Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Original paper
GLYUTTONIK DISKURSDA JOY QIYOSIY TAHLILI
© G. A. Kalibaeva1H Uzbekistan Milliy universiteti,Toshkent,O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada glyuttonik diskursda joy nomlari va ularning milliy-madaniy atamalar bilan o'zaro bog'liqligi, ushbu atamalarning lingvokulturologik ahamiyati yoritiladi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi - glyuttonik diskursda milliy-madaniy atamalarning lingvistik va semiotik tahlilini o'tkazishdir.
MATERIALlAR VA METODLAR: tadqiqotda lingvosemiotik yondashuv asosida glyuttonik pragmatonimlar va arxetiplarning tarjima jarayonidagi adekvatligi tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: glyuttonik pragmatonimlar tarjimasida lingvistik muvofiqlik va adekvatlikni saqlash uchun tavsiya etilgan usullar samaradorligi ko'rsatildi.
XULOSA: tadqiqot natijalari glyuttonik diskursning milliy-madaniy xususiyatlarini saqlash orqali tarjima sifatini oshirish imkoniyatlarini ko'rsatdi.
Kalit so'zlar: glyuttonik diskurs, pragmatonim, lingvosemiotik, arxetip, tarjima, adekvatlik.
Iqtibos uchun: Kalibaeva G.A. Glyuttonik diskursda joy nomlari va milliy-madaniy atamalarni qiyosiy tahlil qilish. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B. 564-568.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ТОПОНИМОВ И НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫХ ТЕРМИНОВ В ОБЖОРОДНОМ ДИСКУРСЕ_
© Г.А. Калибаева1И
1 Национальный университет Узбекистана, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируется взаимосвязь топонимов и национально -культурных терминов в обжорном дискурсе, а также их культурная и семиотическая значимость.
ЦЕЛЬ: цель исследования - провести лингвосемиотический анализ эквивалентов национально-культурных терминов в обжорном дискурсе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовался лингвосемиотический подход для анализа прагматонимов и архетипов в переводе.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10(1)
JOMLARINI MILLIY-MADANIY ATAMALARINI
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: предложены методы, позволяющие сохранить лингвистическую эквивалентность и адекватность при переводе обжорного дискурса.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование выявило возможности повышения качества перевода через учет национально-культурных особенностей обжорного дискурса.
Ключевые слова: обжорный дискурс, прагматоним, лингвосемиотика, архетип, перевод, адекватность.
Для цитирования: Калибаева Г.А. Сравнительный анализ топонимов и национально-культурных терминов в обжорном дискурсе. // Inter education & global study. 2024. №10(1). С.564-568.
COMPARATIVE ANALYSIS OF NATIONAL-CULTURAL TERMS OF PLACE NAMES IN GLUTTONIC DISCOURSE_
© Gulnoza A. Kalibaeva1®
1 National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article examines the relationship between place names and national-cultural terms in gluttonic discourse, highlighting their cultural and semiotic significance.
AIM: the aim of this study is to conduct a linguosemiotic analysis of national-cultural terms in gluttonic discourse.
MATERIALS AND METHODS: the research applied a linguosemiotic approach to analyze pragmatonyms and archetypes in translation processes.
DISCUSSION AND RESULTS: methods to maintain linguistic equivalence and adequacy in translating gluttonic discourse were proposed and evaluated.
CONCLUSION: the study demonstrated the importance of preserving national-cultural characteristics in gluttonic discourse for improving translation quality.
Keywords: gluttonic discourse, pragmatonym, linguosemiotic, archetype, translation, adequacy.
For citation: Gulnoza A. Kalibaeva. (2024) 'Comparative analysis of national-cultural terms of place names in gluttonic discourse', // Inter education & global study. 2024. (10(1)), pp.564-568. (In Uzbek).
Tilshunoslik sohasida har bir millatni tasvirlash jarayonida diskurs tushunchalari ilgari suriladi. Glyuttonik diskursda milliy madaniy tushunchalar har bir millat madaniyati va milliy qadriyatlari tasvirlab berilgan bo'lib, leksikasida shunday glyuttonik nominantlar uchraydi. Ular shunchaki taom yoki ozuqa nominanti emas, balki, shu xalqning milliy glyuttonik arxetiplari hamdir.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Arxetip - (yun. Archetypon - obrazning ilk asosi, model) - inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo'lgan turg'un «sxema» fikriy konstruksiya va qoliplar, motiv va ularning turli kombinatsiyalari. Arxetip tushunchasi shveysariyalik ruhshunos K.Yung ta'limoti bilan bog'liq holda ommalashdi. Kulinar arxetiplar universal va etnik kabi turlarga bo'linadi va madaniyatning tayanch elementi sifatida qaraladi. Arxetip tasavvurda milliy xarakterni yaxlitlaydigan dunyoni anglashning milliy usuli sifatida mavjud. Masalan, ona arxetipi atrofida yuzaga keladigan konseptual tizimda turli millat tillarida «non» glyuttonimi kelishi ma'lum. O'zbek, rus va ingliz tilli xalqlar orasida nonning ona arxetipi bo'lib kelishi kuzatilsa-da, har bir tildagi shu so'zning konseptual xaritasida ma'lum farqlanishlarni ham ko'rish mumkin. Dissertatsiyada non, pichoq, o'choq, dasturxon kabi arxetiplar o'zbek, rus, ingliz, xitoy xalqlari glyuttonik arxitiplari bilan parallel tahlil qilingan. Bobning ikkinchi qismida «Glyuttonik diskursni qayta yaratishda adekvatlik mezonlari» ishlab chiqilgan. Tarjimaning mukammal bo'lishida ekvivalentlik muhimmi yoki adekvatlik, degan savol tarjimashunoslikda katta bahslarga sabab bo'lib kelmoqda. Ekvivalent lotincha «aequivalens» so'zidan olingan bo'lib, «teng kuchli» degan ma'noni anglatadi. Adekvat so'zi ham lotincha «adaequatues» so'zidan olingan bo'lib, «to'la mos», «bir-biriga aynan o'xshash» kabi ma'nolarni anglatadi. Bu boradagi Yu.Ya. Nayda, V. Vinogradov, V. Komissarov va boshqalarning ishlarini tadqiq etdik. Nomzodlik dissertatsiyamizda badiiy tarjimada ekvivalentlik va adekvatlik o'rtasidagi farq, xususan, adekvatlikni baholashning aniq mezonlari ishlab chiqqan edik. Tarjima adekvatligini retseptor pozitsiyasidan baholash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun tarjimaning adekvatliligini ta'minlashda quyidagi omillarga e'tibor qaratish ko'rsatib berilgan edi: a) ikki matn pragmatik salohiyatini tenglashtirish; b) o'quvchi (retseptor) bilim va tafakkur dunyosini hisobga olib, badiiy tasvirni idrok etishiga imkoniyat yaratish; v) asliyatning milliy, etnopsixologik, lingvo-kulturologik zaminidan uzoqlashmaslik. Ushbu mezonlar asosida tadqiqotimiz ob'ekti hisoblangan glyuttonik diskursga oid matnlarda adekvatlik mezonlarini ko'rsatib berishga harakat qildik. Sababi, mazkur diskursni tadqiq qilgan olimlarning ishlarida asosan glyuttonik diskursning kognitiv xususiyatlari tahlilga tortilgan bo'lib, shu kungacha glyuttonik diskursni tarjima qilishda adekvatlik mezonlari ishlab chiqilmadi. Biz glyuttonik diskursga oid matnlarni ikki turga - badiiy va taom retseptlari va taomnoma matnlariga bo'lib, har biri uchun tarjima adekvatligini baholash me'zonlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz va quyidagi me'zolarni tavsiya etamiz:
Badiiy asarlarda glyuttonik diskurs tarjimasi adekvatligi quyidagi mezonlar bo'yicha o'lchanishi maqsadga muvofiqdir:
1) yuqori darajadagi lingvistik muvofiqlik (matnning lingvistik tarkibi tarjimada qayta yaratilgan, uslubiy vositalar, lingvosemiotik ishoralar tarjima matnida mavjud, asar mazmuni aniq ifodalangan);
2) tarjimada realiya glyuttonimlar va glyuttonim o'xshatmalarning qayta yaratilganligi (matndagi realiyalar tushirib qoldirilmagan, transformatsion usullar yordamida tarjima qilingan, oziq-ovqat nomlariga muqoyasa komponentli o'xshatmalar
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
tarjima tilida funksional ekvivalentlar bilan almashtirib tarjima qilingan, shu komponent hosil qilgan asliyatdagi ma'no tarjimada qayta yaratilgan);
3) tarjimada asliyatdagi ekspressivlik va ta'sirchanlikning uzatilishi;
4) gastronomik olam milliy manzarasining qayta yaratilganligi (asliyat tiliga xos gastronomik olam haqidagi madaniy, diniy va mifologik qarashlar tarjimada qayta yaratilgan);
5) glyuttonik diskurs vositasida ifodalangan asar qahramoni portretining qayta yaratilganligi (qahramonning psixologik yoki fiziologik portreti, yozuvchining o'z qahramoni xarakteriga munosabatini ifodalab kelgan glyuttonik diskursga oid negativ, ijobiy va neytral emotsional tasviriy vositalar, o'xshatma va «adabiyotda ovqat», «folklorshunoslik va ovqat», «zamonaviy she'riyatda ovqat», «ayollar adabiyotida ovqat», «bolalar adabiyotida ovqat», «adabiyotda tanovul, taom iste'mol qilishning badiiy tasviri», «ovqat va jismoniy mayl uyg'unligi» kabi ilmiy mavzular va tadqiqotlarning borligi va olib borilayotganligi, ovqatlanish hamda ovqat mavzusining Yevropa adabiyotshunosligiga naqadar chuqur kirib borganligini ko'rsatib turadi. Amerikalik adabiyotshunoslar Kara Killing va Skott Pollardlarning ta'kidlashicha, agar ovqat adabiyot markazida turgan substansiya, madaniyat hamda sivilizatsiyaning tayanch nuqtasi sanalar ekan, u adabiyot uchun ham fundamental tadqiqot manbaidir. Modomiki, oziq-ovqat mahsuloti har bir madaniyatning ajralmas qismi ekan, ovqat va tanovul adabiyot va san'atni anglashda asosiy vositalardan biridir. Turkiyshunoslik va o'zbek tilshunosligida bu borada olib borilgan va borilayotgan tadqiqotlarda sohaga dastlabki qadamlar qo'yilmoqda53. Badiiy tasvir - aslida psixoanalitik san'at. Bu holat glyuttonik tasviriy matnlarda ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Psixoanalitik nazariyalarga ko'ra, ovqatlanish odati inson shaxsiy bahosini shakllantirish va shaxsning oila yoki ijtimoiy tabaqasi, jamiyatdagi o'rnini ko'rsatib berishda muhim. Taom va u bilan bog'liq obrazlar doimo adabiyotning bir qismi bo'lib kelishiga qaramasdan, ruhshunoslik nazariyotida ovqat va ovqatlanish
Ma'lumki, «glyuttonik pragmatonimlar» deb gastronomik omillarda kishilar pragmatik tafakkurini aks ettiruvchi so'z va tushunchalarga aytiladi. O'zbek va ingliz tillaridagi glyuttonik pragmatonimlarning madaniyatlararo uyg'unligi o'zbek va xorij tilshunoslari tomonidan umuman tadqiq etilmagan. Olamning o'zbek milliy lisoniy manzarasiini o'rganar ekanmiz, bu tizimda gastronomik pragmatonim alohida o'rin egallashiga guvoh bo'lamiz. Mazkur tizimdagi pragmatonimlardagi mantiqsizliklar sayyohlar e'tiroziga sababchi bo'lib, O'zbekistonning turistik imidjiga salbiy ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Masalan, bir yevropalik sayyoh Toshkentga tashrif buyuradi. Shaharni aylanib yurar ekan, internetdan shahardagi restoranlar ro'yxatini qidiradi. Fransuz taomlarini iste'mol qilish maqsadida «Versal» restoraniga boradi. Restoranga yetib borgan sayyoh bu yerda fransuz taomlari tayyorlanmasligi yetmaganidek, to'yxonaga kelib qolganligini tushungach, bu glyuttonik pragmatonim butunlay mantiqsiz qo'yilganligiga guvoh bo'ladi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, pragmatonimlarda milliy madaniy timsollarning aks ettirilishi gastronomik jahon etnomadaniyati bilan integratsiyasini ta'minlaydi. Glyuttonik pragmatonimlar, bir tomondan, etnomadaniyat
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
ifodalovchisi bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu madaniyatni dunyoga olib chiqish, yoyish vositasi hamdir. Shu ma'noda, polifunksional xarakterga ega bo'lgan glyuttonik pragmatonimlarning mazkur jihatiga e'tibor qaratish muayyan xalqning dunyo madaniyati bilan uyg'unlashuvi va unda o'z milliy maqomini egallashida katta ahamiyatga ega. O'zbekistondagi UOK tizimida faoliyat yuritayotgan restoranlar nomlarini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosaga keldik: restoran nomi uning intereri va dizayniga hamohang bo'lishi lozim; restoran nomi va taomnomasi uyg'unligini saqlash restoran imidjini ta'minlaydi; restoranni nomlashda glyuttonik pragmatonimlarning hususiyatlarini o'rganib, restoran faoliyati va yo'nalishidan kelib chiqib nom tanlash maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Undrisova M.V. Glyuttonicheskiy diskurs: lingvokulturologicheskie, kognitivno-pragmaticheskie i perevodicheskie aspektbi. Diss...kand. filol. nauk. - M: 2015. - S. 152.
2. Xudayarova M. Dissertatsiya O'zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik tahlili.
3. Traditional English food with strange names . http://England explore com/tradional-english-food/.
4. Tomilson L 20 Menu secrets to increase sales and profit.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Kalibaeva Gulnoza Abdurahimovna, mustaqil tadqiqotchi, [Калибаева Гулноза Абдурахимова, исследователь], [Gulnoza A. Kalibaeva, independent researcher] manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 4-uy, [адрес: 100174, город Ташкент, Алмазарский район, улица Университетская, дом 4], [address: 100174, Tashkent City, Almazar district, University Street, 4th House].