Научная статья на тему 'HARBIY XIZMATCHILARNING HAYOT MAZMUNI VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZARO ALOQALARI'

HARBIY XIZMATCHILARNING HAYOT MAZMUNI VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZARO ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
499
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkorlik / ijodiy fikrlash / zamonaviylik / ilm-fan / taktik fikrlash / shevada ijodkorlik / Creativeness / creative thinking / modernity / science / tactical reasoning / creativeness on the dialect.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xasanov Nurmuhammd Xaydarali O‘g‘li, Yusufjonov Quyoshbek Komiljon O‘g‘li

Ushbu maqola harbiy xizmatchilarning hayotiy mazmuni va ijodiy fikrlashni shakllantirish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ochib beradi. Bu zamonaviy, talablarga javob beradigan har bir sohada ijodkor bo'la oladigan mutaxassislar sonini ko'paytirish orqali rivojlanishning yaxshilanishini ko'rsatadi. Harbiy xizmatchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishda muhim fikrlar ilgari surildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RELATIONSHIP BETWEEN MILITARY PEOPLE'S LIFE AND THE FORMATION OF CREATIVE THINKING

This article reveals interrelationships between the life Content of Servicemen and the Formation of creative thinking. It shows improvement in development by increasing the number of professionals who can be creative in every field, meeting modern, requirements. Important points were put forward in the formation of creative thinking among servicemen

Текст научной работы на тему «HARBIY XIZMATCHILARNING HAYOT MAZMUNI VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZARO ALOQALARI»

Scientific Journal Impact Factor

HARBIY XIZMATCHILARNING HAYOT MAZMUNI VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZARO ALOQALARI

Xasanov Nurmuhammd Xaydarali o'g'li Yusufjonov QuyoshbekKomiljon o'g'li Farg'ona davlat universiteti harbiy ta'lim fakulteti talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqola harbiy xizmatchilarning hayotiy mazmuni va ijodiy fikrlashni shakllantirish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ochib beradi. Bu zamonaviy, talablarga javob beradigan har bir sohada ijodkor bo'la oladigan mutaxassislar sonini ko'paytirish orqali rivojlanishning yaxshilanishini ko'rsatadi. Harbiy xizmatchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishda muhim fikrlar ilgari surildi.

Kalit so'zlar: ijodkorlik, ijodiy fikrlash, zamonaviylik, ilm-fan, taktik fikrlash, shevada ijodkorlik.

Abstract: This article reveals interrelationships between the life Content of Servicemen and the Formation of creative thinking. It shows improvement in development by increasing the number of professionals who can be creative in every field, meeting modern, requirements. Important points were put forward in the formation of creative thinking among servicemen

Keywords: Creativeness, creative thinking, modernity, science, tactical reasoning, creativeness on the dialect.

Аннотация: В статье раскрывается взаимосвязь между содержанием жизни военнослужащих и формированием творческого мышления. Это свидетельствует об улучшении развития за счет увеличения числа профессионалов, которые могут проявлять творческий подход в любой области, отвечая современным требованиям. Выдвинуты важные моменты в формировании творческого мышления военнослужащих.

Ключевые слова: креативность, творческое мышление, современность, наука, тактическое мышление, творчество на диалекте.

Har bir inson oldida hayot mazmuni to'g'risidagi masala u yoki bu shaklda keskinlik va muammolilikning turli darajasida namoyon bo'ladi. O'z hayotini mazmun bilan to'ldirish insonga xos bo'lgan xususiyatdir. U o'z hayot faoliyati yo'naltirilgan maqsadga ega bo'lishga moyildir. O'zining mangu emasligini, o'lishini anglagan inson qandaydir mangulikka oshno bo'lgisi keladi va jamiyatdagi o'z o'rnini izlaydi, o'z hayotining qimmatini ko'tarishga intiladi.

Insonni, uning rivojlanishini ijtimoiy taraqqiyot maqsadi sifatida ko'rib chiqish, shaxs manfaatlari va jamiyat rivojlari manfaatlarini insonparvar, ma'naviy

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

asosda taqqoslashga imkon beradi. Ushbu uslubiy mulohaza hayot mazmunini inson hayotining izidan, shaxsning ijodiy imkoniyatlari doimo rivojlanishi va takomillashuvidan izlashni taqazo etadi. Shu boisdan ham A.M.Korshunov "Ijod bu sub'ektning ob'ekt bilan faol o'zaro harakatidir. Bu jarayonda sub'ekt maqsadga yo'naltirilgan holda atrof-olamni o'zgartirib, ob'ektiv qonuniyatlar talabiga ko'ra yangi, ijtimoiy ahamiyatdagi olamni yaratadi. Atrof-olamga ta'sir qilib, sub'ekt o'z-o'zini ham o'zgartiradi" [1. 383-b], - deb yozadi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada Jon Lokkning siyosiy-falsafiy qarashlarida davlat boshqaruvi va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Sh. Tilavoldiyevning "Bases of military patriotic education" nomli kitobi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.

Hayot mazmunini ilmiy tushunish ham inson ham jamiyat uchun ob'ektiv qiymatga ega bo'lgan natijalarga amalda olib kelishi mumkin bo'lgan strategiyani ishlab chiqishdan iborat bo'lishi lozim. Zamonaviy sharoitda harbiy mutaxassislarga yangi talablar qo'yiladi, chunki aynan ularga ko'pincha yangi g'oyalarni amalda tatbiq etishni ta'minlashlari uchun nostandart vazifalarni hal qilish majburiyati yuklatiladi. Bu jarayon harbiy mutaxassislarda qiziquvchanlik, o'ziga xos g'ayratlilik, tavakkalchilik qobiliyati, yangi g'oyalarga sezgirlik va fikrlashning o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Harbiy xizmatchilarda bunday ijodkorlik fazilatlarni tarbiyalash va umuman o'quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratish zarur: 1) bo'lajak harbiy mutaxassisda kreativ tafakkurni rivojlantirish; 2) yosh harbiy kadrlarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirgan o'quv jarayonining motivatsiyasiga erishish. Bugungi kunda ma'lum bir fanni o'rganadigan kursant, ko'pincha uning amaliy ahamiyatini, uning mafkuraviy rolini etarli darajada tasavvur qilpolmaydi. Shu sababli, kursantlarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kelajakdagi nafaqat yuqori ixtisoslashgan yo'nalishlarda, balki doimiy ravishda yuzaga keladigan jiddiy ekologik muammolarni to'g'ri hal qilishga imkon beradi. Bunday yondashuv jangovar tayyorgarlik masalasi bilan o'zaro aloqadorlikka ega.

Harbiy xizmatga nisbatan, inson hayot mazmunini ilmiy tushunishni aniqlashtirgan holda, zobitning hayot mazmuni ma'naviy, shuuriy, kasbiy va jismoniy o'z o'zini takomillashtirish, uning shaxsiy beqiyosligiga, er yuzidan tinchlikni saqlash, tajavvuzkorlikning oldini olish xalqning tinch mehnatini ishonchli

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

tarzda qurol bilan himoya qilishni ta'minlash borasida hayotiy, xizmat yo'lini har bir bosqichidagi salohiyatlari va yaratuvchanlik imkoniyatlari birligidan iboratdir deb aytish mumkin. Zobitning hayot mazmuni u qanchalik turli tuman bo'lmasin o'z mohiyatiga ko'ra oddiy fuqaro mazmunidan farqli bo'lolmaydi.

Harbiy xizmatning o'ziga xosligi shaxsdan doimiy harbiy-texnik takomillashuvni ruhiy va jismoniy chiniqishni, og'ir mehnatning doimiy bosimiga chidashni taqazo etadi. SHu bilan bir qatorda mustaqillik, yaratuvchanlik, qarorlar qabul qilishda bir qolipda turmaslik zarurati , kishilar bilan muntazam ishlash zobitning shaxsiy beqiyosligini namoyon etish va amalga oshirishga imkon beradi. Biroq, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, «Ayni vaqtda, aytish joizki, ko'rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi zamon talablariga to'liq javob bermaydi. harbiy o'quv yurtlarida zamonaviy shart-sharoitlarni xo'jako'rsinga yaratganimiz yo'q. ...Aksincha, kursantlarimiz va tinglovchilarimiz ta'lim sohasida eng ilg'or, innovatsion bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi zarur. Mana, bizning asosiy maqsadimiz»[2].

Harbiy xizmat sharoitlari insonning ma'naviy, kasbiy, harbiy tiklanishi vaqtini imkon qadar "ixchamlashtirib" qo'yadi. SHu tarzda uning o'z o'zini namoyon etishni o'zida mavjud qilgan yashirin salohiyatlarini amalga oshirish jarayonini jadallashtirib yuboradi. Shu bilan bir qatorda kundalik hayotning har bir lahzasida: oilada, sport maydonida, xovlida, teatrda va boshqa joylarda o'zini shaxs sifatida namoyon etadi. U ham boshqa har qanday kasbdagi kishilar singari kechinmalarning umuminsoniy qadriyatlariga ega. Bu eng avvalo san'at asarlaridan zavqlanish, atrof olamni ma'naviy anglash imkoniyatlaridir. SHunday qilib, hayotiy qadriyatlarning (yaratuvchanlik, ijodkorlik, kechinmalar, munosabatlar) zobit hayot mazmunining ma'nosini tashkil etadi. Uning kasbidagi tilga olingan o'ziga xosliklar hayot mazmunini harbiy xizmatga bag'ishlashda hayot mazmuniga ega bo'lishning ob'ektiv imkoniyatlari mavjudligidan darak bermoqda.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida kreativ tafakkur harbiy xizmatchilarni tayyorlash va o'qitishning yangi ijodiy qonunlarini o'rganish va amalga oshirishda, ofitserlarni tayyorlashda alohida o'rin tutadi. SHu boisdan ham kreativ tafakkur bir qator dialektik xususiyatlarga ega. Kreativ tafakkur - bu harbiy ijodiy izlanishlarning fundamental asoslari va qonunlarini, harbiy xizmatchilar va harbiy jamoalarni ilmiy salohiyatini yuksaltiruvchi muhim omil hisoblanadi. Kreativ tafakkurning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u harbiy xizmatchilarda haqiqiy ijodiy-jangovar vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. Kreativ tafakkurni yuksaltirish vazifalarini o'z vaqtida hal etish, birinchi navbatda, O'zbekiston Respublikasi Qurolli

Scientific Journal Impact Factor

Kuchlarining jangovar kuchini kuchaytirish manfaatlarida inson omilini faollashtirishning yangi usul va vositalarini izlashga imkon beradi.

Qo'mondonlar orasida zamonaviy ilmiy-ijodiy tafakkurni shakllantirish, funksional va o'quv vazifalarini sifatli bajarish, harbiy jamoada qonun, huquq-tartibot va harbiy intizomni o'rnatish uchun o'ziga xos ijodiy muhit, hamjihatlik, o'zaro talabchanlik va shaxsiy javobgarlik muhitini yaratishga zamin yaratadi.

Kreativ tafakkur muammolarini hal qilishda ijodkorlik harbiy kasb ta'limi samaradorligini oshirishga imkon beradigan alohida masaladir.

Bu jarayon quyidagi bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi:

1) ijodiy tayyorgarlik

2) ijodiy anglash

3) inkubatsiya davri

4) ijodiy yuksaklik.

Ushbu ijodiy bosqichning barchasini har qanday kasbiy faoliyat sohasida samarali qo'llash mumkin, chunki bu bosqich har doim muammoni o'z vaqtida hal qilishda ustuvor ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib, yosh harbiy mutaxassis faoliyatining har qanday sohalarida kelgusida mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ijodiy algoritmni ishlab chiqish muhim o'rinni egallaydi. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:

Trening. Bu ijodiy rejalashtirish bosqichidir. Unda nazariy ma'lumotlar yig'iladi, muammo aniq shakllantiriladi va tadqiqot natijalari to'g'risida ilmi y-ijodiy taxminlar ishlab chiqiladi. Ushbu bosqichda aniq ratsional maqsadlar belgilanadi va natijalar aniqlanadi. Shuningdek, tadqiqot olib borishning to'g'ri yo'nalishi tanlanadi, zarur vositalarning mavjudligi tekshiriladi va tajriba strategiyasi ishlab chiqiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativ tafakkur, tasavvur, qiziquvchanlik rivojining past darajasi mazkur harbiy ta'lim tizimi shaxsga uning madaniyatiga nisbatan axborotlashtirish, hissiy-emotsional tomoniga nisbatan ratsional jihati ustuvorligi saqlanib qolinayotganligidan dalolat beradi. Ya'ni bu ta'lim tizimi doirasidagi faoliyat asosan kursantlarga bilim uzatishga yo'naltirilganligini, ta'lim jarayonining o'zi esa didaktotsentrik texnologiyaga asoslanganligini va unda o'qituvchi va kursant o'rtasida sub'ekt-sub'ektli munosabatlar hukmronligini ko'rsatadi. SHu nuqtai-nazardan, o'qituvchi darsga qanchalik mukammal tayyorgarlik ko'rmasin, uning taktikasi va qo'llayotgan metodikasi kursantlarni yangi pog'onaga olib chiqishiga xizmat qilmaydi, zero an'anaviy ta'lim texnologiyalar asosida avtoritar pedagogika asoslari va talablari joriy qilingan bo'lib, individual va ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilishga sharoit yaratilmagan. Kreativ-pedagogik

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

adabiyotlar tahlili ko'rsatishicha, kursantlarda ijodiy qobiliyatlar maqsadli ta'limi o'quv jarayonida ijodiy muhit yaratilishini ta'minlaydigan ta'lim maqsadga muvofiq bo'ladi.

1. Sh. Tilavoldiev. Bases of military patriotic education. Text of lectures. FSU, 2006.

2. B.Ziyomukhammaedov. Pedagogics. Textbook. Tashent, 2006.

3. N.Boymurodov. Practical psychology. Textbook. Tashkent, 2008.

4. A.Sotiboldiev. Military pedagogics. Textbook. Tashkent, 2004.

5. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 12, 2020.

6. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

7. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

8. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

9. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

10.Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.