JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
ilmiy-uslubiy JumaH
Tivsniv ТТТТПТТПТ ART ТТЛ/ГТТЛ/Г ТАТТПТЧГ Hl k l Л UAIXIYA <ч1ПЛ TTVSniV
Я*
INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASIDA INSON
HUQUQLARINING TURLARI
\ )>*
Mo'minjonov Bobur Qobiljon o'g'li
Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy axborot vositalari huquqi bo'limi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7249467
ш*:
Annotatsiya: Hozirgi yanada globallashayotgan dunyoda, qadim zamonlardan beri insoniyatni tashvishga solib kelayotgan inson huquqlari masalasi ahamiyatli va dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Ushbu maqolada "Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasidagi Inson huquqlarining turlari" mavzusi yoritilar ekan unda inson huquqlariga ta'rif, insonning qanday huquq turlari bayon qilingani haqida
yoritilib beriladi.
Kalit so'zlar: inson huquqlari, shaxsiy huquqlar, siyosiy huquqlar, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va madaniy huquqlar.
Annotation: In today's increasingly globalized world, the issue of human rights,
which has been a concern of mankind since ancient times, has become one of the
»
m?
most important and pressing issues. This article covers the topic of "Types of Human Rights in the Universal Declaration of Human Rights" and describes the definition of human rights and what types of human rights are described.
Keywords: human rights, personal rights, political rights, socio-economic rights and cultural rights.
Аннотация: В современном все более глобализирующемся мире вопрос
прав человека, волнующий человечество с древних времен, стал одним из самых важных и актуальных. Эта статья охватывает тему «Виды прав человека во Всеобщей декларации прав человека» и описывает определение прав человека и какие виды прав человека описываются.
Ключевые слова: права человека, личные права, политические права, социально-экономические права и культурные права.
* . •
*
I п г» 11 мплш/ш I К г» 1 Н г> ri It"*» т гп*ч+1 К nhiiMi г-ж л I r-w л+1п1лилл1г7 m ■ ■ m I п 1г л им i nrjnl
Inson huquqlari haqida fikr yuritib, shuni zikr etishimiz mumkinki, bu azal-
azaldan insonlarga tegishli bo'lib kelgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar majmuidan tashkil topgan bo'lib, milliy va xalqaro miqyosda himoya qilinadi hamda kafolatlantiradi. BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan "Inson
! K*
huquqlari hammaning va har kimning qadr-qimmatini hamda inson shaxsi huquqlari daxlsizligini tasdiklaydi. Inson huquqlari botinan har bir kishiga, har bir shaxsga xos bo'lib, davlat hokimiyatining biron bir organi tomonidan in'om etilmaydi va bunday
lV-4 N J ^
; >vb ы >
>q ] i )> >
g® 1 v
is* » J
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juiiian
organlarga bog'liq bo'lmaydi ham" , deb ta'kidlaganda haq edi. Darhaqiqat, inson
#
>
huquqlari bu har bir insonga tegishli bo'lgan va uning sha'ni, qadr-qimmatini himoyalaydigan huquqlar tizimidir. Inson huquqlari umumiy xaraktyer kasb etadi, ya'ni har qanday vaziyatda ham har bir insonga tegishli bo'ladi.
Parlament a'zolari uchun tayyorlangan inson huquqlari qo'llanmasida ushbu tushuncha shunday ta'riflanadi: "Inson huquqlari har bir shaxs odamzod avlodiga mansub bo'lganligi uchungina unga taalluqli bo'lgan huquqlar majmuidir. Inson huquqlari davlatlar konstitumyalari va xalqaro huquqda belgilab qo'yilgan shaxsiy va
11 - ./ 1 llOl^O J
jamoaviy huquqlarning yig'indisidir"
Umuman olganda, inson huquqlari: 1)tabiiy huquqular insonga tug'ilishi bilanoq tegishli bo'ladi; 2)ajralmas huquq ulardan hech kim o'zboshimchalik bilan va asossiz ravishda mahrum qilinmaydi; 3)shaxs huquqi ular individuallashgan bo'lib, insonning qadr-qimmati va sha'nini himoyalashga qaratilgandir. Inson huquqlari shaxsning hayotini, sha'ni va qadr-qimmatini hamda jamiyat hayotining barcha jabhalarida
fo r\\ 1 "v rnl ni i rvt n 1 I о ' m ml г\т тг* 1л 1 +nKii\r 1 ml/An 1 л го +1 о rrl 1 г Тполп 1лилпл I on r\i î m « in aoi К
faoliyat erkinligini ta'minlovchi tabiiy imkoniyatlardir. Inson huquqlari bu munosib
darajadagi xulk-atvorning inson manfaatlarini qondirishga qaratilgan va qonun bilan muhofaza qilinadigan myezoni.
Bugungi kunda yuridik adibiyotlarda inson, fuqaro va shaxs huquqlari degan
»
tushunchalar kyeng ildiz otganligini ta'kidlab, ushbu uchchala tushunchalarning o'zaro munosabatiga oydinlik kiritib o'tsak:
Inson huquqlari tabiiy tusga ega bo'lib, individdan ajralmaydi, ular hudud va millat doirasida chyeklanmaydi, davlat qonunchilik hujjatlarida mustahkamlanishidan qat'i nazar amal kiladi, xalqaro-huquqiy tartibga solish va muhofaza qilish ob'yekti sanaladi. Ular insonni bashariyat nasli vakili sifatida tavsiflaydi va shu ma'noda ularning turmush kyechirishi uchun zarur bo'lgan asosiy va ayni damda umumiy bo'lgan huquqlarini o'zida aks ettiradi. Inson huquqlarining aniq bir davlat qonunchilik hujjatida mustahkamlanishi munosabati bilan u fuqaro huquqi maqomini
ham oladi.
Yana bir karra qayd etmokchimizki, fuqaro huquqlari davlat normativ-huquqiy hujjatlarida o'z ifodasini topgan tabiiy huquqlar va davlat hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida ishlab chiqilgan hosila huquqlar majmui bo'lib hisoblanadi. Fuqaro J-jt huquqlari-bu yuridik jihatdan munosib xulk-atvorning har qanday odamning emas, balki muayyan davlat bilan barqaror huquqiy aloqada bo'lgan insonning manfaatlarini
qondirishga qaratilgan va qonun bilan muhofaza qilinadigan myezoni. Fuqaro
j 1 > ^^ I
huquqlari konstitutsiya va boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlanishi shart,
shuningdyek, davlat ushbu huquqlarni e'tirof etishi hamda ular himoyasini ta'minlashi
lozim. Ular inson huquqlarini davlat huquqiy hamjamiyat vakili haq-huquqlari
sifatida tan oladilar.
#
.............................
-
30 Всеобщая декларация прав человека:1948-1998.-М.,1998.-26с
Sp^ J^ ' J Sp^ "
"-w-isr88- a i
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juinan
4
Shaxs huquqlari sifatida aniq vaziyatda aniq individga tegishli bo'lgan vakolatlar
yig'indisi tushuniladi. Ushbu huquqlar ko'lami shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy holati, siyosiy-jamoaviy mavqyei, uning ish va yashash shart-sharoitlariga bog'liq bo'lishi
LiAJ JH111VH Y JL^J Ж Ж Ж H y V-| j VX^ l^l-iliil^ iUXJL » H J WUllHUll I Ж H1 I U11U.J VJ. WU1 l^W k/V^ l 1 V| »У V 1 1 kiJL JLJL
mumkin. "Shaxs" deganda, inson, fuqaro, fuqaroligi yo'k shaxslar va chet el
№1
fuqarolari nazarda tutiladi. Shaxs huquqlari insonning individual o'ziga xosligi, uning ijtimoiy mavqyei darajasi, huquq ma'suliyatini anglash va o'z xatti-harakatlari uchun javob byera olish qobiliyati kabilarni tavsiflaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro-huquqiy
J»
!
hujjatlarda, adabiyotlarda va turli mamlakatlar qonunchiligida "inson huquqlari", "fuqaro huquqlari", "shaxs huquqlari" ayni bir ma'noda foydalaniladi. Ushbu tushunchalarni alohida ta'riflash zaruriyati, mantiqiy va uslubiy qoidalar yoki inson huquqlarining u yoki bu jihatini ajratib ko'rsatish lozimligi bilan belgilanadi.
Muxtasar qilib aytganda, inson huquqlari bu dyemokratik huquqiy davlatning eng muhim byelgisidir. Inson huquqlari har bir davlatning dyemokratik taraqqiyoti darajasini ko'rsatuvchi muhim myezondir. Shuning uchun ham, inson huquqlari xalqaro huquqda va Milliy huquqiy tizimda muhim o'rin tutadi.
3.M.Islomov inson huquqlarining quyidagi byelgilarini ko'rsatib o'tadi:1)ular insonning tabiiy va ijtimoiy mohiyatiga muvofik, jamiyat hayotining mutassil o'zgaruvchi sharoitlarini hisobga olgan holda yuzaga keladi va rivojlanadi; 2)
»
ob'yektiv tarzda vujudga keladi va davlatning e'tirofiga bog'lik bo'lmaydi; 3) individga tug'ilgan paytdan e'tiboran qarashli bo'ladi ;4) o'zga shaxsga berilmaydigan, uzviy xususiyat kasb etadi, tabiiy ravishda e'tirof etiladi; 5)bevosita amal qiladigan huquqlar hisoblanadi; 6) huquqiy davlatda oliy ijtimoiy qadriyat sifatida tan olinadi; 7) huquqning zaruriy qismi, uning asosiy mazmunini ifodalashning muayyan shakli hisoblanadi; 8) odamlar va davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning individga o'z
P j>
ixtiyoriga ko'ra ish berish yoki muayyan nye'matlardan bahramand bo'lish imkoniyatini ta'minlovchi printsplari va normalarini tashkil etadi; 9)ularni tan olish, ularga rioya etish va ularni himoya kilish davlatning burchi hisoblanadi.31
Inson huquqlari ularni hukumat e'lon qilganligi uchun emas, bil'aks ularni insonlar tan olganligi uchun ham mavjud va amal qiladi. Inson huquqlari bu-univyersal axloqiy huquqlar sanaladi. Inson huquqlari axloq normalari sifatida insonlarni hokimiyat o'zboshimchaligi va suistye'molliklaridan muhofaza qiladi.
J-jt
Ta'bir joiz bo'lsa, inson huquqlari davlat uchun "xulq-atvor qoidasi" vazifasini bajaradi. Shu ma'noda, inson huquqlari davlatga nisbatan quyidagi funksiyalarni bajaradi: inson huquqlari insonlarning sha'ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish yo'lida davlat hokimiyatini chegaralaydi(bu shaxsiy va siyosiy huquqlarning
! и*
funksiyasi bo'lib, u qoida tariqasida inson huquqlarining eng asosiy vazifasi
hisoblanadi); inson huquqlari davlat hokimiyatini inson sha'ni hamda qadr-qimmatini
_
31-
Исломов З.М. Инсон хукуклари ва хозирги замон юриспруденцияси. Тошкент:Фан ва технология, 2008.-Б. 2425.
■H* ^ #,?Î
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juinan
4 ^M^
muhofaza qilishga chorlaydi va undaydi (bu asosan ijtimoiy huquqlarning
#
>
funkцiyasi).
AQSh Mustaqillik Deklaratsiyasining bu unutilmas so'zlarida uning muallifi va Qo'shma Shtatlar pryezidyenti Tomas Jyeffyerson uzviy huquqlarning asosiy printsiplarini aks ettirgan. Shu bois demokratik jamiyatlarda hukumatlar ularni in'om etmaydi, aksincha hukumatlar ayni shu erkinliklarni himoya qilish uchun tashkil etiladi, chunki har bir inson ularga tugilgan paytdan e'tiboran haqli ravishda ega bo'ladi.
Muxtasar qilib aytganda, Inson huquqlari Umumjahon dyeklaraniyasi normalari mohiyatini talqin etib, inson huquqlari mazmunan o'z ichiga quyidagilarni qamrab olishi xususida xulosaga kelish mumkin:
Shaxsiy huquq va erkinliklar: Deklaratsiyada ushbu huquqlar quyidagicha o'z aksini topgan:
Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar(1-modda). Har bir inson ushbu Deklaratsiyada e'lon qilingan barcha
huquq va erkinlikka ega bo'ladi(2-modda). Mazkur huquqlar mazmunan shularni nazarda tutadi: hayotga bo'lgan huquq; erkinlikka bo'lgan huquq; shaxsiy daxlsizlik huquqi; diskriminatsiyaning taqiqlanishi; qiynoqning taqiqlanishi; shafqatsiz va sha'n,
»
m?
qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlarining man etilishi; qullikning taqiqlanishi; majburiy myexnatning takiklanishi; qonunga xilof qamoqqa olishning man etilishi; boshpanaga bo'lgan huquq; shaxsiy hayotga bo'lgan huquq(telefon, xat-xabar va so'zlashuvlarning maxfiyligi huquqi; birovlar shaxsiy hayotiga oid
mo'liimntlarni n1ar m7i1mici7 ecmlaeVi q1 am cVi \тъ tornotiebnirm +cmi ni am cVii Y mr_
ma'lumotlarni ular roziligisiz saqlash, foydalanish va tarqatishning taqiqlanishi); uy-joy daxlsizligi huquqi; sha'n va qadr-qimmatni muhofaza qilishga bo'lgan huquq; fikrlash erkinligi; vijdon va e'tikod erkinligi; axborot erkinligi(axborot olish, yaratish va tarqatish erkinligi); harakatlanish erkinligi; ko'chish erkinligi; mehnat erkinligi; mulkdor bo'lish huquqi; nikohga kirish huquqi.
Yuridik huquqlar: Deklaratsiyaga muvofiq, barcha insonlar qonun oldida tengdir va hyech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Bu quyidagi huquqlar majmui orqali kafolatlanadi: fuqarolikka bo'lgan huquq sub'yektliligini tan olinishi huquqi; huquq va erkinliklarni sudda himoya qilishga J-jt bo'lgan huquq; odil sudlov huquqi(tez, ochik-oshkora va xolis sudga bo'lgan huquq, o'ziga va yaqinlariga qarshi guvohlik bermaslik huquqi; sudda noqonuniy yo'llar bilan qo'lga kiritilgan dalillardan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi; hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko'rib chikishni talab etish huquqi); malakali yuridik
xizmatta bo'lgan huquq; aybsizlik pryezumptsiyasi huquqi.
Siyosiy huquqlar: Deklaratsiyada xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo'lishi lozimligi belgilangan bo'lib, buning yuridik asoslari quyidagi huquqlar orqali
„и -1.1 „ 1_______1_______•
kafolatlanadi: tinch yig'ilishlar o'tkazish huquqi; birlashmalar tuzish huquqi; o'z
Ы> 3 ]> <}>
a j
JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
¡ImlyuHuOiy jumali i»--r
M3
Miiiif-iwuuif juiiian
mamlakati boshqaruvida ishtirok etish huquqi(davlat mansablariga tayinlanish
#
huquqi); saylash va saylanish huquqi.
Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar: Deklaratsiyaning 22-moddasiga binoan, har bir inson jamiyat a'zosi sifatida milliy kuch harakatlar hamda xalqaro hamkorlik vositasida va har bir davlatning tuzilishi, shuningdyek, resurslariga muvofiq ijtimoiy ta'minotga va o'zining qadr-qimmatini saklash, shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini
J»
! Ш-
amalga oshirishga haqli. Bu o'z navbatida quyidagi huquqlarni taqozo etadi: sog'lik va turmush tarzini olib borish uchun yetarli bo'lgan hayot darajasiga bo'lgan huquq; adolatli mehnat sharoitlariga bo'lgan huquq; dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan huquq; ishsizlikdan himoyalanish huquqi; kasaba uyushmalari tuzish huquqi; sog'liqqa bo'lgan huquq(soglikni himoya qilish va tibbiy yordam huquqi); ta'lim huquqi(umumiy o'rta ta'limni bepul olish huquqi; kasb va hunar ta'limning ta'minlanishi; tanlov asosida oliy ta'limni egallash huquqi; boshlangich ta'limning
m о i Ki î ri T Л 1 m Л • 1 ifimAiT т bnnnniY noriliV пагпгап! л\г Ironnl 1 Каппт тгЛл i о i n i
majburiyligi); ijtimoiy tn'minm huquqi(qariHk, ncg^nHk, kaadlik, bcquvd^rn
yo'qotganlik munosabati bilan ta'minlanish huquqi); ochlikdan muhofazalanishga bo'lgan huquq; jamiyatning madaniy hayotida ishtirok etish huquqi; mualliflik huquqining himoyalanishiga bo'lgan huquq.
»
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, yuqorida ko'rsatilgan Inson huquqini oliy qadriyat deb hisoblagan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad qilib qo'ygan bizning mamlakatimiz uchun Konstitutsiyamizda Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi g'oyalarining singdirilishi muhim ahamiyatga ega.
Inson huquqlari bo'yicha Uzbyekiston Ryespublikasi Milliy markazi diryektori
P j>
Akmal Saidov ham ushbu tarixiy hujjat haqidagi fikrlarini quyidagicha bayon etadi: "Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi hozirgi zamonda inson erkinliklari kafolatining buyuk xartiyasidir. U shaxsning ham fuqarolik va siyosiy, ham iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklari ko'lamini o'zida ilk bor to'la mujassam etgan xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatning qabul qilinishi xalqaro munosabatlar rivojida muhim bosqich bo'ldi.
* ; i>
»
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Всеобщая декларация прав человека:1948-1998.-М.,1998 2.Islomov Z.M. Inson huquqlari va hozirgi zamon yurisprudentsiyasi. Toshkent:Fan va texnologiya, 2008
3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017-yildagi PF-4947-son.
4.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.06.2020-yildagi PF-6012-
son.
>q ] i )> >
a j
J^ÍW
, > PV
>3* >>
#<b> J >j> Ы )>
Ы )>
^ ^SJ M i
>3»
Ы >
til' ЩУ
¡ >s#
Ы*
Ы>
! >5>
Ы )>
ltalqin va
¡TADQIQOTLAR
ilmiy-uslubry jurnali
№4 2Q22
5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF-60-
son.
6.Pгezident Shavkat Mimyoyev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasi. 7.Internet materiallari: 8.lex.uz.
9.regulation.gov.uz.
*
>P ЩУ
i
ЭЙ*
*q> Ы р
] Я> Ы >
i >i>
ъц* ûàï
f.---^SfV-Vv f.^
223
jW^ y
q ж**
Ш
!>3*:
> >
cJ
>
q > >
wi >
Ы:>
q
Ы >
^й >
q
>
Ш >
»q)>
*v>
i> * q
q
j>>i> i>
q > >
q ж** q
*4>