Scientific Journal Impact Factor
HURMAT KATEGORIYASINING INGLIZ VA O'ZBEK TILIDA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Kadirova Marguba Bo'rievna O'qituvchi Jahon tillari va adabiyoti kafedrasi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada hurmat kategoriyasining ingliz va o'zbek tilida lingvopoetik xususiyatlari muhokama etilgan. Shuningdek, ingliz va o 'zbek tillarida hurmat kategoriyasini tahlil etishda, ushbu tillarda mavjud, murakkab jarayon hisoblanmish hurmat kategoriyasining mavjud yoki mavjud emasligi, uning o'rni, tarjima hodisasi, shuningdek, muloqot obyekti ekanligini tahlil qilib o'rganish ifodalangan.
Kalit so'zlar: hurmat, lingvopoetika, tilshunoslik, fonopoetika, leksopoetika, sintaktikpoetika, badiiy nutq, badiiy asar.
LINGUOPOETIC CHARACTERISTICS OF HONOR CATEGORY IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Annotation: This article discusses the linguopoetic features of the category of respect in English and Uzbek. The analysis of the category of respect in English and Uzbek also includes the study of the presence or absence of the category of respect in these languages, which is a complex process, its place, the phenomenon of translation, as well as the object of communication.
Key words: respect, linguopoetics, linguistics, phonopoetics, lexopoetics, syntactic poetics, artistic speech, artistic novel.
Bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga asoslanadi. Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayoq respublikamizda fan va ta'lim sohasidagi islohotlarga, yetuk kadrlar tayyorlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Asrlar davomida shakllangan ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarimizga tayangan, bugungi kunda yangi
Kadirova Marguba Burievna Teacher
Department of World Languages and Literature Uzbek State Institute of Arts and Culture
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga, bizni umumbashariy ulug' ma'naviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va dunyoqarashimiz o'zbek nutqi madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon talablariga mos holda o'rganish barchamiz uchun zarurdir.
Biron tilning so'z tarkibi hali u tilning to'liq tarkibini belgilab bermaydi. O'zlashgan so'zlar mazkur tilda qurilish manbasi singari aks etadi. Tilda ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo'yicha ma'lumot almashishidan iborat bo'lgan o'zaro ta'siri -muloqotni ifodalaydi.Muloqot odobi muammosini milliy xarakter, millatning o'ziga xos qadriyat, urf-odatlari, va an'analarini hisobga olmasdan turib, o'rganish mumkin emas. Chunki muloqot xulqi millat xarakterining uzviy bir qismi bo'lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Bunda hurmat kategoriyasining o'z o'rni bor.
Til jamiyatda ijtimoiy harakterga ega va u kishilarning ijtimoiy mehnat jarayonida yuzaga kelgan o'zaro aloqa bog'lash, fikr almashishga xizmat qiluvchi vositadir. Shuningdek, u millatning ma'naviy qiyofasini ham o'zligini ifoda etuvchi muhim ramzlardan biri, insoniyat tafakkurining bebaho ko'zgusi hamdir.
Tilshunoslikda lingvopoetika konsepti mavjud bo'lib, u tilshunoslik va adabiyotshunoslik oralig'ida shakllangan soha hisoblanadi. Lingvopoetikaning boshqa sohalaridan farqi shundaki, uning manbai badiiy asarlar hisoblanadi. Adabiyotni til jihatidan o'rganiladi. Lingvopoetika badiiy asarlarda qoTlanilgan lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o'rganadi. Badiiy til keng qamrovli obyekt sifatida funksional darajalangan qismlarga fragmentlarga bo'linish xususiyatiga ega. Ammo, amalda ushbu obyektning fragmentlarini badiiy nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha bo'lib badiiy asar tili badiiy nutqning bir ko'rinishidir. U tilning ekspressiv vazifasini o'z ichiga olgani uchun til sistemasining barcha sath birliklarini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, lingvopoetika fonopoetika, leksopoetika, sintaktik poetika kabi turlarga bo'linadi. Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida o'rganib, ularning o'zaro munosabatini yoritib berishdir.
Lingvopoetika tushunchasini o'rganar ekanmiz, "lingvo" lotin tilida lingua- til va poetika yunoncha "poietike" — poetik san'at ya'ni lingvopoetika tilning poetik san'ati ma'nosini ifodalaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Scientific Journal Impact Factor
Hurmat kategoriyasini turli sohada quyidagi tadqiqotchilar turli yo'nalishlarda badiiy asarlarni tahlil etib o'rganishgan: Imamova X.K., Hojiyeva H., Gulomov A. va boshqalar.
Olimlar humar kategoriyasiga quyidagi ta'rif berganlar:
Hurmatni axloqiy fikrlashning elementi deb hisoblash mumkin. (Graham).
Hurmat kosmosda joylashgan obyekt kabi tasvirlanadi. Ingliz tilida u xuddi vertikal o'qda "yuqoriga" va gorizontal o'qlarda "o'ngda" bo'lganidek tasvirlanadi.(Richardson)
Hurmat, biz xohlasak ham, xohlamasak ham, biz xizmatdan bosh torta olmaymiz; biz uni namoyon qilmasligimiz mumkin, lekin ichkarida biz buni his qila olmaymiz. - I. Kant
Hurmat kategoriyasi bugungi kunda ingliz va o'zbek tillari badiiy asarlarda tahlil etilmagan. Hurmat tushunchasiga to'xtalib o'tar ekanmzi, ushbu tushuncha bolalikdan boshlab, hurmatli va e'tiborli insonlarni rivojlantirish maqsadida vujudga keladi, ular o'rnak ko'rsatib, odamlarga qanday munosabatda bo'lishni xohlasalar, shunday tutishadi.
O'zbek xalqi hurmat jamiyatning asosiy qadriyatlaridan biri deb hisoblashadi, chunki bu odamlarga birgalikda totuvlikda yashashga imkon beradi. Hurmat -boshqalarning farqlarini madaniy, diniy va mafkuraviy qabul qilish va odamlarni o'zlari uchun qadrlash demakdir. O'zbek xalqi kattalrga hurmat, kichiklarga izzat naqliga amal qilishadi.
O'zbek tilida har doim so'zlovchi va tinglovchi o'rtasida baholash o'zaro hurmat va izzat shakllarini ifodalaydigan so'zlar ishlatiladi. So'zlovchining yoshi katta yoki tinglovchining yoshi kichik bo'lsa, unga "siz"( Yaxshimisiz?, ko'rinmaysiz?) deb murojaat etiladi. Yoki murojaat etilayotganda so'zga "-lar" (dadamlar, akamlar, oyimlar) affiks qo'shimcha qo'shib murojaat etiladi. Ya'ni hurmat kategoriyasi ma'nosini ifodalovchi so'z tanlanadi. Kichik va kattalarga murojaat etganda hurmat va erkalash ma'nosida -xon,-jon,-bek,-boy, -oy, xo'ja,-bonu singari kishi nomlari ko'rsatkichlari ismlarda qo'llaniladi.
Shuningdek, "Kelingizlar" so'zidagi -ingiz - hurmatni bildiradi, -lar esa koplikni ifodalaydi. Hozirgi o'zbek tilida siz aslida tinglovchi ko'pligidir. Biroq yoshi, martabasi ulug', hurmati bor kishilarga ham siz deb murojaat qilinadi. Tilimizda "sizlab gapir", "senlab gapir" degan iboralar ham bor. Birinchisi hurmatni, keyingisi esa yaqinlikni, yosh va darajasi quyi kishilarga bo'lgan murojaatni, kerak
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
bo'lganda salbiy ohangda hurmatsizlikni, hatto mensimay so'zlashni ham bildiradi. Yuqoridagi misolda dadamlar, oyimlar deganda ko'plikni emas, ularga bo'lgan hurmatni ifodalangan. Nutq jarayonida hurmat shu qadar kuchliki, hatto hurmatga sazovor kishining ish-harakati va holatiga, unga tegishli narsalarga ham hurmatni bildiruvchi qo'shimcha qo'shib so'zlanadi. Masalan: Dadajon,ovqatingizni yeb oling gapini olaylik. Ovqat so'zi otaga tegishli, shuning uchun unga hurmatni bildiruvchi -ingiz qo'shimchasini qo'shib ovqatingiz deyiladi. Keyingi yeb oling- fe'li ham otaga qarashli, shuning uchun u ham hurmat shaklida.
Ko'plik shakli hurmatni ifoda etganligini Mahmud Koshg'ariy ham ta'kidlagan edi. Uning yozishicha, turklar sen so'zini kichiklarga, xizmatchilarga hamda so'zlovchidan daraja, martaba, yoshda quyi bo'lgan kishilarga nisbatan qo'llaganlar. O'zlaridan yuqori hurmatli kishilarni siz deganlar. Og'uzlar esa, aksincha, kattalarga sen, kichiklarga siz deb qo'llaydilar. Ko'plikda ham shuni ishlatganlar Ingliz tilida hurmat quyidagicha ifodalanadi:
Ism bilan murojaat qilayotganda, inglizlarning familiyasini tegishli nom bilan chaqirish hurmatni ifodalaydi. Agar ismini bilmasa, janob yoki xonim deb murojaat etish hurmat m'nosini ifodalaydi. Bundan tashqari ingliz xalqi madaniyatida hurmat qadrlanadigan muhim tushuncha bo'lib xizmat qiladi. Izzat va ehtiromdan tashqari, hurmat axloqiy qadriyat sifatida qaraladi, mahalliy aholini o'z madaniyati to'g'risida o'rgatadi. Ushbu axloqiy qadriyat jamiyatdagi ishtirokga ta'sir ko'rsatadigan va shaxslarning rivojlanishi va o'z madaniyati jamiyatiga qo'shilishida yordam beradigan jarayon sifatida qaraladi. Hurmatning qadr-qimmati bolalik davrida o'rgatiladi, chunki mahalliy bolalarni o'z jamoalariga qatnashishi va ularni o'rganish jarayoni madaniyatning muhim yo'nalishi hisoblanadi.
Bundan tashqari, ingliz tilida hurmatni ifodalovchi qo'shimchalar yo'q lekin ular quyidagi ibora va so'zlardan foydalanishadi:
Qila olasizmi? (Can you......?), Men ....chiman (I would like____) Siz qarshi
emasmisiz? (Would you mind.?) (May/Could I.) maylimi? Mumkinmi va boshqalar.
Badiiy asarlarda hurmat kategoriyasini tahlil etar ekanmiz. Yozuvchi Said Ahmadning "Kelinlar qo'zg'oloni" komediya asarida quyidagicha hurmat kategoriyasi ifodalangan:
a) F a r m o n. Mana shular mening o'g'illarim O' g' i l l a r. Assalomu alaykum!
F a r m o n. Hammasi meni hurmat qilishadi. Hozir so'rayman. Bolajonlarim!
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
O' g' i l l a r. (qo'llarini ko'ksiga qo'yib). Labbay, oyijon?
Ushbu asar parchasida o'g'illarning monologi hurmat kategoriyasini ifodalagan.
b) N i g o r a: Mulla akalar, men oyimni juda yaxshi ko'rib qoldim. U kishi juda ajoyib odam ekanlar. Hech kim o'z aybini bilmaydi, deganlaridek, oyimlar o'z ayblarini o'zlari bilmayaptilar.
Ushbu misolda so'zlarga qo'shilgan -lar affiksi hurmat kategoriyasini ifodalagan.
c) Ota esa ularni erkalab bag'riga bosadi. Yana dasturxon boshida hammasi jamuljam o'tirishadi. Ota bolalariga tikiladi. Uning ko'zlariga hech kim tik qaramaydi. U uzoq xayollarga cho'madi...
O'zbek xalqi madaniyatida ota-onaning ko'ziga tik boqmaslik,ota-onadan oldin gapirmaslik va ulardan oldin qaysidur ishni ruxsatsiz bajarmaslik hurmat ma'nosini ifodalaydi.
Ingliz asarlaridan Jane Austen asarini tahlil etar ekanmiz ushbu asardagi quyidagi parchada hurmat kategoriyasi ma'nosida savollar so'ralgan.
a) "Can you possibly guess, Lizzy, who is meant by this?" 'This young gentleman is blessed, in a peculiar way, with everything the heart of mortal can most desire, --splendid property, noble kindred, and extensive patronage.
b) Can you yourself, Lizzy, so wholly give him up, as to believe him capable of it?" "Not, perhaps, of neglecting his own interest; but of every other neglect, I can believe him capable.
c) "How could you begin?" said she. "
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zbek xalqi so'zlashuv xulqi, muomala madaniyati bilan ajralib turadi. Yuqorida ko'rib chiqqan asar tahlillaridan ko'rinib turibdiki, o'zbek xalqi ham kattalarga hurmat va kichiklarga izzatga juda katta ahamiyat berishadi. Ingliz xalq madaniyatida hurmat etiket qoidalari sifatida amalga oshiriladi. Hurmat kategoriyasi qonun-qoida sifatida qo'llaniladi. Hurmat kategoriyasi fikrni lo'nda, aniq va obrazli qilib ifodalashda nutqimiz uchun juda ham zarur bo'lgan vositalardan biri hisoblanadi. Binobarin, xalqning ko'p asrlik ijtimoiy tajribasida ming martalab tasdiqlanib kelgan ibratli fikrlar har kun, har soat nutqimizga mazmuniy go'zallik, o'ziga xos jilo baxsh etib kelmoqda. Ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni shu ruhda tarbiyalaydi.
Scientific Journal Impact Factor
ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)
1. Graham J., Haidt J., Koleva S., Motyl M., Iyer R., Wojcik S. Axloqiy asoslar nazariyasi: axloqiy plyuralizmning pragmatik asoslari. 2013.
2. Richardson D. S, Spivey M. J., Edelman S., Neapol A. D. Til fazoviy: aniq va mavhum fe'llarning tasviriy sxemalari uchun eksperimental dalillar.2001.
3. Zulfiyeva Y.-lar affiksining so'z tarkibidagi qo'llanish xususiyatlari// O'zbek tili va adabiyoti. -T.: 1972. 5 -son.
4. Zikrillayev G'.Fe'lning shaxs,son va hurmat kategoriyalari sistemasi.-Toshkent:Fan, 1990 -163b.
5. Koshg'ariy M. Devonu lug'otit turk (Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S. Mutallibov). T. I-II-III. -T.: Fan, 1960-1963. I. -B. 326.
6. Said Akhmad. "Kelinlar qo'zg'oloni" 1970.
7. Shodiyor Hazrat Ismat. "Hol"hikoyasi
8. Jane Austen. Pride and Prejudice. 1813