Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-321-325
INNOVATSION TA'LIM MUHITIDA O'QUVCHILARNING KITOB O'QISHGA BO'LGAN QIZIQISHLARI YUZASIDAN UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIKNI YO'LGA
QO'YISH
Baxtiyorjon Usmonovich Olimov
Qo'qon Davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Dilshodaxon Baxtiyorjon qizi Olimova
Qo'qon Davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Maqola yosh avlodning barkamol kelajagini ta'minlash maqsadida ularni yoshlikdan kitobga bo'lgan havasini uyg'otish, kitobning bola tarbiyasidagi o'rni va umuman, inson hayotidagi ahamiyati qay darajada ekanligi hamda bu holat boshlang'ich ta'lim tizimida muhim ahamiyat kasb etishi haqidagi fikr-mulohazalar bilan boyitilgan.
Kalit so'zlar: odob-axloq, bilim, kitob, tafakkur, o'qishga qiziqtirish, ta'lim, tarbiya.
ABSTRACT
The article is enriched with comments about the role of the book in the upbringing of a child and it's importance in the life of a person in general, as well as the fact that this situation plays an important role in the system of primary education in order to ensure a harmonious future of the younger generation.
Keywords: etiquette, knowledge, book, contemplation, interest in reading, education, upbringing
KIRISH
Ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko'tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi[1].
Kitob - umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh
etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st.
Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita
yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni
kitob o'qishga, undan ilm-u odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Darhaqiqat,
kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk
kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini
mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 321 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-321-325
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, "Kitob -beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai" Xalqimiz tilida kitob o'qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o'rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko'p. Jumladan, "Kitobsiz aql - qanotsiz qush", "Bilim - aql chirog'i", "Go'zallik - ilm-u ma'rifatda". Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta, baxtli bo'lishining muhim omili - bu kitobga do'st bo'lish va kitob o'qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o'rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Axloq-
odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob haqida shunday deydi: "Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham "kitob aql qal'asidir".
"Kitob tafakkur qanotidir", degan edi alloma adibimiz Oybek. Kitob o'qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to'g'ri fikrlash, oq-u qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, nutqi ravon bo'ladi, odamlarni o'z ortidan ergashtira oladi. Yuksak intellektual salohiyatga, o'z mustaqil dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog'lom va ma'nan yetuk bo'lgan haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma'nodagi himoyachisi hisoblanadi[2].
Bolaning kitobga bo'lgan munosabati va uni baholash mezonining asosiy omili o'qishga qiziqishning borligi yoki yo'qligi. Yosh bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishning asosiy vazifasi - bu kitobga qiziqish va muhabbat, u bilan muloqot qilish istagi, badiiy matnni tinglash va tushunish qobiliyatini rivojlantirish va badiiy
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 10 \ 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-321-325
madaniyatni rivojlantirish. Bularning barchasi kelajakdagi iqtidorli kattalar o'quvchisi, adabiy ma'lumotli insonni tarbiyalash uchun asosdir.
Qanday qilib o'qishga qiziqishni uyg'otish, uni qanday rivojlantirish, saqlab qolish - bu nafaqat maktablar uchun, balki maktabgacha ta'lim muassasalari uchun ham eng muhim vazifalardan biridir. Kitobga qiziqish bolaning yoshligidanoq uyg'onadi va bu yerda oila yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. O'qituvchilarning vazifasi - ota-onalarni bolani kitob bilan muloqot qilish usullari bilan tanishtirish. Ba'zi bolalar haqiqiy kitobsevar bo'lsa, boshqalari esa o'qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Pedagoglar tomonidan berilgan quyidagi ko'rsatmalar bolalarni kitobga mehr qo'yishiga yordam beradi:
Zamonaviy texnologiyadan foydalanish. Ota-ona farzandining kitob o'qishini xohlaydi, u esa kompyuter o'ynashni istaydi. Qanday yo'l tutish kerak? Bunda albatta, kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtirish lozim. Ota- onalar internetda ko'plab bepul electron kitoblar topishi va kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda electron kitoblardan o'qib berishi mumkin.
Mutolaa burchagi qilish. Bolalarni chalg'itmaydigan, tashqi shovqin- surondan holi bo'lgan mo'jazgina "uycha" qilib berish ularning kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishi mumkin.
Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib borish. Ota-onalar farzandida doimiy ravishda kitob o'qish ko'nikmasini shakllantirishni istashsa, haftasiga hech bo'lmaganda lmarta kutubxonaga olib borishi maqsadga muvofiq, chunki kutubxonada bola turli xil kitoblarni ko'radi va uning kitobga bo'lgan qiziqishi tobora ortadi.
Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish. Agar ota-onalar bolalarini kitob o'qishga g'ayratini oshirmoqchi bo'lishsa, tez-tez ertak, hikoyalar aytib berishi, umuman, kitob va uning mazmun-mohiyati haqida suhbatlashib turishi kerak. Hayotda sodir bo'lgan haqiqiy voqealarni bolalar o'qigan hikoyalar bilan bog'lashga harakat qilish lozim. Bu esa bolalarni nafaqat o'qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o'rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Bolalarga namuna bo'lish. Bolalar ota-onasidan namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam kitob mutolaasi bilan shug'ullansa, boshqa oila a'zola ri bilan turli
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 10 \ 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-321-325
kitoblar to'g'risida suhbatlashsa, bu o'z navbatida bola ongiga ta'sir qiladi va natijada kitob o'qish asta-sekin bolalarning ham sevimli mashg'ulotiga aylanib boradi.
Har kuni kitob o'qib berish. Agar ota-onalar vaqtni ayamasdan, bolalarga har kuni kitob o'qib bersa, u asta-sekin o'zi ham muntazam mustaqil tarzda kitob mutolaa qiladigan bo'ladi. Uning hayotida kitobxonlik an'anaga aylanadi[3].
Kitob nutqni o'zlashtirishga yordam beradi - atrofdagi dunyoni, tabiatni, narsalarni, odamlar o'rtasidagi munosabatlarni bilish kaliti. Kichik yoshdagi bolalarga badiiy matnlarni tez-tez o'qish, uning hayotiy kuzatuvlar va bolalar faoliyatining har xil turlari bilan mohirona birlashishi bolaning atrofdagi dunyoni anglashiga hissa qo'shadi, go'zalliklarni tushunishga va sevishga o'rgatadi, axloq asoslarini yaratadi[4].
Kitob aqlga ham, yurakka ham faol ta'sir ko'rsatadi: aqlni to'ldiradi, yurakni hissiyotchan qiladi. Tarbiyada kitobning ahamiyati haqida juda ko'p gapirish mumkin, biroq bolada kitobga muhabbat uyg'otish mushkul ish. Kitob o'qish, avvalambor, qiziqishni talab qiladi. Biror narsaga qiziqmasdan turib kitob o'qib bo'lmaydi. Kitobni sevgan inson hech kimga yomonlikni ravo ko'rmaydi, xolisona fikr yuritadi. Kichkintoylarning dunyoqarashini shakllantirish, ularni to'g'ri yo'lga solishda kitobdan muhimroq vosita yo'q. Qiziqtirish shaxsning shakllanishida, faolligini oshirishda zarur bo'lgan eng kuchli quroldir. Bolalarda kitobga mehr, ishtiyoq uyg'otish uchun, avvalo, o'zimiz unga to'g'ri munosabatda bo'lishimiz lozim. Adabiyotga mehr qo'yishning o'zida bir hikmat bor. Avvalo, o'smirlarda kitob o'qish ishtiyoqini shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon. Bu masala ularning mutolaaga bo'lgan munosabatini belgilaydi. Qiziqishning o'zi ham kitob o'qish uchun yetarli sabab bo'la oladi. Bolalar ota-onalari o'qib bergan ertaklar-u, boshlang'ich sinfda o'zlari o'qiy boshlagan hikoyalar orqali kitob dunyosiga kirib boradilar. Shuning uchun bu davr alohida e'tibor talab qiladi. Chunki kitob o'qishga qiziqishning poydevori mana shu paytlarda shakllana boshlaydi. Bola bilan samimiy suhbat, uning qanday kitoblarga qiziqishi haqida so'rash va bu kitobni o'qishi uchun qanday muammolarga duch kelayotgani, muammo yechimini birgalikda hal etish bolaning qiziqishini yanada oshiradi. O'qilgan kitob haqida bola bilan qizg'in suhbat o'tkazish, uni e'tibor bilan tinglash ham qiziqishlarning ortishiga sabab bo'ladi. Keyingi jarayon kutubxona va kutubxonachi bilan bog'liq. Shinam va ozoda, rang-barang, ko'zni quvontiruvchi shiorlar bilan bezatilgan kutubxona bolani o'ziga tortishi tabiiy. Kutubxonaga kelgan kitobxon o'z fikrini hech bir qo'rquv va
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-321-325
tortinishlarsiz bayon eta olishi kerak. Kutubxonachi shirinso'z va xushmuomala bo'lmog'i darkor[5].
Tashqi motivatsiya har xil bo'ladi - cho'ntak pullaridan tortib, to maktabdagi baholargacha. Buni bir gap bilan izohlash mumkin: "Mana bunday qilsang, buni qo'lga kiritasan". Ba'zi ota-onalar farzandi yaxshi o'qishi uchun hayvonot bog'iga olib borishni va'da qilishadi, boshqalari qimmatbaho gadjetlarni xarid qilishadi va hatto pul ham berishadi. Muammo shundaki, bu usul ish bermaydi: o'quvchi shunday o'qishda davom etaveradi, boz ustiga, va'da qilingan narsaga erisha olmagani uchun yaqinlaridan xafa ham bo'ladi.
XULOSA
O'qituvchilar ko'rinishidan oliyjanob usullar bilan ishtiyoqni oshirishga harakat qilishadi: turli maqomlar (oyning eng yaxshi o'quvchisi) joriy qilishadi, yaxshi o'qiydiganlar uchun imtiyozlar yaratishadi. Ko'pincha shunday bo'ladi: oyning eng yaxshi o'quvchisi asosan bir o'quvchi bo'ladi, imtiyozlar esa odatda tarkibi o'zgarmaydigan o'quvchilar doirasiga beriladi. Qolgan o'quvchilar esa o'zlarini omadsizdek his qilishadi. Tashqi motivatsiya zo'r ishlashi mumkin, faq at ichkisi bilan birga. U o'z-o'zidan oldinga harakatlanmaydi, shunchaki "ishni uddalash", tezroq xohlagan narsasiga erishishga majbur qiladi. O'qishga motivatsiyani qaytarish - uzoq jarayon va buning muvaffaqiyati asosan ota-onaga bog'liq. Kattalar eng avvalo uch narsa haqida bosh qotirishlari kerak: mazmun, hamkorlik va tanlov erkinligi. Bolaning ichki holatini to'g'rilash oson emas, shunga qaramay, bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlar o'z mevasini berishi mumkin. O'qishda bolaning samimiy qiziqishlari (ichki motivatsiyasi)ni maktabdagi darslar bilan birlashtirishga harakat qilish kerak. Bu jarayon individual va ota-onalar tomonidan katta e'tibor talab qiladi[6].
REFERENCES
1. Maktabgacha ta'limning davlat standard. O'zPFITI. - Toshkent, 1995
2. https://www.hpbb.uz/oz/menu/kitobhonlik-madaniyati
3. Yo'ldoshev J. G'. Interfaol ta'lim sifat kafolati. Toshkent: O'MOI, 2007.
4. https ://newmagazineroom.ru/uz/buhgalterskijj -uchet/razvitie-interesa-k-chteniyu-knig-u-doshkolnikov-formirovanie/
5. http ://marifat.uz/marifat/ v_pomosh_uchitelu-marifat/3375. htm
6. https://avitsenna.uz/bolani-oqishga-qiziqtirish/#gsc.tab=0
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 325 www.ares.uz