INGLIZ HAMDA O ZBEK ERTAKLARINING LINGVOMADANIY HAMDA
STILISTIK TAHLILI
Kamola Abdulloyeva
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ingliz tili o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ingliz hamda o'zbek xalq og'zaki ijodiga mansub ertak janriga xos bo'lgan lingvokulturologik, qiyosiy, kognitiv hamda amaliy lingvokulturologiya masalalariga izoh beriladi. Shuningdek, tilni tahlil qilishda lingvultural yondashuvning ahamiyati alohida ta'kidlanadi. Til va madaniyat, madaniyatning o'zaro bog'liqligi, aloqasi hamda o'zaro ta'siri muammolari madaniy hodisa va u tilshunoslikda o'ziga xos ilmiy ahamiyatga ega. Shu sababli, lingvomadaniy tahlil fanlararo zamonaviy tadqiqotlarda muhim o'rin egallashi tabiiy holdir. Shuni takidlab o'tish lozimki, til nafaqat aloqa vositasi, balki millatning madaniy kodlari ichida eng muhimlaridan biri sifatida qaraladi.
Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya, madaniy, kodlar, folklor, adabiy vositalar, jonlantirish.
LINGUISTIC AND STYLISTIC ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK FAIRY
TALES
ABSTRACT
This article explains the issues of linguoculturology, comparative, cognitive and practical linguoculturology, which are characteristic of the genre of fairy tales of English and Uzbek folklore. The importance of a lingvultural approach in language analysis is also emphasized. The problems of language and culture, the interdependence, connection and interaction of cultures are cultural phenomena and have a special scientific significance in linguistics. Therefore, it is natural that linguocultural analysis plays an important role in modern interdisciplinary research. It should be noted that language is considered not only as a means of communication, but also as one of the most important cultural codes of the nation.
Keywords: linguoculturology, culture, codes, folklore, literary means, animation.
O'zlikni tadqiq va namoyon etuvchi yorqin vositalardan biri -millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurg'on oinai hayoti uning tili va adabiyotidur! (Avloniy, 1999).
Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri bo'lib, to'qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asardir, yani u asosan, nasr shaklida yaratilgan.
Ertak - bu parilar, goblinlar, knyazlar va malika kabi folklor xususiyatlarini o'z ichiga olgan ixcham hikoyadir. Ertaklar xalq ijodining kichik sinfidir. Eng qadimgi ertaklar og'zaki tarzda hikoya qilinib yozib olingunga qadar nasldan naslga o'tib keldi. Ushbu hikoyalar yaxshilab o'rganilganda shuni ko'rsatdiki, bir ertakning bir nechta, hatto 10 dan ortiq versiyalari mavjud ekan. Har bir ertakning o'ziga xos hikoya qilish usuli va madaniy elementlari bor mavjud hisoblamadi. Bu omil ko'p holarda voqea aytilgan joy va vaqtga bog'liq. Bugungi kunda turli mualliflar hali ham ertaklarning yangi versiyalarini ixtiro qilish va yozishni yoqtirishadi (Hallett & Karasek, 2009; Tiberghein 2007).
Til va madaniyatning lingvokultural mazmuni hodisasini atrofdagi tilshunoslik omilining mavjud bo'lish shakllaridan biri sifatida tushunish istagi lingvokulturologik yo'nalishning shakllanishi va rivojlanishiga sabab bo'ladi. Uning lingvokultural makoni o'ziga xos talqinga ega etib namoyon qilinadi va u nafaqat milliy, balki butun jahon madaniyatining torusi hisoblanadi. Shuni takidlab o'tish joizki, madaniy tilshunoslikning asosiy predmeti o'z navbatida bir necha yo'nalishlarni o'z ichiga olishi mumkin:
1. emotsional natijalarni aniqlash nuqtai nazaridan til birliklarining xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan kognitiv-semiologik madaniy tilshunoslik;
2. milliy va jahon lingvokulturalarini keng tahlil etuvchi tarixiy lingvokulturologiya;
3. lingvokulturalar rivojlanish bosqichlarini o'rganuvchi tarixiy va tipologik madaniy tilshunoslik;
4. pragmani hal qilishga qaratilgan qiyosiy madaniy tilshunoslik
5. asosiy kognitiv bazaga kiritilgan madaniyat va lingvokultura birliklarini tahlil etuvchi kognitiv madaniy tilshunoslik;
6. ma'lum bir lingvokultural vaziyat yoki ma'lum bir madaniy davrni tushunishga qaratilgan alohida ijtimoiy guruh, etnos, sub-etnos madaniy tilshunosligi.
Ertaklarning tarbiyaviy jihatdan o'rni beqiyosdir. Chunki ular bolalarni sog'lom muhitda o'sib unishlari uchun imkoniyat yaratib beradi va to'gri yoTga boshlaydi. Shu o'rinda ertaklar haqida V.G.Gusev tomonidan bildirilgan fikrlarni eslatish muhim. Uning fikricha, "Jamiyatda, umuman inson tabiatidagi illatlar real hayotda aksini topmagach, fantastik tarzda ertaklarda o'z yechimiga ega bo'ladi".
Lingvokulturologiya masalalarida olimlar o'zlarining turlicha qarashlarini ifodalaydilar. Jumladan, rus tilshunosi Fedosovning fikricha, "... Tilshunoslik (til) ... madaniy tushunchalarni ifodalaydi. Shunday qilib, madaniyatshunoslik tilshunoslikdan oldin turadi" Agar siz tilshunoslikka ustunlik bersangiz, unda "siz butun til bilan emas, balki uning ma'lum bir tushunchalarni nomlash va ifodalash uchun to'g'ridan-to'g'ri moslashtirilgan qismidan boshlashingiz kerak bo'ladi (Fedosov, 2015).
Fanda tadqiqotlar aynan milliy va madaniy so'z birikmalarining komponentlaridan boshlanadi (Maslova, 2001, 2010).
"Ingliz tili misollarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, zamonaviy nutqning barcha farqlari ingliz va rus madaniyatlari, bu sohadagi kontseptualizatsiya strategiyasi farqlardan ko'ra o'xshashlik bilan tavsiflanadi "(Kurguzenkova, 2016: 97).
Lingvokultural kodlar, Maslovaning fikricha, "borliqni shakllantiradi va milliy madaniy makonda markaziy o'rinni egallaydi. Ayni paytda madaniy bilimlarni tizimlashtirish vositasi hisoblanadi "(Maslova, 2016: 33).
Folklor bilan bog'liqlik, ayniqsa, xalq ertakidan genetik tarzda olingan adabiy ertak haqida ketganda, muhim ahamiyatga ega. Folklor - xalqning badiiy jamoaviy ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi, hayot haqidagi xalq g'oyalarini, shuningdek, qarashlari, ideallarini o'zida mujassam etgan og'zaki xalq ijodi; odamlar tomonidan yaratilgan va turli janrlarda mavjud.
Aynan lingvokulturologik yondashuv matnni madaniy va lingvistik hodisa sifatida talqin qilishga imkon beradi, bunda uni yaratgan xalqning milliy madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari eng aniq ochib beriladi.
O'quvchini qiziqtira olish, tasavvurini rivojlantirish hamda ularni o'ziga jalb etish uchun ertaklarda turli xil badiiy vositalardan foydalaniladi. Bu vostilar turlicha nomlanishi mumkin: vositalar, unsurlar, resurslar kabi.
Adabiy vositalar - bu yozuvchilar matn yaratish uchun foydalanadigan o'ziga xos til texnikasi boTib, u odatda aniq, qiziqarli va esda qolarli bo'ladi. So'zlar yoki so'zlarning ayrim qismlari biz eshitganimizda o'ziga xos ta'sir turlariga erishish uchun ular klaster yoki yonma-yon joylashtirilishi mumkin. Ko'pgina so'zlar bir vaqtning o'zida bir nechta ma'nolarni bildirishi mumkin va shu orqali ham badiiy vositalar hosil qilinishi mumkin. Aslida, majoziy tilni o'rganish ancha uzoq tarixga ega hisoblanadi. Aristotel kabi qadimgi faylasuflar birinchilardan bo'lib majoziy tilning ishlatilishi va vazifasi hamda ushbu tarmoqqa aloqador nazariyani ilgari surdilar. Aristotel majoziy til shunchaki bezak emas, balki odamlarning asl holatini bizga allaqachon tanish bo'lgan narsalarga taqqoslash orqali hayotiy tarzda aks ettirishini ta'kidlagan.
Uslubiy resurslar o'zbek tilining barcha qatlamlarida bir xil emas. Tasviriylik oz yoki ko'p bo'lishidan qat'iy nazar, ularning barchasi muhim bir vazifaga-nutqning to'g'ri, aniq, mantiqiy ta'sirchan xullas, mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Shu yo'l orqali funksional jihatdan farq qiladigan har bir nutq uslubi o'zaro bog'liqlikda aniq ifoda bilan hamda tarixiy shakllangan va an'anaviy muomala muhiti bilan doimo aloqada bo'lgan tilning barcha sathlarida so'zlashishning alohida aktlari shaklida amalga oshiriladigan vositalar bilan yaratiladi. Nutq ta'sirchan, aniq, maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi uchun undan foydalanuvchi tilning stilistik resurslari va me'yorlarini yaxshi bilishi lozim (Karimov, 2004).
Jonlantirish o'zbek adabiyoti tarixida 2 xil ko'rinishda namoyon bo'lgan: tashhis (shaxs bilan bog'liq) — shaxsga xos sifatlarni jonsiz narsalar va hodisalarga berish: intoq (nutq
bilan bog'liq) — narsa va hodisalarni nutq egasi qilib ko'rsatish. Jonlantirish ertak va
masallarda, shuningdek, munozaralarda keng qo'llaniladi ( O'zME, 2000). Masalan:
My wicked mother slew me,
My dear father ate me,
My little brother whom I love
Sits below, and I sing above
Stick, stock, stone dead.
Yoki:
"Bozorga borib bir pud yog' oldim, uni etigimga surkasam, bir poyiga yetib, ikkinchi poyiga yetmadi. Yog' yetmagan ikkinchi poyi arazlab ketib qoldi. U borib-borib, bir boyga ikki qop tariqqa mardikor tushgan ekan"
Trikolon - bu uchta parallel band, ibora yoki so'zlardan tashkil topgan ritorik atama bo'lib, ular hech qanday uzilishlarsiz ketma-ket kelib chiqadi. Ushbu ritorik qurilmaning kelib chiqishi yunoncha "trikolon" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "gapning bo'limi" degan ma'noni anglatadi. Ushbu uchta parallel so'zlar, iboralar yoki jumlalar deyarli bir xil uzunlikka ega, ammo bu shart qat'iy bajarilmaydi (Internet sayti"). Masalan:
"Tariqni bir pishiq qopga solgan edik, turmay to'kildi, xaltalarga solib edik, ulardan ham to'kilib tushdi, bobomdan qolgan bir yirtiq qop bor edi, o'shanga solgan edik, to'kilmadi. Tariqni tuyaga ortdik, tuya cho'kib qoldi, otga ortgan edik, beli sinib ketdi, eshakka ortgan edik, ko'tarolmay tuproqqa ag'anadi"
Ingliz adabiyotida modallik (imagery) badiiy vositasi ham mavjud bo'lib, Kinestetik tasviriy modallik harakatni qanday amalga oshirishni aks ettirish bilan belgilanadi, kuch va harakat kabi jihatlar orqali ifodalanadi. Masalan: "Haligi yigit ming tanga berib, xo'rozni olibdi, oliboq maydonga tashlabdi. Kal xo'roz qaqolab, hezlanib, dam-badam maydondagi raqibiga qarab-qarab, yerdan don cho'qigandek bo'lib boraveribdi" Yoki :
"The jeweller gave the watch and chain. The bird took it in one foot, the shoes in the other, and, after having repeated the song, flew away to where three millers were picking a millstone. The bird perched on a tree and sang..."
Shunday qilib, ertaklar o'ziga xos madaniy va stilistik xususiyatlarni aks ettirishi mumkin. Bularni ozbek hamda ingliz ertaklari misolida korish mumkin.
REFERENCES
1. Маслова В.А. Лингвокультурология: учебное пособие для студентов высших учебных заведений. М.: Академия, 2001. 208 с.
2. Маслова В.А. Лингвокультурология: учебное пособие. 4-е изд. М., 2010.
3. Maslova, V.A. The Russian Language through the Codes of Cultural Linguistics.
RUDN Journal of Russian and Foreign Languages Research and Teaching. 3, 27—33. 2016
4. Кургузенкова Ж.В. Концептуализация женской красоты в английской языковой культуре //Вестник Российского университета дружбы народов. Серия: Русский и иностранные языки и методика их преподавания. 2016. № 1. С. 97—102.
5. Авлоний А. Туркий Гулистон ёхуд ахлок;. - Т.: Шарк;, 1999 йил. 23-бет
6. Avzalov M. Ertak janri // O'zbek tili va adabiyoti jurnali,1998,4-son, 16-15bet
7. Eshmurodova O. (2014). ERTAK VA MASAL JANRIDAGI ASARLARNI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
8. Hallett, M., & Karasek, B. (2009). Folk and Fairy Tales, Fourth Edition: An Introductory Anthology. Canada, Toronto: Broadview Press.
9. Гусев Д.Е. Этика фольклора. Ленинград, Наука. 1997г.С-29.
10. Каримов С.А. Узбек тили услубшунослигининг хозирги боскичидаги муaммолари. // Маьрузалар матни. - Самарканд, 2004, 68- бет.