Научная статья на тему 'INTERNETNING YOSH AVLODGA SALBIY TA’SIRI VA OQIBATLARI'

INTERNETNING YOSH AVLODGA SALBIY TA’SIRI VA OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

24945
560
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
1G / 2G / 3G / 4G / inson omili / Nimofobiya / Igromaniya / sun’iy olam / 1G / 2G / 3G / 4G / human factor / Nymophobia / Igromania / artificial world

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muhriddin Erkin О’g’li Orziqulov

Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko’proq ijtimoiy tarmoqlarga vaqt sarflashi odat tusiga aylandi .Bu bir qaraganda odatiy holatdek tuyulsada aslida juda ham o’ylashga va fikr yuritishimiz kerak bo’lgan holat va muammodir. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, yoshlarda buzg’unchi, destruktiv g’oyalarga qarshi mafkuraviy Immunitet to’la shakllanmagani uchun o’qigan yoki ko’rgan ma’lumotlariga tez ishonishadi. Bunday hollarda yoshlarning ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ko’rinib turgan va isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEGATIVE EFFECTS AND CONSEQUENCES OF THE INTERNET ON THE YOUNG GENERATION

In the current era of so-called globalization, it has become a habit for people to spend more time on social media. This may seem like a normal situation, but in fact it is a situation and a problem that we need to think about a lot. According to psychologists, young people are quick to believe what they read or see because ideological immunity against destructive, destructive ideas is not fully formed. It is a fact that in such cases, the negative impact on the morale of young people is obvious and does not require proof.

Текст научной работы на тему «INTERNETNING YOSH AVLODGA SALBIY TA’SIRI VA OQIBATLARI»

INTERNETNING YOSH AVLODGA SALBIY TA'SIRI VA OQIBATLARI

Muhriddin Erkin o'g'li Orziqulov

Toshkent shahridagi Yeoudju texnika instituti talabasi serter577588@gmail.com

ANNOTATSIYA

Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko'proq ijtimoiy tarmoqlarga vaqt sarflashi odat tusiga aylandi .Bu bir qaraganda odatiy holatdek tuyulsada aslida juda ham o'ylashga va fikr yuritishimiz kerak bo'lgan holat va muammodir. Ruhshunoslarning ma'lumotlariga qaraganda, yoshlarda buzg'unchi, destruktiv g'oyalarga qarshi mafkuraviy Immunitet to'la shakllanmagani uchun o'qigan yoki ko'rgan ma'lumotlariga tez ishonishadi. Bunday hollarda yoshlarning ma'naviyatiga, ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi ko'rinib turgan va isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Kalit so'zlar: 1G, 2G, 3G, 4G, inson omili, Nimofobiya, Igromaniya, sun'iy

olam.

THE NEGATIVE EFFECTS AND CONSEQUENCES OF THE INTERNET

ON THE YOUNG GENERATION

ABSTRACT

In the current era of so-called globalization, it has become a habit for people to spend more time on social media. This may seem like a normal situation, but in fact it is a situation and a problem that we need to think about a lot. According to psychologists, young people are quick to believe what they read or see because ideological immunity against destructive, destructive ideas is not fully formed. It is a fact that in such cases, the negative impact on the morale of young people is obvious and does not require proof.

Keywords: 1G, 2G, 3G, 4G, human factor, Nymophobia, Igromania, artificial

world.

KIRISH

Ijtimoiy tarmoqlar qon qonimizga singib ketganini o'ylagan sari odamni hadik qamrab oladi. Xo'sh biz kimmiz o'zi? va o'zi nima qilyapmiz? va nima uchun yashayapmiz? degan savollarni o'ziga bergisi keladi kishi. Lekin afsus bunday

qilolmaymiz chunki bunga bizda vaqt, yo'q, xohish yo'q, intilish yo'q. Nega XXI asrni raqamli texnologiya asri, globallashuv asri deymiz lekin o'zimizni tosh asrida yashagan insonlardek tutamiz?! Yashash uchun emas, yeyish uchun yashaymiz? Vaholanki, tosh asri odamlari ham o'zini oilasini o'zgartirishga intilgan biz esa hatto o'zimizni jazolay olmaymiz nega? Internet bu kim? yoki nima?

Internet katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini bog'lovchi butun jahon kompyuter tizimi. Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U o'z faoliyatida o'zini-o'zi rostlab turish, o'zini-o'zi boshqarish falsafasiga rioya qilib faoliyat yuritadi. Hozirgacha uni bosharib turadigan yagona tashkilot. Ha albatta kim bu aslida insonga nisbatan ishlatiladi, lekin 1969-yil 29-oktabr Internetning tug'ulgan kuni va bu kunni nishonlayotganimiz ham rost va bu bizning achchiq haqiqatimiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Internet bizning ikkinchi oilamiz, do'stimiz va hatto o'zimizga aylanib borayotgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Harkuni ertalab 80% yoshlar internet bilan tongni kutib olishadi, har joyda u biz bilan, jonimiz U, qonimizda U. Bu insonni yanada o'ylashga undaydi va bu qattiq signal, nahotki, kelajakda insonlarni internet boshqarsa? Vaholanki, 1969 yilda AQSH da Mudofaa vazirligi va bir qator ilmiy tashkilotlarning kompyuter markazlarini birlashtirgan ARPAnet kompyuter tarmog'I yaratildi. Ushbu tarmoq tor maqsadga mo'ljallangan bo'lib, asosan yadro hujumi paytida qanday aloqa qilishni o'rganish va tadqiqotchilarga ma'lumot almashishga yordam berish kerak edi. Ushbu tarmoq o'sishi bilan ko'plab boshqa tarmoqlar yaratildi va rivojlandi. Shaxsiy kompyuter davri paydo bo'lishidan oldin ham, ARPAnet yaratuvchilari internet loyihasini ("Networking Project" ) ishlab chiqishni boshladilar Ushbu loyihaning muvaffaqiyati quyidagi natijalarga olib keldi. AQSH dagi eng katta internt tarmog'I yaratildi. Ikkinchidan, ushbu tarmoqning AQSH ning bir qator boshqa tarmoqlari bilan o'zaro ta'sirinig turli xil variantlari sinab ko'rildi. Bu ko'plab tarmoqlarning yagona global tarmoqqa muvaffaqiyatli qo'shilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. Bunday " tarmoqlar tarmog'I " hozir hamma joyda internet deb nomlanadi.

Biz qayerga qarab ketyapmiz bizdan olimlar, kashfiyotchilar , dunyoni o'zgartiradigan insonlar chiqishi o'tmishdagi chiroyli gaplarga aylanayotgandek go'yo, aytishadi-ku har 100 yilda dunyoni o'zgartiradigan va jaholatga, adolatsizlikka qarshi chiqadigan bir inson dunyoga keladi deb. Biroq hozir esa yillar o'tgan sayin internet tezligi 1G, 2G, 3G,4G va hokazolarni ko'payishini tomosha

qilishdan boshqaga yaramaydigan zombilar jamiyati shakllanib borayotganini sezmayotgandaymiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qay biri o'g'ri vaqtmi yoki internet?

Inson umrini bo'lib chiqsak uxlashdan tortib qachon yuvinishimizgacha olimlar o'rtacha umriga nisbatan bo'lib hisoblab chiqishgan oldinlari bu statistikaga internet kiritilmagan edi endi esa bu kiritilishi aniq va ravshan, chunki inson hozirgi zamondan internetga ketqazadigan vaqti hattoki oila a'zolari, do'stlariga ajratadigan va ketqazadigan vaqtidan hech ham qolishmaydi va bu natija borgan sari oshib bormoqda. Hattoki yangi kasallik Nimofobiya - internetsiz qolishdan qo'rqish kasalligi ham paydo bo'ldi. Shu bilan birga ko'pgina yoshlar orasidagi odatlarga hattoki nom ham beriladigan bo'ldi misol uchun: " Igromaniya" - bu kompyuterdan o'rin olgan turli xil o'yinlarga mukkasidan ketishdir. Biz bu dunyodan nomsiz o'tib ketishdan yoki yaqinlarimiz, davlatimizga foydamiz tegmasligidan qo'rqqanimizda edi balki yana ham ko'p o'z ustimizda ishlagan bo'lar edik. O'g'ri deganda bir nimani o'g'irlaydigan qora kiyim kiyib, niqob taqgan beysbol tayoqchasini ko'tarib olgan shaxsni tushunamiz yoki kinolarda ko'rgan katta banklarni, muzeylarni tunaydigan o'g'rilar to'dasini tushunamiz . Lekin XXI asrda shunday o'g'ri dunyoga keldiki uni na qalindevorlar va na kuchli armiya ham to'xtatib qololmaydigan bo'ldi. Albatta bunga o'zimiz sababchimiz.Bu o'g'ri internetdir!!!

Agar unga imkon bersak bizning hayotimizni, umrimizni, umidlarimizni, erkimizi hatto hayollarimizni o'g'irlashi aniq shuning uchun biz ham juda ehtiyotkor va undanda aqilli bo'lishimiz va u bizning umrimizni o'g'irlashiga yo'l qo'ymasligimiz zarur . Vaqt umr o'g'risi deyishadi u to'xtamaydi tez yoki sekin , ha to'g'ri tushundingiz sekin vaqt har doim ham tez bo'lmaydi uni tez yoki sekin qilish o'zimizga bog'liq shu kungacha bizning umrimiz vaqtga bog'liq edi va endi internet ham bu safga qo'shildi. Hozirda insonlar oddiy ishlarga ham ulgura olishmaydi nega? Ularda diqqat yo'q. Fikr jamlash yo bir joyda o'tirib o'ylab ko'rish yo'q hozir bizni bir joyga o'tirib diqqatimizni fikrimizni bir joyga jamlashga yo'l qo'ymayotgan internet degan o'g'ri bor. Bugungi kunda global internet trafikining bir soniyadagi hajmini 1993-yildagi yillik trafik bilan taqqoslash mumkin. Insoniyat aql-idrokining yanada o'sishi fan va texnikaning rivojlanishi bilan XXI asrga kelib OAV vositalari qatoriga internet kirib keldi. Jahon axborot maydonini qamrab olgan bu aloqa vaositasining ham salbiy ham ijobiy tomoni bor. Uning ijobiy tomoni 3 yoshdan 80

yoshgacha bo'lgan insonlar uchun ma'lumot yetkazish va almashish bo'lsa, salbiy tomoni turli buzg'unchi g'oyalar, terrorizm, behayolik, diniy ekstremizm va fundamentalizmni yoyishga xizmat qilmoqda. Buni biz turli reklama, e'lonlar va kichik xabarlar misolida ko'rishimiz mumkin. Dastavval, bizga hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasdan ko'ringan kichik ko'ngilsizlik keyinchalik global muammoga aylanib ulgurmoqda desak adashmagan bo'lamiz.

XULOSA

Keling biz ongimizni jazolaylik inernetdan foydalanmaylik yo'q foydalanmaslik yechim emas va u bizga kerak ham emas. Biz internet nazoratida emas u bizni nazoratimizda bo'lishini ta'minlaylik.Unga bog'lanib qolmaylik, lekin unga bo'lgan xohishimizni, talabimizni jilovlaylik. Shunday qilaylikki uni faqat bizga xizmat qilishga majbur qilaylik, biz unga emas. U juda ayyor bo'lsa biz undanda ayyor bo'laylik. Biz ham o'g'ri bo'laylik qanday o'g'ri bo'laylik deysizmi internetdan o'zimizni kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olaylik bilimimizni oshiraylik lekin uni bizni umrimizni o'g'irlashiga yo'l qo'ymaylik va bunga qattiq va jiddiy reaksiya bildiraylikki biz unga qanchalik irodali, shijoatli ekanimizni ko'rsatib qo'yaylik. Bir inson dunyoga kelibdiki uni o'z vazifasi va maqsadi bor va bo'lishi ham kerak. Hoxish va iroda bo'lsa hamma narsa qo'lingizdan keladi faqatgina diqqat, intizom va harakat bo'lsa bas. Mana shu uchta unsur inson omili deb oladigan bo'lsak shularni birlashtira olsangiz siz dunyoni o'zgartiradigan inson bo'lishingizdan hech kim va hech narsa qaytara olmaydi va siz o'ylagan maqsadingizga erisha olasiz vaholanki, siz bu dunyoga kelishingiz shunchaki emas, siz bu kashfiyot , siz bu yaxshilik, siz bu yuksalish, siz bu adolat va qudrat uchun dunyoga kelgansiz. Har kim o'z menini topishi va uni hurmat qilishi kerak va bunga intilishi kerakki kelajakda yosh avlod sizni ko'rib ibrat olsin, sizni ko'rib adolat nimaligini tushunsin, sizni ko'rib inson qanaday yashash kerakligini tushunib yetsin. Har hil internetdagi soxta adolatparvar insonlarni ko'rib emas. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimizda internet tarmoqlari insonlarga ko'plab imkoniyatlar, qulayliklar yaratib berish bilan bir qatorda, jamiyatimiz yoshlarining g'oyaviy, axloqiy me'yorlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ayni davrda internet tarmoqlari yoshlar hayotini izdan chiqarib yuborishga qodir kuchli qurolga aylanib ulgurdi. Bu tarmoqlar yoshlar orasida qanchalik ko'p o'z o'rniga ega bo'lgan sari, ularning xavfi ham ikki barobar oshmoqda. Yosh avlodning deyarli 70-80% global tarmoqning asiriga aylanib qolgan. Ular shu darajada internetga bog'lanishdiki, xatto tongni u bilan qarshilab kunni u bilan kuzatayotganlarini o'zlari ham sezmay

qolishdi. Internet tarmog'lari yoshlaming dunyoqarashini, fikrini o'zgartirib yubordi. Bu olamga g'arq bo'lgan yoshlarning deyarli ko'pchiligida insoniylik, mehr-oqibat, tuyg'ulari, muomala ma'daniyati kamayib bormoqda. Masalan jamoat transportida telefonidan ko'zini uzmay kelayotgan bola u yerdagi axloq qoidalarini ham unutib qo'ymoqda. Yaqinlariga, ota-onasiga ham internetga ajratganchalik ko'p vaqt ajratmay qo'yayotganini o'zi ham sezmay qolmoqda. Internet bu kabi yoshlar vaqtining ham eng katta dushmani hisoblanadi. Bu "sun'iy olam" ga bog'lanib qolib hayotimizning eng muhim davrlarini o'tkazib yuborayotgan va nimanidir qo'ldan boy berayotgan bo'lishimiz mumkin. Bir kun internetdan foydalanmasak kunimiz qanchalik unumli bo'lganini sezamiz. Shunday ekan, internet asiriga aylanmasdan uning girdoblarida umrimizni zoye ketkazmasdan undan o'zimizni himoya qilishimiz lozim. Har bir irodasi mustahkam yosh avlod vaqtni o'zining eng qimmatbaho boyligi ekanligini anglaydi va uni kimga va nimaga sarflashini juda yaxshi biladi. Ularda internetning turli xurujlariga qarshi kurashish immuniteti mavjud bo'ladi. Bu bilan ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaslik emas, balki undan me'yor bilan foydalanish kerak. Ular hayotimizda birinchi o'rinda emas, oxirgi o'rinlardan joy olsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Zero, bizga berilgan umrni samarali sarflash har birimizning o'z qo'limizda.

" Har qanday davlatning yoshlari o'z oldiga qo'yayotgan maqsadiga qarab, shu davlatning kelajagini bilish va belgilashi mumkin ".

REFERENCES

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 yil.

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-O'zbekiston Respeblikasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.