• s
AL ASIAN JQUKNAI. OF" iUISCIPEIfflKYRESEARCH 1ANAGEMENT STUDIES
mujMCi.pssit Mlv.^l UIHU'V.
ARTICLE INFO
INNOVATSION PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA ULARNING TA'LIMDAGI O'RNI.
Abduqaxxorova Muborakxon Muxammadxalil qizi Farg'ona davlat universiteti 24-amaliy matematika yo'nalishi 1-bosqich magistranti [email protected] Nizomitdinova Nozimaxon Rustambek qizi Farg'ona davlat universiteti 24-amaliy matematika yo'nalishi 1-bosqich magistranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14785768
ABSTRACT
Received: 27th Janyary 2025 Accepted:29th January 2025 Published:31st January 2025 KEYWORDS Innovatsion pedagogika, ta'lim texnologiyalari, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, interaktiv metodlar, muammoli o'qitish, modulli ta'lim, pedagogik innovatsiyalar.
Mazkur maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlarning ta'lim jarayonidagi ahamiyati, ularning
samaradorligini oshirishdagi o'rni hamda zamonaviy ta'limga moslashuvchanligi tahlil qilingan. Muallif pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilish jarayonining bosqichlarini ko'rsatib, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari, muammoli o'qitish va kompyuterlashtirilgan texnologiyalarning afzalliklarini ta'riflaydi. Modulli ta'lim va interaktiv metodlarning pedagogik jarayonga ijobiy ta'siri, o'quvchilar va talabalar shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roliyoritilgan.
Kirish. Bugungi globallashuv davrida ta'lim tizimini rivojlantirish va uning sifatini oshirish asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib qolmoqda. Jamiyat ehtiyojlari va texnologik taraqqiyotning jadal sur'atlarda rivojlanishi ta'lim tizimidan yangicha yondashuvlar, yangi texnologiyalarni joriy etishni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, innovatsion pedagogik yondashuvlar zamonaviy ta'lim tizimini takomillashtirishning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Innovatsiyalar, A.I. Prigojin ta'kidlaganidek, faqat yangi texnologiyalar emas, balki ularni amaliyotga joriy qilish jarayonidir. Ushbu jarayonning muvaffaqiyati nafaqat innovatsiyalarni joriy qilish bosqichlarining to'g'ri tashkil etilishiga, balki ta'lim tizimining barcha ishtirokchilarining hamkorligiga ham bog'liqdir. Zamonaviy pedagogikada shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, interaktiv o'qitish, muammoli ta'lim kabi innovatsion metodlar keng qo'llanilmoqda.
Mazkur maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlarning ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati, ularning nazariy asoslari, amaliy qo'llanilishining afzalliklari va yutuqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida yangi texnologiyalarni joriy qilishning asosiy tamoyillari va pedagogik samaradorlikka erishish yo'llari haqida fikr yuritiladi. Bu mavzuning dolzarbligi nafaqat yangi avlod kadrlarini tayyorlashda, balki ta'lim tizimining raqobatbardoshligini ta'minlashda ham namoyon bo'ladi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Adabiyotlar tahlilida pedagogik innovatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha bir nechta muhim tadqiqotlar va nazariy qarashlar tahlil qilingan.
1. Prigojin, A.I. - "Innovatsiya va ijtimoiy jarayonlar nazariyasi"
A.I. Prigojin innovatsion jarayonlarni ijtimoiy tizimlar kontekstida o'rganadi va ularni jamiyatning dinamik rivojlanishining ajralmas qismi sifatida ko'rsatadi. Uning ta'kidlashicha, innovatsiyalar yangi g'oyalarni ishlab chiqish va ularni joriy qilishni o'z ichiga oladi, bu esa jamiyatning turli sohalariga, shu jumladan ta'limga ham ta'sir qiladi.
2. Sazonov, B.V. - "Ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalar"
B.V. Sazonovning kitobi ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llashga bag'ishlangan. Muallif yangi pedagogik yondashuvlarni aniqlaydi va ular yordamida o'quvchilar va talabalar bilimlarini samarali oshirish mumkinligini ta'kidlaydi.
3. Slastenin, V.A. - "Pedagogik innovatsiyalar nazariyasi"
V.A. Slastenin pedagogik innovatsiyalarni nazariy jihatdan o'rganib, ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyatini yoritadi. U innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilish jarayonlarini chuqur tahlil qiladi. Asosiy e'tibor yangi pedagogik metodlar, texnologiyalar va yondashuvlarning samaradorligiga qaratilgan.
Innovatsiya - ta'lim jarayoniga yangi g'oyalar, texnologiyalar va yondashuvlarni joriy etish orqali uning samaradorligini oshirishdir. A.I. Prigojin innovatsiyani ijtimoiy tizimlarni rivojlantiruvchi dinamik jarayon sifatida ko'rib, uni o'qitish usullari va texnologiyalarni takomillashtirishga qaratilgan asosiy vosita sifatida ta'riflaydi. Ta'limda innovatsiya faqat yangi texnologiyani kiritish emas, balki ushbu yangiliklarning maqsadga muvofiq joriy etilishi va o'quvchilarga moslashtirilgan holda qo'llanilishini ham anglatadi.
O'qitish jarayonida o'quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qullanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas'uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o'qishga, fanga pedagoga va o'zi tanlangan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o'quv jarayonida innovasion va axborot texnologiyalarni qo'llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba'zilari haqida to'xtalib o'tamiz va ularni o'tkazish tartibi haqida qo'llanma beramiz. Ushbu metodik qo'llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'kuvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tankidiy, mustakil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagogik innovatsiyalar o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
• Yangi o'qitish metodlari (muammoli o'qitish, interaktiv texnologiyalar).
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (kompyuterlashtirilgan ta'lim).
• Modulli o'qitish tizimlari (o'quv materiallarini qismlarga bo'lib o'zlashtirish).
Interaktiv o'qitish - talaba o'zida oldin mujassamlashgan tajribadan foydalangan holda, o'quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg'ulot davomida shaxsiy rol o'ynab, yangi tajribalar ortdiradi, olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o'ziga kerakli muhim materiallarni oladi hamda o'zining kundalik faoliyati bilan bog'laydi. Interaktiv so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, "inter" - o'zaro (vzaimniy), "act" — faoliyat qilmoq (deystvovat)ma'nosini bildiradi. Shuning uchun "Interaktiv" so'zini "Interfaol" deb tarjima qilish birmuncha xato hisoblanadi. Interaktivlik, bu o'zaro munosabatda bo'lmoq, dialog rejimida o'qimoq ma'nosini bildiradi. Shu sababli interaktiv o'qitish-diaologli o'qitish demakdir. Dialog an'anaviy o'qitish uslublarida ham mavjud, jumladan "o'qituvchi-o'quvchi", "o'qituvchi-o'quvchilar guruhi"
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à
ko'rinishida. Interaktiv o'qitishda esa dialog "o'quvchi-o'quvchi", o'quvchi-o'quvchilar guruhi", "o'quvchi-auditoriya", "o'quvchilar guruhi-auditoriya" (guruhlar prezentatsiyasi), "o'quvchi-kompyuter" kabi ko'rinishlarda ham bo'ladi. O'quvchi ma'ruzada faqat "nofaol" tinglovchi sifatida emas, balki "faol" ishtirokchi sifatida qatnashadi. Interaktiv o'qitish texnologiyasi an'anaviy ma'ruza o'qish uslubini (ma'ruzani faqat matn asosida o'qib berish) ko'zda tutmaydi va shu bilan bir qatorda ma'ruza darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi qo'ymaydi. Interaktiv o'qitishda ma'ruza va amaliyot bir butun mashg'ulotning qismlari deb qaraladi va bu o'qituvchi hamda talabaning o'zaro ta'siri hamda talabalarning mashg'ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi. Ma'lumki, an'anaviy ma'ruza darslarida o'qituvchi faolligi ta'minlansa, amaliy mashg'ulotlarda talaba faolligi talab etiladi. Interaktiv uslubda o'qituvchidan mashg'ulot davomida talaba va o'qituvchi o'rtasidagi o'zaro ta'sir darajasining bir ko'rinishidan ikkinchisiga mavzuga bog'liq holda ustamonlik bilan ravon o'tishi talab etiladi. O'qitishning interaktiv uslublari deyilganda birinchi navbatda talabaning o'quv jarayonini faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik uslublar majmui va texnik vositalar tizimi tushuniladi. Interaktiv uslubdagi mashg'ulotda talaba berilayotgan ma'lumotlarni tinglashi, o'qishi, ko'rishi, yozib borishi, mavzu bo'yicha savollar berishi, o'z fikrini erkin bayon etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o'zining hayotiy tajribasi bilan bog'lab, mavzu bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalar hosil qilishi lozim. O'qitishning interaktiv uslublariga muhokama-munozara, jamoaviy muhokama yoki muammolar ro'yxatini tuzish, vaziyatni o'rganish, tahlil qilish, bahs yoki munozaralar olib borish, tanqidiy fikrlash, rolli o'yinlar, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, klaster (tutam, bog'lam), baliq skeleti, bezaksimn (ajurli) arra, FSMU, bumerang, skarabey, kaskad, Veyer, pirbord, "T-sxema-texnikasi", delfi, blits-so'rov, "Nima uchun?" texnologiyalari, ma'ruza-anjuman tenxnikasi, BBXB (bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim), konseptual jadval, insert jadvali kabilarni kiritish mumkin.
V.A. Slastenin va R.N. Yusufbekovalar innovatsion ta'limni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni taklif qilgan:
1. Shaxsga yo'naltirilganlik: Talaba va o'quvchining qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish.
2. Ijtimoiy moslashuvchanlik: Innovatsiyalarni joriy qilishda ijtimoiy muhitni va talablarni hisobga olish.
3. Tizimlilik va uzluksizlik: Innovatsion jarayonlarni ta'limning barcha bosqichlariga moslashtirish.
4. Hamkorlik va ijodiylik: Talaba va o'qituvchilarning ijodkorligini rivojlantiruvchi o'quv jarayonlarini tashkil etish.
Interaktiv texnologiyalar: Ushbu texnologiya o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi faol muloqotni ta'minlaydi. Interaktiv darslarda talabalar nafaqat tinglovchi, balki faol ishtirokchi sifatida qatnashadi. O'quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masalan: aqliy hujum, klasterlar, "Veyer" texnologiyalari.
Muammoli o'qitish: Dj. Dyunning nazariyasiga asoslangan bu yondashuvda pedagog tomonidan muammoli vaziyatlar yaratiladi va talabalar bu muammolarni mustaqil hal qilishga undaladi. Bu yondashuv talabalarda analitik fikrlashni shakllantiradi.
Modulli o'qitish: Ta'lim materialini mantiqiy qismlarga ajratish orqali talabalar tomonidan mustaqil ravishda o'zlashtiriladi. Bu usul talabaning bilim olish tezligi va qobiliyatiga moslashadi.
Kompyuterlashtirilgan ta'lim: Kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish talabalarga individual yondashuvni ta'minlaydi, ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi va ta'limni yanada samarali qiladi.
Keys-stadi texnologiyasi: Muayyan vaziyatlarni tahlil qilish orqali talabalarni real hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi. Bu usul, ayniqsa, menejment va iqtisodiyot sohalarida keng qo'llaniladi.
Innovatsion yondashuvlar ta'lim tizimining barcha darajalarida samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Bu yondashuvlar quyidagilarga imkon yaratadi:
• Talabalarning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
• Ta'lim sifatini yaxshilash orqali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash.
• O'qitish jarayonini shaxsiylashtirish va talabalarning qiziqishlariga moslashtirish.
• O'quvchilarda mas'uliyat va tashabbuskorlikni oshirish.
O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar doirasida innovatsion yondashuvlar faol tatbiq etilmoqda. Jumladan:
• Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim modeli.
• Axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish.
• STEAM yo'nalishidagi (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) metodlar joriy etilmoqda.
Bularning barchasi ta'lim tizimining sifatini oshirish va xalqaro tajribaga moslashishga xizmat qilmoqda.
Innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda muammolar ham uchraydi, masalan, texnik va moddiy resurslarning yetishmasligi, o'qituvchilarning malakasini oshirish zarurati, ta'lim standartlarini yangilashga bo'lgan ehtiyoj. Shunga qaramay, istiqbolli yondashuvlar bu muammolarni hal qilish imkonini beradi va ta'lim tizimini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa. Innovatsion pedagogik texnologiyalar zamonaviy ta'lim jarayonini sifat jihatidan yuksaltirish imkoniyatini beradi. Ular o'quvchilar va talabalarni ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga va yuqori malakaga ega bo'lishga yo'naltiradi. Kelgusida bu yondashuvlar ta'lim sifatini yaxshilash va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim rol o'ynashi kutilmoqda. A.I. Prigojin va B.V. Sazonovlarning innovatsiya tushunchasi bo'yicha nazariy yondashuvlari pedagogik jarayonlarni yangi shakllar bilan boyitish bo'yicha asosiy tamoyillarni aniqlashga xizmat qiladi. V.A. Slastenin va R.N. Yusufbekovaning ishlarida pedagogik jarayonlarning yangilik kiritish bosqichlari chuqur yoritilgan. Shuningdek, M.M. Potashnik tomonidan innovatsion jarayonlarning tuzilmalari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy ta'lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim nazariy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Prigojin, A.I. Innovatsiya va ijtimoiy jarayonlar nazariyasi. Moskva: Nauka, 1989.
2. Sazonov, B.V. Ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalar. Moskva: Prosveshchenie, 1995.
3. Slastenin, V.A. Pedagogik innovatsiyalar nazariyasi. Moskva: Vysshaya shkola, 2001.
4. Yusufbekova, R.N. Pedagogik jarayonlardagi innovatsion yondashuvlar. Toshkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2003.
5. Potashnik, M.M. Pedagogik innovatsiyalarni boshqarish tizimlari. Moskva: Pedagogika, 1998.