Научная статья на тему 'GLOBALLASHUVNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI'

GLOBALLASHUVNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
640
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
globallashuv / mafkura / g‘oya / milliy g‘oya / millat / jamiyat / mafkurafiy tahdid / ma’naviyat / ma’naviy xuruj / madaniyat / ommaviy madaniyat.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Meyliyev Ulmas Farmonovich

Mazkur maqolada globallashuv tushunchasining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritiladi, shuningdek, globallashuvning yoshlar ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashiga ta’siri va tahdidi, yoshlarni turli axborot xurujlaridan, yot mafkuraviy ta’sirlardan himoya qilishning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritiladi. Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatimizga bo‘layotgan turli xil tahdidlar va ularning oldini olish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUVNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI»

GLOBALLASHUVNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI

Meyliyev Ulmas Farmonovich

MTTDMQTMOI "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11278472 Annotatsiya. Mazkur maqolada globallashuv tushunchasining mazmun-mohiyati haqida so'z yuritiladi, shuningdek, globallashuvning yoshlar ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashiga ta'siri va tahdidi, yoshlarni turli axborot xurujlaridan, yot mafkuraviy ta'sirlardan himoya qilishning dolzarb masalalari haqida so'z yuritiladi. Globallashuv sharoitida milliy ma'naviyatimizga bo'layotgan turli xil tahdidlar va ularning oldini olish yo'llari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: globallashuv, mafkura, g'oya, milliy g'oya, millat, jamiyat, mafkurafiy tahdid, ma'naviyat, ma'naviy xuruj, madaniyat, ommaviy madaniyat.

Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlar mavjud. Globallashuv aspektlarini o'rgangan Habibuli Haka Hongira shunday deydi: "Globallashuv g'alabaga, yo'qotishlarga olib keladigan jarayondir. Ba'zilar globallashuvni o'z yo'lidagi hamma narsani yo'q qiladigan po'yezd sifatida ko'rsalar, boshqalari uni iqtisodiy o'sish va modernizatsiyaga olib keladigan foyda manbai deb bilishadi". Globallashuvga bunday yondashuv tadqiqotimizni murakkab tabiatga ega ekanligini, unga bir yo'la yondashish ziddiyatli ekanligini ko'rishimiz mumkin. Globallashuv mafkurachisi M.Uotersning aytishicha, "Globallashuv olamida hududiy chegaralar va mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy munosabatlar va milliy manfaatlardan mustaqil yangi dunyo shakllanadi. O'rnatilgan dunyo yagona jamiyatni, yagona madaniyatni ifodalaydi. Bu madaniyatlaming insoniyat madaniyatiga ixtiyoriy integratsiyalashuvini bildiradi". Ayrim globallashuv olimlarining ta'kidlashicha, "global integratsiya" barcha sohalarda o'z aksini topgan bo'lsa-da, «din», «madaniyat», «millat» kabi tushunchalar atrofida tez sodir bo'lmaydi. Masalan, S.Xantingtonning fikricha, «G'arb mafkurasining ilg'or davri yakuniga yetmoqda, biz esa endi yangi davrga qadam qo'ymoqdamiz, turli madaniyatlar bir-biri bilan raqobatlashmoqda». Amerikalik olim S.Xantingtonning fikridan kelib chiqib, globallashuv dunyo siyosatining yangi bir ko'rinishiga aylanayotganligini, demokratiya va erkinlik g'oyasi asosida rivojlangan mamlakatlarni o'zidan nochorroq davlatlarga ta'sir o'tkazish kuchi sifatida shakllanayotganligini ko'rishimiz mumkin. Garvard universiteti professori S.Xoffmanning fikricha, «Jahon madaniyatining globallashuvi milliy madaniyatlar, urf-odatlar va qadriyatlar me'yorlarini tiklashga qaratilgan madaniy xilma-xillikni va madaniyatlarning plyuralistik sintezini (lokoglobalizatsiya) yaratadi». S.Xoffmanning fikri, S.Xantingtonning fikriga yaqin hisoblanib, globallashuv madaniy xilma-xillikning yangicha obrazi bo'lib, unda muayyan xalq madaniyati ustuvor ahamiyat kasb etmaydi. Maks Veberning fikricha, «Dunyoning g'azabi» - bu ittifoqqa qarshi reaksiyadir. S.Xantington va C.S. Xoffmanning fikricha, madaniy birlashuv darhol sodir bo'lmaydi, aksincha, bu hududlar kelajakda nizolar o'chog'iga aylanishi mumkin. Zamonaviy dunyoning «global» tabiatidan kelib chiqib, unga munosabat bildirish, unga qarshilik ko'rsatish, imkon qadar qattiq yashash, dunyoga o'zligini va madaniyatini ko'rsatish, buzilgan mamlakatlarga ergashish ko'zda tutilgan. O'tgan asr davomida, mustamlakachi davlatlar o'z mustaqilligi uchun kurash olib bordilar va asr oxiriga kelib sovet ittifoqining parchalanishi bilan mustamlakachilik jarayoni yakuniga yetib bordi. Hozir XXI asrda bu va boshqa mamlakatlarning maqsadi har tomonlama modernizatsiya qilishdir. Olimlar, shu jumladan, sobiq «Rim klubi» vakillari va boshqa futurologlar texnogen sivilizatsiya, jahon jamiyati, jahon iqtisodiyoti shakllanishi tufayli alohida xalqlar doirasi torayib borishini ta'kidlay boshladilar. A.Pechchei, F.Fukuyama kabi mashhur mutafakkirlar ham shunday fikr bildiradilar.

Umuman olganda, G'arb tadqiqotchilarining fikriga ko'ra, ko'pgina zamonaviy va milliy davlatlar, xalqlar o'rnini global millat yoki umumiy davlatlar o'rnini global korporativ tuzilma egallashini taxmin qilishga moyilligini ko'ramiz. Shu sababli, G'arb vakillari bugungi jahon mega jamiyatlari va milliy davlatlar raqobatida ikkinchisi mag'lub bo'lishi mumkin, deb taxmin qilishga harakat qiladilar. Bularning barchasi dunyo xalqlari va ularning turmush tarzi uchun xavfli ekanligini ko'rsatadi. Q.Xonazarov fikricha, «Globallashuv fan, texnika va texnologiya rivojlanishining to'xtovsiz tezlashib borishidir. Bu tezlanishni hatto oddiy misollar yordamida yaqqol ko'rish mumkin. Ko'p tillilik hozirgi zamon hayotining zaruriy shartlaridan biriga aylanmoqda. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ko'p tillilik insoniyat jamiyatiga hamisha xos bo'lgan va asrlar davomida millatlararo, xalqaro va turli boshqa munosabatlar jadallashib borgani sari yanada jonlanib, doimiy va keng tus olib borgan». Shu jihatdan, ko'p tillilik xalqaro va mintaqaviy munosabatlarni rang-barang bo'lishini belgilab beryapti. Ko'p tillilik yagona madaniyat yaratishga yaqindan yordam berdi. uchun bor imkoniyatlarni qo'llash zaruratini paydo qilmoqda.

Globallashuv jarayonida sivilizatsiyalar o'rtasidagi muloqot kuchayib borayotgan bir sharoitda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda zamonaviylik va tarixning o'zaro ta'sirini ta'minlash, ajdodlar ma'naviy merosi ne'matlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish zarur. Shu bois «...Sharq falsafasini teran o'rganish, shu asosda ulug' madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o'tmishimizdan qolgan mafkuradan xalos bo'lish, o'zimizning asrlar sinovidan o'tgan, ulug' ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzarb vazifamizdir». Sivilizasiya taraqqiyoti inson ma'naviy dunyosi qanday bo'lishi kerak?, degan falsafiy savolga javob topa oldimi, degan o'rinli mulohazaga kelishimizni o'rganishimizni dolzarblashtiradi. Darhaqiqat, «Inson qalbida ma'naviyat qanchalik yuksak bo'lsa, johillik, yovuzlik, xudbinlik, loqaydlik kabi jamiyatga xavf soladigan illatlar shunchalik chekinadi va ular o'rnida yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, bunyodkorlik, tuyg'ulari qaror topadi». Mana shunday ezgu maqsad va g'oyalar insonma'naviy dunyosini boyib borishida, uning o'zligini anglab yetishida muhim xalqa bo'lib hisoblanadi. «Boshqa tomondan esa, globallashuv jarayonlari endilikda o'zaro hamkorlik tamoyillariga tayanish taraqqiyot va rivojlanishning g'oyat muhim va hal qiluvchi mezonlaridan biri ekanligini eslatdi. Natijada barcha jabhalarda integratsiya jarayonlari, innovatsion o'zgarishlarni jadallashtirish davlat va jamiyat boshqaruvining eng asosiy yo'nalishi sifatida namoyon bo'lmoqda».

Xullas, tashqi muhit bilan ma'lumot almashish qobiliyati sifatida fundamental ochiqlikni nazarda tutadigan sinergetik tadqiqotlar metodologiyasi ijtimoiy jarayonlarning ontologik chegaralarini, shu jumladan real va potensial tarkibiy munosabatlarning butun majmuasini kengaytirishni belgilaydi.

REFERENCES

1. Habibul Haque Khondker. Glocalization as Globalization: Evolution of a Sociological Concept// Bangladesh e-Journal of Sociology, Vol. 1. No. 2. - Singapore: National University of Singapore, July, 2004. - P. 1-9.

2. Waters M. Globalization. - L.; N.Y.: Routledge, 1996. - XIV. - 185 p.

3. Huntington S. The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order. - New York, NY: Simon and Schuster, 1996. - 367 r.

4. Grevseva A.A.Kulturnaya globalizatsiya - problembi// Izvestiya RGPU im. Gerseva. - M.: 2008. - № 70. - S.145-149.

5. Xonazarov Q. Globallashuv va til falsafasi. - Toshkent: Falsafa va huquq instituti, 2009. - 71 b.

6. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taroqqiyot strategiyasi. - Toshkent:2022yil. O'zbekiston nashriyoti, 2021. -B. 387

7. Kalmuratov T.N. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish. "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi "Milliy tarbiya va zamon" Respublika ilmiy - amaliy onlayn konferensiyasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.