Scientific Journal Impact Factor
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA YAPONIYA TA'LIM TIZIMINING EVOLYUTSIYASI VA UNING RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Choriyev O'.H.
TDSHU, o'qituvchi Artikova Rayhona Amanbayevna, assistent
Toshkent davlat transport universiteti
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda har bir jamiyatning kelajagi, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mamlakatdagi ta'lim tizimining qay darajada taraqqiy etgani bilan baholanadi. Ta 'lim tizimining samaradorligini oshirish ko 'plab omillar va xususiyatlarga bog 'liq sanaladi. Ushbu maqolada Yaponiya ta'lim tizimining tadrijiy rivojlanish jihatlari ochib berilgan bo 'lib, unda mamlakatda ta 'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, hukumat tomonidan olib borilgan siyosat va uni doimiy tarzda modernizatsiya qilib borish kabi jihatlar yoritib o'tilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, xalqaro standartlar, boshlang'ich ta'lim, munistipalitet, universitet, ta'lim ko'nikmalari, kollej, gumanitar fanlar, texnika fanlari, savodxonlik darajasi, ta 'lim xarajatlari, intellektual salohiyat, "shukatsu ".
Today, the future of any society, its socio-economic development is assessed by the level of development of the education system in the country. Improving the efficiency of the education system depends on many factors and features. This article explains aspects of the evolution development of the Japanese education system, including reforms in the country's education system, government policies, and ongoing modernization.
Keywords: education system, international standards, primary education, municipality, university, educational skills, college, humanities, technical sciences, literacy, education costs, intellectual potential, "Shukatsu".
Сегодня будущее любого общества, его социально-экономическое развитие оценивается уровнем развития системы образования в стране. Повышение эффективности системы образования зависит от многих факторов и особенностей. В этой статье объясняются аспекты эволюционного развития японской системы образования, включая реформы в
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
системе образования страны, политику правительства и текущую модернизацию.
Ключевые слова: система образования, международные стандарты, начальное образование, муниципалитет, университет, образовательные навыки, колледж, гуманитарные науки, технические науки, грамотность, затраты на образование, интеллектуальный потенциал, «Шукацу».
Hozirgi davrga kelib, iqtisodiy taraqqiyot jihatidan Yaponiya yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Tadqiqotchi va olimlar qarashlariga ko'ra, Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy sabablaridan biri sifatida mamlakatda ta'lim tizimiga berilgan e'tiborni alohida ta'kidlab o'tadilar. Kunchiqar mamlakatda ta'lim tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va oila institutining qanchalik ma'suliyat bilan yondashayotganliklarini hisobga olsak, tadqiqotchilarining yuqoridagi xulosalari asosli ekanligiga guvohi bo'lamiz.
Yaponiya ta'lim tizimining evolyutsiyasi uzoq davrni o'z ichiga oladi. Yaponiyada zamonaviy ta'lim tizimi asoslarining shakllanishi 1867-1868-yillarda mamlakat imperatori Meiji tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. O'z vaqtining ilg'or fikrlovchi shaxsi sifatida ko'riladigan Meiji o'z oldiga qo'ygan ikki maqsadi bo'lib, birinchisi mamlakat qudratini oshirish va harbiylashtirish hamda uni boyliklarini ko'paytirish, ikkinchisi rivojlangan G'arb mamlakatlarining zamonaviy texnologiyalarini o'zlashtirish asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meiji bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili sifatida ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Imperatorning ushbu intilishlari Yaponiyada 1872-yilda "Ta'lim to'g'risidagi qonun"ning qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi ta'lim tizimi o'rnida mamlakat rivojlanishini ta'minlashga samarali xizmat qiluvchi yangi yo'nalishdagi 53750 boshlang'ich, 256 o'rta maktab, 8 universitet tashkil etildi. Bu o'quv yurtlaridagi ta'lim shakllari rivojlangan G'arb ta'lim tizimi bilan uyg'unlashtirildi, 1890-yilga kelib ilgarigi 3 yillik boshlang'ich maktablar 4 yillikka o'zgartirildi hamda u bepul deb belgilandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1908-yildan boshlab Yaponiyada boshlang'ich ta'lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O'quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo'ldi. 1893-yildan
KIRISH
e'tiboran Yaponiyada kasb-hunarga yo'naltirilgan dastlabki kollejlar paydo bo'la boshladi.
Birinchi universitet 1886-yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu universitetga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda ayollar uchun ham universitetlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-qizlar uchun faqat xo'jalik yuritish, oila iqtisodiyotidan ta'lim berilardi.
1897-yilda Kiotoda ikkinchi universitet ochildi. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag'lubiyatga uchragandan keyin mamlakat ta'lim tizimiga AQSh ta'lim tizimi unsurlari kirib kela boshladi1.
1946-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada Yaponiya fuqarolarining ta'lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda "Layoqatiga ko'ra barcha fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta'lim olishlari shart" ekanligi belgilab qo'yilgan.
1947-yilda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risidagi qonun" Yaponiya Konstitustiyasi ruhiga uyg'un bo'lib, mamlakatda ta'limning maqsad va vazifalarin i to'la ifoda etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: "Biz shaxsiy g'ururi bor, o'zining qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni tarbiyalaymiz, toki ular ko'p qirrali madaniyat sohibi bo'lsinlar".
Shunday qilib, Yaponiyaning Ta'lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi paytda qat'iy markazlashdi, ilg'or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta'lim tizimi qaror topdi.
Hozirgi zamonaviy yapon ta'lim tizimining tarkibini quyidagicha ko'rsatib o'tish mumkin:
- bolalar bog'chalari;
- boshlang'ich maktab;
- kichik o'rta maktab;
- yuqori o'rta maktab;
- oliy ta'lim tizimlariga kiruvchi o'quv yurtlari.
Boshqa joylardagidan farqli o'laroq, Yaponiya maktablarida o'qish 1-apreldan boshlanib, kelgusi yilning 31-martida nihoyasiga etadi. Boshlang'ich va kichik o'rta maktablarda o'quv yili uch semestrga bo'linadi: aprel-iyul, sentyabr dekabr, yanvar-mart. Katta o'rta maktablarda esa o'quv yili 2 yoki 3 semestrga bo'linadi. Ta'tillar yozda, qishda (yangi yildan oldin va keyin) va bahorda bo'ladi. Yozgi ta'tillarning boshlanishi va tugashi munistipalitetlardagi vaziyat, ya'ni yuzaga kelgan holatlarga va o'quv yurtlari xususiyatlariga qarab belgilanadi. Ko'pchilik boshlang'ich va kichik
1 https://www.nier.go.jp/English/educationjapan/pdf/201103EJPP.pdf. Education in Japan: Past and Present.
1097
o'rta maktablarda ta'tillar iyun oyi oxirida boshlanib, avgust oylarida tugaydi. Qishloq hududlarida esa qishloq xo'jalik ishlarini bajarishdagi dolzarb holatlardan kelib chiqib, bahor va kuzgi ta'tillar yozgi ta'tillar hisobidan uzaytiriladi2.
O'quv yili Yaponiyada 240 kun, ya'ni AQShdan 60 kun ko'pdir. Darslar 7 soatni tashkil qiladi. Ko'pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda boshlanib, uchdan keyin tugaydi. O'quvchilar haftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari klub ishlarida, 7 soat ixtisos bo'yicha mashg'ulotlarda yoki repititorlar ixtiyorida bo'ladilar. Yuqori bosqich o'rta maktablarida butun o'quv jarayonida o'quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O'quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o'z xohishlariga ko'ra ingliz tili, texnik ta'lim va maxsus fanlardan sinovlarga jalb etiladilar.
Yaponiyada ta'lim tizimini tashkil etish ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika modeli asosida tashkil qilingan. Zamonaviy yapon ta'lim tizimi 9 yillik majburiy ta'lim hisoblanadi: 6 yillik boshlang'ich maktab va 3 yillik o'rta ta'limdan iborat.
Majburiy ta'lim yapon farzandlarini 100 foiz qamrab oladi. Majburiy ta'limdan keyingi o'rta ta'limni olish taxminan 95 foiz yapon farzandlarini qamrab oladi.
2011-2020 yillar oralig'ida Yaponiya ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan
maktablar soni3
Yil Jami soni Milliy maktablar Davlat maktablari Xususiy maktablar
2011 21,721 74 21,431 216
2012 21,460 74 21,166 220
2013 21,131 74 20,836 221
2014 20,852 72 20,558 222
2015 20.601 72 20,302 227
2016 20,313 72 20,011 230
2017 20,095 70 19,794 231
2018 19,892 70 19,591 231
2019 19,738 69 19,432 237
2020 19,525 68 19,217 240
2 The Japanese Education System by Yasuhiro Nemoto. P. 18 - 20.
3 https://www.statista.com/statistics/647290/japan-elementary-school-number-by-type/
1098
Yaponiyada 1950-1960-yillari maktablar soni ko'rsatkichi ancha past bo'lgan va 1990-yilga qadar o'sish ko'rsatkichlarini ko'rsatib kelgan. 2011-yildan 2020-yilgacha oraliqda maktablar sonini yuqoridagi jadvalda ko'rishimiz mumkin4. Shuni ham aytib o'tish kerakki, ushbu yillar davomida maktablarning soni yildan yilga kamayib borgan. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida Yaponiyada bolalar tug'ilishining kamayishi va yuqori ta'lim bosqichida talabalarning xalqaro miqyosidagi oliy o'quv yurtlariga qiziqish ortib borayotganini keltirishimiz mumkin. AQShdan farqli o'laroq, Yaponiya ta'lim tizimi kuchli milliy tizimiga ega. Har 10 yilda Ta'lim, sport va madaniyat vazirligi tomonidan boshlang'ich ta'lim va o'rta ta'lim uchun yangi standartdagi mavzu va ko'rsatmalar ishlab chiqiladi. O'quv dasturlarini ishlab chiqishda turli qo'mita a'zolari, professor-o'qituvchilar, yosh mutaxassislar va mahalliy kengash a'zolari ishtirok etishadi.
Yapon maktablari elektron hisoblash mashinalari va boshqa o'quv texnika vositalari bilan to'la ta'minlanganligiga qaramay, mutaxassislarning fikricha, asosiy e'tibor o'qituvchi faoliyati va darslikka qaratilmog'i kerak. Ularning fikricha, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi jonli muloqot o'rnini har qancha takomillashgan kompyuter yoki mashina ham bosa olmaydi. Deyarli barcha darsliklar xususiy bosmaxonalarda chop etiladi. Ularni chop etishga mablag'ni vazirlik ajratadi. Yuqorida qayd etilganidek, darsliklar boshlang'ich va quyi o'rta maktablarda bepul, yuqori o'rta maktablarda esa pullidir. Darsliklar narxi shundayki, ularni xarid qilishga hammaning imkoniyati bor. Foydalanilgan darsliklar pullik bo'lsa ham, tekin bo'lsa ham o'quvchining o'zida qoldiriladi.
Yaponiyada o'qituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga juda katta talablar qo'yiladi. Bu talablar shundayki, mazkur kasbga iqtidorsiz va yo'nalishi to'g'ri kelmaydigan tasodifiy kishilarning kirib qolishi amalda mumkin emas. O'qituvchilar 4 yillik universitetlarda va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. Bu o'quv yurtlarining bitiruvchilariga birinchi va ikkinchi darajali guvohnomalar beriladi. Maktab direktori bo'lish uchun 1-darajali guvohnomaga ega bo'lish shart. Yapon o'qituvchilarining jamiyatda tutgan obro'-e'tibori katta. Binobarin, ularning maoshlari ham yuqori, 74 foiz o'qituvchi jamoa va kasaba uyushmalariga a'zo hisoblanadi. Bu ularga ta'lim mazmunini va uslubini muhokama qila olish imkoniyatini beradi. O'qituvchilarning ilk maoshi universitetni tugallagan mutaxassislar maoshi bilan teng.
Ular o'z kasb mahoratlarini takomillashtirish ustida, tinimsiz izlanishlar olib boradilar, ishga tushishdan oldin 7-10 kun kunduzgi tayyorlov kurslaridan o'tadilar. Yapon o'qituvchilari har 5 yilda malaka oshirish kurslarida o'qiydilar. Malaka
4 o'sha manba
oshirish o'qituvchilarning o'zlari uchun katta ehtiyojdir. Chunki Yaponiya maktablari dasturi 10 yilda davr taqozosiga ko'ra o'zgaradi. Dasturlardagi yillik o'zgarishlar anjumanlar o'tkazish yo'li bilan o'qituvchilarga etkazib boriladi. O'qituvchilar o'zlariga ishonib topshirilgan 35-40 o'quvchining bilimi va tarbiyasi uchun javobgardirlar. Shu bois ular darsdan bo'sh vaqtlarini o'quvchilar, ularning ota-onalari bilan suhbatlarga, xonadonlarga tashrif ishlariga bag'ishlaydilar5.
Yaponiyada oilaviy byudjetning katta qismi bolalarning maktablarda puxta bilim olishlarini ta'minlashga, universitetlarga kirib bilim olishlariga sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Imtihon paytlarida esa bolalar uy yumushlaridan ozod etiladilar. Ota-onalar maktab hayotining barcha sohalarida faol ishtirok etadilar, o'z farzandlariga barcha sohada o'rnak bo'lishga harakat qiladilar.
Bolalar tarbiyasida onalarning roli va ma'suliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, mehribon, odil va mehnatsevar bo'lib o'sishlari uchun oila sulolasi va mamlakat oldida o'zlarini mas'ul deb hisoblaydilar. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko'plab metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televidenie orqali ko'plab pedagogik maslahatlar berib boriladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ota-onalar oyiga o'rtacha 2-3 kitob sotib olishadi. Shu yoshdagi bolalar uchun oyiga 40 ta jurnal nashr etiladi, ota-onalarning ko'pchiligi bu jurnallariga obuna bo'lishadi. Bola maktabga borgunga qadar o'qishni, yozishni, oddiy hisoblash ko'nikmalarini egallashi zarur6.
Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo'lib parta ustida kitob javoni, yoritqich, soat, qalam qog'oz mikrokalkulyator va boshqa zaruriy ashyolar, shuningdek, kerak bo'lib qolgan taqdirda ota-onasini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o'rnatilgan.
Turli ta'limiy ko'nikmalarni bolalar ongiga singdirish yapon maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2-sinf o'quvchisi ko'pchilik oldida nutq so'zlash qobiliyatiga ega bo'lishi, 6-sinf o'quvchisi kamida 2 ta cholg'u asbobida kuy chala bilishi, boshlang'ich sinf o'quvchisi suvda bemalol suza olishi kerak. Mana shulardan yapon muallimi o'z kasbiga qo'shimcha ravishda yana nimalarni o'rganishi lozimligini bilish qiyin emas. O'qituvchi qo'shiq aytishi, cholg'u asboblarida kuy chala olishi, notiqlik san'atini bilishi, yaxshi sportchi bo'lishi kerak.
5AkatsukaTomoko (2014). Learning Harnessed in Information and Human Service Society//Journal of the Japan Association of Home Economics Education.
6Arai Noriko. Home Economics as Citizenship Education in Japan: The Creative Challenge of Curriculum and Practice/Journal of the Japan Association of Home Economics Education.
1100
Scientific Journal Impact Factor
Yaponiyaliklar to'g'ri va halol turmush tarzini qadrlaydilar. 1-sinfdan 9-sinfga qadar axloq tarbiyasi maktab faoliyatining zaruriy shartidir. O'qituvchi o'z o'quvchilari bilan doimo birga bo'ladi.
Yapon bolalari tashkilotchilik ishlariga ham maxsus o'rgatiladilar. Bolalarning o'zlari ekskursiyalar uyushtiradilar, majlislar tashkil qiladilar va o'tkazadilar. Bolalar xulq-atvoridagi barqarorlik Yaponiyada bebaho boylik hisoblanadi. Bolalarning o'zlari yangi bilimlarni o'zlashtirishni, o'z-o'zini tarbiyalashni muhokama qiladilar.
Ahloq normalari aniq ishlab chiqilib, uni ro'yobga chiqarish uchun darslarning ma'lum bir qismi ajratiladi. Axloqiy jihatdan aybdor bola uchun eng oliy jazo o'qituvchining o'quvchidan ixlosi qaytishi bo'lib, bu ixlosni qaytadan barpo qilish uchun o'quvchi va uning ota-onasi ko'p mehnat qilmog'i kerak7.
Yapon o'qituvchisi o'quvchining eng yaqin maslakdoshi, maslahatgo'yi, murabbiysidir. O'qituvchi o'z o'quvchisi bilan hatto ta'til paytlarida ham aloqasini uzmaydi. Ta'lim tizimini sinchiklab o'rgangan kishi AQSH, Fransiya, Germaniya ta'lim tizimlaridagi barcha ijobiy va ibratli jihatlarni yaponlar o'zlashtirganliklariga guvoh bo'ladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, Yaponiya o'rta maktablarining saviyasi AQSH o'rta maktablari saviyasidan birmuncha yuqori turadi.
O'rta maxsus va hunar-texnika ta'limi tizimiga kiruvchi bilim maskanlari Yaponiyada garchi oliy ta'lim tizimiga kiritiladi. Ular asosan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlik kollejlariga bo'linadi.
Kichik kollejlar ham maqomiga ko'ra o'ziga xos universitetdir. Ularda kasbga yo'naltirish jarayoni juda chuqur va puxta. O'qish muddati 2-3 yil, lekin ularning maqomi bakalavr darajasida emas.
Texnik kollejlarda 5 yil o'qitiladi, unga kichik o'rta maktabni bitirganlar qabul qilinadilar. Bunday kollejlar yoshlarga o'rta texnik ta'limni beradilar. Bu bilim maskanida katta maktab dasturi asosida mexanika, elektronika, kimyo, texnologiya, qurilish, metallurgiya kabi maxsus texnik fanlar o'qitiladi. Kollejni bitirgan o'quvchilar universitetning ikkinchi yoki uchinchi kursiga kirib o'qishlari mumkin.
Maxsus tayyorgarlik kollejlari 1976-yilda tashkil etilgan yalpi tipdagi o'quv yurtidir8 . U faqat yuqori malakali mutaxassis tayyorlabgina qolmay, balki talabalarning madaniy saviyasini oshirish ta'minlaydi. O'qish muddati 1 yil, kurs 800 soatdan iborat. Bu kollej bitiruvchilari universitetning tegishli kurslariga qabul qilinmaydilar.
7 Suzuki Yoko (2014). Food & Nutrition Education in Home Economics Education// Journal of the Japan Association of Home Economics Education.
8 o'sha manba
Universitetlarga yuqori va o'rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o'quvchilar qabul qilinadi. Mamlakatda 781 ta universitet bo'lib, 92 tasi davlat tasarrufida, 86 tasi munitsipial, 603 tasi xususiy hisoblanadi. Birinchi toifadagi universitetlarda har bir o'qituvchiga 3 nafar, ikkinchi toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to'g'ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo'linadi: 1-bosqichi turar joyda o'tkaziladi, buning uchun eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo'yicha test sinovlaridan o'tiladi.
Yaponiyada oliy ta'lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta'limi bilan uzviy bog'liqdir. Oliy ta'lim tizimi quyidagi turlarni o'z ichiga oladi9:
1. To'liq sikldagi universitetlar (4 yil);
2. Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil);
3. Kasb ta'lim kollejlari;
4. Texnika institutlari.
Yaponiyada oliy ta'lim muassasalariga universitetlar, kichik kollejlar, texnalogik kollejlar va maxsus tayyorlovchi maktablar kiradi.
Universitetlar ta'lim markazi sifatida ixtisoslashtirilgan ilmiy fanlar, ilmiy tadqiqot o'tkazish va talabalarga chuqur va keng bilim berish asosiy maqsad hisoblanadi. Universitetlar qabul qilish uchun yuqori o'rta maktab yoki uning ekvivalenti tamomlanishini talab qiladi.
Universitet odatda (tibbiy, stomatologik va veterinariya kurslar uchun olti yillik) to'rt yillik doimiy kurslari, o'quv faoliyati uchun bir yoki bir necha bakalavr fakultetlar yoki boshqa asosiy birliklari mavjud.
Universitet bitiruvchisi talabalarga ilmiy nazariyalar va ularning qo'llanilishi bo'yicha chuqur o'rganish va tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini berish maqsadida aspiranturada ta'limni davom ettirish mumkin. Universitetlarni bitirgan talabalarga diplom yoki shuning ekvivalenti bo'lgan litsenziya beriladi.
Yaponiya oliy o'quv yurtlari boshqa davlatlardan farq qiladigan bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega Yapon talabalari 4 yil davomida universitetlarda akademik tajriba olishdan ko'ra, ijtimoiy va madaniy jarayonlarda faolroq ishtirok etishga harakat qilishadi. Tonggi soat 8:00-9:00 dan kechki 20:00-21:00 gacha o'tkaziladigan vaqtning 65-70 foizi aynan shunday mashg'ulotlarga sarflanadi. Ya'ni, talabalar universitet yillaridan boshlab turli insonlar bilan muloqotda bo'lish, o'zini omma orasida namoyish eta olish, o'z ustunligi va kamchiilklarini puxta tushunish, ya'ni jamiyat bilan kengroq aloqada bo'lish tajribasini oshirib borishadi.
9 https://wenr.wes.org/2021/02/education-in-japan
Yapon talabalari 3-bosqichning yarmidan boshlab o'zlari uchun ish o'rinlarini qidirish, "shukatsu" bilan band bo'lishadi. Avvaligi ish yo'nalishini tanlash, tarmoqdagi kompaniya tashkilotlarni ko'zdan kechirish, keyinchalik ular tashkil etgan taqdimotlar, ish yarmarkalari, biznes forumlariga qatnashishni tajribadan o'tkazishadi. So'ngra, tanlangan ma'lum bir kompaniyaning test imtihonlari, suhbatlari orqali kompaniyaga qabul qilinadilar. Bir yil davomida shu qiyinchiliklarning barchasiga dosh bera olgan talaba universitetni yakunlash paytigacha o'ziga ish joyini naqd qilib qo'yadi.
"Shukatsu"ining o'quv jarayoniga ta'siri bevosita kuchli va ayni paytda salbiy. Buning sababi, talabalar "shukatsu" davrida universitet darslariga minimal ravishda qatnashadilar. Bu narsa yapon talabasi chamasi bir yil oliygoh bilan "yuz ko'rmas" bo'lib ketishidan dalolat beradi. Mamlakat sanoatlashgan bo'lgani sababli talabalar uchun ish topish ham oson kechmaydi. Yaponiyaning yetakchi nashrlaridan biri "Yomiuri Shinbun" 2007-yil yoshlar o'rtasida so'rovnoma o'tkazganda, ularning 82 foizi ish topish masalasida o'z kelajaklaridan tashvishda ekanligini aytib o'tishgandi. 2010-yil 16-noyabrda Yaponiya vazirliklari bergan ma'lumotlarga ko'ra bitiruvchilarning 57,6 foizi ish bilan ta'minlangan bo'lib, bu 1996-yildan buyon kuzatilgan eng past ko'rsatkichdir. Mazkur ko'rsatkich 2003-yilda 60,2 foizni tashkil etgandi. Ushbu yillarda mamlakat tarixida bitiruvchilar uchun "ish topishning muzlagan yili" deb nom qoldirgandi, sababi bitiruvchilar ish toppish masalasida juda ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishdi10.
Shunday bo'lsada Yaponiya aholisi savodxonlik darajasi eng yuqori bo'lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Aholining deyarli 100 foizi savodli deb hisoblanadi.
Yaponiya kabi sanoati rivojlangan va intellektual salohiyati yuqori bo'lgan mamlakatlar tajribasining tahlili ko'rsatishicha barcha pog'onalarda yetishtiriladigan kadrlar raqobatbardoshliligi va kadr tayyorlashning sifati:
• ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog'langanligi;
• fan-texnika, texnologiya va iqtisodiyot borasida erishilgan eng so'nggi yutuqlarga asoslanib ishlab chiqilgan kasbiy ta'lim dasturlari hamda ta'lim muassasalari turlarining rang-barangligi;
• professional ta'lim tizimini iqtisodiyotning ustuvor va foyda keltiruvchi tarmog'iga asoslanganligi;
• ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-uslubiy adabiyotlari hamda moddiy-texnikaviy bazasi bilan ta'minlanganligi;
10 Japan's Educational System. A Few Main Points and Recent Changes in the Educational System. 2016.P.17-19.
1103
• professional ta'lim tizimiga yuqori malakali o'qituvchilar va mutaxassislarni jalb etilganligi;
• ta'lim jarayonining axborot va kommunikatsion vositalar bilan ta'minlanganligi;
• kadrlar tayyorlash sifatini xolisona baholash va nazorat qilish tizimining qo'llanilganligi;
• intellektni o'lchash va baholash, qobiliyat va shaxsiy sifatlarini o'lchash va baholash ularning o'sish muammolari bo'yicha, shuningdek kasbga yo'naltirilgan muammolari bo'yicha psixologik-pedagogik izlanishlar, tadqiqotlarining bajarilganligi.
Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, Yaponiyada davlatning ta'lim xarajatlari, jami (YalMga nisbatan foizda) 2017 - yilda 3,2 foizni tashkil etdi11.
Yaponiyadagi universitetlar xuddi mamlakatdagi boshqa ta'lim muassasalari singari milliy, davlat va xususiydir. Universitetlarning taxminan 11 foizi markaziy hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan milliy universitetlardir. Bularga Tokio universiteti, Kioto universiteti va Toho universitetlarini keltirib o'tish mumkin, ushbu oliy o'quv yurtlari mamlakatdagi yetakchi universitetlar sirasiga kiradi. Davlat universitetlari asosan korporatsiyalar sifatida ishlaydi va yillik xarajatlarning taxminan 60 foizini qoplaydi. Qolgan universitetlar jismoniy shaxslar, tashkilotlar yoki kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan xususiy muassasalardir.
2020-yil 1-aprel holatiga ko'ra Yaponiyada ish bilan ta'minlangan yangi universitet bitiruvchilar 96,0 foizni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 2,0 foizga pasaygan. COVID-19 inqirozi talabalarning ish faoliyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi, chunki korporativ ish seminarlari bekor qilinganligi sababli bo'sh ish o'rinlarini topish qiyinlashdi12.
XULOSA
So'nggi tadqiqot natijalariga ko'ra gumanitar fanlar bo'yicha bitiruvchilarning 96,0 foizi ish bilan ta'minlangan. Ilmiy va muhandislik fakultetlari uchun bu ko'rsatkich 95,9 foizni tashkil qilgan. Geografik joylashuvga ko'ra Chubu mintaqasida eng yuqori ko'rsatkich qayd etilgan, u yerda bitiruvchilarning ish bilan ta'minlash darajasi 98,3 foizni, eng past ko'rsatkich Chugoku va Shikoku mintaqalarida, 94,5 foizni tashkil qildi. Kichik kollej bitiruvchilari uchun ko'rsatkich 96,3 foizni tashkil etdi. Kasb-hunar ta'limi muassasalarini tugatganlarning ish bilan
11 https://data.worldbank.org/indicator/SE.XPD.TOTL.GD.ZS
12https://www.japantimes.co.jp/news/2021/05/18/business/economy-business/university-graduates-japan-mployment/
1104
Scientific Journal Impact Factor
ta'minlanish darajasi 5,6 foizga pasayib, 91,2 foizni tashkil etdi, chunki turizm va havo yo'llari biznesida ta'lim olgan talabalar ish joylarini topishda qiyinchiliklarga duch kelishdi.
REFERENCES
1. Roberta Pike. Japanese Education: Selective Bibliography of Psychosocial Aspects. Jain Publishing Company. ISBN 9780895818690.2007
2. Yasuhiro Nemato. The Japanese education system. Universal Publishers; 1st edition (August 15, 1999). 236 pages
3. Suzuki Yoko (2014). Food & Nutrition Education in Home Economics Education// Journal of the Japan Association of Home Economics Education
4. Shimizutani, Satoshi (November 2011). "Education Reform in Japan: A Course for Lifelong Learning". Asia-Pacific Review. 18 (2): 105— 114. doi: 10.1080/13439006.2011.630853
5. Furuta, Hiroko. "Developing an inclusive education system in Japan: The Case of Yamaga City, Kumamoto" (PDF). Department of Special Needs Education, Faculty of Education, Kumamoto University. Retrieved 13 December 2018.