Научная статья на тему 'INNOVATSION BANK XIZMATLARINING AHAMIYATI VA ULARNING BANK DAROMADLILIGIGA TA’SIRI'

INNOVATSION BANK XIZMATLARINING AHAMIYATI VA ULARNING BANK DAROMADLILIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
102
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli banking / innovatsion bank xizmatlari / Big Data / Sun’iy Intellekt / Kichik Kvadratlar usuli

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tasheva Nigina Umarovna

Mazkur maqolada tijorat banklarida zamonaviy xizmatlarni joriy etish ko‘lamini yanada kengaytirish imkoniyatlarini baholash va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, rivojlangan davlatlar tijorat banklari tajribasi, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari, respublikamiz tijorat banklarida sof foydaning oshishiga banklar tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlari ta’siri baholangan. Miqdoriy tahlillar Kichik Kvadratlar modeli asosida olib borilgan bo‘lib, vaqtlar qatori asosida regression tahlillar oʻtkazilgan. Miqdoriy metodologiya tahlillariga koʻra, innovatsion bank xizmatlari va mahsulotlari banklarning sof foydasini oshirishda muhim omillardan bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi. Raqamli bank mahsulotlari va xizmatlari amaliyotga koʻproq joriy etiladigan boʻlsa, barcha tijorat banklarining hozirgi zamon talabiga toʻliq va samarali javob bera oladigan ish strukturasini tashkillashtirish, bank xizmatlari iste’molchilariga shaffof, tez va sifatli hamda real vaqt rejimida xizmatlarni taqdim etishga imkoniyat yaratilgan boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarining raqobatbardoshlilik darajasini va daromadlilik koʻrsatkichlarini, mijozlar bazasini oshirib borishga, banklarning nufuzi ortishiga turtki boʻladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION BANK XIZMATLARINING AHAMIYATI VA ULARNING BANK DAROMADLILIGIGA TA’SIRI»

INNOVATSION BANK XIZMATLARINING AHAMIYATI VA ULARNING BANK DAROMADLILIGIGA TA'SIRI

Tasheva Nigina Umarovna

Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12200166

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 21- June 2024 yil

KEYWORDS

Raqamli banking, innovatsion bank xizmatlari, Big Data, Sun'iy Intellekt, Kichik Kvadratlar usuli

Mazkur maqolada tijorat banklarida zamonaviy xizmatlarni joriy etish ko'lamini yanada kengaytirish imkoniyatlarini baholash va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, rivojlangan davlatlar tijorat banklari tajribasi, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari, respublikamiz tijorat banklarida sof foydaning oshishiga banklar tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlari ta'siri baholangan. Miqdoriy tahlillar Kichik Kvadratlar modeli asosida olib borilgan bo'lib, vaqtlar qatori asosida regression tahlillar o'tkazilgan. Miqdoriy metodologiya tahlillariga ko'ra, innovatsion bank xizmatlari va mahsulotlari banklarning sof foydasini oshirishda muhim omillardan bo'lib xizmat qilishi aniqlandi. Raqamli bank mahsulotlari va xizmatlari amaliyotga ko'proq joriy etiladigan bo'lsa, barcha tijorat banklarining hozirgi zamon talabiga to'liq va samarali javob bera oladigan ish strukturasini tashkillashtirish, bank xizmatlari iste'molchilariga shaffof tez va sifatli hamda real vaqt rejimida xizmatlarni taqdim etishga imkoniyat yaratilgan bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, tijorat banklarining raqobatbardoshlilik darajasini va daromadlilik ko'rsatkichlarini, mijozlar bazasini oshirib borishga, banklarning nufuzi ortishiga turtki bo'ladi.

Bank xizmatlari va mahsulotlari iste'molchilarining sifatli, shu bilan birga yuqori texnologik bank xizmatlaridan foydalanishga bo'lgan kundan kunga ortib borayotgan talab va ehtiyojlari, o'z navbatida, ushbu talab va ehtiyojlarni to'laqonli va sifatli qondirishda tijorat banklari oldiga yangi bank xizmatlarini ko'proq joriy etish, mavjudlarini yanada rivojlantirish va innovatsion g'oyalarni bank tizimiga tadbiq etilish maqsadlarini qo'ymoqda.

Bu yo'nalishda, hozirgi kunda, xususan moliyaviy xizmatlarni kengroq aholi qatlamlariga yetkazishni rag'batlantirish va to'lov tizimlarini takomillashtirish yo'nalishlari doirasida bank xizmatlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bu jarayon bank xizmatlari iste'molchilariga maksimal darajada qulayliklar yaratish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini yanada shaffof bo'lishi imkonini beradi.

Bu o'zgarishlar o'z navbatida nafaqat global miqyosda, balkim mahalliy iqtisodiyotda ham moliyaviy tranzaksiyalar soni va summasida sezilarli o'sish kuzatilishiga, shu qatorida, ta'kidlab o'tilgan to'lovlar jarayonlari tezroq amalga oshirilishiga, iqtisodiyotda investitsion faollik, moliyalashtirishning ko'lami, savdo aylanmasidagi ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lishini ta'minlaydi.

"Moliyaviy xizmatlardan foydalanishda bank operatsiyalarini, jumladan to'lovlarni mobil telefonlar orqali sanoqli daqiqalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Biroq bu hali taraqqiyot cho'qqisi emas, haqiqiy cho'qqilar hali oldinda ekanligi barchamizga ma'lum. Moliya sohasi ostonasida bizni hali kelajak banklari kutib turibdi" (King, 2019).

Innovatsion faoliyatning rivoji, har bir davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim o'rin tutadi. O'zbekiston ham bu borada aniq qadamlar tashlab, ayniqsa, bank sohasida innovatsion jarayonlar taraqqiyotiga katta ahamiyat bermoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Raqamli transformatsiya banklarga daromadlilikni oshirish va xizmat ko'rsatishni yaxshilash kabi samarali imkoniyatlarni berdi. Prezident

Sh. Mirziyoyev tomonidan, O'zbekistonni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq amaliyotga joriy qilish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo'yicha Strategiya ishlab chiqish vazifalarini belgilab berilib, bular, rivojlanish ustuvorliklari, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, bank tizimini tubdan isloh qilish va o'zgartirish yo'nalishlari bo'yicha 20202025 yillarga mo'ljallangan topshiriqlarni o'z ichiga olgan.

Innovatsion faoliyatning rivoji, har bir davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim o'rin tutadi. O'zbekiston ham bu borada aniq qadamlar tashlab, ayniqsa, bank sohasida innovatsion jarayonlar taraqqiyotiga katta ahamiyat bermoqda.

O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi, mamlakatning turli sohalarini, shu jumladan, Bank tizimini ham modernizatsiya qilish va yanada rivojlantirish masalalarini o'z ichiga olgan beshta ustuvor yo'nalishni belgilab beradi. Ushbu strategiya doirasida bank sektori bo'yicha ham bir qancha maqsadlar qo'yilgan.

Bu borada quyida keltirilgan ma'lumotlarni nazarda tutish taklif etiladi:

"- aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag'lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish;

- bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish;

- bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlaridan («SMS-banking», «Internet-banking», «Mobil-banking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

- plastik kartadagi mablag'larni boshqa kartaga o'tkazish bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish;

- to'lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to'lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish;

- valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o'z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag'batlantirish, plastik kartalar bo'yicha o'zaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to'lovni qaytarishni tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etish" (Harakatlar strategiyasi, 2017).

"O'z navbatida 2021 yil "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"da banklarda ichki biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali inson resurslaridan samarali foydalanib, xodimlarni asosan mijozbay ishlashga yo'naltirish muhim vazifalardan biri sifatida qaraladi" (PF-6155, 2021).

Bunda:

"- banklarda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish hamda xalqaro umum e'tirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimini joriy etish;

- banklarning axborot texnologiyalar infratuzilmasini takomillashtirish;

- moliyaviy texnologiyalar asosida yangi raqamlashtirilgan bank xizmatlarini joriy qilish;

- mijozlarga zamonaviy standartlar asosida xizmat ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan alohida o'qish va seminarlar tashkil etish" nazarda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 2-martda PF-5953-son Farmoni bilan xususiy sektor rivojlanishini rag'batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish, zamonaviy chakana bank xizmat turlarini ko'paytirish, davlat ulushiga ega bo'lgan banklarni transformatsiya qilish maqsadida bank sektorini isloh qilishning bir qancha asosiy yo'nalishlari belgilandi.

Ulkan qamrovli tahlil texnologiyasini qo'llash ham ortib bormoqda va ma'lumotlar massivlari (BigData), prognozlash va baholash, mijozning kreditga layoqatliligi, skoring, anderrayting uchun foydalanilmoqda. Mazkur texnologiyalar mijoz afzalliklarini tahlil qilibgina qolmay, balki mahsulot yoki xizmatlarning samarali yanada yangi turlari taklifini ham ilgari suradi.

"Banklar yangi bank xizmatlari va mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsion faoliyat natijasi, boshqacha aytganda uning samaradorligini prognozlash orqali baholashlari tavsiya etiladi" (Fliginskix va Tarasova, 2016).

Ayniqsa, yangi bank xizmatlarini joriy etish bir qancha ichki va tashqi omillarga, xususan makroiqtisodiy, moliyaviy, me'yoriy-huquqiy, inson resurslari, texnologik risklariga bog'liq bo'lib, banklar bu borada aniq prognozlarga tayanib ish ko'rishlari lozimligi ta'kidlanadi.

Tumin, Buxonova, Krivsova (2018) o'z tahlillarida FinTech orqali yangi bank mahsulotlarini joriy etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kiberxavfsizlikni ta'minlash muhimligini ko'rsatishib, eski infratuzilmalardan voz kechib, yangi texnologiyalarni joriy etish ma'lum kiber hujumlar xatarlarini oshirishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

Vasilenko (2019) bank sektoridagi moliyaviy innovatsiyalar haqida quyidagilarni keltirgan:

• potentsial xaridorning ilgari qondirilmagan ehtiyojlarini qondirishga qodir bo'lgan sifat jihatidan yangi mahsulot;

• ilgari taklif qilingan xizmatlarga nisbatan jozibador iste'mol xususiyatlariga ega bo'lgan nisbatan yangi bank mahsuloti;

• bir xil bank mahsulotini yaratish uchun ilg'or texnologiyalardan foydalanish ekan.

"Bank sohasida innovatsion o'zgarishlarni amalga oshirish Rossiya bank tizimining raqobatbardoshligini oshirish, front-ofislarda xodimlarning bandligini kamaytirish, bank operatsiyalarini vaqtinchalik optimallashtirishni ta'minlash, bilimlar asosida bank sektorini rivojlantirishning dinamik modelini yaratish hamda bank xizmatlari holatini yaxshilash (rentabellik va samaradorlikni oshirish) kabi maqsadlarga erishishga olib keladi" (Vasilenko, 2019).

Petrova va Kuznesova (2020) yozishlaricha, banklarda innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishning asosiy motivatsiyasi bu yangi mijozlarni jalb qilish hamda ehtiyojlarini to'liq qondirish orqali eski mijozlarni saqlab qolishdir.

Bundan tashqari, bozorga yangi mahsulotlarni chiqarish tezligi ham mahsulot innovatsiyalarini rivojlantirish uchun juda muhim hisoblanadi: bank bozorga yangi innovatsion mahsulotlarni qanchalik tez olib kirsa, u shunchalik ko'proq raqobatbardosh ustunliklarga ega bo'ladi.

Korsunova (2020) o'z tadqiqotlarida Rossiya Federatsiyasida neobanklar tashkil qilishning bir qancha kamchiliklari mavjud ekanligini keltirgan:

- Maxsus dasturlarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish zaruriyati;

- Axborot xavfsizligini ta'minlashdagi yuqori xarajatlar;

- Dasturiy ta'minotni rivojlantirishdagi yuqori xarajatlar;

- Kiber xavfsizlik riski.

Neobanklar Rossiyada va xorijda ancha rivojlangan. Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik neobank Tinkoff Bank hisoblanadi. Mamlakatimizda neobanklarning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi asosiy to'siq Rossiyaning fintech loyihalari ommaviy bozorga chiqa olmasligidir. Buning sababi, Rossiyada fintech startaplari ekotizimining aksariyat hollarda banklar o'rtasidagi raqobat emas, balki hamkorlikka qaratilgan loyihalar asosida yaratilganligi. Aytish mumkinki, mamlakatda FinTech startaplarini yaratish, ularni rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqish, shu bilan birga, davlat va investorlar tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda tartibga solish uchun qonunchilik bazasini yaratish kerak.

Polireddi (2024) ta'kidlashicha, 2030-yilga borib moliya sektori har yili sun'iy intellektga 64,03 milliard dollar sarflashi kutilmoqda. 2025 yilga kelib sun'iy intellektni mavjud tizimlarga integratsiyalash uchun qo'shimcha 31 milliard dollar sarflanadi, bunda asosiy e'tibor firibgarlikka qarshi kurashishga qaratilgan. Ko'plab insonlar mablag'larini tejash maqsadida sun'iy intellekt va mashina o'rganuviga murojaat qilmoqdalar. Ushbu texnologiyalar 2023-yilgacha butun dunyo bo'ylab bank sektorida 447 milliard dollar tejashi kutilmoqda. 2030-yilga kelib bu ko'rsatkich 1 trillion dollarga yetishi mumkin.

Ushbu tadqiqotda qo'llanilgan OLS (Eng Kichik Kvadratlar Usuli) vaqtli ketma-ketlik tahlili, ketma-ket vaqtlarning o'zgarishi ustida statistik analizni o'z ichiga oladi. Bu tahlil usuli ma'lumotlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlarni aniqlash va prognozlashda foydalaniladi. OLS tahlili orqali, bir o'zgaruvchining boshqa o'zgaruvchilar bilan qanchalik bog'liq bo'lishini aniqlash mumkin bo'ladi.

OLS vaqtli ketma-ketlik tahlili o'z ichiga ko'plab imkoniyatlarni qamrab olgan tahlil usuli hisoblanadi. Bu tahlil orqali, ma'lumotlarda o'zgarishlar va ularning o'rtasidagi bog'liqliklar

aniqlanadi. Agar tahlil natijalarida statistik hisob-kitoblarga e'tibor qaratilsa, aniqroq prognozlar olish mumkin.

OLS vaqtli ketma-ketlik tahlilida muhim qadam, o'zgaruvchilar bilan o'zaro bog'liqlikni aniqlash uchun ko'rsatkichlar va o'zgaruvchilarning koeffitsientlari hisoblanadi. Ushbu koeffitsientlar orqali ko'rsatkichlar o'rtasidagi o'zaro bog'liq va prognozdagi o'zgarishlarni aniqlash mumkin bo'ladi.

OLS vaqtli ketma-ketlik tahlilida quyidagi boshqa imkoniyatlar ham amalga oshirilishi mumkin:

1. Qaror qabul qilish: OLS tahlilining natijalari asosida o'zgaruvchilarning ko'rsatmalari va aniqroq bashoratlar olinadi.

2. Tushuntirish: O'zgaruvchilar tushuntiruvchilari orqali o'zgaruvchilarning o'rtasidagi bog'liqlik tushuniladi va aniqlanadi.

3. Nazorat: Ma'lumotlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanadi va ularning tahlil natijalariga ta'siri baholanadi.

OLS vaqtli ketma-ketlik tahlili amaliyotlarda keng qo'llaniladi va statistik vaqtli ma'lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi. Bu tahlil usuli yuqori darajada aniq va to'g'ri natijalarga olib kelishi bilan ajralib turadi.

Mazkur tadqiqot ishida respublikamiz tijorat banklari sof foydasining ko'payishiga banklar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar ta'siri baholandi va vaqtlar qatori asosida regression tahlillar o'tkazildi. Tahlilda qo'llanilgan modelimiz formulasi quyidagi ko'rinishga ega:

LnSF=a +p±lnMS+lnBK+p3 lnT+p4lnB+p5lnTS+p

Bunda:

LnSF - banklarning sof foydasi;

InMS - bank mijozlari soni;

InB - bankomat va infokiosklar soni

InBK - bank kartalari soni;

InT - to'lov terminallari soni;

InTS - to'lov terminallari orqali amalga oshirilgan to'lovlar summasi;

p - modeldagi xatoliklar.

Barcha ko'satkichkichlar logarifmlangan bo'lib foizdagi o'zgarishlarni o'zida namoyon

etadi.

NATIJALAR

Ma'lumotlar oylik asosda shakllantirilgan bo'lib, 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan 49 ta davrni o'z ichiga oladi.

Tahlilda o'rganilgan mustaqil va bo'g'liq o'zgaruvchilar to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar quyida keltirilgan:

Variable Obs Mean Std. Dev. Min Max

Year 49 22645.18 434.7135 21915 23376

In sof foyda 49 8.127764 .7524998 6 .25592 9. 423837

In mijoz s~i 49 16.84778 .4556697 16 .12098 17 .60196

In bank ka~a 49 17.16473 .2295407 16 .83824 17 .64862

In terminal 49 12.97365 .0212119 12 .87994 13 .00418

In bankomat 49 9.613188 .3093288 9. 127285 10 .19073

In tolovlar 49 10.92444 .9041606 8. 734162 12 .44792

St 49 1 0 1 1

_d 49 1 0 1 1

t 49 22645.18 434.7135 21915 23376

Ushbu ma'lumotlardan foydalanib o'tkazilgan regressiya tahlillariga ko'ra natiajalar quyidagicha bo'lgan:

Source SS df MS Number of obs = 49

F(5, 43) 433.53

Model 26.6515925 5 5.3303185 Prob > F 0.0000

Residual .528692087 43 .012295165 R-squared = 0.9805

Adj R-squared = 0.9783

Total 27.1802846 48 .566255929 Root MSE .11088

In sof foyda Coef. Std. Err. t P>|t| [95% Conf. Interval]

In mijoz soni -.6579632 .1494129 -4 40 0 000 -.959283 -.3566434

In bank: karta .4958465 .3302966 1 50 0 141 -.17026 1.161953

In terminal 2.755802 .8076409 3 41 0 001 1.127039 4.384565

In bankomat .4800058 .22311 2 15 0 037 .0300616 .9299499

In tolovlar .8274864 .0239621 34 53 0 000 .7791621 .8758106

cons -38.70511 11.49349 -3 37 0 002 -61.88394 -15.52627

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ushbu ma'lumotlar tahlili Stata dasturidan foydalanib o'tkazilgan bo'lib, natijalar quyidagicha:

Modelimizda daromadlilikka ko'rsatkichlar ta'siri yuqori (R-squared ko'rsatkichi 1 ga yaqin shakllangan), ya'ni 0,98 bo'lib, F-ehtimolligi 0, ya'ni 0,05 dan past, bu esa modelimizning iqtisodiy ma'noga egaligini va muhimligini, mustaqil o'zgaruvchilarning bog'liq o'zgaruvchiga (bank sof foydasiga) ta'siri borligini va statistik jihatdan muhimligini bildiradi.

MUHOKAMA

Umuman olganda mavzu doirasida o'tkazilgan tadqiqot natijasida masofaviy bank xizmatlarini joriy qilishda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan quyidagi umumiy muammolar mavjud.

- kiberxavfsizlik;

- dasturiy ta'minot uchun kata mablag' talab qilinishi;

- ma'lumotlar maxfiyligini saqlashga ketadigan sarlarning yuqoriligi;

- maxsus dasturlarni ishga tushirish va ishlatishda malakali mutaxassislarga talabning ortishi;

- texnologik risklarning mavjudligi.

- molbil ilovalardan foydalanish kengayishi oqibatida banklar mijozlarni tanlay boshlaydilar va ko'p hollarda arzimagan sabablar bilan mijozlarga kredit ajratishni rad etishi oqibatida iqtisodiyotga kamroq likvidlik yo'naltiriladi.

Innovatsion bank xizmatlari joriy etish jarayonida, banklar iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish asosiy e'tiborni qaratishlari lozimdir. Ayniqsa, bank kartalaridan firibgarlik yo'li bilan mablag'larni yechilishi holatlariga qarshi keskin choralar qo'llanilishi kerak. Bu bank mijozlarining banklarga bo'lgan ishonchini mustahkamlash bilan bir qatorda banklar uchun mijozlar sonini ko'paytirish va raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.

Yangi masofaviy bank xizmatlarini joriy qilish ma'lum bir ichki va tashqi omillarga, xususan makroiqtisodiy, me'yoriy-huquqiy, moliyaviy, inson resurslari, texnologik risklariga bog'liqligi sababli, ushbu bank xizmatlarni taklif qilishdan oldin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarni oldindan baholash hamda risklarni bartaraf eta olishning yo'llari va muddatlarini aniq prognoz qilish lozim bo'ladi.

XULOSA

Bugungi zamon talabi shuni ko'rsatmoqdaki, tijorat banklari yangi turdagi bank xizmatlari yoki mahsulotlarini mijozlarga taklif etayotganda ushbu yangi bank mahsuloti birinchi navbatda iste'molchilarning mavjud hamda potensial ehtiyojlarini qondirishiga, bankka yuqori daromad olib kelishiga, bozorda mavjud mahsulotlarga nisbatan yuqori sifat parametrlariga ega bo'lishiga, shu bilan birga bankni rivojlantirish strategiyalariga ham mos tushishi muhim hisoblanadi. Banklar yangi turdagi xizmat yoki mahsulotni yaratish hamda iste'molchiga taqdim etishda har xil strategiyalarni qo'llashlari mumkin.

Ma'lumki, raqamli bank alohida kanallarga ega emas. Bu kanallarni birlashtirish va virtualizatsiya qilish yaxshilangan va izchil xizmatni taqdim etishning bir usuli sifatida qaraladi. Virtual va insonga oid o'lchovni birlashtirish esa yaxlit bir xizmatni yaratadi.

Raqamli bank muvaffaqiyatga erishishi uchun, avvalo, an'anaviy filiallarga ega banklarga qaraganda ko'proq inson ehtiyojlari va hissiyotlarni chuqur his eta oladigan bo'lishi kerak. U mijozning o'tkir, intuitiv tushunchasini ko'rsatishi kerak. Bunga erishish uchun banklar haqiqatan ham mijozlarini his qillari va insonning texnologiya bilan o'zaro ta'sirining nuanslarini bilishlari kerak.

Tahlillardan olingan ma'lumotlarning qiziqarli jihati shundaki, qolgan ko'rsatkichlardan farqli ravishda mijozlar sonining ortishi bank sof foydasiga teskari bo'g'liqlik hosil qilgan. Ya'ni, mijozlar bazasining 1 foizga oshishi, bank daromadlarining 0,65 foizga kamayishiga olib keladi.

Bank kartalarining 1 foizga ortishi sof daromadni 0,49 foizga ortishiga olib kelsada, P-statiistikasi ko'rsatkichiga ko'ra daromadlarning oshishiga unchalik ham ahamiyatga ega emas.

To'lov terminallari sonining 1 foizga oshishi bank sof foydasini 2,75 foizga, bankomatlar sonining 1 ortishi sof daromadni 0,48 foizga, tranzaksiyalar sonining 1 foizga oshishi bank sof foydasini 0,83 foizga ortishiga olib keladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. PF-5953 (2020). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi "2017-2021-yillarga O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Ilm, Ma'rifat va Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5953- sonli Farmoni.

2. PF-6155 (2021). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155 sonli Farmoni.

3. Brett King (2019). Bank 4.0 Doimo siz bilan - hozir va shu yerda. Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" MCHJ, - 464 b.

4. Fliginskix, T. N., & Tarasova, T. Yu. (2016). Faktori, opredelyayushie razvitie innovasiy v vide novix bankovskix produktov. Kreativnaya ekonomika, 10(10), 1157-1168.

5. Korsunova, N. N. (2020). Neobank kak bank budushego v obslujivanii korporativnix klientov v usloviyax perexoda k sifrovoy ekonomike. Vestnik Akademii znaniy, (5 (40)), 175190.

6. Petrova, L. A., & Kuznesova, T. Ye. (2020). Sifrovizasiya bankovskoy sistemi: sifrovaya transformasiya sredi i biznes-prosessov. Finansoviy jurnal, 12(3), 91-101.

7. Polireddi, N. S. A. (2024). An effective role of artificial intelligence and machine learning in banking sector. Measurement: Sensors, 101135.

8. Tumin, V. M., Buxonova, S. M., & Krivsova, V. A. (2018). Vnedrenie innovasionnix bankovskix produktov v deyatel'nost' rossiyskix kommercheskix bankov. Vestnik Belgorodskogo gosudarstvennogo texnologicheskogo universiteta im. VG Shuxova, (8), 145-151.

9. Vasilenko, O. A. (2019). Tendensii i perspektivi razvitiya finansovix innovasiy v bankovskom biznese Rossii. Mir novoy ekonomiki, (2), 80-89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.