IMOM G'AZZOLIY - TASAVVUF NAZARIYOTCHISI
To'rayeva Saida Muxtorovna
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi tarix fani ikkinchi toifali
o'qituvchisi ANNOTATSIYA
Mazkur ishda Imom G'azzoliyning ilmiy merosi tasnifi, uning "zohiriy" va "botiniy" ilmlar masalasiga munosabati, tasavvuf ilmi rivojiga ko'rsatgan ta'siri, Imom G'azzoliy ta'limotida shariat va tariqat masalasi kabi mavzular ochiqlab beriladi.
Kalit so'zlar: tasavvuf, shariat, tariqat, imon, aqida, sunnat, fiqh.
IMAM AL-GHAZALI IS A THEORIST OF MYSTICISM
Turaeva Saida Mukhtorovna
Second category teacher of history at the Republican Specialized Design
School ABSTRACT
This work deals with the classification of Imam al-Ghazali's scientific heritage, his attitude to the "external" and "inner" sciences, his influence on the development of mysticism, and the issue of Shari'ah and teachings in Imam al-Ghazali's teachings.
Keywords: mysticism, sharia, sect, faith, creed, sunnah, jurisprudence.
ИМАМ АЛЬ-ГАЗАЛИ - ТЕОРЕТИК МИСТИЦИЗМА
Тураева Саида Мухторовна
Преподаватель истории второй категории Республиканской специализированной школы дизайна АННОТAЦИЯ
В этой работе рассматривается классификatsiя научного наследия Имама аль-Газали, его отношение к «внешним» и «внутренним» наукам, его влияние на развитие мистицизма, а также проблема шариата и учений в учениях Имама аль-Газали. .
Ключевые слова: мистицизм, шариат, секта, вера, вероисповедание, сунна, юриспруденция.
KIRISH
Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri, Sharqda Hujjat ul-Islom va Hujjat ul-Haq rutbasi bilan mashhur bo'lgan Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy o'zining ilmiy merosi bilan yuqorida nomlari zikr etilgan
donishmand allomalar orasida o'ziga munosib joy egallagan betakror shaxsiyatdir. Uning ilm-fan, boy ma'naviyatimiz sarchashmasiga qo'shgan hissasi beqiyosdir. Alloma o'zining asarlarida o'sha vaqtda qamrab olinishi mumkin bo'lgan barcha jabhalarda fikr-mulohazalar yaratdi, inson tafakkurining yangidan-yangi sirli qirralarini kashf etishga musharraf bo'ldi, bashariyatning yorqin xotirasida abadul-abad o'chmas nom qoldirdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mavzuni tadqiq etishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tarix, milliy-diniy qadriyatlar, ma'naviy-madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlarga oid fikrlari, o'zbek va jahon islomshunoslarining tasavvuf tarixi va falsafasi, tasavvufiy adabiyot, ma'naviy merosga oid asarlari va maqolalari nazariy asos bo'lib xizmat qiladi. Ishda tarixiy-qiyosiy va tahliliy-qiyosiy usullardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
G'azzoliy o'zining 55 yillik qisqa umrida juda barakali ijod qildi. Uning qalamiga 100 ortiq asar nisbat beriladi.
Tasavvuf ta'limotining o'zagini tashkil etuvchi muammolardan biri - ilm ul-yaqin va ayn ul-yaqin masalasidir1. Barcha ilmlar shak-shubhadan xoli, mutlaq va abadiy, o'zgarmas haqiqatni izlab topish va anglashga qaratilgan ekan, tasavvuf ta'limoti ham bu masalani cheklab o'tmasdi. G'azzoliy asarlarida ham bu masala keng va atroflicha yoritib berilgan.
Ilm ul-yaqin va ayn ul-yaqin iboralari Qur'onning «Takosur» surasida keltirilgan.
Ushbu sura Makka suralaridan bo'lib, sakkiz oyatdan tashkil topgandir. Bu surada ko'p odamlarning to jonlari chiqib, qabrlariga kirgunlaricha mol-dunyo to'plashga va o'sha arzimas matolar bilan bir-birlariga maqtanishga mashg'ul bo'lishib, Haq yo'lda yurishdan yuz o'girganlari bayon etiladi.
Beshinchi oyatda shunday deyilgan: «Kallo lav ta'lamuna 'ilmal-yaqiyn» (Yo'q! Agar sizlar (dunyoga qul bo'lib qolishning oqibati nima ekanligini) ilm ul-yaqin (ilmiy asosga binoan) bilan bilganiningizda edi (dunyoga qul bo'lib qolmasdingiz!) Takosur-5-oyat).2
G'azzoliy ushbu oyatni quyidagicha izohlaydi:
1 Trimingem Dj. Sufiyskie ordeka v islame. -M.: Nauka, 1995. -S. 234.
2 Qur'oni karim. /O'zbekcha izohli tarjima muallifi A. Mansur. -T.: Cho'lpon, 1992. -B. 651.
233
Agar mol-mulk va dunyoda yetishish mumkin bo'lgan narsalar bilan g'ururlanish qiyomat kuni hech qanday foyda bermasligini payg'ambarlar kabi yaqindan bilsaydingiz, mol va dunyo bilan g'ururlanmasdingiz!
Imom G'azzoliy ilm ul-yaqin va ayn ul-yaqin masalasini quyidagicha izohlaydi:
1. Ilm al-yaqin, payg'ambarliklari sababli, payg'ambarga oiddir. Ayn al-yaqin esa farishtalarga oiddir. Chunki ular Lavhi Mahfuzni, qalamni, Jannat va Jahannamni, Arshu Kursini aynan ko'radilar va mushohada etadilar.
2. Ilm al-yaqin tiriklar uchun, aynal-yaqin esa o'liklar uchundir. Chunki tiriklar insonlar o'lganini va o'liklarning ham qabrlarda ekanliklarini biladilar. Lekin qabrda nima ahvolda ekanliklarini bilmaydilar. Holbuki, o'liklar qabrlarni aynan biladilar va mushohada etadilar: qabrlar, yo jannat bog'laridan bir bog', yo jahannamning bir chuquridir.
3. Ilm al-yaqin qiyomatni bilmoqdir. Ayn al-yaqin esa, qiyomatni va qiyomatning dahshatini aynan ko'rmoq va mushohada etmoqdir.
4. Ilm al-yaqin jannatni va jahannamni bilmoqdir. Ayn al-yaqin esa bularni aynan ko'rmoq va mushohada etmoqdir3.
Ko'rinib turganidek, G'azzoliy tasavvuf orqali ilmiy muomalaga kirgan tushunchalarni ham Qur'on oyatlariga bog'lab tushuntirishni afzal biladi. G'azzoliy shariat rusumlarini tushuntirishda esa, irfoniy ma'noga ega bo'lgan fikrlardan ham mohirlik bilan foydalangan. Jumladan, tahorat bobida uning quyidagi fikrlari alohida ahamiyatga ega:
«Uch narsa tahoratning to'la bo'lishini ta'minlaydi:
1. Qalbni yashirin adovat, yomon niyatdan va hasaddan tozalamoq.
2. Vujudni gunohlardan tozalamoq.
3. Suvni isrof qilmay, chiroyli tahorat olib, a'zolarni yuvmoq.
Shu misoldan ham ko'rinib turibdiki, G'azzoliy uchun shariat rasm-rusumlaridan ko'ra uning mohiyatiga og'ishmay amal qilishni asosiy shart sifatida qaragan. Shu bilan birga, shariat amallarini kam-ko'stsiz ado etish ham tariqat ahlining birlamchi sharti, deya hisoblagan. U shariatsiz tariqatni «gumrohlikka eltuvchi yo'l» sifatida qaragan.
G'azzoliy zohiriy va botiniy ilmlar o'rtasidagi munosabatni asarning «Ilmi zohir birla ilmi botin orasidagi munosabat va muxolifat bayonida» nomli faslida quyidagicha izohlab beradi:
«Bas, zohir ilmi - po'st va haqiqat ilmi - mag'izdur. Bas, kshikim sa'y va jadal birla zohir ilmi va aqidai ahli sunnat va jamoani yo'liga keltiribdur va ilmi
3 Imom G'azzoliy. Kimiyoi saodat. -T.: Yangi asr avlodi, 2005. -B.134-137.
234
haqiqatdin nasiba topmabdur. U pindor, ya'ni takabburlik bilan gumon qilurkim, hamma ilm mening bilganimdur deb.
G'azzoliy oldin ilmni shariat ilmlari va g'ayrishariat ilmlari deb ikkiga bo'lgan edi. G'ayri shariat (noshariat) ilmlarining bir qismini to'g'ri deb hisoblagan edi. Masalan, tibbiyot, matematika va shunga o'xshash dunyoviy fanlarkim, yashash uchun ko'p hollarda zarurdir. Sehrgarlik va shomonlik4 kabi ikkinchi qism ilmlarna u islomga zid mashg'ulot deb tanqid ostiga oladi.
Biroq G'azzoliy tushuntirmoqchi bo'lgan shariat ilmlariga kelganda, ularning barchasi haq va to'g'ri. Faqat ayrimlari borki, ularni diniy bilimlarga qo'shish munosib emas. Shundan kelib chiqib, shariat ilmlari ham to'g'ri va noto'g'ri qismlarga bo'lingan.5 To'g'ri diniy ilmlar to'rt bobda qarab chiqilgan: asosiy va ikkinchi darajali ruknlar, faraz va qo'shimchalar bayon qilingan. Asosiy rukn (asl)lar Qur'on, Sunnat va ijmo', shuningdek, sahobalar rivoyati ishlaridan foydalanishdir. Ikkinchi darajali rukn(asl)lar - bular asosiy asllarning idrok etilishidir.6 Shunga e'tiborni qaratish o'rinliki, G'azzoliy fikri bo'yicha, ikkinchi darajali asllarni anglash uchun matnning ko'rinishining o'zi kifoya emas, aqlni albatta yordamga chaqirish zarur. Uning nazarida shariat so'zi o'zining lug'aviy ma'nosidan ko'ra kengroq ma'noga ega. 7 Ikkinchi darajali asllar ikki furu'(shoxcha)ga bo'linadi. Fiqh shug'ullanadigan birinchi shoxcha dunyoviy ishlarni ado etishga yo'naltirilgan. Demak, faqihlar dunyoviy olimlardirlar. Ikknchi shoxcha esa uxraviy olamga yo'naltirilgan bo'lib, u qalb olami haqidagi va munosib yoki nomunosib axloq hamda odatlar olami haqidagilarni qamrab oladi.8 Shunday qilib, G'azzoliy fiqhni dunyoviy ilm deb hisoblab, deydi: «Insonning avvali tuproq, uning yakuniy oxri esa - yo jannat yoki do'zax. Dunyo - bu avval bilan oxir o'rtasidagi ko'prik. Agar odamlar ziddiyat va dushmanlik paydo bo'lmaganda edi, faqihlarga ehtiyoj qolmagan bo'lardi. Ammo bu dunyo odamlarining hirsu hasadi bir-birlariga nisbatan adovat qo'zhatadi, natijada, insoniyat jamiyati hukmdorlar va shohlarga ehtiyoj sezadi, ularga esa, o'z navbatida qonunlar kerak bo'ladi, chunk ular qonunlarga asoslanib, odamlarni boshqarishlari lozim. Voqean ham jamiyat faqihlarga va fiqhga shuning uchun ehtiyoj sezadiki, faqihlar siyosat qonunlarini biladilar. Shunday qilib, «faqih - siyosiy qonunlarni, xirslariga qul bo'lib, o'zaro olishadigan odamlar ustidan hukm chiqarish ishlarini yaxshi biladigan kishidir. Shuning uchun ham faqih - bu shohning ustozi va
4 Eh'youl ulum vad din. Imom G'azzoliy. Dorul ma'rifat. -Bayrut, 1402 hij. -B.16.
5 Eh'youl ulum vad din. Imom G'azzoliy. Dorul ma'rifat. -Bayrut, 1402 hij. -B.16.
6 O'sha joyda.
7 O'sha joyda.
8 O'sha joyda.
ma'naviy rahbaridir. U shohning adolat yuzasidan odamlarni boshqarishi, ularni himoya qilishi va ular ishlarida tartib o'rnatishini kuzatib turishi kerak. Tabiiyki, faqih ham din bilan bog'langan, ammo to'g'ridan to'g'ri emas, balk dunyo orqali bog'langandir. Albatta, shuni bilish zarurki, dunyo oxirat uchun urug' ekiladigan maydondir. Va diniy ishlar dunyoda oxiriga yetadi».9
G'azzoliy boshqa so'fiylar kabi, qalbni Haqiqatga eltuvchi eng yaqin va to'g'ri yo'l deb hisoblaydi. Qalb uning fikricha, ruhiyat olamining eng oliy ko'rinishi bo'lib, tuyg'u va nafs unga tobedir, aql esa uning bir bo'lagi hisoblanadi. Qalbni hech qachon aql bilan qarama-qarshi qo'yib bo'lmaydi. Qalbning eng oliy darajasi, G'azzoliyning fikricha, payg'ambarlarda bo'ladi, undan so'ng avliyolar, hakimlar va olimlarning qalbi har biri bu yo'lda erishgan mavqesiga qarab tabaqalanadi. Haqiqat yo'lidagi har bir solik o'zining boshidan o'tgan ruhoniy holatlardan xabari bor va oldidagi yo'lning nihoyasida uni nima kutmoqligidan bexabar bo'ladi. Shuning uchun, payg'ambarlarning holini avliyolar bilmaydi, avliyolar qalbidan hakimlar bexabar. Bu - go'dak, yigit va keksa odamning holiga o'xshash bir ko'rinishdir. Yosh bola yigitning tuyg'ularidan bexabar bo'ladi, chunki u hali balog'at yoshiga yetmagan. Yigit kishi esa, go'dakning holi va tuyg'ularidan xabardor bo'lgani bilan, barkamol insonning fikr-o'ylari unga begona bo'ladi, chunki u bu umr bosqichini bosib o'tmagan.
G'azzoliy qalbni oynaga o'xshatadi. Bu oyna kibr, harislik, g'azab, nafrat, baxillik kabi zang keltiruvchi xislatlardan poklagandan so'ng axloq suvi bilan yuvib, sayqallangan qalbda ilohiy haqiqat tazohir etadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytish kerakki, G'azzoliygacha tasavvuf va rasmiy shariat doirasi bir-biri bilan kuchli ixtilofda edi. G'azzoliy o'z asarlari bilan tasavvuf aslida islomga muqobil bir ta'limot emasligi, balki u aslida islom madaniyati qobig'idan chiqqan adabiy-irfoniy hodisa ekanligini isbotlab beradi. G'azzoliy taassubni qattiq qoralaydi va diniy, mazhabiy bag'rikenglikni rivojlanishning muhim omili sifatida baholaydi. Tasavvuf uning nazdida axloqiy poklanishdan o'zga narsa emas. Tasavvuf amallari shariat qonuniyatlariga muvofiq kelgandagina najot keltiruvchi amallardan bo'lishi mumkin. Bejiz emaski, «Ihyo ul-ulum ad-din»ning uchinchi rub'i «Muhlikot» (Halokatga eltuvchi amallar) deb ataladi. Ushbu kitobda qalb haqidagi ajoyib va diltortar tasvir bilan so'z boshlab, insonning o'z-o'zini taftish etib turmasligi, har doim o'zini tahlil etib borib, noshoyista amallardan uzoqroq yurish lozimligini turli dalil va hikoyatlar bilan yoritib bergan. Bundan tashqari, munofiqlik, yolg'on
9 Eh'youl ulum vad din. Imom G'azzoliy. Dorul ma'rifat. -Bayrut, 1402 hij. -B.16.
236
gapirish, takabburlik, chaqimchilik, ilmga amal qilmaslik, mayxo'rlik, hasadgo'ylik, boylikka ruju qo'yish, til ofatlari kabi yomon xislatlar inson qalbini toshga aylantiruvchi va halokatga eltuvchi xislatlar sifatida qoralanadi.
Najot beruvchi amallar sifatida G'azzoliy insonni komillikka eltuvchi amallar, jaholat va g'ofillikdan qutqaradigan ruhiyat manzillari haqida so'z yuritadi. G'azzoliy tasnifida bu manzil va maqomlarning birinchisi tavba bo'lib, undan so'ng solik sabr, shukr, xavf, rajo (umid), faqr, zuhd, tavhid, tavakkul, muhabbat, shavq kabi tasavvufga xos bo'lgan maqomlarni bosib, ichki hurriyat saodatiga erishmog'i mumkin. Ma'lum bo'ladiki, G'azzoliy tasavvuf ta'limotiga insonni komillik va haqiqatga eltuvchi, zalolat va gumrohlikdan qutqaruvchi yo'l sifatida qaraydi. Uning tasavvuf rivojida ko'rsatgan xizmati beqiyosdir.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
2. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. «Turkiston-press» axborot agentligining savollariga javoblar. -T. O'zbekiston, 1999.
3. Homidiy H. Tasavvuf allomalari. -T.: Sharq, 2001.
4. Abu Homid G'azzoliy. Mukoshafat ul-qulub/ Tarj.: Miraziz A'zam. -T.: Adolat, 2002.
5. Trimingem Dj. Sufiyskie ordeka v islame. -M.: Nauka, 1995.
6. Qur'oni karim. /O'zbekcha izohli tarjima muallifi A. Mansur. -T.: Cho'lpon, 1992.
7. Imom G'azzoliy. Kimiyoi saodat. -T.: Yangi asr avlodi, 2005.
8. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILV/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
9. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599. 10.Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.