Научная статья на тему 'JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MILLIY GVARDIYA BO‘LINMALARI HAMDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI O‘ZARO HAMKORLIGINING AYRIM JIHATLARI'

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MILLIY GVARDIYA BO‘LINMALARI HAMDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI O‘ZARO HAMKORLIGINING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1522
213
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamoat tartibini saqlash / jamoat xavfsizligini ta’minlash / ichki ishlar organlari / Milliy gvardiya organlari / patrul / post / patrullik xizmati / hamkorlik. / public order / public safety / law enforcement / National Guard / patrol / post / patrol service / cooperation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sadullayev, Timur Shavkatovich

Maqolada jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashda milliy gvardiya bo’linmalari hamda ichki ishlar organlari o‘zaro hamkorligining huquqiy va tashkiliy asoslari ilmiy tahlil qilib, sohani nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavfsiyalar berilgan. Shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari ilmiy tahlil qilinib uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF COOPERATION BETWEEN NATIONAL GUARD DEPARTMENTS AND INTERNAL AFFAIRS IN PROVIDING PUBLIC SECURITY

The article provides a scientific analysis of the legal and organizational framework for cooperation between the National Guard and law enforcement agencies in maintaining public order and security, as well as suggestions and recommendations for theoretical and practical improvement of the field. It also provides a scientific analysis of the results of reforms in this area and comments on its role in society.

Текст научной работы на тему «JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MILLIY GVARDIYA BO‘LINMALARI HAMDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI O‘ZARO HAMKORLIGINING AYRIM JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA MILLIY GVARDIYA BO'LINMALARI HAMDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI O'ZARO HAMKORLIGINING AYRIM JIHATLARI

Sadullayev Timur Shavkatovich

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura

tinglovchisi, mayor

Maqolada jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta 'minlashda milliy gvardiya bo'linmalari hamda ichki ishlar organlari o'zaro hamkorligining huquqiy va tashkiliy asoslari ilmiy tahlil qilib, sohani nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish bo'yicha taklif va tavfsiyalar berilgan. Shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari ilmiy tahlil qilinib uning jamiyat hayotida tutgan o 'rni bo 'yicha fikr va mulohazalar bildirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya organlari, patrul, post, patrullik xizmati, hamkorlik.

The article provides a scientific analysis of the legal and organizational framework for cooperation between the National Guard and law enforcement agencies in maintaining public order and security, as well as suggestions and recommendations for theoretical and practical improvement of the field. It also provides a scientific analysis of the results of reforms in this area and comments on its role in society.

Keywords: public order, public safety, law enforcement, National Guard, patrol, post, patrol service, cooperation.

В статье представлен научный анализ организационно-правовых основ взаимодействия Национальной гвардии и правоохранительных органов в сфере охраны общественного порядка и безопасности, а также предложения и рекомендации по теоретическому и практическому совершенствованию сферы. Также дается научный анализ результатов реформ в этой сфере и комментируется ее роль в обществе.

Ключевые слова: общественный порядок, общественная безопасность, правоохранительные органы, Национальная гвардия, патруль, пост, патрульная служба, сотрудничество.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta'minlash yo'nalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o'zaro maqsadli hamkorligi yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas'ul davlat tuzilmalariga o'z faoliyatini «Barcha sa'y-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor g'oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda1.

Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tashabbusi va rahbarligi ostida so'nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari asosida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ish uslublarini, aholiga xizmat ko'rsatish masalalarini, hamkorlik mexanizmlarini, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasini va shaxsiy tarkib bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish choralarini kuchaytirish bu boradagi tizimli ishlarning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi. Shuningdek, hududlarda jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqib, har bir tuman, shahar va mahallalarni toifalarga ajratish hamda hokimliklar, sektorlar va jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyat o'choqlari»ni bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalarni jalb qilish belgilandi2.

Bir so'z bilan aytganda ushbu sohada ilmiy tadqiqot olib borgan huquqshunos olimlar to'g'ri ta'kidlaganlaridek, ichki ishlar organlari bilan Milliy gvardiya faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar huquq tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (2021 yil 29 noyabr) PF-27-son farmoni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi «Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6196-sonli farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021 y., 06/21/6196/0240-son.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ma'lumki, har qanday davlat organi boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni tashkil qilmasdan turib, ichki imkoniyatlari doirasida o'z faoliyatining samaradorligini ta'minlay olmaydi. Jumladan, ichki ishlar organlari ham o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda tarkibiy tizimga kiruvchi tarmoq xizmatlari, boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi3.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ma'lumki, bugungi kunda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining o'zaro hamkorligi qonun hujjatlarida mustahkamlangan. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarda, ichki ishlar organlari o'z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirishi4 shuningdek, Milliy gvardiya o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qilishi belgilangan5.

O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi va «Milliy gvardiyasi to'g'risida»gi qonunlari bu borada muhim huquqiy asos bo'lib hisoblanadi. Ushbu qonun asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlarda ya'ni Prezident farmon, qaror va farmoyish, Vazirlar Mahkamasining qarori hamda idoraviy normativ-huquqi hujjatlar va qo'shma qarorlarda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari o'zaro hamkorligining tashkiliy asoslarini belgilangan. Xususan, O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun va 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5005 son (2017 yil 10 aprel) farmoni jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini

3 Зиёдуллаев М.З. Милиция таянч пунктларининг жамоат тартиби ва хавфсизлигини таъминлаш фаолиятини бошкаришни такомиллаштириш. Юрид. фан. номзоди. Дис.-Т., 2008. - Б. 114.

4 Узбекистан Республикасининг ички ишлар органлари тугрисидаги конуни // Узбекистон Республикаси qонун хужжатлари туплами, - 2017. - № 37. - 978-м.

5 Узбекистон Республикасининг миллий гвардияси тугрисидаги конуни // Крнун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.11.2020 й., 03/20/647/1569-сон.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'minlash faoliyatini huquqiy tartibga soladigan muhim hujjatdir. Farmonda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sub'ektlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, takrorlanuvchi va dolzarbligini yo'qotgan vakolatlarni chiqarib tashlash, bo'linmalarning tezkorligi va samaradorligini ta'minlovchi moddiy-texnik ta'minoti darajasini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash nazarda tutildi.

Mazkur farmon ijrosi doirasida qabul qilingan ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini huquqiy tartibga solishda asosiy o'rin tutadigan quyidagi muhim hujjatlar - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to'g'risida»gi PQ-3528-son (2018 yil 14 fevral), «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3786-son (2018 yil 19 iyun) va «Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4075-son (2018 yil 24 dekabr) qarorlari mamlakatimiz poytaxti -Toshkent shahrida ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xafsizligini ta'minlash bo'linmalari faoliyatini samarali tashkil etish, ular faoliyatiga ilg'or ish usullari va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3528-son (2018 yil 14 fevral) qarori bilan Toshkent shahrida qayta tashkil etilgan ichki ishlar bo'limlari zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlashni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilib, ularning rahbarlariga hududga biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash huquqi berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3786-son (2018 yil 19 iyun) qarori asosida Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlashning yangicha tizimini nazarda tutadigan «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi joriy etilib, soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oralig'ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo'linmalari jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali tunu kun uch smenali patrul rejimi yo'lga qo'yildi. Shuningdek, qaror bilan: patrullik qilish uchun biriktirilgan hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi, ularning o'z vaqtida oldi olinishi va ularga chek qo'yilishi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan jamoat tartibini ta'minlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim mezonlari hisoblanishi belgilandi; konsepsiyani

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

amalga oshirish doirasida jamoat tartibini ta'minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlarining faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etildi va ular ichki ishlar bo'limlari xizmat ko'rsatish hududlariga biriktirildi; Toshkent shahrining har bir mahallasida «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to'g'risida»gi PQ-4343-son (2019 yil 29 may) qarori Toshkent viloyatida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o'tish, shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash bo'linmalarining kuch va vositalarini nazorat qilish va boshqarishning samarali tizimini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, mazkur qarorga muvofiq, Toshkent viloyati ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash bo'linmalari kundalik xizmat o'tashlari bevosita mintaqalar bo'yicha taqsimlanadi; mintaqaviy hududlar rahbarlariga patrul-post xizmati naryadlarining kundalik joylashuvini belgilash huquqi berildi; Toshkent viloyati tuman (shahar)larida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini ta'minlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o'tash tartibi joriy qilindi.

Mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini ta'minlash tizimida keng ko'lamli demokratik islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasining yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo'g'inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yo'lga qo'yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6196-son (2021 yil 26 mart) farmoni qabul qilindi.

Farmonga binoan ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlari sifatida quyidagilar belgilandi:

birinchidan, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilandi. Unga muvofiq, mahalla huquq-tartibot maskani hududdagi jamoat xavfsizligini ta'minlash,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy quyi bo'g'ini hisoblanib, uning negizida ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya va boshqa davlat organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash ishlarini tizimli tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi profilaktika inspektoriga yuklatildi;

ikkinchidan, ushbu Farmon bilan ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha «yo'l xaritasi» tasdiqlandi. Unga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi jamoat xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish belgilandi: O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash; patrul-post va yo'l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo'linmalarining o'zaro hamkorlikda ishlashi bo'yicha yangi mexanizmlarni belgilash; Milliy gvardiya bo'linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari va shaxsiy javobgarligini belgilash; probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etgan holda probatsiya bo'linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish.

Jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha o'rnatilayotgan yangi mexanizmlarning samarali amalga oshirilishini ta'minlashda ichki ishlar organlarining roli va mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-5050-son (2021 yil 2 aprel) qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi boshqaruv tizimi joriy etildi:

birinchidan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta'minlash ushbu hududlardagi ichki ishlar va boshqa vakolatli organlarning mavjud kuch va vositalarini yagona «poytaxt mintaqasi» tamoyili asosida safarbar qilgan holda hamkorlikda amalga oshirilishi belgilandi;

ikkinchidan, jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog'liq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatildi.

Yagona «poytaxt mintaqasi» tamoyili asosida ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshliqlarining hamraisligida Jamoat xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Toshkent shahar va Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmalarining boshliqlari mazkur Kengash raisining o'rinbosarlari hisoblandi. Kengash yig'ilishlari har oyda kamida bir marotaba o'tkazilishi hamda unda poytaxt mintaqasida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish natijasida aniqlangan muammolarni o'zaro hamkorlikda hal etish bo'yicha manzilli choralar aniqlanishi belgilandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazi tashkil etilib, unga quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilandi:

birinchidan, poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qilish, jamoat xavfsizligini ta'minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining tegishli kuch va vositalarini boshqarish;

ikkinchidan, jinoyatlar, hodisalar va favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog'liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini markazlashgan holda muvofiqlashtirish.

Mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo'lgan har qanday tahdidlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg'or xalqaro standartlar asosida tashkil etish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, ushbu sohadagi bo'linmalarining kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-5077-son (2021 yil 15 aprel) qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.

Universitetda Ichki ishlar vazirligi uchun - jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasining tegishincha jamoat tartibini saqlash, yo'l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yo'nalishlarida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash yo'lga qo'yildi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha faoliyatni samarali tashkil etishga qodir bo'lgan malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yo'nalishlari bo'yicha chuqurlashtirilgan holda o'qitish hamda ularni jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan o'tkazish orqali maqsadli tayyorlash Universitetning asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi «Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo'nalishlarini belgilash maqsadida, yana bir muhim hujj at, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (2021 yil 29 noyabr) PF-27-son farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, quyidagilar belgilandi. Xususan,

birinchidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni o'tkazishda hamda istirohat bog'lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo'linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi;

ikkinchidan, jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi bo'yicha vazifalar belgilandi;

uchinchidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya jamoat xavfsizligini ta'minlovchi sub'ektlar sifatida mustahkamlandi va ularning aniq vakolat doiralari belgilandi.

Mazkur farmon asosida tasdiqlangan «2022 - 2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi»ga muvofiq, quyidagi vazifalar belgilandi,

birinchidan, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vaqtida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari tomonidan foydalaniladigan maxsus texnik vositalarni, shuningdek, tezkor axborot almashish, quyi tizimdagi bo'linmalarni oqilona boshqarish va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish;

ikkinchidan, «Jinoyat o'choqlari» hisoblangan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo'linmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyatini yo'lga qo'yish, ularning vakolat doirasini belgilash va funksional majburiyatlarini tasdiqlash;

uchichnchidan, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlashga mas'ul bo'linmalarining huquqbuzarliklarni aniqlash va ma'muriy jazo choralarini qo'llash vakolatini kengaytirish;

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

to'rtinchidan, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash bo'linmalari hamda «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini yo'lga qo'yish;

beshinchidan, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridan jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan bo'linmalarning axborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yo'l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi) bazasida «E-jamoat havfsizligi» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga to'liq tatbiq etish.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'tgan davr ichida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarlik lar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va tizimli islohotlar o'z samarasini bermoqda. Bugungi kunda 2017 yilga nisbatan jinoyatlar soni 12 mingga kamaygani, joriy yilning olti oyi yakuniga ko'ra esa, mavjud 9 ming 251 ta mahalladan qariyb 50 foizida bironta ham jinoyatga yo'l qo'yilmaganini alohida ta'kidlash lozim. Bu albatta islohotlarimizning ijobiy samarasidan dalolat beradi va bu ishlarimizni izchil davom ettirishni taqozo etadi6.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligini tashkil etish masalalari ko'rilayotganda, avvalo o'rganilayotgan ob'ektda o'zaro hamkorlik tushunchasiga ta'rif berib o'tish maqsadga muvofiqdir.

Jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashdagi o 'zaro hamkorlik - ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi sub'ektlarning qonun va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlariga asoslanib, o'zaro kelishilgan holda faoliyatning shakl va usullari, xizmat vakolatlaridan samarali foydalanishi bo'lib7, bunda ikki yoki undan ortiq xizmat, ya'ni boshqaruvning bir-biriga bo'ysunmagan alohida ishtirokchilari o'z harakatlarini o'zaro kelishib bajarishadi8. Kriminolog Z.S. Zaripov aytganidek, hamkorlikni tashkil qilishga ichki ishlar organlari tizimidagi mehnat taqsimoti, tarkibiy bo'linmalar o'rtasida vazifalar va majburiyatlarning taqsimlanishi kabi masalalarni qamrab olgan maqsadning vujudga kelishi sifatida ham qarash mumkin. O'zaro hamkorlikning

6 Мирзиёев Ш.М. Ватанимиз мустакиллиги - биз учун куч-кудрат ва ил^ом манбаи, тараккиёт ва фаровонлик асоси // Президент Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистон Республикаси давлат мустакиллигининг 30 йиллик байрамига багишланган тантанали маросимдаги нутки / [Электрон манба]. - URL: https://president.uz/uz/lists/view/4596 (мурожаат ваqти: 04.09.2021).

7 Афанасьев В. А. Организация работ! участкового инспектора милиции. - М., 1990. - С. 38.

8 Пулатов Ю. С., Исмаилов И. У., С>урбонов А. Ички ишлар органларида бошдарув асослари. - Т., 2005. - Б. 104.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

maqsadi boshqaruv tizimi oldida turgan umumiy vazifalarini hal etishda kuch va vositalarni to'g'ri taqsimlashni anglatadi9.

Huquqshunos olim I. Ismailov o'z tadqiqotlarida bu boradagi hamkorlikni quyidagi to'rt yo'nalishga: a) ichki idoraviy hamkorlik; b) idoralararo hamkorlik; v) jamoatchilik bilan hamkorlik; g) xalqaro hamkorlikka ajratadi10. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligi keng qamrovli aloqalarni o'z ichiga oladi va organlarning tashqi hamkorlik yo'nalishi hisoblanadi.

Barcha sharoitlarda ham hamkorlik qo'shma tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazish, ma'lumotlarni ayirboshlash, jamoat tartibini muhofaza qilish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi11.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligini turli shakllari mavjud bo'lib, ularni shartli ravishda ikkiga: o'zaro axborot almashish hamda faoliyatga doir muayyan chora-tadbirlarni hamkorlikda rejalashtirish, amalga oshirish, natijalarini umumlashtirish, muayyan vazifalarni hal qilishda o'zaro yordam berish va qo'llab-quvvatlashda namoyon bo'ladigan amaliy hamkorlikka ajratish mumkin.

Jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining o'rtasidagi o'zaro axborot almashish hamkorlikning keng tarqalgan shaklidir. Ichki ishlar organlarining xodimlari aynan axborotni yig'ish, tahlil qilish va uni almashish asosida ishlab chiqqan xulosaga ko'ra huquqbuzar yoki huquqbuzarlikka moyil bo'lgan shaxslar bilan munosabatda bo'lishi, ularning taqdirlarini belgilashi bois ayrim olimlar tomonidan axborot olish va unga ishlov berishni ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy texnologiyalaridan biri deya ta'kidlanadi12.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligining prinsiplarini quyidagilar tashkil etadi:

- Konstitutsiya va qonun ustuvorligi;

- oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan reja asosida o'tkazilishi;

9 Зарипов З. С. Профилактическая функция следственшх подразделений органов внутренних дел. - Т., 1980. -С. 57.

10 Исмаилов И. Терроризмга qарши кураш // Ронун Ьимоясида. - 2004. - № 7. - Б. 30-31.

11 Ички ишлар органларининг маъмурий фаолияти. Проф. У. Таджихановнинг умумий таЬрири остида. - Т., 1996. - Б. 144.

12 Криминология / Под ред. Дж. Ф. Шели; Пер. с анг. - СПб., 2003. - С. 465.

296

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- quyi organlarning yuqori organlarga bo'ysunishi;

- belgilangan vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

- har qanday masalalarning uyushqoqlik va tezkorlik bilan hal etilishi.

Nazarimizda, hozirgi kunda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat

tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligi: birinchidan, birgalikda yo'riqnomalar o'tkazishda; ikkinchidan, huquqbuzar va jinoyat sodir etishga moyil bo'lgan shaxslar haqida axborotlarni o'zaro almashishda; uchinchidan, huquqbuzarliklar jumladan, jinoyatlarning sodir etilish sababi va sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishda; to'rtinchidan, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirishda; beshinchidan, ilg'or tajribalarni o'zaro almashishda namoyon bo'lmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorlini samarali tashkil etilishi, birinchidan, ushbu hamkorlikning huquqiy tartibga solinganligiga; ikkinchidan, o'zaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlari, usul va shakllarining, kuch va vositalarining aniq belgilab olinganligi, shuningdek hamkorlikning funksional vakolatlar doirasi bilan aniq chegaralanganiga; uchinchidan, hamkorlikning muhim sharti bo'lgan axborot muhitining yaratilganligiga; to 'rtinchidan, hamkorlikning birgalikda rejalashtirilishi, rejalarning amaldagi ijrosi samarali ta'minlanishi va ish natijalarining birgalikda tahlil qilib borilishiga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligining o 'ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- birgalikdagi faoliyatning sub'ekt, ob'ekt va predmeti, umumiy maqsad, vazifa va yo'nalishlarining mavjudligi;

- hamjihatlik, o'zaro yordam ko'rsatish va o'zaro qo'llab-quvvatlashga asoslanganligi;

- ijobiy natijalarga erishish uchun intilish;

- hamkorlikning mukammal (optimal), har ikki tomon uchun maqbul shakl va usullarining qo'llanishi;

- axborot ta'minoti va tahlilga egaligi;

- ishtirokchilarning hamkorlikni tashkil etish uchun mas'ulligi va birgalikdagi faoliyatning baholab borilishi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi o'zaro hamkorligining huquqiy va tashkiliy-taktik asoslarini takomillashtirish jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligiga qarshi qaratilgan g'ayriijtimoiy hatti-harakatlarni aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish kabi faoliyatlarini samarali tashkil qilish uchun imkon beradi.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Ватанимиз мустакиллиги - биз учун куч-кудрат ва илхом манбаи, тараккиёт ва фаровонлик асоси // Президент Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистан Республикаси давлат мустакиллигининг 30 йиллик байрамига багишланган тантанали маросимдаги нутки

2. Зиёдуллаев М.З. Милиция таянч пунктларининг жамоат тартиби ва хавфсизлигини таъминлаш фаолиятини бошкаришни такомиллаштириш. Юрид. фан. номзоди. Дис.-Т., 2008. - Б. 114.

3. Узбекистон Республикасининг ички ишлар органлари тугрисидаги конуни // Узбекистон Республикаси qонун хужжатлари туплами, - 2017. - № 37. - 978-м.

4. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799.

5. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225.

6. Узбекистон Республикасининг миллий гвардияси тугрисидаги конуни // ^онун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.11.2020 й., 03/20/647/1569-сон.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.