Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MATEMATIKA O’QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI'

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MATEMATIKA O’QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

42
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / induksiya / deduksiya / anologiya / suhbat / kuzatish / kataxezik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shohsanam Zaripboy Qizi Matupayeva

Ushbu maqolada matematikani o‟qitishning zamonaviy usullari muammoli, evristik, matematik modellarni qurish, aksiomatik, ta‟limga ehtiyoji bor bo‟lgan o‟quvchilarga analiz va sintez usullarini o‟rgatish ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MATEMATIKA O’QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA MATEMATIKA O'QITISHNING

ZAMONAVIY USULLARI

Shohsanam Zaripboy qizi Matupayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori,(PhD)

Ushbu maqolada matematikani o'qitishning zamonaviy usullari muammoli, evristik, matematik modellarni qurish, aksiomatik, ta'limga ehtiyoji bor bo'lgan o'quvchilarga analiz va sintez usullarini o'rgatish ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.

Tayanch tushunchalar: metod, induksiya, deduksiya, anologiya, suhbat, kuzatish, kataxezik.

Insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan matematik bilimlar mazmuni so'z orqali ifodalangan shaklda umumlashtirilgan va mustahkamlangan, shuning uchun ular faqat til vositalari yordamida to'laqonli berilishi va o'zlashtirilishi mumkin. O'quvchilar matematik tushunchalarni ifodalagan so'zlar va so'z birikmalarini, gaplarni, o'qituvchining va boshqa o'rtoqlarining og'zaki nutqini, darsdagi matnlarni, masala va misol shartlari ifodalangan ta'riflarni va h.k.larni tushunishlari, darslikdan mustaqil foydalana olishlari kerak. Buning uchun matematika darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqi ustida muntazam olib boriladigan metodik ish taqozo etiladi. Matematika darslarida og'zaki nutq vositalari turli xildagi ko'rgazmali material bilan birgalikda qo'llanishi lozim. Bu material, bir tomondan, berilgan masalalarning og'zaki sharhiga illyustrasiya sifatida xizmat qilsa, ikkinchi tomondan matematik tushunchalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklarni ochib berish vositasi sifatida namoyon bo'ladiki, bu uning asosiy vazifasidir.

O'quvchilar matematikani o'zlashtirishda matematik aloqalar va munosbatlarni ifodalaydigan o'ziga xos nutqiy birliklarni o'zlashtirishga qiynaladilar. Har bir mavzu bo'yicha matematik atamalar bilan bog'liq til vositalarini o'rgatishda tabiiy vaziyatlarni yaratib berish kerak. O'quvchilar faoliyatini notanish iboralar va atamalarni faqatgina eslab qolishga emas, balki nutqda bog'likliklar va munosabatlarni ifodalashga yordam beradigan modellar, gaplarni o'zlashtirishga yo'lnaltirish lozim. Bu eslab qolinishi kerak

ANNOTATSIYA

bo'lgan maxsus ibora va atamalar sonini ancha qisqartiradi. Ya'ni

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

o'quvchilarga nutq vositalaridan to'g'ri foydalanishga yordam beradigan eng muhim omil bu o'quvchilardan o'qish faoliyatida o'z ehtiyojlarini qondirishni talab qiladigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Matematik tushunchalarni bildiradigan so'zlar ma'nolarini eshitmaydigan o'quvchilar tezda o'zlashtirib ololmaydilar. Bunda dastlab so'zlarning ma'nolari ochib beriladi, buning uchun ular maxsus tanlangan mashqlar tizimi yordamida tushuntiriladi. Avval predmetlar bilan amaliy xatti-harakatlar bajariladi. Bu yo'l bilan amallarning komponentlari va natijalari to'g'risidagi tushunchalar ma'nolari ochib beriladi. Bunday hollarda so'zlarning ma'nolarini o'quvchilar amallarni so'z-belgi shaklida bajarish davomida o'zlashtiradilar. So'z ma'nosini tushuntirish asosida izohlab beriladi. Izoh butun gap asosiga quriladi, chunki so'z faqat iborada aniq mazmun kasb etadi. Yangi so'zning gap tuzilmasiga kiritilishi o'quvchilar nutqida ushbu so'z ma'nosidan aynan mos foydalanish uchun shart-sharoit yaratadi. Matematik bilimlarning o'zlashtirilishi, nafaqat alohida so'zlar va iboralarning, balki ushbu bilimlar singdiriladigan butun gaplarning ma'nolari tushunarli bo'lishiga bog'liq.

Matematikani o'qitishning zamonaviy usullari muammoli, evristik, matematik modellarni qurish, aksiomatik va boshqalar. Ta'limga ehtiyoji bor bo'lgan o'quvchilarga analiz va sintez usullarini o'rgatish ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu usullar xalqaro baholash dasturlari talablarini egallashda samarali hisoblanadi.

Matematikani o'qitishning maxsus usullaridan biri aksiomatik usuldir. O'qitish usuli sifatida aksiomatik usul ta'limda alohida ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarning bilimlarini tizimlashtirishga, "nima, nimadan kelib chiqishini" aniqlashga, jumlalardagi haqiqat(yechim)ni matematikaga xos tarzda o'rnatishga, mavjudlardan yangi bilimlarni olishga xizmat qiladi.

Ta'limda alohida ehtiyoji bo'lgan (kar, zaif eshituvchi, ko'zi ojiz, nutqida, tayanch harakatida muammolari bor, yengil darajadagi aqliy muammolari bo'lgan, autizm sindromli bolalar) umumta'lim muassasalarida matematika ta'limida muhim omillardan biri bu integratsion yondashuvlardan foydalanishdir. Integratsiya fanlararo, fan ichida bo'lishi mumkin. U ta'lim oluvchining bilimini oshirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga matematikani samarali o'rgatishda jarayonga qiziqishni uyg'otish muhimdir. Bunda ularning diqqatini jalb qilish, ishini faollashtirish talab qilinadi. Agar bolaning matematik mashqqa qiziqishi bo'lsa, agar u ijobiy emosional kayfiyatda bo'lsa, bu holda darslarning samaradorligi ham ortadi. Bu vaziyatda

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

52

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

samarali yo'l didaktik o'yinlardan foydalanishdir. Chunki o'yinlar "qiyin", "zerikarli" materialni o'quvchilar uchun qiziqarli qilib, jarayonni mashq maydoniga aylantiradi. O'yin jarayonida yuzaga keladigan ijobiy his-tuyg'ular o'quvchining ixtiyoriy diqqatini rivojlantiradi, bolaning xotirasi va xatti-harakatlarini faollashtiradi. Ta'limda alohida ehtiyoji bo'lgan O'quvchi o'yin jarayonida arifmetik amallarni bajaradi, bir tarkibli masalalarni yechadi, o'zining fazo, miqdor va vaqt to'g'risidagi tasavvurlarini boyitadi, hisobni mashq qiladi, sonlarni va geometrik shakllarni tahlil qiladi va qiyoslaydi.

REFERENCES

1. Jumayev M, Matupayeva Sh. Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda bolang'ich sinf o'quvchilar bilan ijodiy ishlarni tashkil etishga oid tavsiyalar. hhhmhh-MeTogHKanMK ^ypHan. MyrarnHM x,sm y3hhkch3 ÖHnHMneHgHpny. № 5-6 2014 jbil.

2. Qodirova F,Matupayeva Sh. Matematika o'qitish metodikasi (inklyuziv ta'limda). Pedagogika universitet hamda institutlarining maxsus pedagogika yo'nalishidata'lim olayotgan talabalar uchun darslik «YANGI CHIRCHIQ BOOK » Toshkent - 2022

3. Jumayev M .E. Boshlang 'ich matematika nazariyasi va metodikasi. - T -2005,

4. Jumayev E.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi. - T.: " Ilm -Ziyo" , 2005,

5. Matupayeva Sh. Inklyuziv ta'limdagi o'quvchilarga matematik tasavvurlarini rivojlantirish. Ta'lim tizimida uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonining ijtimoiy va pedagogik-psixologik asoslari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya. Toshkent - 2022. 217-221 b.

110-113 b

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.