Научная статья на тему 'GO‘DAKLAR O‘LIMINI SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA ASOSIDA GEODEMOGRAFIK TADQIQ ETISH'

GO‘DAKLAR O‘LIMINI SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA ASOSIDA GEODEMOGRAFIK TADQIQ ETISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
go’daklar o’limi / sotsiologik so’rovnoma / reproduktiv yosh / geodemografik omil / ekologik omil / nikoh-oila munosabatlari / aholining yosh-jins tarkibi / tibbiyot geografiyasi / Infant mortality / sociological survey / reproductive age / geodemographic factor / environmental factor / marriage-family relations / age-sex composition of the population / medical geography

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Temirov Z.A., Siddiqova M.Sh.

Ushbu maqolada go’daklar o’limi va dinamikasi, uning hududiy tafovutlari sotsiologik so’rovnoma asosida tahlil qilingan. Shuningdek, go’daklar o’limiga ta’sir qiluvchi geografik omillar hususida aholining fikri o’rganilgan hamda xulosalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEODEMOGRAPHIC STUDY OF INFANT MORTALITY BASED ON SOCIOLOGICAL SURVEY

In this article, infant mortality and dynamics, its regional differences are analyzed on the basis of a sociological survey. In addition, the population's opinion on the geographical factors affecting infant mortality was studied and conclusions were drawn up.

Текст научной работы на тему «GO‘DAKLAR O‘LIMINI SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA ASOSIDA GEODEMOGRAFIK TADQIQ ETISH»

YAK: 911.3

Temirov Z.A.

Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Andijon davlat universiteti Siddiqova M.SH.

Geografiya magistratura mutaxasisligi magistranti

Andijon davlat universiteti

GO'DAKLAR O'LIMINI SOTSIOLOGIK SO'ROVNOMA ASOSIDA GEODEMOGRAFIK TADQIQ ETISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada go'daklar o'limi va dinamikasi, uning hududiy tafovutlari sotsiologik so 'rovnoma asosida tahlil qilingan. Shuningdek, go'daklar o'limiga ta'sir qiluvchi geografik omillar hususida aholining fikri o 'rganilgan hamda xulosalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: go'daklar o'limi, sotsiologik so'rovnoma, reproduktiv yosh, geodemografik omil, ekologik omil, nikoh-oila munosabatlari, aholining yosh-jins tarkibi, tibbiyot geografiyasi

Temirov A. Z. associate professor of the Department of Geography, Doctor of Philosophy in Geography Andijan State University Siddikova SH. M.

Master's degree in geography Andijan State University

GEODEMOGRAPHIC STUDY OF INFANT MORTALITY BASED ON SOCIOLOGICAL SURVEY

Annotation: In this article, infant mortality and dynamics, its regional differences are analyzed on the basis of a sociological survey. In addition, the population's opinion on the geographical factors affecting infant mortality was studied and conclusions were drawn up.

Keywords: Infant mortality, sociological survey, reproductive age, geodemographic factor, environmental factor, marriage-family relations, age-sex composition of the population, medical geography

Demografik jarayonlarni o'rganishda ijtimoiy so'rov usulini qo'llash tadqiqot ishining mukammalligini ta'minlaydi. Mamlakatda demografik ko'rsatkichlarni sotsiologik so'rovnomalar orqali muammoni atroflicha o'rganishga va yechishga ko'mak beradi.

Andijon viloyatida barcha sohalardagi kabi go'daklar o'limini o'rganish bilan bog'liq muammolarning yuzaga kelishi tabiiy. Hududlarda aholining har tomonlama barkamol bo'lib shakllanishi aynan shu muammolar yechimiga bog'liq. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, go'daklar o'limi va unga ta'sir etuvchi geografik omillarni atroflicha o'rganishda sotsiologik so'rovnoma usulining ahamiyati katta.

Sotsiologik so'rovnoma muallif tomonidan Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, demografik ko'rsatkichlari va geografik joylashgan o'rniga tafovutga ega hududlari, turli joyda va turli kasbdagi kishilari (300 ta) tanlab olindi. So'rovnomada Andijon viloyati shahar va tumanlarida yashovchi turli kasb, yosh va ijtimoiy guruhga mansub kishilar ishtirok etdi.

Sotsiologik so'rovnomaga 15 ta savol kiritildi. Tadqiqot mavzusi doirasida bevosita taalluqli bo'lgan 10 ta savol o'rganilib tahlil etildi. So'rovnomada 20 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan aholi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 4 foizi 20 yoshgacha bo'lgan aholi, 36 foizi 21-30 yosh va 60 foizi 31-50 yoshdagilar tashkil etgan. Shuningdek, respondentlarning 85 foizini ayollar va 15 foizini erkaklar, 42 foizini oliy ma'lumotli va 58 foizini o'rta va o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lganlar tashkil etgan.

Olib borilgan tadqiqotning asosiy maqsadi go'daklar o'limi hamda unga ta'sir etuvchi omilarni aniqlash bo'lganligi sababli keyingi savollar bevosita shu xususda.

Bir yoshgacha vafot etgan bolalar oilada asosan nechanchi farzand deb xisoblaysiz? Degan savolga respondentlarning 89 foizi birinchi farzand, qolgan 11 foizi 2-3-4 farzandlar deb fikr bildirgan. Respondentlarning fikri bo'yicha go'daklar o'limi asosan yosh onalarda, yoki onalarning birinchi farzandlari deb bilishmoqda. Bu borada, yosh onalarni turmushga tayyorlash borasidagi ishlarni samaradorligini yanada oshirish maqsadga muvofiq xisoblanadi.

So'rovnomada respondentlarga "Go'daklar o'limi kuzatilgan oilalarda onaning yoshi necha yosh bo'lgan?" degan savol bilan murojaat qilindi. So'rovnoma ishtirokchilarining 31 foizi onalarning yoshi 18 yoshgacha bo'lgan degan javobni bergan bo'lsa, 30 foizi onalarning yoshi 20-24 deb xisoblashgan. 15 foizi onalarning yoshini 25-29 yosh deb bilsalar, qolgan qismi 30 yoshdan oshgan onalar deb javob bergan. Respondentlarning fikriga ko'ra go'daklar o'limining asosiy qismi 24 yoshgacha bo'lgan onalarning farzandlari deb xisoblashmoqda.

Go'daklar o'limi qanday oilada, ya'ni oilada nechta farzand ekanligini bilish maqsadida "Oilalarda o'rtacha farzandlar soni nechtani tashkil etadi?" degan savol berildi. So'rovnomaning ushbu savoliga respondentlarning 8 foizi 1-2 ta farzand, 65 foizi 2-3 ta farzand deb javob berishgan. Qolgan 10 foizi 4-5 ta degan javob bergan bo'lsa, 17 foizi 5 ta va unda ko'p farzandlari bor oila deb xisoblashgan. Sotsiologik so'rovnoma ishtirokchilari go'daklar o'limi kuzatilgan onalarning o'rtacha farzandlari sonini 2-3 ta, ya'ni, reproduktiv yoshdagi bir ayolga to'gri keluvchi o'rtacha farzandlar soniga teng deb baholashmoqda.

Bir yoshgacha bo'lgan go'daklar o'limi asosan qaysi davrda bo'lganligini aniqlash maqsadida respondentlarga "Bir yoshgacha bolalar o'limi asosan qaysi

davrga tog'ri keladi?" degan savol berildi. Ushbu savolga respondentlarning 45 foizi perinatal davr, ya'ni homilaning 28 haftasidan chaqaloq tug'ilishining dastlabki 7 kunigacha bo'lgan davr deb fikr bildirgan bo'lda, 34 foizi neonatal davr, ya'ni 7 sutkadan 28 sutkagacha bo'lgan davr deb javob berishgan. Qolgan 21 foiz ishtirokchilar postneonatal davr, ya'ni 28 sutkadan 1 yoshgacha bo'lgan davr deb bilishmoqda. Bundan ko'rinadiki, respondentlarning fikriga ko'ra go'daklar o'limining asosiy qismi (80 foizi) tug'ilishning dastlabki bir oyida kuzatilishi aniqlandi.

Go'daklar o'limiga ta'sir etuvchi bir qator omillar bo'lib, ular hususida yuqoridagi paragrafda atroflicha yoritib o'tildi. Shuningdek, sotsiologik so'rovnoma ishtirokchilaridan omillarni aniqlash maqsadida "Bir yoshgacha bolalar o'limida geoekologik omillarning ta'sirini qanday baholaysiz?" degan savol bilan murojaat qilindi. Respondentlarning 20 foizi "Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida nafas olish a'zolarining kasallanishi" deb javob bergan bo'lsa, 28 foizi "Atmosfera ifloslanishi natijasida chaqaloq immunitetining kuchsizlanishi va turli kasalliklarga chalinishi" deb baholagan. Shuningdek, 17 foiz respondentlar og'ir ekologik vaziyatning onalar va bolalar sog'ligiga salbiy ta'siri deb baholagan bo'lsa, 14 foiz ishtirokchilar yuqoridagi omillarni go'daklar o'limiga ta'siri yo'q deb javob berganlar. Shuningdek, qolgan 21 foiz qatnashchilar boshqa sabablarni ham keltirib o'tishgan. Jumladan, sizfatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida, oiladagi nosog'lom muhit, tibbiy xizmat ko'rsatishning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi va hk.

Mazkur savolga sanoat yahshi rivojlangan, urboekologik vaziyati noqulay bo'lgan Andijon shahar, Asaka, Xo'jaobod tumanlari respondentlarining 80 foizi atmosfera ifloslanishi natijasida nafas olish a'zolarini kasallanishi va chaqaloq immunitetiga salbiy ta'sir etishi degan javobni berishgan. Bundan ko'rinadiki, go'daklar o'limida atmosfera ifloslanishining salbiy ta'sirini oldini olish maqsadida ko'kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, chiqindisiz, atmosferaga zararsiz sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limida oilaning ijtimoiy muhiti, iqtisodiy holatining ham ta'siri kuzatiladi. Iqtisodiy omillarni go'daklar o'limiga ta'sirini aniqlash maqsadida respondentlarga "Go'daklar o'limida iqtisodiy omillarni ta'siri haqida qanday fikrdasiz?" degan savol berildi. Mazkur savolga ishtirokchilarning 41 foizi "Go'daklar o'limida oilaning iqtisodiy holati, oila daromadlarini ta'siri mavjud" deb bilishgan bo'lsa, 31 foizi "Onalarning og'ir (qishloq xo'jaligi) mehnatda band ekanligi" bir yoshgacha bolalar o'limida ta'siri bor deb xisoblashadi. Shuningdek, qolgan respondentlar har ikkalasini ta'siri bor, ta'siri yoq yoki boshqa sabablarni ham keltirib o'tishgan.

Ushbu savolga qishloq tumanlari aholisining 40 foizi va shahar aholisining 25 foizi "Onalarning og'ir (qishloq xo'jaligi) mehnatda band ekanligi" go'daklar o'limiga ta'siri mavjud deb bilishgan. Qishloq xo'jaligida zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib kelishi ayollarning qishloq xo'jaligidagi mehnatini

yengillashishiga hamda mazkur tarmoqdagi o'rnini tubdan o'zgarishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Fikrimizcha, vaqt o'tishi bilan mazkur muammo o'z yechimini topadi deb xisoblaymiz.

Rasmiy statistik ma'lumotlar tahliliga ko'ra, bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limida turli kasalliklar keltirilgan. Oilaning ijtimoiy muhiti, er xotin o'rtasidagi munosabatlar rasmiy statistikaga kiritilmaydi. Shu maqsadda so'rovnomaga "Tug'ilgan farzandlarni bir yoshgacha vafot etishining asosiy ijtimoiy sabablari nima deb o'ylaysiz?" degan savol kiritildi. Ushbu savolga respondentlarning 20 foizi "erta turmush qurish, yoki onalarning yosh ekanligi", 21 foizi "onaning sog'lig'idagi muammolar sababli", 28 oiladagi ijtimoiy munosabatlar deb bilishgan. Qolgan qismi genetik kasalliklar, onaning sog'lig'idagi muammolar tufayli va boshqa javoblarni berishgan.

Oiladagi ijtimoiy munosabatlarda asosan oiladagi er-xotin munosabatlari, qaynona-kelin munosabatlari, shuningdek oilada erning uzoq vaqt mehnat migratsiyasida bo'lishi kabi sabablar keltirilgan.

Go'daklar o'limida geoekologik, iqtisodiy, ijtimoiy omillardan tashqari boshqa omillar ham ta'siri bor. So'rovnoma ishtirikchilariga "Chaqaloqlar o'limida yana qanday boshqa omillarni ta'siri mavjud?" degan navbatdagi savol berildi. Ushbu savol ko'pchilikda o'zgacha ta'asurot uyg'otdi. Respondentlarning 20 foizi "Turli yuqumli kasalliklarni tarqalishi (Covid-19)", 33 foizi "sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish", 11 foizi "Baxtsiz xodisalar, zaharlanish va jaroxatlanish" va 11 foizi "Tug'ma kasalliklar" deb javob berishgan. Qolgan ishtirokchilar boshqa fikrlarini aytib o'tishgan.

Bugungi kunda bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limining asosiy sababi sifatida "Perinatal davrda yuzaga kelgan turli xolatlar" keltirilmoqda. Bunda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmat ko'rsatishni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalasi muhim o'rin tutadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, respondentlarga "Go'daklar o'limida tibbiy xizmat va savodhonlikni ahamiyatini qanday baholaysiz?" degan savol bilan murojaat qilindi. So'rovnoma ishtirokchilarining 20 foizi "Onalarning tibbiy savodxonligi yetarli darajada emas" deb javob bergan bo'lsa, 35 foizi "Ona va bola salomatligi uchun tibbiy xizmat ko'rsatish yetarli darajada emas" va yana 25 foizi "Ona va bola salomatligi uchun tibbiy xizmat yaxshi yo'lga qo'yilgan, lekin boshqa omillarning ta'siri kuchli" degan fikrni bildirishgan. Shu o'rinda shahar aholisining 30 foizi va qishloq tumanlari aholisining 55 foizi tibbiy xizmat ko'rsatish darajasidan qoniqish xosil qilmaganligini bildirishgan. Shuningdek, shahar aholisining 30 foizi va qishloq aholisining 45 foizi onalarning tibbiy savodxonligi yetarli darajada emas deb baholagan. Andijon viloyatida ona va bola salomatligi uchun tibbiy xizmat ko'rsatishni yanada rivojlantirish, onalarning tibbiy savodxonlik darajasini yanada oshirish kabi masalalar bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilgan islohatlar natijasida umumiy o'lim, onalar va bolalar o'limi darajasi kamayib bordi. Shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi demografik jarayonlarga, aholi o'limi,

hususan go'daklar o'limini baholash, unga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va uni kamaytirish borasida doimiy ishlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu sababdan, so'rovnomaning so'nggi savoli sifatida respondentlarga "Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limini oldini olish va kamaytirish uchun qanday chora tadbirlarni amalga oshirish lozim deb oy'laysiz?" degan savol berildi. Ushbu savolga ishtirokchilarning 40 foizi "Tibbiy xizmat ko'rsatishni yanada yuqori darajaga k'tarish" lozim deb fikr bildirgan bo'lsa, 25 foizi "Onalarni tibbiy savodxonligini oshirib borish" zarur deb xisoblashgan. Shuningdek, 15 foiz respondent "Hududlarni ko'kalamzorlashtirish orqali atmosfera havosini yahshilash" zarur degan bo'lsa, qolgan 20 foizi sifatli boshqa javoblar berishgan. Jumladan, oziq-ovqat ratsionida, ayniqsa bolalarda tabiiy mahsulotlarni ko'paytirish lozim degan javobni ham berishgan.

Ushbu sotsiologik so'rovnoma natijasi sifatida quyidagilar e'tirof qilindi:

- Yosh onalarni oilaga, farzand tarbiyasiga tayyorlashda ta'lim muassasalarida yoshlarni savodxonlik darajasini oshirib borish;

- homiladorlik davrida tibbiy hizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish;

- erta turmushga chiqishni oldini olish borasida mahalla faollari, jumladan MFY yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari faoliyatini yanada yuqori darajaga olib chiqish;

- shahar joylarda atmosfera ifloslanishini oldini olish, shovqin-suronni kamaytirishda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasini yanada faollikni oshirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Bo'rieva M.R. Demografiya asoslari. -T. 2001. -120 b.

2. Bo'rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. -T.: Tafakkur, 2011. -160 b.

3. Borisov V.A. Demografiya. -M.: NOTA BENE, 2003. -344 s.

4. Валентей Д.И, Кваша A. Основы демографии. -M.: Мысл, 1989.-283 с.

5. Soliev A., Qarshiboeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari. -T., 1999. -181 b.

6. Tojieva Z.N. O'zbekiston aholisi: o'sishi va joylanishi. T.: -2010. -276 b.

7. Tojiyeva Z.N. Aholi geografiyasi. -T.: Nodirabegim, 2019. -254 b.

8. Темиров З.А. Узбекистоннинг Фаргона минтакдсида демографик жараёнлар ривожланишининг худудий хусусиятлари (Монография). -Андижон. "^аёт нашри-2020", 2022. -158 б.

9. Temiroz Z.A. Geodemografiya. Andijon. 2024 y. B-180

10. Qayumov A.A., Yakubov O'.Sh., Abdullaev A.G. Aholi geografiyasi va demografiyasi. T.: Fan va texnologiya, 2011. -160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.