¿>
I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING GIYOHVANDLIK VOSITALARIGA QARSHI KURASHDA BOSHQA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN HAMKORLIGI
Boymirzaev J.B. -
Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB 5-son IIB NQ katta inspektori, kapitan O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Har qanday jamoaviy ish natijalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan omillardan biri, bu uning ishtirokchilari o'rtasidagi to'g'ri tashkil etilgan va mohirona amalga oshirilgan o'zaro munosabatlardir.
Har bir davlat organi boshqa tuzilmalar bilan hamkorlik qilmay turib, faqat ichki imkoniyatlari doirasida faoliyatning samaradorligini taminlay olmaydi. [9, b. 11]
Ichki ishlar organlari tezkor bo'limlari tomonidan giyohvandlik vositalariga qarshi kurashda boshqa sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan hamkorlik faoliyatida o'zaro hamkorlik tushunchasini jamiyatda faoliyat yurituvchi har qanday sub'ektlarning turli sohalar nuqtai nazaridan o'zaro muvofiqligining umumiy tushunchasi asosida tushunish mumkin.
Jamiyat va davlat xavfsizligini jinoiy xurujlardan saqlash maqsadida tezkor-qidiruv bo'limlari va aholining o'zaro hamkorligi printsipial ahamiyatga ega. Ushbu o'zaro hamkorlikning shakllari va yo'nalishlari zamonaviy olimlar tomonidan jiddiy o'rganilib kelinmoqda. Ularning har biri fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko'rsatishida jinoyatchilikka qarshi kurashning muhim salohiyati yashiringanligini tasdiqlaydi [1, b. 36-40].
Falsafada "o'zaro ta'sir" turli ob'ektlarning bir-biriga ta'sir qilish jarayonlarini, ularning o'zaro shartliligini va holatining o'zgarishini aks ettiruvchi toifa sifatida ta'riflanadi. O'zaro ta'sir integratsiya qiluvchi omil bo'lib, uning yordamida qismlar ma'lum bir yaxlitlik turiga birlashtiriladi [2, b. 394].
Shuningdek, ko'rib chiqilayotgan maqoladagi o'zaro ta'sir - bu Ichki ishlar organlari tezkor bo'limlari tomonidan giyohvandlik vositalariga qarshi kurashda boshqa sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan hamkorlik faoliyat jarayonini o'z navbatida, ularning o'zaro bog'liqligini, bir-biriga bog'liq bo'lgan faoliyatida namoyon bo'lishini hamda, jinoyatchilikka qarshi kurashda bir sub'ektning faoliyati o'zaro bog'liqligini, muvofiqlashtirganligini nazarda tutadi. Shuni ta'kidlash lozimki, o'zaro ta'sir yuqoridagi organlarni yaxlit tizimga birlashtirishda integrallashtiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi, ular ishlash jarayonida dastlabki holatga nisbatan o'z holatini o'zgartiradi. Yuqoridagilarga ko'ra, o'zaro ta'sir umumiy yoki bog'liq muammolarni hal qiluvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning ma'lum bir turi bo'lib, uni hamkorlik deb atash mumkin va ularning birgalikdagi yoki muvofiqlashtirilgan faoliyatida namoyon bo'ladi deb taxmin qilish mumkin. Ya'ni, o'zaro ta'sirning mohiyati sub'ektlarning o'zaro bog'lanishidir.
Giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarni ochish va oldini olishda tezkor qidiruv bo'limlari tomonidan sohaviy xizmatlar va jamoatchilik bilan hamkorlikning asosiy maqsadi tadqiqot predmetini tashkil etuvchi holatlarni isbotlashdir. Aytishimiz mumkinki, hamkorlik- jinoyat haqidagi ob'ektiv haqiqatni o'rganish usulidir.
Bizning fikrimizcha, bu holda o'zaro hamkorlik shakli deganda jinoyatlarni ochish va oldini olish bo'yicha yuklangan vazifalarni hal qilish uchun o'zaro ta'sir qiluvchi organlar o'rtasidagi hamkorlik amalga oshiriladigan muayyan tashkiliy-taktik asos tushunilishi kerak.
Hamkorlik bo'yicha ko'pchilik mualliflar o'zaro bog'langan elementlarning birligini tushunadilar, ularning har biri umumiy maqsadga erishishga hissa qo'shadigan o'z funktsiyalarini bajaradi. Agar biz O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimining tezkor bo'limlarining sohaviy xizmatlar faoliyatining o'zaro hamkorligi haqida gapiradigan bo'lsak, ular muayyan hududiy ichki ishlar organlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Agar o'zaro ta'sir sub'ektlari turli bo'limlarni ifodalasa, ular jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi davlat organlarining yagona tizimining bir qismidir. Bizning fikrimizcha, tezkor bo'limlarining sohaviy xizmatlar hamda, jamoatchilik hamkorligi
¿>
I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2
giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlami aniqlash va oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib, yakuniy natijalarga erishishga qaratilgan biror, mustaqil, vaqtinchalik bo'lsa-da tizimni tashkil etib, ya'ni ular muayyan dasturiy-maqsadli tuzilmani tashkil qiladi.
O'zaro hamkorlikning doimiyligi - tezkor bo'limlarning sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni oldida turgan vazifalarning barqarorligi bilan bog'liq. Tezkor-qidiruv bo'limlarning sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ko'rsatilgan xususiyatlari uni muayyan jarayon sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi. Xalqaro izohli lug'atlarda "hamkorlik" holatlarning ketma-ket o'zgarishi yoki natijaga erishish uchun ketma-ket harakatlar majmui sifatida ta'riflanadi. Hamkorlik mehnat jarayoniga nisbatan u muayyan mehnat mahsulini olish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui sifatida belgilanadi [3, b. 16]. Amaliy ma'noda tezkor-qidiruv bo'limlarning sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan o'zaro munosabatlar jarayonining mazmuni, harakatlanuvchi dinamik tizim bo'lib, uning tarkibiy qismlari jinoyatlarni ochish va oldini olishning muayyan bosqichlarida muvofiqlashtirilgan va birgalikdagi harakatlardir.
A) Hamkorlik-(birga ishlovchi, hamkasaba) 1 biror ish yumushni birga bajaruvchi, birga amalga oshiruvchi. 2 Ish faoliyatida o'zaro ko'makdosh, bamaslahatlik bilan ishlovchi.
B) Hamkorlik- 1 ish faoliyatida birga hamkor bo'lish, ayni bir ishda birlashish, uni teng bajarish. 2 Biror sohada o'zaro bog'lanib birgalikda, hamkor bo'lib ish olib borish [8, b. 309].
Shuni ta'kidlash kerakki, har qanday darajadagi sub'ektlarning o'zaro ta'siri tashkiliy ta'sirni talab qiladi, bu aniq maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan yo'naltirilgan ta'sir sifatida tushuniladi.
O'zaro hamkorlikni tashkil etish o'z mohiyatiga ko'ra boshqaruv faoliyati, to'g'rirog'i ijtimoiy boshqaruvdir. Ijtimoiy boshqaruv - bu boshqaruv sub'ektlarining ijtimoiy tizimga uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirish uchun ta'siri. Ta'sir mavjud vaziyatga qarab, tizimni tartibga solish, uni barqarorlashtirish yoki uni boshqa holatga o'tkazishga yo'naltirilishi mumkin va u odamlar faoliyatini to'g'ri tashkil etish va muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi [4, b. 8].
Shunday qilib, o'zaro hamkorlikni tashkil etishda, shuningdek, uni amalga oshirishda muhim omil - axborotni to'plash, qayta ishlash, uzatish va foydalanish jarayonidir. Binobarin, jinoyatchilikka qarshi kurash bilan shug'ullanuvchi organlarga o'zaro ma'lumot berish tizimi ularning o'zaro hamkorligini ta'minlashning zarur shartidir.
Tezkor-qidiruv bo'limlari sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan o'zaro hamkorligining huquqiy tartibga solish nuqtai nazaridan ko'rib chiqishda ikkita muhim omilga e'tibor qaratish lozim:
Birinchidan, o'zaro hamkorlikning huquqiy bazasi hozir sezilarli darajada kengaytirildi. Bunga "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" va "Ichki ishlar organlari to'g'risida" gi qonunlar tezkor bo'limlari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladi.
Ikkinchidan, qayd etilgan qonunlar, jinoyatlarni ochish va oldini olish muammolarini hal qilishda vakolatlarini aniq chegaralaydi.
Xalqaro yuridik adabiyotlarda jinoyatchilikka qarshi kurashda subektlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning turli shakllari belgilangan. Shunday qilib, huquqiy tartibga solishga qarab, o'zaro ta'sirning prosessual va prosessual bo'lmagan shakllari farqlanadi [5, b. 495].
Yuqoridagi ta'riflardan kelib chiqib, huquqiy tartibga solish, amalga oshirish usullari va o'zaro ta'sir darajalariga qarab, o'zaro ta'sirning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
Qoidalarga muvofiq:
- prosessual;
- prosessual bo'lmagan.
Hamkorlik yo'li bilan:
- birgalikda yoki kelishilgan ish;
- axborot almashinuvi.
O'zaro ta'sir darajalari bo'yicha:
- tashkiliy va boshqaruv;
[ Фалсафа ва хукук philosophy & law journal 2024/2
- tashkiliy va taktik.
V.M. Shvankovning fikriga ko'ra, o'zaro ta'sirning quyidagi belgilari eng muhimi sifatida ajralib turadi:
- hamkorlik;
- o'zaro yordam;
- kuch va vositalarning hamkorligi;
- tizimning "rezolyusiya qobiliyatini" oshirish;
- uning nazorat parametrlarini kuchaytirish [6, b. 10].
"O'zaro ta'sir" tushunchasini aniqlashning ushbu ikkala yondashuvi ham ilmiy jihatdan asoslanadi. Ammo, bizga ko'rinib turibdiki, birinchi holda, maqsadlar, joy va vaqt nuqtai nazaridan birgalikda yoki kelishilgan harakatlarni ko'rsatadigan holda, asosiy e'tibor o'zaro ta'sirning tashqi ko'rinishiga qaratiladi, ya'ni bu shaklni tavsiflashga ustunlik beradi. Ikkinchi holda, aksincha, bu hodisaning mohiyatiga e'tibor qaratiladi, o'zaro ta'sir yordamga asoslangan hamkorlik ekanligini ta'kidlaydi.
Professor I.Ismailov o'z tadqiqotlarida jinoyatchillika qarshi kurash tizimdagi hamkorlikni shartli ravishda to'rt yo'nalishga ajratgan;
• Ichki idoraviy hamkorlik
• Idoralararo hamkorlik
• Jamoatchilik bilan hamkorlik
• Xalqaro hamkorlik [7, b. 30].
O'zaro hamkorlik normativ-huquqiy hujjat talabi yoki tomonlardan birining tashabbusi bilan boshlanadi.
Asosiy bosqich - bu haqiqiy muvofiqlashtirilgan yoki birgalikdagi faoliyat bosqichi.
Yakuniy bosqich - bajarilgan ishlar samaradorligini baholash va natijalarni umumlashtirish bosqichidir.
Yuqori izchillikka erishish tezkor qidiruv bo'limlarining soxaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, hatto bir turdagi jinoyatni sodir etish usullarining nihoyatda xilma-xilligi tufayli funksional-rol, kutishlarning izchilligiga faqat tashkiliy-boshqaruv darajasida erishish mumkin va tezkor-taktik darajaga oldindan erishib bo'lmaydi. Shu sababli, o'zaro hamkorlik qiluvchi sub'ektlar noma'lum sharoitlarda muvofiqlashtirilgan tarzda harakat qilish uchun psixologik tayorgarlikka ega bo'lishi kerak.
Hamkorlikni shartli ravishda ikki asosiy shaklga;
□ O'zaro axborot almashish;
□ Faoliyatga doir muayyan chora-tadbirlarni hamkorlikda rejalashtirish, amalga oshirish natijalarni umumlashtirish, muayyan vazifalarni bajarishga o'zaro yordam berish va qo'llab quvvatlashda namoyon bo'ladigan amaliy hamkorlikka ajratgan [10, b. 13].
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkinligi ko'rinadiki. O'rganilayotgan o'zaro ta'sir darajalari, shakllari va yo'nalishlari o'zlarining barcha xilma-xilligi bilan bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, umumiyligi bilan uning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu hamkorlik qonunlar va qonunosti hujjatlariga asoslangan hamkorlik qiluvchi tomonlarning har biri o'ziga xos alohida vakolatlar usullar va shakllardan foydalangan holda maqsadi bo'yicha qilingan birgailikdagi faoliyat bo'lib, faoliyatning asosiy yo'nalishi jinoyat sodir etgan shaxsni topish hamda sud tomonidan unga adolatli jazo tayinlashi uchun aybdorligini ishonchli tarzda isbotlash demakdir.
ADABIYOTLAR:
1. Калягин Ю.С., Тверитинова Е.Н., Есипов А.Г. Правосознание в контексте психологии содействия граждан субъектам оперативно-розыскной деятельности // Юрид. психология. 2014.№ 1
2. Новая философская энциклопедия. Т. 1 / Научно-ред. совет: В.С. Степин, А.А. Гусейнов, Г.Ю. Семигин, А.П. Огурцов. - М., 2010. - 744 с
¿> vb,
I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^
3. Рофе А.И. Организация и нормирование труда. - М., 2014. - 224 с
4. Основы управления в органах внутренних дел: учебник / Под ред. А.П. Коренева. 4-е изд., перераб. и доп. М., 2001. 396 с. Аверьянова. Т.В., Белкин П.С., Корухов Ю.Г., Российская Е.Р. Криминалистика: учебник для вузов / Под ред. П.С.
5. Белкина. 2-е изд., перераб. и доп. - М., 2003. - 990 с.
6. Шванков В.М. Теоретические основы координации и взаимодействия в органах внутренних дел. - М., 1978. - 24 с.
7. Исмаилов И. Терроризмга карши кураш // конун х,имоясида 2004 №7 Б-30.
8. Узбек тилининг изошли лугати Т-2023, б-309.
9. Бобохонов А.А. Жамоат тартибини саклш ва фукаролар хавфсизлигини таъминлашда х,укукни килувчи органлари узаро хдмкорликни жамоат тартибини саклаш ва фукаролар хавфсизлигини таъминлашнинг долзарб масалалари, Республика Илмий амалий конференцияси Т- 2015, б-11.
10. Аскаров А.А. Жамоат тартибини таъминлашда хукукни мух,офаза килувчи органларнинг хдмкорликдаги фаолиятини бошкаришни такомиллаштириш // магистирлик диисерттасияси // Т-2023, б-13.
REZYUME:
Mazkur maqolada Ichki ishlar organlari tezkor bo'limlari tomonidan giyohvandlik vositalariga qarshi kurashda boshqa sohaviy xizmatlar hamda jamoatchilik bilan hamkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning mohiyati va mazmuni yoritiladi.
Kalit so'zlar: giyohvandlik vositalari, sohaviy xizmatlar, jamoatchilik, hamkorlik turlari, shakllari, tezkor bo'limlar.
РЕЗЮМЕ:
В данной статье раскрыты характер и значение взаимодействия оперативных подразделений органов внутренних дел по борьбе с наркотическими средствами и другими отраслевыми службами и органами, осуществляющими деятельность по взаимодействию с населением.
Ключевые слова: наркотики, выездные службы, общественность, виды сотрудничества, формы, оперативные подразделения.
RESUME:
This article describes the nature and meaning of the interaction between the operative departments of the internal affairs bodies in the fight against narcotic drugs and other sectoral services and the bodies that carry out cooperation activities with the public.
Key words: drugs, field services, public, types of cooperation, forms, operational departments.