Научная статья на тему 'IQTISODIY KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY MODELLARI TAHLILI'

IQTISODIY KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY MODELLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

353
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy klaster / klasterlashtirishning milliy modeli / raqobatbardoshlik / AQSH modeli / Yaponcha modelб Fincha model / Hindcha model / “Sovetcha model” / economic cluster / national model of clustering / competitiveness / US model / Japanese modelб Finnish model / Hindi model / “Soviet model”.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nigora Maxmasobirova

Mazkur maqola iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning milliy modellari tahlil qilingan bo„lib, xususan, AQSh, Finlandiya, Hindiston, Yaponiya, Rpsiiya modellari xususiyatlari xusisyatlari qisqacha ko„rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the national models of the formation of \economic clusters, in particular, shortly considers the characteristics of the models of the United States, Finland, India, Japan, Russia.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY MODELLARI TAHLILI»

IQTISODIY KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY

MODELLARI TAHLILI

Nigora Maxmasobirova

TDSHU o'qituvchisi m_nigora93 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning milliy modellari tahlil qilingan bo'lib, xususan, AQSh, Finlandiya, Hindiston, Yaponiya, Rpsiiya modellari xususiyatlari xusisyatlari qisqacha ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy klaster, klasterlashtirishning milliy modeli, raqobatbardoshlik, AQSH modeli, Yaponcha modeló Fincha model, Hindcha model, "Sovetcha model".

This article analyzes the national models of the formation of \economic clusters, in particular, shortly considers the characteristics of the models of the United States, Finland, India, Japan, Russia.

Keywords: economic cluster, national model of clustering, competitiveness, US model, Japanese modeló Finnish model, Hindi model, "Soviet model".

Bugungi kunda qishloq xo'jaligini klasterlashtirish dunyoning rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarida keng uchraydi. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni klasterlashtirish ishlab chiqarish salohiyatini va samaradorligini oshirish, milliy raqobatbardoshlikni mustahkamlashga imkon berib, klasterlar korxonalar innovatsion rivojlanishining muhim yo'nalishidan biriga aylandir.

Ta'kidlash lozimki, Yevropa mamlakatlari va AQShda klasterlar avvaliga ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi sifatida tashkil topgan va yillar davomida rivojlanib, umumiy ishlab chiqarish markaziga aylandi. Aynan klasterlar natijasida kichik agrosanaot firmalari birlashish va yirik transmilliy kompaniyalarga qarshi kurashish, yangi bozorlar va mahsulotlarni o'zlashtirish, logistika, marketing xarajatlarini kamaytirish va umumiy manfaatlarini birlashgan holda himoya qilishga erishdi. Natijada, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda innovatsion sohalar bilan bir qatorda agrosanoat klasterlari ham

ABSTRACT

yuqori samaradorlikka erishib, AQSH va Kanadadagi don

October 5-6

klasterlari, Daniya sut mahsulotlari klasteri, Shvetsariya pishloq klasteri, Fransiyaning vino-konyak klasterlari hamda AQSh Kaliforniya vinochilik klasteri yuqori raqobatbaroshlik ko'rsatkichlarini namoyon etib kelmoqda [1]. Shu sababli ham, agrosanoat klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha xorij tajribasini o'rganganda rivojlangan mamlakatlar tajribasini tahlil qilish muhimdir. Bir tomondan esa, mazkur masalada rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini ko'rib chiqish ham dolzarb bo'lib, bu bozor iqtisodiyotiga o'tish bosqichida turgan O'zbekiston uchun kerakli tajribalarni o'rganishga imkon berishi mumkin. Shu sababli, mazkur bobda iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning milliy modellari hamda agrosanoat klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha bo'yicha taraqqiy etgan mamlakatlardan AQSH va Yevropa Ittifoqining bir qancha mamlakatlari, rivojlanayotgan mamlakatlardan esa Xitoy Xalq Respublikasi tajribalariga nazar tashlaymiz.

Agrosanoatni rivojlantirishda klasterli yondashuv klaster siyosati shaklida amalga oshiriladi. Adabiyotlarda keltirilishicha, jahon amaliyotida klaster siyosati olib boriladigan ikkita model mavjuddir. Birinchisi liberal model bo'lib (AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada), unda klaster bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi va federal hokimiyatning roli uning tabiiy rivojlanishi uchun to'siqlarni olib tashlashdan iborat hisoblanadi. Ikkinchi model esa "derijyor" model (Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Shvetsiya, Fransiya, Finlandiya, Sloveniya) bo'lib, unda davlat klasterlarni yaratish va rivojlantirishda faol ishtirok etadi [2].

Iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning milliy modellarini esa 4 guruhga bo'lish mumkindir:

1-rasm. Iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning milliy modellari [3]

October 5-6

42

Yuqoridagi rasmdan ko'rishimiz mumkinki, birinchi (Yevropa) va ikkinchi (AQSH) modellarda rivojlanishning bosh omili sifatida klaster doirasidagi raqobat ta'kidlansa, uchinchi model (Osiyo modeli)da davlatning to'g'ri siyosati, to'rtinchi model (Yaponiya) esa maxsus ixtisoslashgan tashkilot doirasidagi raqobat asoslanadi.

Shu bilan bir qatorda, milliy iqtisodiyotda klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha milliy modellardan Shimoliy Amerika, Finlandiya, Yaponiya, Hindiston va "Sovetcha" modellarni alohida tasniflanadi [4]. Bu o'rinda klasterlashtirishning milliy modellarining o'ziga xosligini aniqlashda bir nechta omillardan foydalanilgan bo'lib, klaster yondoshuvi asosida iqtisodiy an'analarning rivojlanish xususiyatlari, strategik muhim tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik o'rtasidagi farq, mamlakatlar sanoat tarkibining farqi, milliy (hududiy) bozorlarning sig'imi, siyosiy omil kabilar shular jumlasidandir.

Iqtisodiy klasterlarni shakllantirish va rivojlantirishning Shimoliy Amerika modeli firmalar o'rtasidagi kuchli raqobat bilan tavsiflanadi. Klaster tizimlari rivojlanishi bo'yicha dunyoda yetakchilik qiluvchi AQSHda klasterli yondoshuv mintaqaviy iqtisodiyotlarni rivojlantirish strategiyasining asosi hisoblanib, Amerika klasterlari hamkorlik va ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari)ni kommersalizatsiya qilish tamoyiliga asoslanishi bilan farqlanib turadi.

Iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning yana bir milliy modeli Fincha model bo'lib, u biznes va innovatsiyalarning yuqori darajadagi internatsionalizatsiyasi bilan xarakterlanadi. Bu Finlandiya ichki bozorida barqaror ichki talabning yo'qligi va mamlakat iqtisodiyotining kichik ekanligi bilan tavsiflanib, Finlandiya klasterlari shakllanishining dastlabki bosqichidanoq tashqi bozorga yo'naltirilgan hisoblanadi [4, - С.126]. Mamlakatda agrosanoat klasterlari ham faol tashkil etilib, samarali faoliyat olib boradi. Xususan, Finlandiya hissasiga dunyo o'rmon xo'jaligi zahiralarining 0,5 foizi to'g'ri kelsada, jahon mebel eksportining 10 foizi, qog'oz eksportining 25 foizi aynan Finlandiya hissasiga to'g'ri kelmoqda [5].

Umuman olganda iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning Yevropa mamlakatlari tajribasi yuqori bo'lib, bugungi kunda Yevropa ittifoqidagi 3043 ta eng kuchli klasterlar hissasiga 54 mln.dan ortiq ish o'rinlari, mintaqaviy sanoat tarmoqlari doirasidagi oylik maoshlarning 45 foizi, yangi korxonalarning 40 foizi to'g'ri keladi va Yevropaning 55 foiz hududida savdo klasterlarida bandlik 30-60 foizni tashkil qiladi [5, -P. 11]. Yevropadagi mintaqaviy hamda mahalliy klasterlar 51 ta klaster kategoriyasiga bo'linadi va mintaqaviy klasterlarda deyarli 118 mln.kishi band [6]. Parij, Shtutgart, Frankfurt-Manhaym, Nyuremberg-Erlangen, Myunxen, Bazel, London, Dyusseldorf,

October 5-6

43

Ayndhoven, Berlin, Rotterdam-Gaga, Lyon, Syurix, Kopengagen shaharlari Yevropada klasterlar eng yaxshi yo'lga qo'yilgan hududlar sanaladi [7].

Iqtisodiy klasterlarni tashkil etishning Yaponcha modeli yetakchi firmaning mavjudlugi bilan xarakterlanib, yuqori ishlab chiqarish masshtabiga ega firma texnologik zanjirning turli boqsqichlarida ko'plab vositachilarni birlashtiradi [8]. Yaponiyada konstruktiv inson omiliga asoslangan raqamli iqtisodiyot yaxshi rivojlangan bo'lib, Yaponiyaning Tokyo-Yokohama klasteri dunyoda eng rivojlangan klasterlaridan biri sanaladi va mamlakatda klasterlani qo'llab-quvvatlash mintaqaviy innovatsiyalar hamda raqobatbardoshlikni oshirish siyosatining muhim yo'nalishi sifatida paydo bo'ldi.

Iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning Hindcha modelida bosh rolni TTXI (to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar) egallab, ular klasterlar doirasida zamonaviy texnologoyalarni yanada keng joriy qilish, jahon bozorlariga chiqish imkonini beradi. Hisib kitoblarga ko'ra, bugungi kunda Hindistonda 400 ta zamonaviy kichik korxona va 2000 ta qishloq va hunarmandchilik klasterlari mavjud bo'lib, ular Hindiston eksportining 60 foizini tashkil qiladi va aholini bandlik bilan ta'minlashda katta ulushga ega [4, - С.127.].

Iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning "Sovetcha" modeli hududiy ishlab-chiqarish komplekslari orqali kam aholi joylashgan va qayta ishlash sanoati past rivojlangan hududlarda xom-ashyo tarmoqlarida qo'llaniladi. Bu tipdagi klasterlarga Rossiya klasterlarini misol qilib keltirish mumkindir.

Xorijiy mamlakatlarning klasterlani shakllantirish milliy modellarini tahlil qilib aytish mumkinki, ular milliy iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha bo'lib, quyidagi 1-jadvalda milliy modellarning xususiyatlari ochib berilgan.

Yuqoridagi jadvalda ko'rishimiz mumkinki, klasterlashtirish bo'yicha mamlakatlar milliy modellari o'rtasida katta farq mavjud. Xususan, AQSHda bozor, raqobat va yetakchi firmaning roli yuqori bo'lib, internatsionalizatsiya darajasi past bo'lsa, Fincha modelda innovatsiya, xalqarolashuv va yetakchi firmaning roli klaster xususiyatlarini ochib beradi. Hindcha va Yaponcha modellar yetakchi firmaning roli kattaligi hamda bozor/raqobatning roli nisbatan pastligi bilan o'zaro o'xshasa, Yaponcha modelda TTXIning o'rni past, Hindcha modelda esa juda yuqori ekanligi bilan tasniflanmoqda. "Sovetcha" model esa barcha omillarning kuchsiz rivojlanganligi bilan ajralib turadi.

October 5-6

2.1.1-jadval

Klasterlarni shakllantirishning milliy modellari xususiyatlari

Milliy Farqlovchi omillar

model TTX Bozor/ra- Innovatsi- Internatsio- Yetakchi Kichik

I qobat ya nalizatsiya firma roli firma-

lar

Shimoliy Amerika ** **** *** * **** **

Fincha ** *** ***** ***** **** **

Yaponcha * ** *** **** ***** ***

Hindcha **** * ** ** *** ***

"Sovetcha * * * ** * *

*kuchsiz rivojlangan

***** kuchli rivoj langan

Manba: muallif tomonidan shakllantirildi

Umuman olib aytganda, milliy iqtisodiyotni klasterlashtirish har bir mamlakatning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va mamlakatning klaster siyosati mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy elementlarini o'zida mujassam etib, uning asosida shakllanadi. Iqtisodiy klasterlarni shakllantirish, rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha mamlakatlar milliy modelining turlichaligi yana bir bor iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning yagona universal modeli, shakli yo'qligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Черненко А.А. Формирование зернового кластера как условие повышения эффективности региональной экономики. Дис. ... канд. экон. наук:08.00.05 / Черненко Александра Александровна. - Краснодар, 2014. - 194 с.

2. Doronina et al. Agro-industrial Clusters as a Factor of Increasing Competitiveness of the Region // International Journal of Economics and Financial Issues. - Yenice, 2016. - Vol 6, - P. 297

3. Kundius V., Kovaleva I., Semina L., Voronkova O. Sannikova I., Bobrovska T. Functioning of the Agro-Industrial Cluster in Terms of Development of Innovative-Investment Activity // International Business Management, 2017. - №11 (12). - P. 2098.

October 5-6

45

4. Хикматов Р., Гараев А. Международный опыт развития кластеров // Актуальные проблемы экономики и права, 2009. - №1(9). - С.125-127.

5. Абдиев М., Токторов К. Роль и значение агропромышленного кластера в экономике страны // Экономика и бизнес: теория и практика. - Новосибирск, 2017. - №4-1. —С. 1. (https://cyberleninka.ru/article/n/rol-i-znachenie-agropromyshlennogo-klastera-v-ekonomike-strany)

6. Ketels Ch., Protsiv S. European Cluster Panorama 2016. European Cluster Observatory REPORT. - Stockholm: Stockholm School of Economics, 2016. -P.i.

7. Cornell University, INSEAD, and WIPO. The Global Innovation Index 2017: Innovation Feeding the World. Ithaca, Fontainebleau, and Geneva, 2017. - P. 168. 1 Хикматов Р., Гараев А. Международный опыт развития кластеров // Актуальные проблемы экономики и права, 2009. - №1(9). - С.127.

8. http: //laghu-udyo g. gov. in/clusters/clus/ovrclus. htm

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.