OLAM MILLIY LISONIY MANZARASIDA GLYUTTONIK DISKURSNING
O'RNI
M. Xamidova
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi
katta o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Diskurs" tushunchasi, uning lingvistik aspektlari o'rganilishi, o'zbek hamda dunyo tilshunosligida diskursning xususiy turlariga oid bir qator tadqiqodlar va unga berilgan ta'riflar haqida so'z boradi. Maqolada glyuttonik diskurs - taom va yeguliklar bilan bog'liqligi haqida ma'lumot berilgan. Shunchaki kommunikatsiya emas balki, muloqot ishtirokchilarining taom va uning iste'moli bilan bog'liq diniy va estetik qarashlari, madaniyati va dunyoqarashini ham qamrab olinishi haqida fikrlar mavjud. Maqolada glyuttonik diskurs milliy etno-psixologiya, tarbiya, ijtimoiy odoblar mahsuli sifatida ham yuzaga kelishi hamda har bir millat madaniyatida taom va tanovvul odobi bolaning yoshlik chog'idanoq tarbiya apparatining bir qismi hisoblanib kelganlishi ta'kidlanadi. Shuningdek, taomlanish bilan bog'liq ahloqiy-estetik qoidalarning shakllanishiga, diniy va mifologik qarashlar sabab bo'lganligi kabi tushunchalar ilgari surilgan. Adabiyot - milliy tarbiyaning eng asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar: diskurs, lingvistika, adabiyotshunoslik, glyuttonik diskurs, xalq madaniyati, lingvokulturologik tahlil.
THE PLACE OF GLUTTONIC DISCOURSE IN THE NATIONAL LANGUAGE LANDSCAPE OF THE WORLD
ABSTRACT
This article talks about the concept of "discourse", the study of its linguistic aspects, a number of studies and definitions of specific types of discourse in Uzbek and world linguistics. The article provides information about gluttony discourse -food and edibles. There are opinions that not only communication, but also the religious and aesthetic views, culture and worldview of the participants of the dialogue related to food and its consumption. The article emphasizes that the gluttony discourse occurs as a product of national ethno-psychology, upbringing, and social manners, and that in every nation's culture, food and eating etiquette have been
April 23-24, 2024
1048
considered a part of the child's educational apparatus since childhood. Also, concepts such as religious and mythological views are the reason for the formation of ethical and aesthetic rules related to eating have been put forward. Literature is one of the main means of national education.
Key words: discourse, linguistics, literary studies, gluttonous discourse, folk culture, linguistic and cultural analysis.
Bugungi kunda Olam Milliy Lisoniy Manzarasi (OMLM)ni turli diskurslar kesimida o'rganish urf bo'lmoqda. "Diskurs" tushunchasi turli ilmiy sohalarni birlashtiradi. Xususan, lingvistika, antropologiya, adabiyotshunoslik, etnografiya, san'atshunoslik, falsafa, sotsiolingvistika, psixolingvistika kognitiv psixologiya va xattoki tibbiyot, huquq, iqtisod va boshqa aniq fanlarga oid yo'nalishlar ham diskurs tahlili bilan uzviy bog'liq. Turli sohalarga oid ilmiy tadqiqodlarning lingvistika bilan yondosh qismida diskurs tahliliga guvoh bo'lish mumkin. Shundan kelib chiqib diskurs nazariyasini ikkiga bo'lish mumkin - umumiy va xususiy. Umumiy nazariyada diskurs tushunchasi, uning lingvistik aspektlari o'rganilsa, xususiy nazariya diskurs+yondondosh dissiplinalarning xususiy jihatlari lisoniy va nolisoniy muammolarini o'rganadi. Muayyan diskurs haqida bahs yuritishdan avval, diskurs tushunchasi izohiga e'tiborimizni qaratsak. V.Z.Demyankovning fikricha diskurs -so'zlovchining ongida hosil bo'layotgan matndir. Diskurs muayyan konseptga aloqador gaplar va tushunchalardan tashkil topgan. [6, 32-43]. T.A.Van Deyk, diskursga quyidagicha ta'rifni keltirib o'tgan: diskurs - kommunikativ hodisa sifatida namoyon bo'ladi. Muayyan vaqt, zamon va makon kontekstda kommunikativ harakat jarayonida so'zlovchi va tinglovchi o'rtasida yuzaga keladigan nutq. Ushbu kommunikativ harakat og'zaki, yozma bo'lishi mumkin. Shuningdek, og'zaki bo'lmagan komponentlarga ega bo'lishi mumkin. Olim diskursning xususiy ko'rinishlarini "janr" sifatida e'tirof etadi. Diskurs tor doirada qo'llanganda ya'ni diskursning xususiy ko'rinishida muloqot ishtirokchilari uni o'z W G.Odilova diskurs - nutq va nolisoniy omillar yig'indisi bo'lgan muloqot shakli ekanligini ta'kidlaydi. Olima har qanday matn diskurs bo'la olmasligi, matn tashqi omillar bilan uyg'unlikda qaralganda diskurs sifatida namoyon bo'lishini - o'z xulosalarida keltirib o'tadi [31, 30-31]. D.Mamatova tarjimada tilni o'z iste'molchisidan ajratib qayta yaratish mushkulligini ta'kidlab, til vakilining olam milliy lisoniy manzarasi va muayyan diskursga oid ijtimoiy markerovkalangan ong osti tafakkurini o'rganmasdan turib tarjimani amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi [32, 60].
Taom haqida har bir madaniyatning shakllanishida nazariy asos bo'lib xizmat qilgan diniy kitoblarda alohida to'htalib o'tilgan. Sababi turli dinlarda "to'g'ri
1049
April 23-24, 2024
ovqatlanish, tan va rux salomatligini saqlash, tangri bilan yaqinlashuvga sabab bo'ladi" - degan ideologiya mavjud.
Masalan, Qur'onda:
"Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning halol va poklarini tanovul qilingiz va o'zlaringiz imon keltirgan Allohdan qo'rqingiz!" - deb marhamat qiladi (Moida surasi, 88-oyat).
"...yeb-ichingiz, (lekin) isrof qilmangiz! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmagay" (Al-Araf surasi, 32-oyat). Islomning bosh qomusi hisoblangan Qur'onda musulmonlarni taom tejash, isrof qilmaslik, o'zgalar bilan bo'lishish, yetarlicha iste'mol qilishga undalgan. Shuningdek, muqaddas kitobning beshinchi bobi yegulikka bag'ishlangan bo'lib, halol (ruxsat etilgan) va harom (taqiqlangan) taomlar ro'yxati keltiriladi. Cho'chqa go'shti, spirtli ichimliklar va o'laksa go'shtini iste'mon qilish qat'iyan man qilinadi. To'g'ri va halol yashagan mo'min bandalarga jannat va'da qilinadi. U yerda ular o'zlari istagan noz-ne'matlardan sarxil mevalar, o'zlari xohlagan parranda go'shtlaridan, buloqlarning suvlaridan tatib ko'rish baxtiga musharraf bo'ladilar (Qur'on, 56-sura, 18-21-oyatlar). Meri Duglas ta'qiqlangan taomlar diniy va ilohiy tasavvurlar bilan bog'liqligini o'rganadi. Uning fikricha, qadimiy yahudiy dinidagi taomlanish qoidalari shu din vakillarining e'tiqodi va tafakkurini o'z nazoratida ushlab turgan [10, 36-54].
Taom va uning iste'moliga bog'liq jarayonlar zamonaviy diskurs tilshunosligida glyuttonik diskursda o'rganiladi. Glyuttonik diskurs istilohi rus tilshunosi A.V.Olyanich tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, olim mazkur istiloh institutsional harakterga ega ekanligi va "taom" konsepti bilan bevosita bog'liq ekanligini ta'kidlaydi [33, 397]. A. V. Olyanich o'zining monografik tadqiqotida glyuttonik diskursning aspektlari va kognitiv sistemasini keltirib o'tadi. Bu borada qilinadigan ilmiy ishlar doirasini belgib beradi. Glyuttonik diskursni G'arb olimlaridan K.Levi-Stross, R.Bart va M.Duglas tadqiqotlarida etnomadaniyat mifologiyasi va din nuqtai nazaridan tadqiq etadilar [24, 461], [3, 387], [10, 36-54].
Rus tilshunosligida glyuttonik diskurs, uning aspektlari, til va adabiyot bilan bog'liqligi masalalari bir qator tilshunos olimlar tomonidan o'rganilgan. I.A.Derjaviskaya glyuttonik diskurs tarjimasining leksik muammolarini o'rgangan [7, 466-470]. M.Undritsova esa, glyuttonik diskurs tarjimasining lingvomadaniy masalalarini tahlilga tortgan [39, 20-15]. Rus tilshunosi A.Yu.Zemskova glyuttonik diskursni "gastronomik diskurs" sifatida talqin qiladi. Olimaning fikricha, taom iste'moli jarayoni xalqlarning etnik, diniy qarashlari in'ikosi bo'lsa, "ovqat" shu millatning gastronomik kommunikatsiyasiga xos bo'lgan bir qator semiotik
1050
April 23-24, 2024
xususiyat, ma'noviy birlikni o'zida mujassam etgan dominant tushuncha sifatida asosiy o'rinni egallaydi [45, 338].
O'zbek tilshunosligida ilk bor glyuttonik diskurs istilohi filologiya fanlari doktori, Gulnoza Odilova tomonidan o'rganilgan. Olima o'z doktorlik dissertatsiyasida glyuttonik diskursning o'zbek olam milliy lisoniy manzarasidagi o'rni, janrlari va ularni tarjima qilish muammosiga mufassal to'xtaladi [31, 282]. Unga ko'ra, "Glyuttonik diskurs ma'lum xalq madaniyati, adabiyoti, yashash tarzi va ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadi. "Glyuttonik" istilohi qadimgi fransuz va o'rta ingliz tillaridagi glutonie, lotincha gluttire ("yutish") so'zidan olingan, bu so'z gula, "tomoq" degan ma'noni anglatadi. "Glyuttoniya" istilohi oziq-ovqat jarayonini yaxlit holda, ya'ni uni topishdan tortib, yarim fabrikatlarni qayta ishlash va iste'molga yaroqli mahsulot tayyorlashgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi" [31, 4].
Glyuttonik diskursning semiotik sistemasida ma'lum bir millatning taom va uning iste'moliga bo'lgan diniy va ijtimoiy qarashlardan tashqari har bir kishining taomga bo'lgn subyekti munosabati ham mavjud. Bizningcha, taom va uning iste'moli bilan bog'liq jarayonlar lisonga ko'char ekan, glyuttonik diskursga oid kontekstlar zamiridagi pragmatik podtekstlarni anglash muayyan bilimni talab qiladi. Glyuttonik diskurs - taom va yeguliklar bilan bog'liq shunchaki kommunikatsiya emas balki, muloqot ijtirokchilarining taom va uning iste'moli bilan bog'liq diniy va estetik qarashlari, madaniyati va dunyoqarashini ham qamrab oladi. Kulinar matnlarni kommunikatsiyaning alohida turi sifatida o'rganilishini rus tilishunosligida E.A.Gashimov, D.Yu.Gulimov, N.N.Danilova, A.V.Zanadvorova, N.Ye.Kamovnikova, Ye.V.Pletneva, V.V.Poxlebkinalar tomonidan olib borilgan tadqiqodlarda ko'rish mumkin. Taomlanish bilan bog'liq ahloqiy-estetik qoidalarning shakllanishiga, diniy va mifologik qarashlar sabab bo'lgan. Adabiyot - milliy tarbiyaning eng asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. U o'quvchiga ma'naviy-estetik zavq berish bilan birga, shaxs tarbiyasida ham muhim o'rin tutadi. Badiiy adabiyotdagi taom va u bilan bog'liq og'zaki va yozma matnlar glyuttonik diskursning reprezentatsion janrlari turkumiga kiradi. Har bir millat adabiyotida turli yosh kategoriyasi uchun yozilgan asarlarda taom va tanovvul syujetlari, glyuttonik kommunikatsiya va fantaziyani talaygina uchratish mumkin. Biroq, milliy dunyoqarash va diniy tushunchalar in'ikosi bo'lgan glyuttonik diskursga oid kontekstlar horijiy kitobxon uchun tushunarsiz bo'lib tuyulishi mumkin. V.I.Karasik tilning lingvokulturologik tahlili til birliklarining 3 xil turini ajratib ko'rsatishini ta'kidlaydi. Uning fikricha, ular quyidagicha:
1) Tillarni o'zaro qiyoslaganda bir-biriga aniq mos tushuvchi so'zlar (masalan aniq fanlardagi terminlar)
April 23-24, 2024
1051
2) Ikkinchi tilda umuman muqobili yo'q so'z va so'z birikmalari (idiomalar).
3) Ikkinchi tilda qisman muvofiq keluvchi so'z va birikamalar. Turli tillarda uchraydigan, biroq butunlay boshqa ma'no bildiruvchi so'zlar. Masalan: cho'chqa -rus madaniyatida ko'chma ma'noda toza-ozodalikni bilmaydigan madaniyatsiz odamni anglatsa, inglizlarda "ochko'z" odamni, xitoy tilida hiyonatkorni anglatadi.
Glyuttonik diskursga oid zamonaviy ilmiy tadqiodlarda diskursning lisoniy va lingvomadaniy xususiyatlari tahlilga tortilganligiga guvoh bo'lish mumkin. Glyuttonik diskurs har bir tilning madaniyat, tarix va adabiyotida, kundalik ijtimoiy hayotida kattagina lingvistik maydonni egallaydi. Glyuttonik diskurs tadqiqi nafaqat tilshunoslik, balik tarjimashunoslik, madaniyatshunoslik va sotsiologiya fanlari uchun ham tadqiqod obyekti bo'la oladi. Glyuttonik diskursda nafaqat taom va yeguliklar balki, taom iste'moli, tanovvul madaniyatiga xos bo'lgan tushunsalar ham o'rganiladi. Kelajakda glyuttonik diskursning badiiy adabiyotda berilishi tillar muqoyasasi o'laroq tahlilga tortilsa, turli madaniyatlar va dunyoarash vakillarining olam milliy lisoniy manzarasidagi o'xshash va farqli jihatlarni tasniflash imkoniyati paydo bo'ladi. Glyuttonik diskursni til va tarjima muammolari kesimida o'rganish madaniyatlararo muloqotga kirishish, millatlararo bir-birini anglash va umumiy o'xshashliklar va farqlarni tushunishga xizmat qiladi.
Referensces
1. Abduazizova D.A. (1997). Sravnitelno-tipologicheskiy analiz paralingvisticheskix sredstv (na materiale angliyskogo, russkogo, uzbekskogo yazikov). kan. fil.nauk.diss. Tashkent.
2. Arutyunova N.D. (1990). Diskurs. Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar. (s. 136-137). Moskva.
3. Bart R. (1994). Izbrannie raboti. Semiotika. Poetika. (s. 387). Moskva.
4. Belozerova N.N. (2002). Paradoksi diskursa. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=YZvd79Y AAAAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=YZvd79YAAAAJ:XiSMed-E-HIC
5. Chernyavskaya V.Ye. (2001). Diskurs kak ob'ekt lingvisticheskix issledovaniy. Tekst i diskurs. Problemi ekonomicheskogo diskursa. sb. nauch. tr. gos. un-t ekonomiki i finansov (s. 11-22). SPb. S.Peterb.
6. Demyankov V.Z.(2002). Politicheskiy diskurs kak predmet politologicheskoy filologii. Politicheskaya nauka. Politicheskiy diskurs: Istoriya i sovremennie issledovaniya. № 3, (s. 32-43).
1052
April 23-24, 2024