" IQTISODIYISLOHOTLARNIAMALGA OSHIRISHDA IJTIMOIYINFRATUZILMANING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI "
Boymuminova Dilshoda Otabek qizi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14684581
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 9th Janyary 2025 Accepted:10th January 2025 Published:18th January 2025 KEYWORDS ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy
infratuzilma, iqtisodiy taraqqiyot, turmush darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-madaniy xizmatlar, moddiy-maishiy xizmatlar, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport, ijtimoiy himoya, xizmatlar bozori, zamonaviy infratuzilma, milliy iqtisodiyot, farovonlik, xalqaro andozalar, strategik rivojlanish.
Ushbu maqola ijtimoiy sohaning iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotidagi o'rnini har tomonlama tahlil qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida ijtimoiy xizmatlar ko'lami va sifati kengayib, aholi turmush darajasining muhim ko'rsatkichiga aylangani ta'kidlangan. Moddiy-maishiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarning iqtisodiyotga ta'siri, sohani tashkil etishdagi davlat va xususiy sektor roli ko'rsatib berilgan. O'zbekiston sharoitida ijtimoiy xizmatlarning rivojlanish omillari, infratuzilmani takomillashtirish zaruriyati va istiqboldagi asosiy yo'nalishlar yoritilgan. Maqolada ijtimoiy xizmatlarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, sohani
rivojlantirishda xalqaro andozalarga moslashtirishning dolzarbligi hamda jamiyatdagi barqarorlik va farovonlikni ta'minlashdagi roli muhim jihat sifatida ta'kidlanadi.
Fan-texnika taraqqiyotining ta'siri ostida ijtimoiy xizmatlar rivojlanib, yangi va sifatli xizmatlar hisobiga faoliyati tobora kengayib bormoqda. Ko'rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti hamda aholi turmush darajasining eng muhim ko'rsatgichlaridan biriga aylanmoqda. Aholi turmush darajasini faqat daromadlarning o'sishi va sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlanganlik darajasi bilan belgilab bo'lmaydi.
Aholi turmush darajasi ijtimoiy iqtisodiy tushuncha bo'lib, u kishilarning moddiy, ma'naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirish har xil turdagi sifatli xizmatlardan unumli foydalanish, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil qilish va maroqli dam olish, turmush sharoitlarining yaxshilanish darajasi kabi ko'rsatgichlar bilan tavsiflanadi. Aholining ijtimoiy turmush sharoiti-bu kishilarning mehnat qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va madaniy taraqqiyotini ta'minlash, muhtojlarni, nafaqaxo'rlarni va ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish hamda vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotganlarga ijtimoiy nafaqa berish yo'li bilan yaxshilanadi. Mazkur vazifalarning bajarilishi ijtimoiy xizmatlar orqali amalga oshadi.
Page 201
www.in-academy.uz
Rasm 1
Aholi turmush darajasini xarakterlash ko'rsatkichlari tizimi
\huli daromadlari va xarajatlarí
ÍVIamlakatda^i (Iciimgrafik sliiiroit: tug'ilish, v;lfot ctish
va buíilitjiilíi r
Turmush ([¡yniati va ístc'mol baholari
Transport v o si 111 la ri n i n K
mavjudligi
Dum dliühni tashkil ctish
Ijtimüiy ta* m ¡nal
Turmush sharoítida síinitHriyii-^igivenik holat
O/tq-ovqat tova ríari útc'moli
L!>-jüj' hilan tü'minÍHmKli dnri>j
Fart va
madaniyat
I nson huquqi.
Mchnat sharotti va bandlilik
Jamiyat ravnaqi moddiy ishlab chiqarish sohasining rivojlanishi, fantexnika taraqqiyoti va halqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi nomoddiy ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarning o'sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish sohasida ham fan-texnika, axborot va kommunikatsiya xizmatlariga ehtiyoj oshib bormoqda. Bunday xizmatlar keyingi vaqtlarda ijtimoiy xizmatlardek alohida sohani tashkil etmoqda.
Ijtimoiy xizmatlarni aholiga xizmat ko'rsatish sohasi (xizmat ko'rsatish sohasi ikkiga bo'linadi: ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish va aholiga xizmat ko'rsatish) nuqtai nazaridan hamda ijtimoiy ishlab chiqarish turlariga va tarkibiy tuzilishiga muvofiq ikki qismga bo'lish mumkin: bular, moddiymaishiy xizmatlar va ijtimoiy-madaniy xizmatlar.
Moddiy-maishiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlar ijtimoiy xizmatlar sohasining tarkibiy qismi bo'lsada, ular o'zlarining ko'plab jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi, ya'ni:
• ijtimoiy-madaniy xizmatlarni tashkil qilish jarayoni moddiy-maishiy xizmatlarga nisbatan uzoqroq vaqtni o'z ichiga olishi mumkin;
• amalda ijtimoiy-madaniy xizmatlar doirasi davlat tomonidan ko'proq himoya qilinadi. Ta'lim, sog'liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy ta'minot an'anaviy tarzda juda ko'p mamlakatlarda qisman davlat tasarrufida yoki davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Chunki ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun ajratilayotgan mablag'lar faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy tavsifga ham ega bo'lib, jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi;
• ijtimoiy-madaniy xizmatlarda iqtisodiy natijaga moddiy-maishiy xizmatlarga nisbatan uzoqroq muddatda erishish mumkin;
• moddiy-maishiy xizmatlar ko'rsatishda xizmat ko'rsatuvchilar iste'molchilar talabi o'zgarishiga tezda moslashadilar. Ijtimoiy-madaniy xizmatlarda bu jarayon nisbatan ko'proq vaqt o'tishini talab qiladi;
• ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko'proq jamoaviy tavsifga ega bo'lib, alohida xizmatlar hajmi nisbatan kamroqni tashkil etadi;
• ijtimoiy-madaniy xizmatlarning muassasalari amal qilish jihatidan katta hududni o'z ichiga olib, natijada aholining keng qatlamini qamrab oladi;
• ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko'rsatayotgan muassasalarning xodimlari ko'proq aqliy mehnat bilan shug'ullanganligi tufayli ulardan malaka, mutaxassislik va yuksak kasb mahorati talab qilinadi;
• ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko'rsatayotgan muassasalarda xodimlarga ish haqi berish va moliyalashtirish jihatidan ham farqlanib bu jarayon davlat byudjeti, homiylar, jamg'armalar, tadbirkorlar hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmatlar ko'p xilli, turlicha ko'rinishda bo'lsada, maqsad va vazifalarining bir xilligi, iqtisodiyotda tutgan o'rni va aholining iste'moli nuqtai nazaridan ularni bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin:
1. Kundalik joriy xizmatlar; uy-joy kommunal xo'jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, yo'lovchi transporti, maishiy xizmatlardan odatda aholi kundalik turmush-tarzida tez-tez ehtiyoj sezadi va ulardan foydalanishda aholining barcha qatlami ishtirok etadi.
2. Kasbiy, mahorat talab xizmatlar; ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, bandlik va ijtimoiy sug'urta xizmatlaridan shartli ravishda aholining ma'lum toifa vakillari foydalanishi mumkin.
3. Ko'ngil ochar xizmatlar; ijtimoiy turizm, ommaviy axborot vositalari, madaniyat va san'at, jismoniy tarbiya va sport xizmatlaridan aholi ixtiyoriy madaniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanadi.
4. Jamoatchilik xizmatlari; davlat boshqaruv organlari, mahalliy o'zini-o'zi boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari xizmatlari negizida umum jamiyat manfaatlari yotadi.
Ijtimoiy xizmatlarni milliy iqtisodiyotda amal qilishida xizmat turlari va qo'llanilishi jihatidan taqsimlanishiga ko'ra, tiklash xizmatlari, professional xizmatlar, taqsimlash xizmatlari va umumiy xizmatlarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy soha jamiyat taraqqiyoti va inson yashash turmush tarzida muhim o'rin tutishi bois davlat boshqaruviga ehtiyoj sezadi va davlat tomonidan boshqarilib, asosan davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy sohada xususiy sektorning rivojlanishiga imkon berilsada, ularning faoliyatini litsenziyalash va ruxsat berishga davlat alohida e'tibor qaratadi. Ijtimoiy sohani boshqarish va nazorat qilish qulay bo'lishiga hamda alohida o'rganishga sharoit yaratish maqsadida bo'g'inlarga ajratilib boshqariladi. Bular oliy va o'rta maxsus ta'lim, halq ta'limi, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, ijtimoiy ta'minot va mehnat kabi tarmoqlarni o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy sohani bunday boshqarish ushbu tarmoqlarni rivojlantish imkoniyatlarini ta'minlaydi va faoliyatini mustahkamlaydi.
Bugungi kunda ijtimoiy soha milliy iqtisodiyotning yirik va hal qiluvchi tarmog'i hisoblanib, uning har bir tizimi o'zida bir necha tarmoqosti muassasalarni birlashtiradi. Tarmoqosti muassasalari mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti bilan yangilanib borishi va ayrimlari butunlay muomiladan chiqib ketishi ham mumkin.
Ijtimoiy xizmatlar paydo bo'lishi va kelajakda rivojlanishi uning ijtimoiy mehnat taqsimotidagi o'rnining mustahkamlanib borishiga va mamlakatning iqtisodiy o'sishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu sohalarning maxsuslashishi, yiriklashishi, yangi tarmoqlarning tashkil topishi iqtisodiyotni boyitgan holda ishlab chiqarish darajasining o'sishini ta'minlaydi.1
O'zbekistonda ijtimoiy xizmatlarning rivojlanishi o'ziga xos bo'lib, u moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan birga paralel rivojlanmoqda hamda uning rivojlanishi bir qancha omillar ta'sirida yuz bermoqda. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• ijtimoiy xizmatlar takror ishlab chiqarishda alohida bo'g'in sifatida ajralib turmagan bo'lsada, uning mazkur jarayonning amalga oshirilishida va jadallashishida hissasi katta. Jumladan, ular kengaytirilgan ishlab chiqarishning barcha bo'g'inlarida ishtirok etadi;
• ijtimoiy xizmatlarning turlari halqaro iqtisodiy munosabatlarda jadal rivojlanayotganligi, mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish zarurayatini tug'dirmoqda (ijtimoiy turizm, axborot kommunikatsiyalari, yo'lovchi transporti, halqaro savdo va hakozolar). Chunki iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilishini shakllantirishda globallashuv jarayonining ta'siri katta;
• davlat, jamiyat va aholining ijtimoiy xizmat turlariga bo'lgan ehtiyojining o'sib borishi ushbu sohani rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Xususan, aholining keng qatlamida tadbirkorlik tufayli daromadlarining oshishi natijasida, ijtimoiy xizmatlarga bo'lgan talabi ham, uni xarid qilish imkoniyatlari ham o'sib borish tendensiyasiga ega bo'lmoqda;
• hozirgi iqtisodiy rivojlanish sharoitida shunday zamonaviy xizmat turlari shakllandiki, ularni rivojlantirmay turib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Ijtimoiy xizmatlarning samarali rivojlanishi xizmatlar bozoridagi munosabatlarning kengayib borishi, takomillashuvi, bozor ishtirokchilarining yangi ehtiyojlarini qondirish, jahonda yuz berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarning bashorati, jahon bozorining tarkibiy o'zgarishi kabi ko'plab omillarga bog'liq. Shu bois ijtimoiy xizmatlarni zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Rivojlangan ijtimoiy xizmatlarni yaratish bir vaqtning o'zida sohada davlat va nodavlat sektoriga tegishli bo'lgan xizmat ko'rsatuvchi muassasalarning faoliyat olib borishini ta'minlashni taqozo etadi. Holbuki, ijtimoiy xizmatlar bozorida raqobatga asoslangan muhitni yaratmasdan turib ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va erishilgan yutuqlarni saqlab qolish mumkin emas. Bunda tadbirkorlarning izlanuvchanligi, novatorligi, islohotchiligi, egiluvchanligi bilan ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni samarali tashkil etish va amalga oshirish, sohada yangi-yangi xizmat turlarini yaratib bozorda taklif etish, ijtimoiy xizmatlarni iste'molchilarga maksimal yaqinlashtirish, zamonaviy ijtimoiy xizmatlar
1 Ziyaev T.M, Yusupov R.A. va boshqalar Ijtimoiy sektor iqtisodiyoti -T.: "TDIU". 2006. -B. 7.
ko'rsatish muassasalarini barpo etish va kengaytirish, sohada raqobatni rivojlantirib, umuman sohani isloh qilish orqali jadal taraqqiyotiga hissa qo'shishi mumkin.
Ijtimoiy soha xizmatlari iqtisodiy aloqalar tizimida ijtimoiy munosabatlarni o'rnatish va ularni mustahkamlashga, ijtimoiy ishlab chiqarish uchun me'yoriy shart-sharoitlarni ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar yig'indisidan iborat bo'lganligi bois ular ijtimoiy infratuzilma sifatida qabul qilingan.
Ijtimoiy soha va uning turkumlanishi
Ijtiomiy infratuzilma tarkibiga kiruvchi tarmoqlar, korxonalar xizmat ko'rsatish holatiga ko'ra turli guruhlarga bo'linadi. Bu guruhlar bo'linishiga qarab ulardan qaysi maqsadlar uchun foydalanish lozimligini va faoliyatyo'nalishlarini aniqlash mumkin. Ularga:
Ijtimoiy muhofaza infratuzilmasi xizmatlari:
• ijtimoiy ta'minot;
• ish bilan bandlik;
• ijtimoiy sug'urta xizmatlarini bajaradi. Ijtimoiy-madaniy infratuzilma xizmatlari:
• qadriyatlar va an'analarni tiklashga qaratilgan xizmatlar;
• qishloqda yashash madaniyatini shahar darajasiga ko'tarishga erishish xizmatlarini;
• inson hayotini zamonaviylashtirish bilan bog'liq xizmatlarni;
• ko'ngilochar madaniy hordik xizmalari:
• aholining bo'sh vaqtlaridan ijtimoiy-madaniy hordiq chiqarish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi.
Ma'naviy-madaniy infratuzilma xizmatlari:
• madaniyat va san'at muassasalari tomonidan yaratilayotgan xizmatlar hajmini kengaytirish;
• madaniy-ma'rifiy mavzudagi ko'rik tanlovlari o'tkazish;
• ma'naviyat va ma'rifatni targ'ib qilish bilan bog'liq xizmatlar;
• sayyohlik dam olish uylari va lagerlari xizmatlari;
• sog'lomlashtirish tadbirlari;
• jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlari;
• ta'lim tizimi bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar. Kundalik ehtiyojlar infratuzilmasi xizmatlari:
• aholining maishiy texnika va boshqa turdagi buyumlarini ta'mirlash va tozalash ishlari;
• aholining bir joydan ikkinchi joyga borishi bilan bog'liq bo'lgan (transport) xizmatlarni;
• aholining uy xo'jaliklarida farovon turmush kechirishlari uchun barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan xizmatlar;
• aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo'lgan savdo va umumiy ovqatlanish tizimi ko'rsatayotgan xizmatlar.
Atrof muhitni muhofaza qilish infratuzilmasi:
• atrof muhit ifloslanishini nazorat qilish xizmatlari;
• atmosferaning ifloslanishiga qarshi kurash choralarini o'zida ifoda etadigan tadbirlar;
• suv tozaligi va undan unumli foydalanish bilan bog'liq xizmatlar;
• ekologik madaniyatni targ'ib etuvchi tadbirlar;
• tabiatni asrash va ekoturizm.
Ijtimoiy infratuzilma tarkibiga kiradigan tarmoqlar ijtimoiy ne'matlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta'sir ko'rsatmasada, lekin o'ziga xos o'ringa, ahamiyatga va xususiyatlarga ega.
Ijtimoiy infratuzilma-insoniyat tomonidan ijtimoiy amaliyot davomida vujudga keltirilgan yoki yaratilayotgan moddiy va madaniy boyliklar, jarayonlar, natijalar, majmuasini tashkil qilib, uning rivojlanishi iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlashda asosiy omil hisoblanadi.
1
Ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishiga muvofiq umumishlab chiqarish jarayonida ijtimoiy infratuzilmaning ahamiyati oshadi va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ko'payadi. Ijtimoiy infratuzilmaning hajmi va ko'lami shundayki, uni ijtimoiy ishlab chiqarishning to'rtinchi bo'linmasi deb qarash mumkin.2
Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining rivojlanishi bilan ijtimoiy infratuzilma faoliyati o'rtasida obyektiv bog'liqlik mavjud va u ijtimoiy takror ishlab chiqarish muammolari tizimida alohida o'rin tutadi. Shu boisdan ijtimoiy infratuzilma hissasini oshirishga, ularni tashkil etish orqali ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga e'tibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti aholi turmushining yuqori darajada bo'lishida ijtimoiy infratuzilmaning samarali ishlashini nazarda tutadi.
Aholining turmush darajasini oshirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdir. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali inson manfaatlari ro'yobga chiqadi. Bunda ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi inson uchun zarur hayotiy sharoitlar yaratishdan iboratdir. Makrodarajada ijtimoiy infratuzilma kishilarni sof havo, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta'minlash va boshqalar orqali ularning yashashi uchun qulay mikrosharoit yaratadi.
Shu boisdan davlat inson hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va yaxshilab borish maqsadida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari qo'llamoqda.3
Aholining turmush darajasi ko'rsatkichlari
AHOLINING TU RM US h DAKAJÀSI KO'RSATKIChLARÎ
TO'Q TDRMUSh DARAJASI -insonmng ]i^]'lonionE;inui kamol tppishinï < ' m 1 n kiyd ¡gan w'matlardan fbydalanisii]:
Bugungi kunda ijtimoiy sohaning rivojlanishida ijtimoiy infratuzilma ahamiyati beqiyosdir. Ijtimoiy infratuzilmaning holati va uning iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o'rni jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflamoqda.
2Saidov M.H, Nasriev I.I. va boshqalar. Ijtimoiy himoya: Atamalar izohli lug'ati. - T.: "O'zb. Milliy kutubxonasi", 2007. -B. 111.
3 Abulqosimov X.P, Vahobov A.V, Rahimova D.N, Norbaev B.I. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'llari. TDTU. "Biznes-print", 2001. -B. 92
Bundan ko'rinadiki, ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bilan uzviy olib borilmoqda. Yoxud barqaror iqtisodiy o'sish ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlarning hosilasiga aylanmoqda.
Ijtimoiy infratuzilma rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqib, istiqbolda mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish vazifalariga quyidagilar kiradi:
• aholiga madaniy va maishiy xizmat ko'rsatish tizimini yaxshilash ayniqsa, qishloq joylarda madaniy va maishiy xizmat ko'rsatish obyektlarini ko'paytirish va undan aholining keng qatlamini bahramand qilish:
• aholini tabiiy gaz va ichimlik suv bilan ta'minlash dasturini bundan keyin ham izchil davom ettirish;
• aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish va manzilligini kuchaytirish;
• ta'lim va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va jahon andozalariga yetkazish, undan foydalanishda aholiga qulayliklar yaratish;
• aholini uy-joy bilan ta'minlash va uy-joy kommunal xo'jaligi xizmatlari sifatini yaxshilash;
• jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish unga yosh avlodni muntazam jalb etish;
• atrof muhitni asrash va ekologiyaning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik va hakozolarni o'z ichiga oladi.
Hozirgi davrda mamlakat aqliy va ma'naviy salohiyatini oshirish, inson omilini rivojlantirish, ish joylarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga innovatsiyalarni keng joriy etish va aholi salomatligini ta'minlash, mudofaaning mustahkamligi, tabiatni asrash va resurslardan oqilona foydalanish, mahalliylashtirish dasturlarining amalga oshishi hamda davlat byudjetidan tejamli foydalanish, halqaro hamjamiyatda munosib o'rin egallash kabi masalalarning foydali hal bo'lishi ijtimoiy infratuzilmaning o'z vazifalarini qanchalik samarali bajarayotganligi bilan belgilanadi.
Shu jihatdan ijtimoiy xizmat ko'rsatishda bozor iqtisodiyotiga o'tish davridagi strategik vazifa bo'lib aholiga xizmat ko'rsatish darajasini pasaytirmasdan xizmatlar tizimida barqarorlikni saqlash hisoblanadi.
Ijtimoiy soha kelajakda iqtisodiy o'sishga erishishning potentsial omili, imkoniyati hisoblanar ekan, biroq undan unumli foydalanilganda va yuqori darajada rivojlangan taqdirdagini taraqqiyot manbaiga aylanishi mumkin.
Ijtimoiy soha moddiy ko'rinishga ega bo'lmagan, lekin jamiyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy-madaniy ne'matlar yaratadigan va xizmatlar ko'rsatadigan sohani o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy sohada obyektning mavjud bo'lishi ijtimoiy infratuzilmaning yuzaga kelishi va rivojlanishiga shart-sharoit yaratadi. "Obyekt" atamasi falsafa fanida keltirilishiga ko'ra, lotinchadan objektum predmet, ayni paytda ongimizdan tashqarida unga bog'liq bo'lmagan holda mavjud, insonning bilish va o'zgartiruvchanlik faoliyati yo'naltirilgan narsa va hodisalar yoki inson diqqat e'tibori qaratilgan hodisa, predmet, shaxs ma'nosida ham ishlatiladi. Ijtimoiy soha ham o'z obyektiga ega. Uning obyekti umuman ijtimoiy majmua xususan, milliy
iqtisodiyotning ijtimoiy-madaniy sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy sohaning predmeti deganda -ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo'lish shakllarini, insonning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi, aholining turmush darajasi, mehnatning mazmuni va shart-sharoiti, bo'sh vaqtini samarali tashkil qilish bilan uzviy bog'liq bo'lgan faoliyat yo'llarini o'rganish tushuniladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning asosiy vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv sharoitlari, davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo'nalishlari, harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirish yo'nalishlari va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi, ulardan eng muhimlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va maqsadini tushungan holda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish hamda uning bo'g'inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo'l-yo'riqlarini to'la anglash;
- ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish holati va rivojlanish xususiyatlarini o'rganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilash haqida qayg'urish;
- ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo'yicha bilim va ko'nikma berish;
- ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni tashkil qilishni jahon standartlari darajasiga yetkazishga yo'naltirish;
- ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va yo'nalishlarini tadqiq etish;
- moddiy va nomoddiy sohadagi o'zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyalashuvining ahamiyatini tushuntirib berishdan iborat.
Ijtimoiy infratuzilma faoliyati insonlarning kundalik turmushi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularning jamiyat oldidagi vazifalarini bajarishda va ish joylarida mehnat samaradorligini oshirishda asosiy omildir. Shu bois ijtimoiy sohasiz mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini va insonning har tomonlama kamol topishini tassavur qilib bo'lmaydi
Ijtimoiy sohaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning amal qilishidagi asosiy yo'nalishlarini ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy xizmatlar singari muhim faoliyatlarga ajratish mumkin. Ushbu yo'nalishlar ijtimoiy sohaning nazariy asoslarini o'rganishda va faoliyat turlariga aniqlik kiritishda aniq ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatini kengaytiradi va sohani yaqindan bilishimizga sharoit yaratadi.
Bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyoti izchil, barqaror va jadal o'sayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan mustahkam o'rin olayotganligini faxr bilan e'tirof etish mumkin. Ijtimoiy, madaniy sohalarda mamlakatimiz erishayotgan ulkan yutuqlar nufuzli halqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan yuksak baholanmoqda. Axborotlar almashinuvi birinchi o'ringa chiqayotgan yangi etapda ijtimoiy xizmatlarning ahamiyati yanada ortmoqda va mazmunan boyib, mantiqan inson faoliyatining barcha turlari bilan chambarchas bog'lanmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish masalalari ustuvor yo'nalish sifatida qabul qilingan va davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Oylik va maoshlar, pensiya, stipendiya, va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshirib borilishi.
2. Aholining ish bilan bandligini oshirishning samarali usullarini yaratish.
3. Aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash;.
4. Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash.
5. Ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish.
6. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish.
7. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish.
8. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Endigi vazifa ijtimoiy xizmatlarning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish va izchil rivojlantirish hamda istiqbolli yo'nalishlarini belgilab olishdan iborat. Ushbu vazifalarning bajarilishi kelgusida aholining ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanishga va yangi zamonaviy xizmatlarning vujudga kelishiga olib keladi.
XXI asr intelektual asri deb e'tirof etilishi ijtimoiy sohada tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini tug'dirmoqda. Bu o'z navbatida ijtimoiy xizmatlar va tadbirlar rivojlanishi evolyutsiyasini o'rganishni va shular asosida bugungi ijtimoiy majmuani yaratish maqsadga muvofiq bo'lmoqda.
1. Ziyaev T.M, Yusupov R.A. va boshqalar Ijtimoiy sektor iqtisodiyoti -T.: "TDIU". 2006. -B. 7.
2. Saidov M.H, Nasriev I.I. va boshqalar. Ijtimoiy himoya: Atamalar izohli lug'ati. - T.: "O'zb. Milliy kutubxonasi", 2007. - B. 111.
3. Abulqosimov X.P, Vahobov A.V, Rahimova D.N, Norbaev B.I. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'llari. TDTU. "Biznes-print", 2001.-B. 92
Foydalanilgan adabiyotlar: