Научная статья на тему 'IJTIMOIY XATTI-HARAKATLAR VA HUQUQBUZARLIK'

IJTIMOIY XATTI-HARAKATLAR VA HUQUQBUZARLIK Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
737
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xatti-harakat / anomiya / oqilona harakat / maqsadli harakat / affektiv harakat / huquqbuzarlik / jinoyatchilik / sotsiologik talqin. / behavior / anomie / rational action / purposeful action / affective action / offense / crime / sociological interpretation.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nosirova, M.

Ushbu maqolada inson xatti-harakatlari va uning ilmiy talqini hamda huquqbuzarlik bilan aloqasi kabi jihatlarga ahamiyat beriladi. Sotsiologik va kriminologik tushunishlar orqali mazkur muammolar tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL BEHAVIOR AND CRIME

This article focuses on such aspects as human behavior and its scientific interpretation, as well as the relationship with crime. These problems are analyzed through sociological and criminological understanding.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY XATTI-HARAKATLAR VA HUQUQBUZARLIK»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

IJTIMOIY XATTI-HARAKATLAR VA HUQUQBUZARLIK

Nosirova M.

Andijon davlat universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson xatti-harakatlari va uning ilmiy talqini hamda huquqbuzarlik bilan aloqasi kabi jihatlarga ahamiyat beriladi. Sotsiologik va kriminologik tushunishlar orqali mazkur muammolar tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: xatti-harakat, anomiya, oqilona harakat, maqsadli harakat, affektiv harakat, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, sotsiologik talqin.

ABSTRACT

This article focuses on such aspects as human behavior and its scientific interpretation, as well as the relationship with crime. These problems are analyzed through sociological and criminological understanding.

Keywords: behavior, anomie, rational action, purposeful action, affective action, offense, crime, sociological interpretation.

KIRISH

Ma'lumki, tarbiyaning tayyor retsepti yo'q va bo'lishi ham mumkin emas, tarbiyaning usullari va metodikasigina mavjud bo'lib, ular maqsadga erishishda yordam beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyeyov ta'kidlaganidek, "Insonni faqat jazolash bilan, faqat repressiv usullar bilan tarbiyalab bo'lmaydi. Buni hayotning o'zi ko'p bor isbotlagan. Insonni tarbiyalash uchun butun jamiyat harakat qilishi, avvalambor, jinoiy holatlarni tug'diradigan sabab va omillarni hayotimizdan bartaraf etishimiz kerak"1.

Jinoyatchilikning oldini olish huquqiy davlat, uning iqtisodiyoti, mafkurasi, madaniyati, odamlar o'rtasidagi rang-barang ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar majmui, ya'ni jamiyat hayotini jinoyatchilikka zid bo'lgan tarzda tashkil etish yo'li bilan ta'minlanadi. Kriminogen (jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi yoki ularga imkoniyat yaratuvchi) omillarni bevosita bartaraf etish borasidagi izchil faoliyat ham jinoyatchilikning oldini olishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uyushgan jinoyatchi-likka qarshi kurash amaliyoti bu yerda uning fosh qilinishi hamda uning oldini olish nuqtai nazaridan, ayniqsa, jinoyat protsessi yo'nalishida oqilona huquqiy normalar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Tarixiy jihatdan jinoyatchilikning sotsial kelib chiqishiga oid g'oyalar uning biologik mohiyati to'g'risidagi ta'limotga nisbatan ilgariroq va batafsilroq taraqqiy

1 Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2021. 107 bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

etganiga qaramay, dastlabki qarashlar qadimda va o'rta asrlarda, ijtimoiy va tabiiy fanlar taraqqiyot darajasi hali ancha past bo'lgan bir paytda diniy qarashlar va xurofot, bid'atlar jiddiy o'rin tutgan. Jinoyatchilarni ko'pincha aqldan ozgan, ichiga shayton, "insu-jins" joylashib olgan odamlar deb hisoblaganlar. Jinoyatchining inson sifatida yashash huquqini tan olmaslik insonning o'zidan jinoiy mohiyat izlashga qadar olib keldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym tomonidan ilgari surilgan anomiya nazariyasiga ko'ra, deviant xulq namoyon bo'lishining asosiy sabablaridan biri bu «ijtimoiy anomiya» hodisasi bo'lib, «Jamiyatda mavjud bo'lgan eski meyor va qadriyatlarning mavjud real munosabatlarga javob bermasligi, yangilari hali o'rnashishga ulgurmaganligi»2 uning a'zolari orasida deviant xulqning yuzaga kelishiga olib keladi.

Anomiya (so'zma-so'z ma'nosi - meyorsizlik, qonunsizlik) - jamiyatning shunday bir holatiki, bunda jamiyat a'zolarining bir qismi hamma uchun majburiy normalar mavjudligini bila turib ularni buzadi yoki ularni pisand qilmaydi. Fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym anomiya hodisasini qoidalar ishlab chiqilmaganligi yoki ularning buzilishi bilan tushuntirishga harakat qiladi. U ayrim ijtimoiy faktlarni (o'zini o'zi o'ldirishlarni) psixologik yoki biologik tushunchalardan foydalanmasdan, boshqa ijtimoiy faktlar yordamida tushuntiradi. Keng faktik materialni to'plash orqali E.Dyurkgeym o'zini o'zi o'ldirishlar soni turli ijtimoiy guruhlarda teng emasligini (katoliklarda protestantlardan kamroq; shaharda qishloqdagidan ko'proq va sh.k.) ko'rsatadi va isbotlaydi. E.Dyurkgeym o'zini o'zi o'ldirishlar darajasini jamiyatning birlashish (birdamlik, jipslashish) darajasi bilan taqqoslaydi: birlashish darajasi qancha baland bo'lsa, o'zini o'zi o'ldirishlar darajasi shuncha past bo'ladi va aksincha, jamiyatda anomiya darajasi qancha baland bo'lsa, o'zini o'zi o'ldirishlar darajasi ham shuncha yuqori bo'ladi.

Nemis sotsiologi M.Veber qarashlarida harakat qilayotgan inson tayanch nuqtasi hisoblanadi. Unga olim "ijtimoiy fanlar atomi" sifatida qaraydi. Olim bularni tushuntirishda asosiy kategoriyalar - xulq-atvor, harakat va ijtimoiy harakatlardan foydalanadi. Veberga ko'ra, xulq-atvor - faoliyat umumiy kategoriyasi. Faoliyat, agar harakat qiluvchi unga subyektiv ma'no yuklasa, harakatga aylanadi. Nazarda tutilayotgan ma'no boshqa kishilarning harakatlari bilan bog'lansa va ularga qarab mo'ljal olsa, harakat ijtimoiy harakatga aylanadi. Bunda ijtimoiy harakatning ikki asosiy belgisi farqlanadi: 1. Oqilonalik, onglilik. Harakat, "agar harakat qiluvchi yoki harakat qiluvchilar unga muayyan subyektiv ma'no yuklasalar", ijtimoiy bo'ladi. 2.

2 Дюркгейм Э. CaMoy6rncTBo. Сoциoлoгический этюд. - М.: Мысль, 1994. - С. 278.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Boshqalar xulq-atvoriga qarab mo'ljal olish. Harakat, agar u "boshqalar xulq-atvori bilan bog'lansa va ularga qarab mo'ljal olsa", ijtimoiy bo'ladi.

Onglilik mezoniga muvofiq M.Veber ijtimoiy harakatning to'rt turini ajratadi:

1. Oqilona maqsadli harakat - inson harakati "modeli" Bu yerda maqsadlar ham, vositalar ham aniq. Mazkur harakat subyekt o'z maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq anglashi bilan tavsiflanadi. Bu harakat uning natijalarini aniq tasavvur qilishni ham nazarda tutadi. Shunday qilib, oqilona maqsadli harakat - bu to'laligicha oqilona harakatdir. Bu turdagi harakat iqtisodiy sohada ayniqsa rivojlangan.

2. Oqilona qadriyatli harakat uning o'zi natijalaridan qat'i nazar qadriyat hisoblanishiga bo'lgan ishonchga asoslanadi. Oqilona qadriyatli harakatda inson maqsadga erishish yo'lida o'z harakatlarini tashqi dunyo bilangina emas, balki o'zining subyektiv - axloqiy, estetik, diniy qadriyatlari bilan ham muvofiqlashtiradi. Kutilgan oqibatlar bilan hisoblashmasdan o'z e'tiqodlariga muvofiq ish ko'ruvchi inson sof oqilona qadriyatli harakat qiladi. Bundan oldingi turdagi harakat bilan taqqoslaganda, bu yerda shaxs maqsad va unga erishish yo'llarini to'liq anglamaydi, chunki ong qadriyat bilan belgilanadi (qadriyatni tanqidiy nuqtai nazardan anglab yetish mumkin emas).

3. An'anaviy harakat zamirida muayyan harakatlarga odatlanganlik yotadi. Bunday harakat aniq maqsad bilan belgilanmaydi. Bu inson ko'nikkan, muntazam takrorlanadigan va o'z-o'zidan bajariladigan harakatlardir. Subyekt o'zi ko'nikkan an'anaga muvofiq ish ko'radi va o'z oldiga muayyan maqsad qo'yishga, qadriyatlarni belgilashga ehtiyoj sezmaydi. Mohiyat e'tibori bilan bu madaniy an'anadan mustahkam o'rin olgan va oqilona tanqidni talab qilmaydigan muayyan xulq-atvor andozalariga taqlid asosida shakllanadigan harakatdir.

4. Affektiv harakat. Bu yerda subyektning ruhiy holati (mayl, qo'rquv, g'azab) harakatni belgilovchi omil hisoblanadi. Qilmish maqsad yoki qadriyatlar tizimi bilan emas, balki muayyan sharoitda subyektning ruhiy reaksiyasi bilan belgilanadi. Mazkur ijtimoiy harakatning asosiy vazifasi - ruhiy tushkunlikdan qutulish. Affektiv harakat ongli harakat bilan chegaradosh bo'lib, undan tashqarida qilmish o'z ijtimoiy xususiyatini yo'qotadi. Faqat oqilona qadriyatli va oqilona maqsadli harakatlar vebercha ma'nodagi ijtimoiy harakatlar hisoblanadi. M.Veber fikriga ko'ra, inson xulq-atvori harakatlarning yuqorida tavsiflangan to'rt ideal tipi bilan cheklanmaydi, biroq ularni ayniqsa ko'p uchraydigan harakatlar deb hisoblash mumkin. An'anaviy jamiyatlarda odamlar odatlarga bo'ysunganlar, zamonaviy jamiyatda esa ular o'z ehtiyojlari va manfaatlariga qarab ish ko'radilar. Bundan tashqari, oqilona maqsadli xulq-atvor asta-sekin oqilona qadriyatli xulq-atvorni chetga chiqarib qo'yadi. Lo'nda qilib aytganda, qadriyatlarga emas, balki muvaffaqiyatga bo'lgan ishonch birinchi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'ringa chiqadi. Germaniyalik, keyinchalik AQShda muhojirlikda yashagan olim, vrach va sotsiolog K. Xorni (1885-1952) insonning mohiyati bezovtalik tuyg'usi (jizzakilik, ikkiyuzlamachilik, befarqlik, kattalarning bolalarga nisbatan rahmsizligi va sh.k.) bilan belgilanadi deb hisoblagan. Uning fikricha, nevrotik simptomlar manbasi - edip kompleksi emas, balki bezovtalik tuyg'usidir. Barcha nevrotiklar reaksiyalarning rigidligi (yangi vaziyatga moslashishga qodir emaslik), potensial imkoniyatlar va real natijalar o'rtasidagi tafovut bilan tavsiflanadi. "Davrimiz nevrozlari" manbasi - shaxs qadriyatlari va uning jamiyatdagi real holati o'rtasida, ehtiyojlarni sun'iy rag'batlantirish (moda, reklama va sh.k.) va ularni ijtimoiy va fiziologik jihatdan qondirish imkoniyatining yo'qligi o'rtasida to'qnashuvda deb tushuntiradi. K. Boulding (1910) o'zining "Konflikt va himoya: Umumiy nazariya" (1963) asarida konfliktli xulq-atvor modelini taklif qiladi. Bu modelni konflikt umumiy nazariyasi deb ham ataydilar. K. Boulding fikriga ko'ra, barcha konfliktlar umumiy strukturaga va bir xil rivojlanish mexanizmlariga ega. Boshqa kishilar bilan kurashishga, zo'rlik ishlatishga intilish insonning tabiatida zohirdir. Aynan o'smirlik chog'ida ham shunday holatlar yuz berib turadi. Kattalar bilan tez nizoga kirishish, o'zini haq deb bilish, jizzakilik qilish holatlari uchrab turadi.

Amrikalik sotsiolog va psixolog J.Mid rollarga asoslangan xulq-atvor tushunchasini ilmiy muomalaga kiritadi: xulq-atvor reaksiyalar va stimullardan emas, balki individ o'z zimmasiga olgan va boshqa kishilar bilan muloqot jarayonida "o'ynaydigan" rollardan tarkib topadi. J.Midda "Men" to'laligicha ijtimoiy xususiyat kasb etadi. "Men"ning boyligi va o'ziga xosligi uning o'zini qurshagan muhit bilan o'zaro aloqalarining doirasi va rang-barangligiga bog'liq bo'ladi. O'smir o'z "Men" ini to'la anglamagan bo'lganligi va jamiyatda o'z o'rnini topishga bo'lgan ishtiyoq yuqoriligi sababli, har doim ham atrofdagilar bilan murosaga kela olmaydi. Buning oqibatida qonunbuzarlik yoki jinoyatchilik yo'liga kirib ketishlari ham ro'y beradi.

Demak, turg'unlik yillaridagi so'z bilan ishning nomuvofiqligi, axloq tarbiyasidagi qo'pol xatolar o'smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, tarbiyani insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o'smirlar taqdiri masalasi ham g'oyat jiddiy tus oldi. O'smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtasi nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta'sirlarga beriluvchan o'smir o'g'il-qizlarga alohida e'tibor berish zarur.

O'smirlar muammosiga e'tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: 1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san'at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o'zgarayotgani 2) ommaviy axborot ko'lamining kengayishi tufayli o'smirlar ongliligi darajasining ko'tarilgani; 3) o'g'il va qizlarning dunyo

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani; 5) o'smirlar bilan ishlashda g'oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) o'quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o'zini o'zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.

Kriminologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan beshta jinoyatdan to'rttasi nazoratsizlik, salbiy xislatlarga ega shaxslar ta'siri ostida yuz bergan.

Italiyalik olim CH. Lambrozo g'oyasida odamlar biologik tuzulishiga ko'ra xulq-atvor tipining ma'lum bir turiga moyilligi bilan bog'liq holda tushuntirilish bekorga emas. U kriminal tipning biologik jihatlarini tahlil qiladi va jinoyatchilarni 4 tipga ajratadi:

1. Tug'ma jinoyatchilar tug'ilganidan anatomik, fiziologik belgilari ko'ra aniqlanadi. Ular jinoyatni anglagan holda, o'ylab, ishonch bilan harakatlanadilar.

2. Ruhiy kasallikka uchragan jinoyatchilar. Ular anglamagan holda ruhiy kasallik natijasida qonunlarni buzadilar.

3. Ishqiboz yoki kuchli ehtirosga moyilligi bor jinoyatchilar. Beqaror xarakterli va o'ylamasdan jazava holatida jinoyat qiluvchilar.

4. Tasodifiy jinoyatchilar. Voqealarning bir-biriga to'g'ri kelib qolishi oqibatida va mulohaza qilmasdan, vaziyatga qarab jinoyat qiluvchilar.

Lambrozo filogenetik xususiyatlar asosida inson evolyusiyasini tahlil qilgan bo'lsa, amerikalik sotsial psixolog va vrach V. Sheldon XX asr o'rtalarida jinoyatchi xulqi, inson tanasining tuzulishini jonivorlardagi anologiyasi bo'yicha tahlil qiladi. Inson tanasi tuzulishining somatik, fiziologik va psixologik tasnifiga muvofiq keladigan uch turini ajratib ko'rsatadi: 1. Ektomorf (tashqi shakl) - haddan tashqari sezgir, ozg'in, nevroz, o'zini tahlil qilishda og'uvchan. Tasodifan jinoyatchi bo'lib qoladi. Endomorf (ichki shakl)- o'rtacha to'la, yumshoq, dumaloq tana, kirishimli, o'z hohishlariga erk beruvchi, voqealarning bir-biriga to'g'ri kelib qolishi oqibatida jinoyatchiga aylanadi. Mezomorf (o'rta, oraliq)-kuchli tana mushaklariga ega, his qilishning boshlanishi sust, notinch. Bu tip ko'proq kriminal hulqga erk beruvchi tipdir. Biroq amalda kuzatishlar va tadqiqotlar deviatsiyaning biologik tushuntirishlarini tasdiqlamadi. D.N.Zernov o'z tekshirish tadqiqotlariga asoslanib shunday xulosa keladi, ya'ni tug'ma jinoyatchilar bo'lmaydi.

Sotsiologiya, meditsina, fiziologiya, pedagogika va psixologiya odam rivoj-lanishini aniqroq bosqichlarda o'rganadi. Individning jismoniy va ruhiy tomonida

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'zgarishlar vujudga keluvchi kritik vaqtlar bizga ma'lum. Ular shu vaqt ichida muayyan sifatlar rivojlanishi qulay bo'ladi. Yurish gapish, o'qish, yozish, mehnat qilishni rivojlantirishning yosh chegaralari fanga aniq ma'lum. O'smirlar huquqbuzarliklari oldini olish ushbu vaqtlarni aniqlashdan tashqari, o'smirlarni tipologik xususiyatlarni o'rganishini talab qiladi. Ularga asosan shaxsing biron-bir ta'sirga aks ta'sirini aniqlashga yordam beradi. Bular asosida ijtimoiylashishning alohida bosqichlari bo'yicha va shaxsning tipik xususiyatlariga ko'ra differensiallangan dasturlar tuzish mumkin bo'lardi.

Ushbu muammo turli fan sohalari vakillari, avvalo sotsiolog, psixolog va pedagoglardan, olimlar va amaliyot xodimlaridan iborat kollektiv tomonidan hal qilinishi mumkin. Ijtimoiylashishni ilk davrida, asosiy axloqiy jismoniy va ma'naviy sifatlar shakllanishi vaqtida ijtimoiy subyektlar - oilaning ahamiyati yuksak bo'ladi. Bu, birinchidan - ota-onaning avtoriteti va ikkinchidan uzoq vaqtli emotsional kontakt borligi bilan belgilanadi. Lekin, oila ham ijobiy, ham aksijtimoiy subyekt bo'lishi mumkin. Bunda birinchi holda unga tegishli differensiallangan dastur berish, ikkinchi holda aksijtimoiy ta'sirini yo'qotish kerak. Har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda shaxsga psixologik-pedagogik ta'sir etilmas ekan, tarbiyaviy ishlarda samaradorlik bo'lmaydi. O'smirlarga pedagogik ta'sir etish usullaridan asosiy maqsad - tarbiyalanayotgan shaxslarga yakka tartibda pedagogik ta'sir etish orqali ularni jamiyat uchun foydali ishga jalb qilish.

Shaxs xizmat faoliyatining ahamiyatini oshirish va ko'rsatishda huquq normalarining bugungi kundagi ta'siri, jinoyatning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini aniqlash hamda ochib berish - doim eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yakka tartibdagi huquqbuzarlik-larning oldini olish haqida Y. V. Soloponovning fikriga ko'ra, shaxsning sudlanganligi - bu uning uchun o'ziga xos sinov muddati hisoblanadi, chunki shaxs jazoni o'tab, o'zini erkin hayotga moslashganligini ko'rsata bilishi kerak. Bu fikr esa shaxsga ta'sir etishda o'ziga xos yakka tartibdagi profilaktika hisoblanadi.

Ichki ishlar organlarining xodimlari, ayniqsa, profilaktika nozirlari profilaktik ishlarni jinoyat huquqi qonunlariga suyangan holda olib boradilar. Profilaktika vakillari jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash usullarini tanlaydilar va tartibga soladilar. Bundan tashqari, yakka tartibdagi huquqbuzarlikning oldini olishda O'zbekiston Respublikasi-ning Jinoyat-prosessual kodeksi ham muhim manba hisoblanadi, chunki jinoyat huquqi bor joyda, albatta, jinoyat-prosessual huquqning bo'lishi tabiiy, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi, ular bir-birining faoliyatini to'ldiradi.

Jinoyatning oldini olish asosini tashkil qiluvchi huquqiy normalar va qonunlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

jamoat tartibini saqlashda, ijtimoiy munosabatlarga kirishganda o'z kuchini, ta'sirini ko'rsatsagina ular jonli organizmga o'xshab, o'z vazifasini bajaradi deb o'ylaymiz. Shuningdek, huquq normalari va qonunlarni qo'llash madaniyati, unda qonun chiqarishning o'zi birdan-bir maqsad emas, balki har qanday normativ hujjat kabi huquq normalari ham turmushda to'la ma'noda qo'llanilgandagina yashaydi. «Agar, - deb yozadi olim U. Tadjixanov, - qonun bajarilmasa, u qonun emas, shior bo'lib qoladi, hayotiy emasligi ma'lum bo'lgan qonunni chiqargandan, chiqarmagan afzal. Talabchanlik va ijro intizomining yo'qligiga ko'pincha, qonunlar va boshqa qonuniy aktlarni bilmaslik sabab bo'ladi. Mehnat va fuqarolik qonunlarining buzilishi fuqarolarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarining cheklanishiga olib keladiki, bu esa jamiyatdagi sog'lom ruhiy muhitning buzilishiga sharoit yaratadi». Rossiyalik kriminolog olim G. A. Avanesovning quyidagi fikri juda ham o'rinli: «Tarbiya» va «jinoyatning oldini olish» tushunchalarini bir - biridan ajratib bo'lmaydi. Tarbiyaga profilaktik funksiya, profilaktikaga esa tarbiyaviy funksiya taalluqlidir». Jinoyatchilikning oldini olishda ta'sirning shakl va usullari orasida eng samaralisi ishontirish va majburlash usullaridir.

Jamiyat a'zolarida ijtimoiy va huquqiy meyorlarga nisbatan mas'uliyatli yondashuvni shakllantirishga erishish salbiy xulq-atvor namoyon bo'lishini oldini olish imkoniyatini beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2021. 107 bet

2. Dyurkgeym E. Samoubiystvo. Sotsiologicheskiy etyud. - M.: Misl, 1994. - S. 278

3. Husanov O. Huquqiy tarbiya: maqsad va vazifa, muammo va yechimlar // Huquq va burch. - Toshkent, 2006. - № 6-7. - B. 28-29.

4. Tadjixonov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-2.Tom. - T.:Adolat, 1998.-B.316.

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Абдурашидова, Н. А., & Хдсанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЩАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКНИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1226-1235.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

8. Ramatov, J.S., Valiev, L.A., Xasanov, M.N. XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII - FALSAFIY JARAYONLAR // ORIENSS. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hih-asrda-indistondagi-izhtimoiy-falsafiy-zharayonlar (kirish 12/11/2022).

9. Кушаков, Ф. А., Хасанов, М. Н., Баратов, Р. У., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. X. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ХЖ^КЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

10. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ AДOЛAТ BA КAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

11. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛЛР ЗAМOНAВИЙ МAДAНИЙ КИЁФACИ BA УМУМИНСОНИЙ KAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ МAЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

12. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

13. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS) //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. -С. 1-6.

14. Хасанов, М. Н., Хафизов, Д. А., Тоиров, Р. Х., & Болтабоев, Х. К. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ.

15. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3(10), 582-586.

16. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

17. Раматов, Ж.С., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). Х1Х АСРДА ХИНДИСТОНДАГИ ИЖТИМОИЙ - ФАЛСАФИЙ ЖАРАЁНЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

18. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

19. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.