormoqda. Eng avvalo, yosh avlodni bilim olish, vatan va yurt obodligi, rivojlanishi uchun hissa qo'shishi lozimligiga tahdid solib, yoshlarning ongini "ravon hayot", "oson pul toppish", "ma'naviy begonalashish", "ruhan uzoqlashish" kabi illatlar bilan zaharlamoqda. Bu esa milliy ma'naviy qadriyatlarimiz ajdodlarimizning ibratli hayoti, sayi harakatlari bilan saqlab qolinganini, ularni asrab-avaylab, ya'ni ma'naviy boyliklar bilan boyitib kelajak avlodga yetkazish vazifasini oldimizga qoyadi.
Darhaqiqat, "turli mafkuraviy va ma'naviy tahdidlarga qarshi - bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug ajdodlarimiz bor"[6]. Shuning uchun, ma'naviyatimizning ildizlari bo'lgan buyuk
mutafakkurlarimizning hayoti va ijodini keng ommaga targ'ib qilish ulkan ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, XIX asr oxiridayoq dunyo kezib, ilm o'rganib, bir nechta tillarni puxta bilgan poliglot, shoir, pedagog, publitsist, tilshunos sifatida Is'hoqxon to'ra Ibratning faoliyatini o'rganish, yosh avlodda unga nisbatan cheksiz faxr iftixor tuyg'usini shakllantirish va shu orqali ularni vatanparvar, fidoiy shaxs etib tarbiyalash lozim. Ayniqsa, Is'hoqxon Ibratning boy adabiy va ilmiy merosini yoshlarga o'qitish orqali ularni yuksak ma'naviyat va ma'rifat ruhida tarbiyalash, Ibrat ijodini o'rganish orqali talaba yoshlar adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish, farzandlarimizning ma'naviy dunyosi mukammal bo'lishiga hissa qo'shadi.
Albatta, mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o'rganish doimiy e'tiborda. Jumladan, Sh. Mirziyoyev 2016 yil 2 noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda buyuk taraqqiyparvar va ma'rifatparvar Is'hoqxon Ibratning xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy yuksalishi yo'lidagi beqiyos xizmatlariga ehtirom ramzi sifatida uning nomini abadiylashtirish, u kishiga atab zamonaviy bog' yaratish, yodgorlik majmuasi va "Ibrat maktabi"ni tashkil qilish tashabbusini ilgari surdi. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi "Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida atoqli ma'rifatparvar Is'hoqxon Ibrat yodgorlik majmuasini tashkil etish to'g'risida"gi 208-sonli qarori qabul qilindi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ishoqxon Ibrat ijodini o'rganish, qo'lyozma asarlarini nashrga tayyorlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Ishoqxon Ibrat taraqqiyparvar ziyoli, ma'rifatparvar shoir, xattot, jonkuyar muallim, sayyoh, tilshunos va tarixshunos olim, o'zbek matbaachiligining asoschisi, noshir, publitsist, bir so'z bilan aytganda, serqirra faoliyat egasidir.
I.Ibratning hayoti va faoliyatiga oid U.Dolimov, S.Rustamov, T.Malik, Sh.Yusupov, N. Jabborov, D.Ziyoyeva, A. Abdunabiyev, Ya.G'affarov, K.Vohidova, M.Saribayeva kabi olimlar tomonidan pedagogig, falsafiy, tarixiy naqtai nazardan o'rganilgan manbalarni uchratish mumkin. Xususan, M.Abdullaevaning "Ishoqxon Ibrat - serqirra ijod sohibi", A. So'fizoda "Istiqlol qahramonlari. Ibrat. Tanlangan asarlar", "Ishoqxon Junaydullaxo'ja o'g'li Ibrat. Farg'ona tarixi", U.Dolimov "Ishoqxon Ibrat" va "Ishoqxon Ibrat. Istiqlol fidoyilari", "Ishoqxon Ibrat. Tarixi Farg'ona" va boshqalar.
Ya.Gaffarov tomonidan yozib qoldirilgan, Ibrat zamondoshlari xotiralari, qarindosh-urug'lari, shogirdlari bilan suhbatlar asosida to'plangan faktlar ham Ibrat hayotining so'nggi davrlariga oid muhim manbalar hisoblanadi [8].
M.Sariboyeva «Ibratning ibratli hayot yo'li» nomli maqolasida ma'rifatparvar, fidoyi shoirning hayoti va ijodiga doir ma'lumotlar yangi manbalar asosida yoritilgan hamda uning ayrim asarlarining ta'lim-tarbiyaviy jihatlari tahlil etilgan[10].
NATIJALAR
Is'hoqxon Ibratning «Mezon uz-zamon» (Zamon o'lchovi) asari 2001 yilda yapon olimlari bilan hamkorlikda nashr etilgan bo'lib, undagi to'qqizta mezon bugungi odamlar uchun ham katta ahamiyatga ega.
2000 yilda esa shoir qalamiga mansub she'rlar i yirik so'zboshi bilan Turkiyada turk adabiyoti antologiyasi seriyasida nashr etilgan.
Professor U.Dolimovning "Milliy uyg'onish pedagogikasi" asarida Ibrat haqida va uning ijodini xorijdagi tadqiqi haqida qimmatli fikrlarni berilgan [4]. Yana U.Dolimov va N.Jabborov hamkorlikda adib asarlarining tanlangan nashrini tayyorlashdi.
Namangan viloyatigagi Is'hoqxon To'ra Ibrat memorial majmuasi tashkil etilgan. Ushbu majmua bog'-xiyobon, uning o'rtasida Is'hoqxon to'ra Ibratning haykali, milliy me'morchilik uslubidagi ayvon, bosmaxona, ilg'or texnologiyalar asosida qurilgan musiqali favvora, chet tillarga ixtisoslashtirilgan 400 o'rinli maktab-internat va tarixiy me'morchilik obidasida barpo etilgan muzeyni o'z ichiga oladi.
«O'zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan «Ibrat» badiiy fil'mi suratga olindi. Unda shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo'li tasvirlangan.
MUHOKAMA
Ma'lumki, XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat tarix sahnasiga ma'rifatparvar shaxslar - jadidlarni olib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy kabi qomusiy bilim egalari ana shular jumlasidandir. Ular o'z bilimlarini millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo'lida sarflashga intildi, o'rni kelganda mablag'ini ham ayamadi. Ular orasida Farg'ona jadidchilik harakati vakili Ishoqxon Junaydullaxon o'g'li Ibratning alohida o'rni bor.
Is'hoqxon Ibrat - ma'rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o'zbek matbaatchilaridan bo'lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To'raqo'rg'on
qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki ma'lumotni eski maktabda, so'ngra onasining qo'lida oladi. Keyinroq Qo'qonga borib madrasaga o'qishga kiradi. Is'hoqxon Ibrat 1886 -yilda madrasani tugatib, To'raqo'rg'onga qaytib keladi. U o'z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma'rifat tarqatish bilan boshladi. 0'sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.
Is'hoqxon Ibrat 1887-1906 yillarda Sharq va Yevropa mamlakatlariga sayohat qilgan, xususan Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida, Sarqning Qobul, Bog'dod, Jidda, Mumbay va Kalkutta kabi shaharlari hamda Xitoy, Hindiston, Arabistonda yashaydi. Is'hoqxon u yerlarda ko'p ishlatiladigan arab, fors, hind va ingliz tillarini mukammal o'rgandi.
Ibrat barakali ijod bilan shug'ullanadi, uning tomonidan yozilgan asarlar yigirmadan ortiq bo'lib, bizgacha o'n ikki nafar asari yetib kelgan. Jumladan, 1900 yilda uning "Ilmi Ibrat" she'riy kitobi, 1901 yilda "Lug'ati Sitta al-sina" nomli olti tillik lug'ati, 1908 yilda "Fiqhi Kaydoniy" nomli tarjima kitobi arabcha matnda nashr ettiriladi. Shu bilan birga Ishoqxon to'ra Ibrat To'raqo'rg'onda «Matbaai Ishoqiya» nomida Farg'ona vodiysida birinchi nashriyot tashkil qiladi. Unda ilm-fan, ma'rifat va taraqqiyotga oid kitoblar hamda uning o'zi tomonidan yozilgan kitoblari chop etiladi. Xususan, 1908-yilda uning husnixat va savod chiqarishga oid «San'ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» risolasi, «Fiqhi-Kaydoniy» tarjima asari arabcha matni bilan, 1909-yilda «Ilmi Ibrat» she'riy to'plami, 1912 yilda turli yozuv belgilaridan iborat, murakkab matnli - «Jome ul-xutut» („Yoshlar majmuasi") asari nashr etiladi [5]. Umuman olganda, 20-yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asar yozdi hamda 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo'lmish „Devoni Ibrat" she'rlar to'plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid „Tarixi Farg'ona", „Tarixi madaniyat" va „Mezon uz-zamon" ilmiy asarlarini yaratdi. Bu davrlarda yana chop etilmay qolib ketgan qo'lyozma holidagi "Mufradot" nomli (xattotlik san'atiga bag'ishlangan) kitobi, "Majmuai ash'or" nomli she'riy to'plami yaratiladi.
Is'hoqxon Ibratning „Lug'ati sitta-alsina" asari jadid maktablarida sharq va rus tillarini o'rganishda birdan bir qo'llanma sifatida foydalanib kelindi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, Is'hoqxon Ibrat tilshunoslik fanining murakkab sohasida ancha mukammal "Jome' ul-xutut" ("Yozuvlar to'plami") nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarida muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi - piktografik yozuvlardan to so'nggi davr eng mukammal yozuvlarigacha bosib o'tgan taraqqiyot tarixini yoritib berishga harakat qiladi. Is'hoqxon bu asarning yaratilish tarixi, ko'zda tutgan maqsadi, asarning nomlanishi haqida quyidagilarni yozadi: "Bul xatlarni(ng) boqiy va tariq qarori muddao bo'lib, ham millatimizga yagona bir tarix qoldirmoq qasdinda va ham
olama bir asar qoldirmoq niyat etub, bu misra mujibi" Darhaqiqat, Is'hoqxon Ibratning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur asarida ham namoyon bo'ldi. Chunki, asarda piktografik yozuvlardan keyin vujudga kelgan eng qadimiy tovush-harf yozuvlari: finikiya, yahudiy, suriya, arab, yunon, fors, slavyan, sanskrit, hind, lotin, arman, gruzin, uyg'ur va boshqa 40 dan ortiq yozuvlar, ularning kelib chiqishi, taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, Ibrat faqat o'z vatanidagi yozuvlar namunalarini o'rganish bilan chegaralanmay, arab mamlakatlaridagi qadimiy yozuv madaniyatini ham o'rgandi. U eramizdan ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklarini, Kipr orolidagi g'orlardan topilgan yozuv qoldiqlarini o'z asariga jalb etdi.
Shuningdek, Ibrat shoir sifatida ham devon tartib bergan. Ming taassufki, uning "Devoni Ibrati" bizgacha yetib kelmagan. O'z davrida el orasida yuksak e'tibor topib, qozilik martabasiga erishgan, uning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ'ibotchisi sifatidagi xizmatlari ham beqiyosdir. U asos solgan "Kutubxonai Is'hoqiya" fondi bu jihatdan ancha boy bo'lib, kitob berish va olish ma'lum tartib-qoida asosida yo'lga qo'yilgan edi.
Darhaqiqat, oktyabr to'ntarishidan keyin Ibrat maorif ishlari bilan shug'ullanadi. U yangi maktablar ochish, savodsizlikni tugatish kompaniyalarida faollik ko'rsatadi. 1918 yilda Ibrat tomonidan ochilgan maktab zaminida To'raqo'rg'ondagi 44 chi maktab tashkil topib, bu maktab 1960 yillarda «Ishoqxon Ibrat» nomli 3 son maktabga aylantiriladi. Dastlabki vaqtlarda bu maktabda Ishoqxon Ibrat ona tili, adabiyot, tarix fanlaridan dars berib, keyinroq maktab dasturiga musiqa-ashula predmetini kiritadi. 1919 yilda uning tashabbusi bilan Namanganda o'zbek xotin-qizlari uchun birinchi marta qizlar maktabi ochiladi va unda Xusayn Makayevning rafiqasi Fotima Makayeva o'zbek ayollariga dars beradi [7]. U.Dolimov keltirgan faktlarga ko'ra 1920 yildan e'tiboran Namanganning Shahand qishlog'ida Muhammadsharif So'fizoda, Arg'in qishlog'ida Orifjon Umarov, To'raqo'rg'onda Ishoqhon Ibrat va Mirzahamdam Xonkeldiyevlar boshchiligida savodsizlikni tugatish maktablari ochiladi [3, 106-107]. Albatta, ezgu va xayrli ishlari tufayli xalq hurmatini qozonib, qozilik darajasiga ko'tarilgan Ibratning ilm-fan, madaniyat, maktab-maorif sohasidagi jonbozligi ayrim g'alamis mutaassiblarning g'ayrli munosabatlari tufayli ko'p to'siqlarga uchradi.
Ibrat tomonidan yozilgan tarixiy, ilmiy, ijtimoiy asarlar bir-birini uzviy davom ettirib, Qo'qon xonligidan to 1930 yillarga qadar bo'lgan voqeliklarni o'z ichiga oladi. «Tarixi hurriyat», «Qo'rboshilar zamoni» nomli asarlarida muallif oktyabr to'ntarishi, Qo'qon muxtoriyatining o'rnatilishi, bu davrda vodiyda ro'y bergan voqeliklar,
Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi, bosmachilik harakatining kelib chiqishi, mohiyati, sabablariga to'xtalib o'z davri nuqtai nazaridan baho beradi. Keyinchalik Ibratning shogirdi mulla Iskandar Abduvahob o'g'lining bergan xabariga ko'ra, uning 100 ga yaqin kitoblari 1937 yil qatag'on qilinishidan bir oz avval qo'shsinch orasiga yashirilgan [3, 107]. Qolganlari esa 1937 yil, 7 yanvarda 4 ta qanor qopga joylanib olib ketiladi [6].
Ishoqxon Ibrat o'z davrining yirik muarrixi sifatida «Tarixi Farg'ona», «Tarixi madaniyat», «Mezonuzzamon» ilmiy asarlarini yaratdi. Ibrat ushbu asarlarini yaratishda Sharq tarixchilari bilan bir qatorda rus va Yevropa sharqshunoslarining asarlaridan ham foydalandi. Ishoqxon Ibrat «Tarixi Farg'ona» asarida tarixiy voqealarga xon va beklarning munosabatini tasvirlashga alohida e'tibor beradi. Muallif Buxoro amiri Nasrulloning 1842 yilda Qo'qonda mash'um qatlini uyushtirishiga qarshi chiqib, Qo'qon xonligi bilan birlashish va yaqinlashib kelayotgan rus bosqinining oldini olish harakatlarini qilish taklifi bilan chiqqan amir Nasrullo vazirlaridan biri Abdusamad noyibning oqilona so'zlarini keltiradi: «Holo Xo'qand zabt o'ldi, Farg'ona katta mamlakatdur, qancha askar va sipohu xazina sarf o'lub olindi, alholda Rusiyani kelmagi mahalliy xavfdur, agarda xonni onti aqd berub, tavba qiddurub, Xo'qandg'a qo'yub, Buxorog'a tobe' qilib, bir mulk bizlarga kelgan dushmanlarga bir qalqon bo'lur edi», deganida, so'zi amirga ma'qul bo'lmay, og'ziga kafsh bilan urdurg'on ekan». Olim Ishoqxon Ibrat ushbu so'zlarni keltirish orqali xonliklar, amirliklar ma'muriyatida uzoqni ko'ra oluvchi davlat arboblari mavjudligini ta'kidlash bilan birga, Nasrullo kabi kaltabin, burnidan narini ko'ra olmaydigan xonu beklarni qattiq qoralaydi.
Ishoqxon Ibrat o'z xalqining porloq kelajagiga, ozod va hur hayot qurajagiga zo'r umid va ishonch bilan qaradi. «Tarixi madaniyat» asarida Vatanning kelajakda ilm-fan, madaniyat rivojlangan shaharlarining qiyofasini romantik bo'yoqlarda tasvirlaydi. Uning ilmiy-tarixiy asarlari Vatanimiz tarixini o'rganishda, shubhasiz, zarur, mo'tabar manba hisoblanadi.
Ishoqxon to'ra Ibrat ijtimoiy-siyosiy mavzuda xalq hayotini haqqoniy ifodalovchi bir qancha asarlar yaratdi. Shoirning «Qalaysizlar?», «Bo'lubtur», «O'lursan», «Shikoyat», «Siymu zardur» kabi satirik asarlari shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoning bosib olinishi natijasida o'lka Rusiya to'qimachilik sanoatini paxta bilan ta'minlaydigan asosiy xom-ashyo bazasiga aylandi. Shoir Ibratning «Qarz» radifli musaddasiga chuqurro q e'tibor berilsa, shoirning she'rdagi zaharxandasi ostida achchiq haqiqat yotganini payqash qiyin emas. Bechora chorakor dehqon o'z oilasini boqish uchun o'zini o'qqa-cho'qqa urishga majbur: u yil boshida
bo'lajak paxta hosili ustidan qarz oladi. Hosil kutilganidan kam bo'lgani tufayli qarzga botadi, uy-joyi «xatga tushadi», bir parcha yeridan ham ajraladi.
Ishoqxon Ibrat «Bo'lubtur» radifli hajviyasida o'lka hayotiga kapitalistik munosabatlar bilan birga yaramas, o'ta salbiy illatlar ham kirib kelgani hamda bunday illatlar mahalliy xalq axloqiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsata boshlaganini, ayniksa mehmonxonalarda, restoranlarda iflos ishlar bilan shug'ullanish, «doim fiyon» bo'lib yurish hollari vujudga kelgani kabi hayotiy lavhalarni berar ekan, unga o'zining nafratini ifodalash bilan cheklanmaydi, balki bunday hayotni vujudga keltirgan faktor sifatida Markaziy Osiyoning, jumladan, Qo'qon xonligining Rusiya tomonidan bosib olinishini ko'rsatadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Ishoqxon Ibrat ijodidagi yetakchi g'oya ilm-ma'rifat, madaniyat va texnika yangiliklarini targ'ib qilish g'oyasidir. Ibrat ma'rifatparvarligining tub mohiyati shundaki, uning ilm-ma'rifatga chaqiruvchi she'rlarida inson taqdiri birinchi o'rinda turdi. U xalqning iqtisodiy-madaniy hayotiga xizmat qiluvchi, uning mushkulini yengillashtiruvchi, uzog'ini yaqin qiluvchi ilm-fanni, texnikani targ'ib etdi. Shu nuqtai nazardan, uning «Tarixi chopxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Gazeta xususi-da», «Turkiston axdig'a xitob», «Tabrik Namangondin», «Qalam», «Tarixi manzumai vagon Ibratdin yodgor», «Muxammasi Ibrat» kabi she'rlari diqqatga sazovor. Shoir bu she'rlarida mamlakatni, xalqni asriy qoloqlikka sudrovchi mutaassiblarni, qadimchilarni keskin fosh etdi. Ibrat mehnatkash xalq boshidagi og'ir hayot, qashshoqlik, mamlakatning qoloqlikda, xalqning nodonlikda qolganining sabablarini aniqlashga, undan qutqarish yo'llarini topishga harakat qildi. Bir necha tarahqiy etgan mamlakatlarda bo'lgan Ibrat xalqni zulmatdan, mamlakatni qoloqliqdan qutqaruvchi birdan-bir yo'l ilm-ma'rifatni egallash deb tushundi.
Darhaqiqat, Ishoqxon to'ra Ibrat ma'rifatparvarligining tub mohiyati shundaki, u har bir voqea-hodisaga o'z xalqi, Vatani manfaatlari nuqtai nazaridan turib munosabatda bo'ldi, baholadi. Kelajak avlodning taraqqiy etgan millatlar qatorida erkin, mustakil, farovon hayot kechirishini orzu qildi va unga katta umid bog'ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, jadidchilik harakatining eng oldingi saflarida bo'lgan ulug' adib Is'hoqxon Ibrat nafaqat tarixchi, shoir, tilshunos, noshir va o'qituvchi balki o'z davrining yetuk diniy ilmlar ulomosi, qozisi va eng birinchi galda vatan ravnaqi uchun fidoiylik bilan kurashib, butun umr intilgan tarixiy shaxsdir. Shoir XIX asr oxirida mamlakatda boshlangan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarni to'g'ri anglagan, odamlarni yuksak ideal sari intilishi, milliy uyg'onishi, o'zligini tanishi,
buning uchun fan-texnika sohasi yangiliklari, ilm, ta'lim-tarbiyani samarali tashkil etish, turmushni sog'lom aqida va teran tafakkur asosida qurish lozimligini targ'ib qilgan. Shu bois uning boy madaniy merosi, nafaqat mamlakatimizda, hatto chet ellarda ham puxta tadqiq etilmoqda. Shu sababli uning ma'naviy va axloqiy qarashlari hozirgi yoshlar uchun juda muhim ta'lim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, Ishoqxon Ibrat Vatan va millat ravnaqi uchun o'z hayoti, ijodi va faoliyati misolida "mingdin bir" odamga nasib qiladigan "nishona" qoldirdi, nomiga mo s chinakam ibrat namunasi bo'ldi.
REFERENCES
1. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi // Xalq so'zi. 2017. 4 avgust.
2. Vohidova K.A. Ishokxon Ibrat hayoti va ilmiy merosi hakida // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2018. 1-son, -B.206-211.
3. Dolimov U. Ishoqxon Ibrat. Tanlangan asarlari. - Toshkent: «Ma'naviyat», 2005. -200 b.
4. Dolimov U. Isoqxon ibrat. - T.: Sharq, 1994.
5. Ziyoyev H. Istiqlol - ma'naviyat negizi. - T.: Ma'naviyat, 1999. 190 b.
6. Ishoqxon Ibrat nomli jamoa xo'jaligi madaniyat ishlari bo'yicha rais muovini B.Nizomov bilan K.Vohidova tomonidan o'tkazilgan suhbat materiallari. 1994.
7. Ishoqov R. Nizomova J.lar bilan o'tkazilgan suhbat matni. 1994. Mart-aprelt; B.Nizomov bilan o'tkazilgan suhbat matni. 1994. Mart; R.Nazarov bilan o'tkazilgan suhbat. 1994. Mart. Suhbatlarni K.A.Vohidova uyushtirgan.
8. Gaffarov Ya. O.Usmonga yozilgan xatlardan. Ushbu xat nusxasi qo'limizda saqlanadi (arab yozuvida). -Namangan, 1961.
9. Yulchiyev K. Ishokjon Tura Ibrat. Ukuv-metodik kursatma. - Fargona, 2018. - 56 b.
10. Sariboyeva M. Ibratning ibratli yuli // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2019. 8-son, -B.322-329.
11. r. Fa$$apoBa, A. Aôgy^^aeB. (2021). AXEOPOTHAfflrAH ^AMHAT^A MALHABHH X,AETHHHT Y3HrA XOC XYCYCH^THAPH. Academic research in educational sciences. Special Issue 2.
12. r.Fa^^apoBa, MAögyraaeBa. TapKHÖHH y3rapnm^apHHHr 6н$уркaцнoн acocn. Academic research in educational sciences. 2021. №1.
13. Tymexpa Fa^apoBa, ^H^Mypog ^yMaHOB H^THMOHH TAPMO^APHHHr Em^ÄP MALHABHATHrA TALCHPH // Academic research in educational sciences. 2021. №4.
14. Tyrnexpa Fa$$apoBa, 3prameBa Em^AP MALHABHATH XAPAKAT^AP CTPATErHACH^A MY^HM HYHA^Hm CHOATH^A // Academic research in educational sciences. 2021. №4.
15. Gaffarova, G.G. (2019), Problems self-organization: philosophical analysis // Scientific Bulletin of Namangan State University. -T.1. -№5, - C.185-190.
16. G.G. Gaffarova, (2020). Strategy of activity and systematical approach. nternational Journal of Psyshosial Rehabilition. London, United Kingdom, 24, Issue5, May. - 6645-6651.