ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA MATEMATIKANI O'QITISH
O'quvchilarning kontseptual tushunchalarini rivojlantirish jarayonida eng muhim narsa o'qitishdir. O'qituvchi sinfda o'quv dizayneri sifatida o'quvchilarni samarali o'rganish orqali kontseptual tushunishni rivojlantirishga yo'naltirishi va yo'naltirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Ushbu maqola boshlang'ich maktablarda kontseptual tushunishni o'rgatish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini matematika o'qitish metodlari, ularni qanday amalga oshirish, o'quvchilarga puxta bilim berishga, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatish, matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati bir-biriga hurmati kabi fazilatlarni tarbiyalashni ko'rsatib berish to'g'risida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: kontseptual, matematika, boshlang'ich matematika metodikasi, metodika predmeti, maqsadi, vazifalari, o'qitish vositalari, taqqoslash, didaktik maqsadlar, malaka va ko'nikmalar, dars turlari, yangi maqsadlar, didaktik materiallar.
Teaching is the most important thing in the process of developing students' conceptual understanding. The teacher as a learning designer in the classroom has a role that must be able to direct and guide students to develop conceptual understanding through effective learning. This article aims to discuss the teaching of conceptual understanding in primary schools. In this article, the methods of teaching mathematics to elementary school students, how to implement them, to provide students with thorough knowledge, to teach the ways of forming the worldview of students, to teach people to love work in the process of teaching mathematics, It is thought to show the cultivation of qualities such as self-worth and respect for each other.
Keywords: conceptual, mathematics, methods of elementary mathematics, subject, purpose, tasks, teaching aids, comparison, didactic goals, qualifications and skills, lesson types, new goals, didactic materials
Dilbar Hasanovna Sharipova
Buxoro shahar 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
June, 2023
KIRISH
Kontseptual tushunish matematikani o'rganishda asosiy standartlardan biridir. So'ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim tizimida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdi.
1997 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy -matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi ''Ta'lim to'g'risida''gi qonunning 12-moddasi 1-4-sinflarni o'qitishga bag'ishlangan. O'zbekiston Respublikasida "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi''ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta'limni rivojlantirishda 1-4- sinflarda o'qitishni tashkil qilishning rejalari ko'rsatilgan.
Maktab ta'limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang'ich kursi mazmunida ham, darslik va qo'llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo'lishini talab qiladi.
Matematika so'zi grekcha "mathema'' so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi "fanlarni bilish'' demakdir. Matematika fanining o'rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o'quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma'lum usullari (metodika) orqali o'quvchilarga yetkaziladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Metodika grekcha so'z bo'lib , "metod'' degani "yo'l" ma'nosini anglatadi. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tatbiq qiladi. O'qitishda yangi maqsadlarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikadan samarali ta'lim berilishi uchun o'qituvchi boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallab,
June, 2023
165
chuqur o'zlashtirmog'i zarur. Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni asoslash(nima uchun matematika o'qitiladi, o'rgatiladi).
2. Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o'rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa , fan asoslarini o'rganishda izchillik ta'minlanadi, o'quv ishlariga o'quv mashg'ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta'limning mazmuni o'quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak, ya'ni, o'quvchilar hozirgi kunda zarur bo'lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko'nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak?
4. O'qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar , ko'rgazmali qo'llanmalar va o'quv texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o'qitish).
5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish).
O'qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o'ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o'qitish boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani - o'zining tayanch fani bilan uzviy bog'liq Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to'plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang'ich sinflar uchun mo'ljallangan matematika darsligining birinchi sinfi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: "Rasmda nechta yuk mashinasi bo'lib, bir qatorda shuncha katakni bo'ya, rasmda nechta avtobus bo'lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo'ya''. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko'rsatilgan to'plamlar elementlari orasida o'zaro bir qiymatli moslik o'rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida nutq madaniyatini to'g'ri shakllantirish, o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam beradi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 1-sinf o'quvchilarining bilimlarini aniqlash, sinf o'quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya'ni past bilimga ega bo'lgan o'quvchilarning
June, 2023
166
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,9б7 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: б,1
bilimlarini yaxshi biladigan o'quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O'qituvchi quyidagi tartibda o'quvchilarni bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi"
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo'shishni biladi?
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?
4. > , < , = belgilarini ishlata oladimi?
5. Noma'lumlar bilan berilgan qo'shish va ayirishda bu noma'limlarni topa oladimi?
6. Qaysi shakllarning nomlarini biladi va chiza oladi?
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?
8. O'ngga, chapga, kam, ko'p, "ta", "marta", teng kabilarni farqlay oladimi?
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og'irlik o'lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?
Bolalarni o'qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil , sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bunda o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarini o'zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar:
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o'qitilayotgan mavzuning mazmunini o'quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o'quvchilarni tanishtirish bo'lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va ko'nikmalarni hosil qilish, to'rtinchisida, bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish va h.k bajariladi. O'tilganlarni takrorlash oldin o'tilgan darslarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA
Maktab tajribasi darsning ma'lum tizimini yaratdiki, ko'pchilik o'quvchilar bu tizimga rioya qilib, ma'lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o'tgan mavzu takrorlanadi, so'ngra o'tgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o'quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars
oxirida uyga vazifa to'g'risida ko'rsatmalar beriladi.
June, 2023
Ba'zan, bu maqsadlardan bittasiga bag'ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo'ysunadi.
Matematikadan dars turlari va darsning borishi:
Boshlang'ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko'rsatish
mumkin:
a) o'quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari (bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);
b) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash darslari;
c) keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish darslari.
Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish, darsning va mazmuning maqsadini bayon qilish, oldin o'tilganlarni takrorlash bilan o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash, og'zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo'limi), bolalarning oldin o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, o'rganilgan bilimlarni hisoblash, mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'limi), o'quvchilarni mustaqil ishlatish va uni tekshirish, oldin o'zlashtirilgan materialni takrorlash, uyga vazifa berish va xulosalash. Yangi o'quv materialini o'zlashtirishga o'quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin o'zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko'pincha og'zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o'zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin.
Misol va masalalar yechishda foydalaniladigan ko'rgazmalar yoziladi. Shunday qilib o'qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. O'quv dasturi va o'qituvchi rejasida darsning o'rnini aniqlash.
2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash.
3. Dars mazmunini aniqlash.
4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish.
5. Dars rejasini tuzish.
6. Dars matnini yozish.
7. Dars o'tish metodlarini aniqlash.
8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash.
9. Darsda va uyda beriladigan misol va masalalarni bajarish.
June, 2023
168
10. Ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va h.k.
Matematika darsining reja yoki matni o'qituvchiga o'quvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo'nalishi va ketma-ketligi, misollar, algebraik ifoda namunalarini ko'rsatib turadi.
Boshlang'ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo'nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba'zi masalalari nazariy xarakterda bo'lsa, boshlang'ich sinflarda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat uchun kiritiladi. Masalan 4-sinfda o'quvchilarning to'g'ri to'rtburchak tushunchasini o'zlashtirishlari ular endilikda to'g'ri to'rtburchak ta'rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba'zi xossalarni isbotlashni bilishlarini, ta'rifi, alomatlari va xossalariga doir amaliy masalalarni yechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar to'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o'lchash yo'li bilan aniqlaydilar va to'g'ri to'rtburchakni yasash, uning predmeti va yuzini o'lchash va hisoblashni o'rganadilar.
O'quvchilarda boshlang'ich maktabda shakllanadigan amaliy o'quvlardan ko'pligi maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin tasavvurlar haqida bunday deyish mumkin emas. Masalan, son haqida III va IV sinf o'quvchilari ega bo'lgan tasavvur tubdan farq qiladi. Biroq, quyidagi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og'zaki bajarish o'quvlaridan o'rta sinflarda ham, yuqori sinflarda ham foydalaniladi.
Shunday qilib, o'quvchilarda puxta amaliy o'quv va malakalarni shakllantirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir.
XULOSA
Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.
REFERENCES
1. Mirziyoev SH.M. (2017). Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: "O'zbekiston" .
2. Jumayev M.E. (2004). Matematika o 'qitish metodikasidan
June, 2023
169
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
praktikum. T.: "O'qituvchi".
3. Jumayev E.E. (2005). Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi. T.: "Ilm-Ziyo".
4. Ikromova O. E. (2022). Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish metodikasi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3
5. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G. (2005). Boshlang'ich sinflarda matematika o 'qitish metodikasi. Toshkent-"Fan va texnologiya".
6. Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M.E. (2003). Birinchi sinf matematika darsligida medodik qo 'llanma. T.: "Uzinkomsentr".
7. Bikboyeva N.U va boshqalar. (1996). Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi (Pedagogika bilim yurti talabalari uchun o'quv qo'llanma). T.: "O'qituvchi".
8. «Ta'lim to'g'risida»gi qonun, - T.: «O'zbekiston», 1997-y.
June, 2023