Научная статья на тему 'HUDUDIY QURILISH TARMOG’IDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH'

HUDUDIY QURILISH TARMOG’IDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
156
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QURILISH / TADBIRKORLIK / RАQОBАT / QURILISH INDUSTRIYASI / QURILISH MAHSULOTI / STRATEGIYA / INNОVАTSIYA / TAVAKKALCHILIK

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Аbdusаmаtоv B. K., Rafikov J.A.

Maqolada hududda qurilish jarayonlarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda paydo bo’layotgan muammo va uning echimlari, hamda qurilish jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirsa nimalarga erishish mumkinligi va tadbirkorlikni rivojlantirsa qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligi hamda bugungi kunda tadbirkorlar tamonidan qilinayotgan o’zgarishlar xususidagi ishlarga yondashilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT OF BUSINESS ACTIVITY IN THE TERRITORIAL CONSTRUCTION NETWORK

The article deals with the problem and its solutions in the development of entrepreneurship in the construction process in the region, what can be achieved if entrepreneurship is developed in the construction process, and what changes can occur if entrepreneurship is developed, and the changes being made by entrepreneurs today.

Текст научной работы на тему «HUDUDIY QURILISH TARMOG’IDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH»

Abdusamatov B.K.

Samarqand Davlat arxitektura - qurilish universiteti "Qurilish iqtisodiyoti va mеnеjmеnt" kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Rafikov J.A.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

Iqtisodiyot 101- guruh magistri

HUDUDIY QURILISH TARMOG'IDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

BOSHQARISH

Annotatsiya: Maqolada hududda qurilish jarayonlarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda paydo bo'layotgan muammo va uning echimlari, hamda qurilish jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirsa nimalarga erishish mumkinligi va tadbirkorlikni rivojlantirsa qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi hamda bugungi kunda tadbirkorlar tamonidan qilinayotgan o'zgarishlarxususidagi ishlargayondashilgan.

Kalit so'zlar: qurilish, tadbirkorlik, raqobat, qurilish industriyasi, qurilish mahsuloti, strategiya, innovatsiya, tavakkalchilik.

Abdusamatov B.K., Ph.D. associate professor

"Construction Economics and Management" Department Samarkand State University of Architecture and Construction

Rafikov J.A.

101- group master

Samarkand State University of Architecture and Construction Economics

MANAGEMENT OF BUSINESS ACTIVITY IN THE TERRITORIAL

CONSTRUCTION NETWORK

Abstract. The article deals with the problem and its solutions in the development of entrepreneurship in the construction process in the region, what can be achieved if entrepreneurship is developed in the construction process, and what changes can occur if entrepreneurship is developed, and the changes being made by entrepreneurs today.

Key words: construction, entrepreneurship, competition, construction industry, construction product, strategy, innovation, risk.

Iqtisodiyot taraqqiyotining hozirgi jarayoni va bugungi sharoitda milliy iqtisodiyotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'llaridan bin bu - qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyatini ya'ni kichik biznesni rivojlantirishdir. Qurilish tarmog'i bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining yetakchi o'rinlardan birini egallab, hudud aholisini ish bilan ta'minlaydi va byudjetni to'ldirishga o'z

hissasini qo'shadi. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, qurilish industriyasidagi kichik korxonalar qurilish bozorini rivojlantirishga, umuman sohada raqobatni kuchaytirishga hissa qo'shib iqtisodiy jarayonni takomillashtiradi. Qurilish industriyasidagi kichik korxonalarning yirik korporatsiyalar tarkibiga kiritilishi ularning harakatchanligini, tarmoqni rivojlantirishga mehnat resurslarini jalb etishini ta'minlaydi. Qurilish sohasida kichik biznesni rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqish iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sharoitida butun qurilish industriyasini rivojlantirish uchun o'z vaqtida va dolzarb masala hisoblanadi. Xorijiy tajriba kichik biznesni bozor sharoitida milliy yalpi mahsulotning o'sishi, tarkibi va sifatini belgilovchi iqtisodiy o'sishning eng muhim elementi sifatida tavsiflaydi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi ko'proq jamiyatdagi tadbirkorlik faoliyatiga bog'liq. Chunki tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar bozor talablariga moslashuvchan bo'lib, u xalqlarning turli iste'mol tovarlari va aholini ish bilan bandligini ta'minlaydi hamda davlat eksport salohiyatini oshirib, valyuta zaxiralarimizni ko'paytiradi. Shu sababdan bugungi kunda dunyodagi davlatlar xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilishmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022 yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan o'tkazgan ochiq muloqotda" Biz Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida g'oyat muhim va hal qiluvchi bosqichga qadam qo'ymoqdamiz. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, innovatsion fikr va yondashuvingiz bugun har qachongidan ham muhim va bu o'rinda siz barcha soha vakillariga o'rnak bo'lishingizga ishonaman, - deb ta'kidladi [1].

2022 -yil yakunlariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida qurilish ishlari hajmi o'tgan yilga nisbatan 6, 6 % ga o'sdi. Jumladan, o'sish sur'atlari bino va inshootlar qurilishida 104, 2 %, fuqarolik obyektlari qurilishida 102, 9 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 137, 8 % ni tashkil etgan.

Shundan qurilish tarmog'ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi umumiy hajmga nisbatan 2021 y -72, 4 (%) foizni, 2022 y - 71, 6 (%) foizni, 2023yilning I kvartalida esa - 76, 6 (%) foizni tahkil etgan.

Aholini tadbirkorlikka jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirilib, 2022 yil mobaynida 92 761 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil qilingan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko'ra, 350 dan ortiq mahalliy korxonaga umumiy qiymati 366 mln. AQSH dollariga teng mahsulotni eksport qilishda yordam ko'rsatildi.

2022 yilda chet el kapitali ishtirokida 74 ta qo'shma korxonani tashkil etishda yordam ko'rsatilgan bo'lsa, 987 nafar tadbirkorlik subyektlariga 739, 6 mln. AQSH dollari qiymatidagi asbob-uskunalar xarid qilingan.

Bizning fikrimizcha tadbirkorlik bu - ishlab chiqarishning barcha omillaridan foydalanish qobiliyatidan iborat bo'lgan inson resurslaridan va mehnatidan samarali foydalanish tushuniladi.

Hudud iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitida qurilish sohasida kichik biznesni rivojlantirishning asosiy qiyinchiliklari sarmoyalarni jalb qilishdir. Kichik biznesni qurilish sohasiga investitsiyalashda davlat tomonidan qo'llab - quvvatlash faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.

2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishga doir qator maqsad va vazifalar nazarda tutildi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasining 26-maqsadida, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko'rish ko'zda tutilgan [2].

Investitsiyalarni jalb qilish va kredit olishda muammolar, ipoteka kreditlarining qisqarishi, soliqlarning oshishi, qurilish materiallari narxining oshishi, aholining to'lov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar yuzaga kela boshlasa, hududda uy-joylarni foydalanishga topshirish sezilarli darajada qisqara boshlaydi, qurilish loyihalari vaqtincha muzlatib qo'yiladi, qurilish hajmini qisqarib, turar - joy ob'ektlarini foydalanishga topshirish muddatlari cho'zilishiga olib keladi.

Qurilish sohasidagi bu holat ish o'rinlarining qisqarishiga olib keladi va bu tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini sezilarli darajada yomonlashtiradi.

Bu borada tadbirkorlik alohida o'rin tutishi mumkin. Kichik biznes tarmog'i yangi ish o'rinlarini jadal tashkil etish, buning natijasida aholi bandligi muammosini hal etishga xizmat qilmoqda. Ommaviy talabga yo'naltirilgan yirik ishlab chiqarishdan, standart mahsulotlarning katta partiyalarini ishlab chiqarishdan farqli o'laroq, kichik korxonalar kichik bozor segmentlarida ishlaydi, shuning uchun milliy iqtisodiyot tez tarkibiy o'zgarishlarga qodir. Kichik korxonalarning kichik o'lchamlari ishlab chiqarish, texnologik va boshqaruv moslashuvchanligini ta'minlash imkonini beradi va bu bozor kon'yunkturasining o'zgarishiga tezda javob berish, samarali innovatsiyalarni amalga oshirish va fan va texnika yutuqlarini joriy etish imkonini beradi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo'yicha ko'plab ilmiy ishlar tayyorlagan va maqolalar nashr etilgan. Jumladan A.N. Asaul quyidagicha ta'rif beradi: "tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo'lib, uning mohiyati jamiyatning o'ziga xos ehtiyojlariga bo'lgan talabini rag'batlantirish va qondirishdan iborat, bozor muvozanatini buzish orqali raqobatdosh ustunliklarga ega bo'lish orqali uning a'zolari tadbirkorlik bozor muvozanatining buzilishiga olib keladigan innovatsiya kabi muhim xususiyatga ega bo'lib, biznesda o'z faoliyati uchun foydalanadi [3].

Umuman tadbirkorlikning nazariy jihatidan qaralganda, har bir korxonaning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradigan maqsad va strategiyalari mavjud. Strategik - maqsadli kompleks tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish

uchun bozor imkoniyatlarini izlashning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, xarajatlarni rejalashtirilgan doirada ushlab turadi, xodimlar soni va malakasini belgilaydi. Har bir xodimga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadi, korxonada ishlab chiqilgan va qabul qilingan strategiya xodimlarni shaxsiy maqsadlarni umumiy maqsadga, shaxsiy strategiyalarni umumiy strategiyaga moslashtirishga majbur qiladi [4].

Tadbirkorlik - innovatsion va tavakkalchilik asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatning alohida turi. Innovatsion maqsadlar ko'payish jarayonini yaxlit yoki ushbu jarayonning alohida qismini qamrab oladi, shu bilan birga ular tadbirkorlik daromadini olishga qaratilgan [5].

Tadbirkorlik faoliyati - bozor iqtisodiyoti sub'ektlari tomonidan qonunlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki boshqa vakillik tashkilotlari tomonidan belgilangan ma'lum me'zonlar asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir [6].

Tadqiqot metodologiyasi: ilmiy maqolani yoritishda O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi fundamental ishlar, mamlakatimiz va xorijlik olimlar - iqtisodchilarning qurilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan ishlari va tadqiqotlari.

Tahlil va natijalar: Kichik biznesning roli haqida gapiradigan bo'lsak, kichik biznesning izchil rivojlanishi quyidagi muammolarni muvaffaqiyatli hal etishning eng muhim omili ekanligi haqida fikr yuritish mumkin:

• aholining tovarlar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga yordam beradigan raqobatbardosh takomillashtirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish;

• tovarlar, ishlar va xizmatlar assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilash;

• xizmat ko'rsatilgandan keyingi servis xizmat ko'rsatish faoliyatini yaxshilash;

• iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurish jarayoniga ko'maklashish;

• tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotga harakatchanlik, moslashuvchanlik va manyovrlik qilish imkoniyatlarini beradi;

• ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aholining shaxsiy mablag'larini jalb qilishda kichik korxonalarning qulayliklarga egaligi.

• kichik korxonalardagi sheriklar o'z kapitallarini yirik korxonalarga qaraganda ko'proq qiziqish bilan biznesga investitsiya qilishi;

• qo'shimcha ish o'rinlarini yaratilishinig natijasida ishsizlik darajasining pasayishi;

• tadbirkorlik faoliyatida kishilarning ijodiy qobiliyatlaridan unumli foydalanish, ularning iste'dodlarini yuzaga chiqarish imkoniyatining ko'pligi;

• tadbirkorlikda hunarmandchilikning turlarini, xalq hunarmandchiligini yanada rivojlantirishning qulayligi;

• tadbirkorlikda ilmiy-texnika taraqqiyotini faollashtirishning osonligi;

• tadbirkorlik yirik sanoat korxonalarining mahalliy xomashyo manbalari va chiqindilarini qayta ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish mumkinligi;

• binolarni ijaraga olish yo'li bilan korxonalarni norentabel va past rentabellik faoliyatidan ozod qilishning imkoniyati mavjudligi.

Bularning barchasi va kichik biznesning boshqa iqtisodiy va ijtimoiy funktsiyalari uning rivojlanishini eng muhim davlat vazifalari qatoriga qo'yadi, uni umuman hududiy iqtisodiyotni, xususan, mintaqalarni isloh qilishning ajralmas qismiga aylantiradi.

Samarqand viloyatida so'nggi yillarda kichik korxonalar soni doimiy ravishda o'sib bormoqda. Statistik ma'lumotlar nimani ko'rsatadi.

Кичиккорхона ea микрофирмалар, умумий улуши

U % ларда

55,7

2022 й

2018 yilda qurilishda kichik korxona va firmalarning qurilishga jami bajarilgan ishlarga nisbatan 50 (%) foiz ulushga ega bo'lgan bo'lsa, 2022 yilga borib 52 (%) foizga etgan.

2022-yilda hududlar bo'yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi o'zgarib bormoqda.

2022 yilda 2021 yilga nisbatan ortib borgan, ularning ulushi umumiy qurilish ishlari hajmiga asosan 52, 7 % (foiz)ni tashkil etgan bo'lib 2021 yilga nisbatan 0, 2 % (foiz)ga ko'p. SHunday qilib, ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi 68953, 3 milard.so'mni tashkil etib, 2021 yilning shu davrga nisbatan o'sish sur'ati 106, 3 % (foiz)ni tashkil etgan.

Bu o'sish hozirgi iqtisodiy sharoitda qiyin bo'lganligi bilan bog'liq. yakka tartibdagi tadbirkorlar raqobatga kirishadi, shuning uchun ularning ba'zilari birlashadi buning negizida kichik yoki o'rta korxonalar yaratiladi.

Kuhuk Kopxona ea MUKpotpupMajiap momohudati ôaMcapujizaH Kypujiuui uuuiapuHuwymyMuù jçcimcmu sa ycuiu cypi>amjiapu

■ MM/iapfl.cyM ■ % /îapfla

68 953,30

2018 fl

2019 m

2020 Ci

2021 m

2022 Ci

Mintaqa iqtisodiyotining kichik sektorini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan eng jiddiy muammolardan biri bu kichik biznesning manfaatlarini hisobga oladigan, keng qamrovli huquqiy tizimning hozirgi sharoitga mos kelmasligi.

Shu jarayonlarni e'tiborga olib, qurilish majmuasida tadbirkorlikning paydo bo'layotgan muammolarini hal qilish uchun davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va nazorat qilish zarurdir. Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qurilish mashinalarini modernizatsiya qilish va yangilash, asosiy kapitalga investitsiyalarning oqilona kiritilishi, investitsiya va qurilish sektorining samarali faoliyat yuritishi, samarali uy-joy siyosatini olib borish muammolarini hal etish zarur [7].

Tadbirkorlik faoliyatida yuqoridagi muammalarning mavjudligiga qaramay, kichik biznes yoki kichik biznes o'zining ommaviyligi tufayli mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini belgilash qobiliyatiga egadir.

Hozirgi vaqtda amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, texnik taraqqiyot va iste'molchilar talabini qondirish ko'p jihatdan kichik korxonalar samaradorligi bilan belgilanadi. Innovatsiyalarning yuqori sur'atlari, texnologik o'zgarishlarning harakatchanligi, xizmat ko'rsatish sohasi va bandlikning tez o'sishi, ixtirolarning joriy etilishi, keskin narx va narxdan tashqari raqobat, davlatning soliq tushumlari shaklida katta mablag'lar olish imkoniyatlarining barchasi kichik korxonalarning viloyat iqtisodiyotiga qo'shayotgan hissasidir.

Qurilish sohasidagi tadbirkorlik ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakli bo'lib, hududning ijtimoiy rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Iqtisodiyotda uning alohida missiyasi bajaradigan funktsiyalarning keng doirasi bilan belgilanadi. Ulardan eng xarakterlisi tadbirkorlikning iqtisodiy tavakkalchiliklarni o'z zimmasiga oladigan va barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlovchi iqtisodiyotning "avangard"i sifatidagi funktsiyasidir.

Kichik qurilish korxonalarida kooperativ aloqalarni rivojlantirish, qurilish bozorining noaniqligiga qaramay, rivojlanishda ma'lum barqarorlikka erishish imkonini beradi. Qurilish korxonalarining bozor sharoitida ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlarning bir shakli sifatida bozor o'zgarishlariga moslashuvchan bo'lishligini ta'minlaydi, bu esa kichik korxonalarning iqtisodiy barqarorligiga, shu jumladan ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy, tashkiliy, bozor tarkibiy qismlarining rivojlanishiga olib keladi [8].

Qurilish tarmog'idagi kichik korxonalarning subpudrat shartnomalari asosida ishlab chiqarish faoliyati barqarorlikka erishishga imkon beradi, bu esa ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq xavflarni kamaytiradi [9].

Qurilish tarmog'i bozorini shakllantirish sharoitida kichik korxonalarning yirik korxonalar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirish tadbirkorlik risklarini diversifikatsiya qilishga erishish, rivojlanish istiqbollarida ishonchli ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalarni yaratish, javobgarlik darajasini taqsimlash, moslashuvchanlikni amalga oshirish imkonini beradi.

Qurilish tarmog'ida kichik biznesning rivojlanishida bozor iste'molchilarining kichik biznesga nisbatan umumiy ishonchsizligi muhim rol o'ynaydi. Binobarin, shartnomalarda belgilangan muddatlarda keng ko'lamli sifatli qurilish xizmatlarini ko'rsatish orqali iste'molchilar ishonchini qozonish zarur.

Xutosa va takliflar: tadqiqotlar asosida shuni ta'kidlash kerakki, Hududda qurilish tarmog'i bozorining shakllanishi sharoitida kichik biznesning ahamiyati juda katta, bu ilmiy tadqiqotda quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:

- qurilish sohasida kichik biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun sizda faoliyat uchun aniq motivatsiya, rivojlanish maqsadlari va faoliyat loyihalarini amalga oshirishning bosqichma-bosqich rejasi bo'lishi kerak;

- bozorda birinchi navbatda mintaqaviy, ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirib, ulush olish zarur;

- iste'molchilar ishonchini qozonish uchun qurilish xizmatlari sifatini, ishlarni bajarish muddatlariga rioya qilgan holda standartlashtirish zarur;

- qurilish sohasida kichik biznesni rivojlantirish barqarorligini kafolatlovchi uzoq muddatli faoliyat istiqbollari uchun zaxira yaratadigan kooperativ ishlab chiqarish aloqalarini yaratish va rivojlantirish uchun faol pozitsiya zarur;

- yuqori sifatli xizmatlar ko'rsatuvchi o'z mutaxassisligingiz bo'lishi kerak, buning uchun siz ixtisoslashgan ishlab chiqarish va texnologik bazaga ega bo'lishingiz kerak;

- qurilish industriyasi sohalarida innovatsion texnologiyalar va ishlanmalardan foydalanish kooperativ aloqalarni rivojlantirishga va kichik biznes sub'ektlarining qurilish bozoridagi yirik korxonalar loyihalarida ishtirok etishiga yordam beradi;

- qurilish sohasida kichik biznesni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosatini olib borish zarur;

- moliyaviy inqiroz mavjud tizimli muammolarni sezilarli darajada kuchaytirdi: noshaffof narxlar, korruptsiya, sanoatni tartibga solish sohasidagi qarorlarning nomuvofiqligi;

- qurilish sohasida kichik biznes loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlarning mavjudligi zarur;

- qurilish industriyasida kichik biznesni rivojlantirish uchun qurilish industriyasining yirik va o'rta korxonalari bilan faol hamkorlik faoliyatini olib borish zarur, chunki bu sanoat aloqalarining mustahkamlanishiga, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga olib keladi. subpudrat asosida va yirik loyihalarda ishtirok etish;

- iqtisodiyotda investitsiya faolligini oshirish maqsadida qurilish industriyasi, shu jumladan kichik biznes sub'ektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimini yaratish, xususan:

- loyihalarning o'zini oqlash muddatlarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- uzoq muddatli kreditlar xavfining yuqori darajasi;

- kreditlarni qaytarmaganlik uchun javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish;

- uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishini ta'minlash mexanizmlarini yaratish;

- banklarga investitsiya loyihalarini kreditlashdan soliq imtiyozlari berish.

-iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida, shu jumladan qurilish industriyasida

investitsiya faolligini faollashtirish maqsadida viloyat hokimliklarining ko'magi zarur;

- faqat qurilish sohasida kichik biznesning faol pozitsiyasi keng ko'lamli sifatli xizmatlar ko'rsatish, uzoq muddatli istiqbolda barqaror ishlab chiqarish munosabatlarini yaratish va rivojlantirish asosida iqtisodiy faoliyatning texnologik va ishlab chiqarish asoslarini rivojlantirish imkonini beradi.

O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy - me'yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko'maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O'zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadi hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida faoliyat yuritmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi, hatto, ayrim

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sog'liqni saqlash va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda.

O'zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

- erkin mehnat resurslari, yangi xo'jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo'lishi natijasida ishlab chiqarishda bo'shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko'proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo'lishi;

- aholining, birinchi navbatda, yoshlarning moddiy, ma'naviy va kasb darajasini ko'tarish;

- aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste'moli mollariga ehtiyojlarini to'laroq qondirish;

- milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko'rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g'oyat muhim iqtisodiyot samaradorligini oshirish uchun qurilish faoliyatida tadbirkorlikni rivojlantirish zarur degan fikrdamiz.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan o'tkazgan ochiq muloqotda so'zlagan nutqi. Xalq so'zi" gazetasi. 2022 yil 23 avgust.

2. Y36eracTOH Рeспубликаси Прeзидeнтининг Фармони, 28.01.2022 йилдаги ПФ-60-сон.

3. Асаул А. Н. Организация прeдприниматeльской дeятeльности. СПб., 2009.

4. Бабко А.Т. ^тезис организационной сущности прeдприниматeльской стpуктуpы//Вeстн. ИНЖЭКОНА. Cep.: Экономика. 2006. Вып. 2(11).

5. CeMe^B В.П. Пpeдпpиниматeльство - основной субъeкт инновационно-инвeстиционного пpогpeсса//Вeстн. ИНЖЭКОНА. Cep.: Экономика. 2004. Вып .4 (5).

6. Муминов Н.Г., Хамидова Н.М. Хуацяо как спeцифичeская форма развития пpeдпpиниматeльства в Восточной Азии // Вопросы экономики и упpавлeния. Мeждунаpодный научный журнал (Россия). № 3 (14) / 2018. С.4-6.

7. Шeмeнeва О.В., Харитонова Т.В. Организация пpeдпpиниматeльской дeятeльности: Учeбноe пособи. - ИТК Дашков и К, 2014. - 294 с.

8. Попкова Е.Г. Факторы, влияющда на устойчивоe развита пpeдпpиниматeльских структур / Е.Г. Попкова, Ю.М. Бeшанова //Cовpeмeнная экономика: пpоблeмы и peшeния. — 2015. — № 10. — C. 51-62.

9. Kудряшoв B.C. Cубкoнтрaктaция KaK нaибoлee эффективна фoрмa взaимoдeйствия и кooпeрaции предприятий в рaмкaх пpoмышлeннoгo raaerepa I НТВ СПбГПУ. — 2013. — №2. — С. 70-73.

10. Abdusamatov, B. K. (2023). ROLE OF CLUSTER IN INNOVATIVE MANAGEMENT OF THE CONSTRUCTION NETWORK. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(1), 667-672.

11. Abdusamatov, B. K., Egamov, R. M., Abdusamatov, Sh. B. (2022). Level of competitiveness of building products to increase innovative success. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(6), 1-5.

12. Эгaмoв, Р. M., Абдусaмaтoв, Б. K. (2021). Курилиш тapмoFини pивoжлaнтиpишдa иннoвaциoн фaoлият и^и^дий гатегория сифaтидa. DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR, 161.

13. Abdusamatov, B. K., Egamov, R. M., Abdusamatov, Sh. B. Some of the Improvements in Entrepreneurship in the Construction Industry. JournalNX, 189-193.

14. Abdusamatov, B. K., Zokirov, S. G. (2023). The Ways of Managing Business Activities in the Territorial Construction Network. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 3(6), 57-62.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.