Научная статья на тему 'Imom Buxoriyning pedagogik qarashlari'

Imom Buxoriyning pedagogik qarashlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
202
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
hadisshunoslik / komil inson / sahih / musulmon / tarbiya / axloq

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ra’no Rustam Qizi Umarova, Munisa Sa’dulla Qizi Shukrullayeva

Ushbu maqolada Imom Buxoriyning ustozlari, shogirdlari va u zotning kelajak avlodga qoldirgan olamshumul ma’naviy meroslari hamda Al-Buxoriy asarlaridan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Imom Buxoriyning pedagogik qarashlari»

Imom Buxoriyning pedagogik qarashlari

Ra'no Rustam qizi Umarova Munisa Sa'dulla qizi Shukrullayeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Imom Buxoriyning ustozlari, shogirdlari va u zotning kelajak avlodga qoldirgan olamshumul ma'naviy meroslari hamda Al-Buxoriy asarlaridan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati o'rganilgan.

Kalit so'zlar: hadisshunoslik, komil inson, sahih, musulmon, tarbiya, axloq

Pedagogical views of Imam Bukhari

Rano Rustam kizi Umarova Munisa Sadulla kizi Shukrullayeva Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: This article examines Imam Bukhari's teachers, students, and the universal spiritual heritage he left to future generations, as well as the scientific and practical significance of using Al-Bukhari's works.

Keywords: hadith studies, perfect human being, authentic, Muslim, education, ethics

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. Bolalikdan kuchli xotira va o'tkir zehni bilan tengdoshlaridan ajralib turgan. Hadisshunoslik bo'yicha dastlabki saboqlarni yurtimizda, o'sha davrda Buxoroning ko'zga ko'ringan, taniqli ulamolari Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Shayx Dohiliy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn al-Masnadiy, Ibrohim ibn al-Ash'as va boshqa ko'plab yirik olimlardan o'rgandi. Imom Buxoriy haqida ustozi Muhammad ibn Salom Poykandiy shunday deydi: "Muhammad ibn Ismoil qachon mening huzurimga kirsa, har doim men o'zimni yo'qotib qo'yib, doim undan xavotirda turaman." Bu so'zga izohni esa al-Xofiz ibn Xajar Muhammad ibn Ismoilning huzurida xato qilib qo'yishdan qo'rqar edi, deya izohlaydi.

Imom Buxoriy 16 yoshigacha Buxoroda ilm olgan, milodiy 825-yildan boshlab ilm olish chunonchi hadis ilmini o'rganish maqsadida safarga chiqadi va bu safarlari davomida mingdan ziyod ustoz, shayx, mashoyixlardan hadis rivoyat qilgani haqida manbalarda aniq ko'rsatilgan. Imom Buxoriy hadis ilmini o'rganish, hadis rivoyat

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1032

qilish bilan birgalikda ko'plab muhaddislarga ustozlik ham qilgan. Imom Buxoriy butun umrini hadis ilmiga bag'ishlagan va 20 dan ziyod ilmiy asarlarni meros qilib qoldirgan. Jumladan: "Al-Adab al-mufrad", "Kitob al-Kuna", "Kitob al-Favoid", "At-Tarix al-Kabir", "Al-Musnad al-Kabir", "Al-Tafsir al-Kabir", "Kitob al-Hiba", "Kitob al-Mabsut", "Bir al-Volidayn", "Kitob ar-Riqoq", "Al-Qiroat-u xalf al-imom", "Kitob al-Illal" va boshqalar. Buxoriyning eng yirik asari "Al- Jomi' as-sahih" asaridir. Bu asar islom olamida "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhur va Quroni Karimdan keyingi muqaddas manba sifatida XII asrdan buyon musulmonlar tomonidan organilib kelinmoqda. Al-Buxoriyning ushbu asarida jami takrorlanadigani bilan hisoblaganda 7275ta hadis, takrorlanmaydigan holda esa 4000 ta sahih hadis kiritilgan.

Bilamizki, Sharqda axloqiy ta'lim-tarbiya komil inson tushunchasi bilan chambarchas bog'liq. Imom Buxoriy asarlarida barcha musulmonlar bir ovozdan "komil inson" deya tan oladigan, barcha uchun namuna bo'la oladigan zot, Muhammad Mustafo (s.a.v)ning hayotlari davomida bajarishga buyurgan ishlari yo ozlari bajargan va yoki ozlari ham bajarmagan va ummatlarini bajarishdan qaytargan ishlari hamda ularning ko'rsatmalari ya'ni hadislar o'rin olgan. Hadislar Rasululloh (s.a.v)ning xulqlari va u zotning ummatlariga o'gitlari haqida har tomonlama tushuncha beradi. Ya'ni Muhammad (s.a.v)ning kundalik hayotida va atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlarida Qu'roni Karim tamoyillarini qanday tatbiq etganlariga misollar keltiradi. Shunday ekan, hadislar biz pedagoglarga komil insonni tarbiyalashda yo'riqnoma ekanligini tushunishimiz va amaliyotda buni qo'llashimiz lozim. Masalan quyidagi hadisdan o'quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishda vosita sifatida foydalanishimiz mumkin. Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar: "Rasululloh (s.a.v) bunday deydilar: "Bir odam yo'lda ketayotgan edi, chanqab qoldi. Bir quduqni topdi -da ichiga tushib suv ichdi. Keyin, quduqdan chiqqan edi, bir itning chanqoqdan harsillab tuproqning namini yalayotganini ko'rdi. Shunda u o'ziga-o'zi "Bu it ham mening singari chanqab qolibdi" deya quduqqa qayta tushib, mahsisining qo'njida suv olib chiqdi-da, itga ichirdi. Alloh taolo (hayvonga qilgan mehribonligiva rahm-shafqati uchun) uning gunohlarini afv qildi. (27-bob) Ya'ni, "Jonivorlarga ozor berish mumkin emas, Payg'ambarimiz Rasullulloh (s.a.v) bundan qaytarganlar", "Birovning daraxtini sindirishing yaxshi ish emas, hatto o'zganing bitta ignasi uchun ham qiyomatda javob beriladi" Yuqoridagi hadisda inson har bir qilgan xatti-harakati uchun javob berishi, nafaqat insonlarga nisbatan balki atrof-muhitga nisbatan ham to'g'ri munosabatda bo'lishi lozimligi, qolaversa, atrofdagilarga moddiy va ma'naviy ziyon yetkazmaslik kerakligi anglashiladi. Musulmonlar atrof-muhitga ya'ni tabiatga o'zining qo'shnilariga qilgandek munosabat qilishlari lozim, lekin bugungi kunda, biz insonlar buning aksini bajarayotganimiz global muammolarga sabab bo'lmoqda. Havoning ifloslanishi, dengiz va okeanlarga minglab tonnalab axlatlar uyumi, plastik buyumlar tashlanishi, yoki ko'plab hayvonlar, qushlarning turlari "Noyob tur" deya topilishi,

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1033

borgan sari ularning qirilib ketayotgani insonlarda ekologik tarbiyaning mavjud emasligiga dalil bo'la oladi. Biz muammolarimizga yechimni ta'lim orqali bera olamiz va bunda Imom Buxoriy asarlarining ahamiyati yuqori, negaki, hadislarda barcha ijtimoiy holatlarga va muammolarga turli hayotiy misollar berilgan. O'quvchilarda ma'naviy- axloqiy tarbiyani shakllantirishda hadislarning o'rni beqiyos. Hadislar musulmonlarning ma'naviy qadriyatidir. Ular yoshlar xulq-atvori, tabiatini gozallashtiradi, ota -ona hamda ustoz murabbiylarning tarbiya usulida tayanch qo'llanma bolib xizmat qiladi. Hadislarni maktablardan boshlab o'qitish, adabiyot, tarbiya kabi fanlarda ulardan keng foydalanish zarur, negaki, maktab o'quvchilari voyaga yetguncha o'zida insoniy fazilatlarni shakllantirib olishida ko'makchi bo'ladi.

Yoshlar tarbiyasi har bir davr va makonda ham eng dolzarb masalalardan biri bo'lgan. Bugun yoshlar o'rtasida "ommaviy madaniyat", "ryodan" va boshqa ko'plab vayronkor g'oyalar avj olgan, globallashuv davrida yashar ekanmiz, har birimiz farzandlarimizni, o'quvchi yoshlarning ma'naviy va axloqiy ta'lim-tarbiyasiga mas'ulmiz. Shunday ekan, asrlar davomida foydalanib kelingan, ishonchli manba bo'lmish Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanishiz, o'zimizda mavjud bo'lgan, milliy qadriyatlarimizni o'zida aks ettiruvchi manbalarga murojaat qilishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Imom al-Buxori "Al-Jomi' as-sahih"

2. Imom Buxoriy "Al-Adab al-mufrad"

3. Ahmad Muhammad Tursun "Sohilsiz dengiz"

4. Nilufar To'ymurodova "Ta'lim- tarbiya jarayonida hadislardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati"

5. M.X. To'xtayeva "Imom Buxoriy asarlarida axloqiy tarbiya haqidagi g'oyalar".

6. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

7. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

8. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

9. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1034

10. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)

11. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).

12. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

13. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

14. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1035

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.