AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK.656.073
HUDUDIY YUKLARNI XALQARO TASHISHDA AVTOTRANSPORT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Kuziyev Abdimurot Urokovich Termiz davlat universiteti dotsenti, [email protected]
Maxsumov Isroiljon Axmedovich Toshkent davlat transport universiteti, assistant, [email protected]
Matrasulov Kaxramon Shixnazarovich Toshkent davlat transport universiteti, assistant, [email protected]
Turdibekov Saloxiddin Kodirovich Toshkent davlat transport universiteti, katta o'qituvchi, salo xiddinturdibekov987@gmail. com
Annotasiya. Xalqaro aloqalarda transport tizimini sifatli rivojlantirish asosida uzliksiz va qulay transport xizmati ko'rsatishni ta'minlash orqali tranzit salohiyatimizni oshirish hamda xalqaro tovar aylanishini yaxshilash bugungi kunning dolzarb vazifalari hisoblanadi. Xalqaro aloqalarda yer usti transporti, xususan, avtomobil transportidan foydalanish samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.
Mazkur maqola iqtisodiyotning eng dolzarb muammosiga qaratilgan bo'lib, hududdagi yuk oqimlarini xalqaro tashishdagi samaradorligini aniqlash imkoniyatini beruvchi ko'rsatkichlar va transport jarayoni parametrlarini optimallashtirish asosida hududiy yuklarni xalqaro aloqalarda avtomobil transportida yetkazish samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi faktorlar tahlil etilgan.
Аннотация. В международных отношениях актуальными задачами современности являются увеличение наших транзитных мощностей и улучшение международного товарооборота путем предоставления непрерывных и удобных транспортных услуг на основе качественного развития транспортной системы. В международных отношениях важно повысить эффективность использования наземного транспорта, в частности автомобильного.
В данной статье рассмотрены наиболее актуальные проблемы экономики, показатели, позволяющие определить эффективность международных перевозок грузопотоков региона и факторы, влияющие на повышение эффективности доставки территориальных грузов в международных отношениях автомобильным транспортом. на основе оптимизации параметров транспортного процесса.
Abstract. In international relations, the current tasks of our time are to increase our transit capacities and improve international trade turnover by providing continuous and convenient transport services based on the high-quality development of the transport system. In international relations, it is important to increase the efficiency of using land transport, in particular automobile transport.
This article examines the most pressing economic issues, indicators that allow determining the efficiency of international transportation of regional cargo flows and factors that influence the increase in the efficiency of delivery of territorial cargo in international relations by road transport. based on optimization of the parameters of the transport process.
Kalit so'zlar: xalqaro yuk tashish, avtomobil transporti, samaradorlik, ko'rsatkichlar, yuk oqimi, aprior ranjirovkalash metodi, so'rovnoma, ekspert bahosi, mezon.
Ключевые слова: международные грузоперевозки, автомобильный транспорт, эффективность, показатели, грузопоток, метод априорного ранжирования, анкетный опрос,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI экспертная оценка, критерий.
Keywords: international freight transport, automobile transport, efficiency, indicators, freight flow, a priori ranking method, questionnaire survey, expert assessment, criterion.
Krish
Yuk oqimlarini tashqi bozorlarga yetkazishni optimallashtirish va ularning tannarxini tushirish uchun transport-logistika sohasini rivojlantirishni zarurligi Sh.Mirziyoyev tomonidan ta'kidlab o'tilgan [1].
O'zbekiston Respublikasida hududdagi yuk oqimlarini qulay transport tarmog'idan samarali foydalangan holda o'zlashtirish va ularni istiqboldagi oqimlarining o'sishiga (dinamikasiga) mos ravishda transport-ekspluatatsion va ijtimoiy ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va uslubiy ishlarni olib borishni rag'batlantiruvchi qator me'yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilingani ham ko'rsatib turibdi. Jumladan, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, 3-ustivor yo'nalishi "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" bo'yicha 36-maqsad: barcha transport turlarini uzviy bog'lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o'rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish, yuk tashish xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish, avtomobil yo'llarini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish9. Ushbu vazifalarini amalga oshirishda yuk tashish oqimlarini hudud transport tarmoqlari bo'yicha optimal taqsimlash va transport tar mog'ini optimal rivojlantirish kabi dolzarb masalalarni hal etish bilan bog'liq tadqiqotlar olib borish dolzarb vazifadir.
I. Tadqiqot metodalogiyasi
O'zbekiston Respublikasida xalqaro yuk tashish operatorlarining jahon bozoridagi raqobatdoshligi yetarli darajada emas. Buning sabablari quyidagilar hisoblanadi:
-multimodal va intermodal tashish texnologiyalari bo'yicha yuklarni yetkazib berish metodikasi ishlab chiqilmaganligi;
-xalqaro yuk tashishdagi huquqiy bazaning yetarli emasligi;
-transport vositalarining fizik va ma'naviy eskirganligi;
-transport infratuzilmasining rivojlanmaganligi.
Bundan tashqari xalqaro tashishlarni tashkil etish borasida yagona tizim shakllanmaganligi va ularning davlat tomonidan yetarli tartibga solinmaganligidir.
Hududiy yuklarni xalqaro tashishdagi samaradorligini aniqlash imkoniyatini beruvchi ko'rsatkichlar Surxondaryo viloyati misolida keltirilgan.
Surxondaryo viloyatida 14 ta tuman mavjud: Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Muzrobod, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho'rchi, Qiziriq, Qumqo'rg'on.
Iqtisodiy hudud paxta xom ashyosi, subtropik mevalar, ertangi sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Unda ko'mir, neft va gaz, gaz kondensati, osh tuzi qazib chiqariladi.
Viloyatning iqtisodiy va geografik holati qulay bo'lib, uning iqtisodiy-jo'g'rofiy o'rni alohida ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo, bir qancha Yevropa davlatlari va Afg'oniston Respublikasi bilan халкаро iqtisodiy aloqalari ayni shu viloyat (Termiz) orqali olib boriladi. 1982-yil may oyida Amudaryo ustiga qurilgan temir yo'l va avtomobil ko'prigi Afg'oniston respublikasi va boshqa chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga katta imkoniyatlar yaratgan [2, 3].
Viloyat hududidan Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari
9 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda PF-60-sonli "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
bilan bog'laydigan temir yo'l transporti tarmog'i o'tgan. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 414,9 km. Avtomobil yo'llarining uzunligi 12895 km, shundan 2843 km yo'li qattiq qoplamali umum foydalanish avtomobil yo'li bo'lib, eng muhim avtoyo'l magistrallari (Katta O'zbek trakti) Toshkent - Termiz va Termiz - Dushanbe hamda Termiz - Mozori Sharif o'tgan [3].
Tadqiqot ob'ekti sifatida Surxondaryo viloyatining tanlanishi O'zbekiston Respublikasi viloyatlari orasida ham eksport ham import yuklar uchun qulay infrastrukturaga ega hisoblanadi.
Viloyat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi - hududdagi barcha iqtisodiy tarmoqlarni barqaror rivojlantirish orqali mintaqadagi tumanlarni turg'un va oldinga rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini oshirish hisoblanadi.
II. Myx,oKaMa Ba HaTii^a
O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi natijasida savdo, transport-kommunikattsiya, energetika sohalarida hamda ushbu yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlash tizimida yangi bosqichda rivojlanmoqda.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari va Afg'oniston bilan amaliy, o'zaro manfaatli va yaxshi qo'shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta'minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilandi.
O'zbekiston Respublikasining Afg'oniston, Eron Islom Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Hindiston davlatlari bilan eksport va import mahsulotlari miqdori (1-jadval) hamda uning tahlili (1-rasm) keltirilgan.
1-jadval
O'zbekiston Respublikasining eksport va import mahsulotlari miqdori10
Hamkor davlat 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Afg'oniston - 3,8 389,7 698,4 169,5 518,4
Eron Islom 3 850,3 2 702,9 11 937,4 11 575,7 1 842,0 6 518,1
Respublikasi
Birlashgan Arab 250,3 1 724,8 540,2 1 390,9 61,7 0,0
Amirliklari
Pokiston 589,1 4 528,5 27 137,6 4 893,4 2 224,0 1254,9
Hindiston 1 460,6 856,3 16 124,5 3 667,1 6 002,5 2 287,3
30000
C3
4-i
25000
1 ._ 20000 £ o
g,^ 15000
.3 s
n 10000
k*
a 5o<)()
cn *
a.
2017 2018 2019 2020 2021 2022 yillar
■ Afg'oniston ■Eron Islam Respublikasi ■ Birlashgan Arab Amirliklari Pokiston "Hindiston
1-rasm. O'zbekiston Respublikasining eksport va import mahsulotlari miqdori o'zgarish
dinamikasi.
O'zaro savdo hamkorligini samarali amalga oshirishda Termizda tashkil etilgan bojxona
10 O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi ma'lumotlari http ://surxonstat. uz/uz/
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI terminali bilan xalqaro logistika markazining ahamiyatini ham alohida e'tirof etish joiz. Ushbu "Kargo-markaz" ikki mamlakat o'rtasida eksport-import va tranzit uchun Yevropa va Osiyoning bozorlariga kirishni ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Raqamlarga murojaat qilsak, O'zbekistondan Afg'onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o'g'itlar, 2 mingdan ortiq qishloq xo'jaligi texnikalari, 250 ming tonnaga yaqin bug'doy va afg'on bozorida talab kuchli bo'lgan turli mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.
Hozirda Afg'oniston bilan avtomobillar, qishloq xo'jaligi texnikasi va to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish istiqbollari ko'rib chiqilmoqda. Afg'oniston shimolidagi istiqbolli neft va gaz konlarini hisobga olgan holda, O'zbekiston ekspertlari o'zbek-afg'on savdo aloqalarinning imkoniyatlarini atroflicha o'rganmoqda.
O'zbekiston Afg'oniston bilan savdo hamkorligini rivojlantirish uchun transport-kommunikatsiya sohasidagi loyihalarga katta e'tibor bermoqda.
Xususan, "Mozori-Sharif-Hirot" temir yo'l loyihasining amalga oshirilishi Afg'oniston va O'zbekiston tashqi savdo aylanmasini 50 foizga oshirishga yordam beradi. Temir yo'l liniyasining birinchi bosqichi ishga tushirilgach, yuk tashishning prognozlangan hajmi 5,3 mln. tonnani tashkil etishi nazarda tutilmoqda, bu esa tashiladigan yuklar hajmi yiliga 15 mln. tonnagac ha ko'payishini anglatadi. (Ma'lumot uchun: Osiyo Taraqqiyot Bankining hisobotiga ko'ra, "Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo'lining ishga tushirilishi bilan 1000 dan ziyod kishi yangi ish bilan ta'minlandi. Afg'onistonni temir yo'l bo'ylab ish bilan ta'minlashning o'sish sur'ati yiliga 10-11% ni tashkil etishiga imkon beradi).
"Termiz Cargo Center" MChJ Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan yirik logistika terminalidir. Bu Afg'oniston bilan chegaraga yaqin joyda qurilgan yagona terminal bo'lib 2016 yilda ishga tushirilgan.
"Termiz Cargo Center" MChJ asosiy maqsadi: bir qator transport va logistika xizmatlarini ko'rsatish, jumladan bojxona ko'rigidan o'tkazish, yuklash va tushirish operatsiyalari, tovarlarni terminal omborlarida saqlash, shuningdek, Afg'onistonga va Afg'onistondan olib o'tiladigan intermodal transport (temir yo'l) tranzit yuklarini tashish.
Mazkur maqolada transport jarayoni parametrlarini optimallashtirish asosida hududiy yuklarni xalqaro aloqalarda avtomobil transportida yetkazish samaradorligini oshirish muammolari qaralgan.
Mazkur muammoni hal etish uchun oddiy usul aprior ranjirovkalash metodi hisoblanadi va u quyidagi afzalliklarga ega:
- tadqiqot o'tkazishning qiyosan soddaligi;
- natijalarni tezkor olish imkoniyatining mavjudligi;
- bevosita ish faoloiyatidagilar ishtirokining mavjudligi, xalqchilligi;
- rahbar xodimlar bosimining mavjud emasligi.
Shuningdek, qabul qilingan omillarni ekspertlar tomonidan individual baholashda mutaxassislar o'zlarining tajriba va qarashlaridan foydalanishadi. Shuning uchun muammoning qo'yilishi va faktorlarni to'g'ri tanlash muhim hisoblanadi.
Aprior ranjirovka usulida ma'lumotlarni tahlil etish quyidagi bosqichlardan iborat: anketalarni tayyorlash, ekspertlarni tanlash, so'rovnoma o'tkazish, statistik ma'lumotlar olish va ularni matematik qayta ishlash. So'rovnoma anketalarini tayyorlash va tuzishda [5] tavsiyalaridan foydalanildi.
Tadqiqotning maqsadi va masalaning qo'yilishiga asosan maqsad funksiya quyidagi ko'rinishga ega:
F = f{Z) MAX, (1)
bunda 1 - xalqaro tashish samaradorligi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Tadqiqot natijasida olingan ma'lumotlarning ishonchligini ta'minlash uchun ekspertlar minimal soni [6] tavsiyasiga asosan quyidagi formulada^aniqlandi:
bunda í-aniqlikni baholash koeffitsienti; t— natijaning ishonchlilik koeffitsienti; -"■■ -o'rganilayotgan ob'ektning dispersiyasi.
Dispersiya tasodifiy qiymat a¿ bo'yicha aniq tadqiqotlar natijasining o'lchovi hisoblanadi va qiyidagi formulada aniqlanadi:.
D = u2 (3)
bunda (7-o'rtacha kvadratik chetlashuv va quyidagi cha aniqlanadi:
(4)
bunda a¡-' - omil qiymati (i E 1,2,.k)-3 a-o'rganilayotgan ob'ektning o'rtacha arifmetik qiymati; k -omillar soni.
O'rganilayotgan ob'ektning o'rtacha arifmetik qiymati quyidagi formulada aniqlanadi:
Ekspertlar guruhiga nomzodlarni tanlashda xalqaro yuk tashish bo'yicha mutaxassislar, xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korxonasi boshqaruv xodimlari orasidan tanlab olindi va ular quyidagi sifatga ega bo'lishi kerak: o'rganilayotgan sohada kompitetntli, tadqiqot olib borilishga xayri xoh, ob'ektivlik.
Har bir ekspert guruhi a'zolari bilan olib borilayotgan tadqiqot ishining maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
Ekspert so'rovi ma'lumotnomalarini qayta ishlash metodikasi [7]
1. Aprior reyting jadvalida ekspertlar tomonidan berilgan baholarni aks ettirish.
2. Har bir faktor uchun daraja (rang)lar yig'indisini aniqlash:
bunda o-ij- daraja (rang), i- faktorga /- ekspertning bahosi (/ E l.. .m); . - ekspertlar soni.
Agar ekspert har xil faktorga bir xil daraja bersa, standartlashtirilgan daraja aniqlanadi:
(7)
Y T m „ ■ ■ ,, ¿i=i¿: = inLj
A: = ---,
bunda a¡j = —~m(k + l)-umumiy darajalar uchun o'rtacha qiymat;
" 2 faktorlar soni.
3. Jadvalning to'g'ri to'ldirilganligini tekshirish.
Birinchi mezon: aniq bir faktor uchun maksimal daraja taqqoslanayotgan faktorlar sonidan katta bo'lishi mumkin emas:
^'J^miiï _ (8)
Ikkinchi mezon: istalgan faktor bo'yicha daraja (rang)lar yig'indisining maksimal qiymati maksimal mumkin bo'lgan darajani ekspertlar soniga ko'paytmasidan katta bo'lishi mumkin
emas:
Uchinchi mezon: istalgan faktor bo'yicha mumkin bo'lgan minimal daraja (rang)lar yig'indisi minimal daraja (rang) ning ekspertlar soniga ko'pytmasidan kichik bo'lmasligi kerak:
Uj^^K)^™- (10)
4. Daraja (rang)larning umumiy yig'indisi va daraja (rang)lar yig'indisining o'rtacha
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
qiymatini aniqlash: yoki
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
■■-■■ —;= —;= ' -',
(11)
(12) (13)
bunda A3um — daraja (rang)larning umumiy yig'indisi; A - daraja (rang)larning o'rtacha qiymati; k - faktorlar soni.
5. Daraja (rang)larning umumiy yig'indisini to'g'ri aniqlash mezonini hisoblash:
,
= m ■ k - a.
(14)
bunda a - har bir ekspert tomonidan faktorlarni baholashning o'rtacha darajasi (rangi) (5 formula bilan hisoblab topiladi).
6. Har bir faktorning daraja (rang)lari yig'indisining daraja (rang)lar yig'indisining o'rtacha qiymati dan chetlasuvini aniqlash:
(15)
7. Kvadratlar yig'indisi chetlashuvini aniqlash:
s = 1U(Aa^ (16)
8. Kendella konkordatsiy koeffitsienti yordamida ekspertlar fikrlari muvofiqlik darajasini aniqlash.
Mazkur tadqiqot borasida ekspertlardan olingan xulosalarni tahlil etishda faktorlar bo'yicha fikrlar muvofiqligiga ishonch hosil etish kerak. Buning uchun konkordatsiy koeffitsienti (W)dan foydalaniladi. Bu koeffitsient berilgan (m) ekspertlar gurihi va (k) faktorlar soni uchun amalda olingan qiymat (^)ni uning maksimal qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
^mcut ()
Demak, koeffitsient 0 dan 1 gacha o'zgarishi mumkin. Agar koeffitsient birga teng bo'lsa, bunda ekspertlar tomonidan bir xil fikr berilgan bo'ladi. Agar koeffitsient nolga teng bo'lsa, u holda har xil ekspertlardan olingan fikrlar o'rtasida bog'liqlik mavjud bo'lmaydi.
Kendella bo'yicha konkordatsiya koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
bunda
(19)
(20)
tj - i - qatordagi bir xil daraja (rang)lar soni.
Agar konkordatsiya koeffitsienti holdan sezilarli darajada farq qilsa, u holda ekspertlar fikri borasida ma'lum bir muvofiqlik borligini taxmin qilish mumkin. 9. Ekspertlar fikrlarining tasodifiymasligini baholash.
Ekspertlar fikri moslik darajasi ijobiy natijada baholangandan keyin, eksperementning ishonchliligini tekshirish muhim hisoblanadi, ya'ni nazariy va hisob natijalari o'rtasidagi farq darajasini tekshirish kerak.
Buning uchun Pirson mezonidan foydalaniladi:
xl>xk (21)
bunda Xp — Pirson mezoning hisob qiymati bo'lib, quyidagicha aniqlanadi: Xm- Pirson mezoning nazariy qiymati [24] aniqlanadi.
Ayrim daraja (rang)larning mos kelgan holatlarida x2 taqsimlanish quyidagiga teng
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
bo'ladi:
10. Faktorlarni ranjirovkalash.
Daraja (rang)lar yig'indisi bo'yicha At faktorlarni ranjirovkalash amalga oshiriladi, bunda daraja (rang)larning minimal yig'indisi (Л j^m birinchi o'rinda olingan Aft = 1 muhimroq
faktorga mos keladi, keyin faktorlar daraja (rang)lar yi g'indisi o'sishi bo'yicha joylashtiriladi.
11. Faktorlarning solishtirma og'irligini aniqlash:
bunda Mr -faktorlarning egallagan o'rni; A:-faktorlar soni.
Xi faktori bilan у modeli bog'liqligini aniqlash uchun instrument sifatida bir faktorli regression tahlildan foydalanish mumkin.
Xalqaro avtomobilli tashish samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatuvchi eng muhim omillarni tanlash aprior ranjirovka usuli bilan ekspertlar tomonidan baholash usuli asosida amalga oshirildi va eng muhim omillar aniqlandi. Bunga asosan tashish tannarxi, soliq yuki, transportdan foydalanish parametrlari, tashishning mavsumiyligi, yukni yetkazish vaqti, transport vositalarining eskirganligi kabi faktorlar muhimligini ko'rsatdi. IV. Хулоса
Mahalliy tashuvchilarnining xalqaro tashishlarda ish samaradorligini oshirish uchun mazkur tashishlarda faoliyat olib boradigan transport vositalari saroyini yangilash zarurdir. Transport ishini bajarishdagi ATS xarajatlarini kamaytirish uchun ish uslublarini takomillashtirish va buning natijasida tashish xarajatlarini kamaytirish va xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash kerak.
Tashish xarajatlarini kamaytirish va me'yordagi sifatni ta'minlashdagi xarajatlarni minimizatsiya qiymatga erishish uchun tashish jarayonida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarning ishlash sharoitini yaxshilsh bo'yicha harakat tizimini ishlab chiqish kerak.
ADABIYOTLAR
1. Узбекистан Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, Халк сузи, 2020 йил 25 январ, №19 (7521).
2. Kuziev, A. U., & Urokov, A. A. Development of Multimodal Transport Network in the Region. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 1(7), 42-46.
3. Kuziev, A. U. (2022). Methodology of development of the regional road network. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 969-975.
4. Kuziev, A., Juraev, M., Yusufkhonov, Z., & Akhmedov, D. (2023, March). Application of multimodal transportation in the development of future flows of the region. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2612, No. 1). AIP Publishing.
5. Галиев, В.И. Экспертные методы / В.И. Галиев // Стандарты и качество. -1994.-№11.-0.49-54.
6. Гмурман, В.Е. Теория вероятности и математическая статистика / В.Е. Гмурман. -М.: Высшая школа, 1997. - 479 с.
7. Молоков, А.А. Исследование показателей, определяющих эффектив ность перевозки грузов автомобильным транспортом в международном сообщении / А.А. Молоков // Сб. науч. трудов: Вузовская наука — региону. - Вологда: ВоГТУ, 2003.-С. 123127.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son